Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Abdulaziz Ahmad | Blog

Ijoddardi
• Filolog • Jurnalist • SMMchik • Baliqchi oshpaz • Mahdi va Safinaning dadasi... :) 🇹🇷 Oilam bilan Ankaradaman. Turkiyada oila bo‘lib yashash, ishlash, biznes qilish... xullas, “tirik qolish” haqida yozaman! Hamkorlik: @Oilaviy_reklama
Подписчики
1 670
24 часа
30 дней
-40
Просмотры
620
ER
0,39%
Посты (30д)
37
Символов в посте
1 297
December 08, 08:23
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Turkiyaga qachon kelish kerak?
Oilasi bilan Turkiyaga kelmoqchi bo‘lganlar yozishgandi, 2-3 kishi bilan gaplashdim,
imkon qadar tavsiyalar berdim.
Yana shunaqa o‘yda yurganlarga manfaatli bo‘lsin deb
baliq tozalayotgan joyimda shartta video ham qilib qo‘ydim yana.
Bu safar Levrek balig‘idan bug‘lamalik tayyorlagan holda ma’lumot beraman...
Ishxonada video olish mumkin emas,
hamma tushlikka chiqqan payti sheriklarga iltimos qilib video oldiraman.
Ish joyimni tozalashga ulgurmayman, operator ham professional emas, kam bo‘lsayam, ko‘p o‘rnida ko‘rasizlar! :)
Savollar bo‘lsa, izohlar ochiq, keyingi video qaysi mavzuda bo‘lishini yozsangiz ham yaxshi bo‘lardi. Rahmat!
😊
@Ijoddardi

December 07, 08:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Vaqt qanchalar tez o‘tayotganini bo‘ying o‘sishi, maktabni bitirganing, diplom olganing... bilan emas, ijara uyingning oylik to‘lovi chopqillab kelayotganidan his qilyapsanmi, ulg‘ayibsan!
Sherali Jo‘rayev ashulalarining ma’nosini
chuqur anglab boshlaganing ham
ortiq yosh bola emasligingdandir masalan.
Eng qimmat bijildoq suvlardanam bezib,
oddiy suv va choyga “o‘tirib” qolganing
ham endi katta bo‘lganingni anglatadi.
Orzular, olam-olam rejalaring o‘rnini mas’uliyat egallaydi:
oilang, ota-onang, boshlig‘ing, jamiyat va kelajaging oldidagi mas‘uliyat!
Dangasalik, so‘kinish, jahldorlik va negativ kayfiyat, ko‘p uxlash, chekish kabi yomon odatlaringdan sog‘liging tufayli emas
kelajakda farzandlaring buni normal qabul qilmasligi uchun
voz kechdingmi, demak ulg‘ayibsan!
Endi kim kuchli ekanligi tengdoshlaring orasida “birinchi zo‘ri”liging, “sinfkom”liging yo bilagingdagi “vaqvaqa” bilan o‘lchanmaydi.
Oilang tinchligi, farzandlaring birovdan kam emasligi, baxtli hayotda yashayotganing
seni kuchli inson qilib ko‘rsatadi ulg‘ayganingda...
Dadang bergan ming so‘mga xo‘rozqand olib, ertangi kungayam 200-300 so‘m ortdi deb quvonmaysan endi.
Million-million pul topsang ham, kommunal to‘lovlar va boshqa xarajatlaringga yetib,
kelasi oyga qarzsiz o‘tganingning o‘zi bayram bo‘ladi...
Charchagan paytingda uxlab emas, yarim kechasi ishdan qaytib,
issiqqina uyingda bola-chaqang xotirjam o‘tirganini ko‘rib dam olasan,
boshqacha “kayf” beradi bu erkak kishiga...
@Ijoddardi

December 05, 12:29
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Hozirgi ish joyimga ilk kelganimda, baliq kesishni, tozalashni umuman bilmasdim...
Faqat kichik baliqlarni tushunardim,
uni bir ko‘rgan istalgan kishi eplay olardi.
Shunga yarasha yaxshi haq ham to‘lashmaydi tajribasizlarga...
Mahdi tug‘ilishiga juda oz qolgandi,
hujjatimda muammo bo‘lib, O‘zbekistonga borib keldim.
Ham do‘xtirga deb ko‘p javob olganim uchun eski yerim o‘rnimga boshqa odam topdi, kamina esa ishsiz qoldi...
Pul zarur edi. Ish qidirdik er-xotin.
Sitorani homilador holida yonimga olib, markazdagi barcha oshxonalarga kirib chiqqanmiz,
chunki turkcham yo‘q edi, gaplasholmasdim...
Oylikni o‘ta past aytishdi, aksariyati turk tilini bilmasligim va tajribasizligim uchun ishga olmadi.
So‘ng internetdan Anqaradagi  “alkolsuz balık restoranları”ni qidirdim,
“Doğan”, ya’ni hozirgi ishxonam zudlik bilan baliq ustasi qidiryapmiz, baliq ishini tushunsang kel, deb chaqirishdi.
Bu yerga ustaman,
eski joyimda 25 ming lira oylik olardim deb kelganman, aslida 17 ming edi maoshim.
Kamiga, 25 mingdan kam bersang ishlamayman, deganman o‘zimcha. Shunday qilmasam ishga olishmasdi, olsa ham yaxshi haq to‘lashmasdi-da...
Qolganini kanalda yangi format o‘laroq
video shaklida ulashyapman, ham ish jarayonimdan lavha,
ham uzuuun post o‘qigandan ko‘ra, aytib berganim yaxshi... :)
Ko‘ring, agar yaxshi qabul qilsangiz, videolarni ham ko‘paytiramiz, Xudo xohlasa!
@Ijoddardi

December 04, 10:12
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

So‘nggi kunlarda hamma ish bir oraga tiqilib qolgandi...
Safinaning to‘pig‘idan qon olish, Mahdini emlatish, O‘zbekistonga kitob jo‘natish...
deyarli yaxshi uxlamadim.
Hozir esa yelkamdan tog‘ ag‘darilib ishga ketyapman,
hammasi bitdi, hamd!
Kitoblar O‘zbekistonga jo‘natildi,
bolalarning ham shifoxonadagi ishlari bitdi,
ertaga ayasini bir ko‘rikka eltib kelsam bo‘ldi, marra meniki!
Orada oxirgi kitobli o‘yinimiz sovg‘alari
pochtada yo‘qolib ketgani, hech biri g‘oliblarga yetib bormagani xabarini oldim,
u kitoblarni ham qaytadan jo‘natdik, tez orada yetkazib beramiz!
Farzandlar sog‘lom, Sitora xotirjam, muzlatkich to‘la,
ertaga maosh kuni, kitoblar ham kechgacha Toshkentda bo‘ladi,
maza, kayfiyatim “akunamatata!” bugun :)
Bundan 2 yil oldin seni Turkiyada shunday hayot kutyapti deyishsa,
hech ikkilanmay ko‘chib kelib, bundan-da yaxshi hayot uchun borimni bergan bo‘lardim.
Shunisiga ham shukr, Alhamdulillah!
@Ijoddardi

December 04, 04:38

Aeroportga ketadigan avtobus bekatida yo‘lovchimizni kutib o‘tirsam, to‘rt nafar o‘zbek akalar yonimga kelib:
- Здес аэропорт Эсенбоға автобус едить да?! - deb so‘rashdi.
- Да, да! - dedim.
Savol bergani orada “geroy” bo‘lib, sheriklariga
“Ana, turklaram o‘rischani biladi”
demaganmidim, deb ketdi...
Kulib qo‘ydim :)
@Ijoddardi

December 03, 22:45
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

…va toʻsatdan bir paytlar orzu qilgan tuningga tushib qolasan :)
• Mahdi va Safina uxlayapti,
er-xotin O’zbekistonga ketadigan kitoblarni o’lchab,
egalariga boʻlib oʻtiribmiz…
• Yoʻlovchi chiqishi biroz qiyin boʻldi,
hamma yangi yil tagiga toʻgʻrilab bilet olgan,
topilgan odam ham kitobni olib ketmaydi…
• Vanihoyat bir akamizning 20 kg bogajini toʻliq sotib oldim, oʻzi yukimiz uncha bormikan deb oʻylab yurgandim,
deylik 15 kg chiqib qolsa ham 20 kgga pul toʻlayman-da kelishuv boʻyicha…
• Lekin jami yukimiz 28 kilo chiqib ketsa boʻladimi.
Gilamda, divanda, stol-stullarda… hamma joy kitob!
Endi nima qilishni oʻylab boshimiz qotgan…
• Ertaga vaqtli uygʻonolmasam dabdala, qanday boʻlmasin, turishim shart.
Lekin hali beri ishimiz tugamayapti,
uyqum yerni chizib qargʻayapti oʻziyam :)
• Nima boʻlgandayam,
oʻz-oʻzimizning ishimiz, yaxshi koʻrgan kitoblarimiz,
tashvishiyam shirin, qiyinchiligi ham tabarruk
😁
Anqara, 2025, 01:45…
@Ijoddardi

December 03, 20:09
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

• Miyangdagi maraz odamcha bilan gap talashib ishdan qaytish -

• Ayoling bilan hazil-huzul qilib uyga borish -

@Ijoddardi

December 03, 18:39

Ikki yil oldin Turkmanistonlik yosh kelin-kuyov kelgandi ishga, ikkisi ham tengdoshim, turkchasi haminqadar...
Ayoli 4-5 oy ishlab,
polisga tushib qoldi va mamlakatiga deport bo‘lib ketdi.
Orada men ham ishdan bo‘shadim, u bilan xabarlashmadim umuman.
Yaqinda ishga qaytsam, yigit haliyam shu yerda ekan,
hatto turkchasi ancha yaxshilanib,
“komi”likdan chiqib, ofitsiantlikka o‘tibdi.
Onlayn qimor o‘yinlar boshlaganini sezib qoldim keyin. Bir qarasang,
ertalabgacha uxlamasdan onlayn “kozino”da o‘tirib, totalizatordan bir oylik maoshimizni to‘plab ishga kelardi,
bir qarasang, asab, bor-budini yutkazgan...
Kunlar o‘tdi, yigit o‘yinlarni puxta o‘rganib, qimorning piriga aylandi.
Ishxonada ham kun bo‘yi o‘ynardi, ijara uyida ham.
Yutkazganidan qozongani ko‘p bo‘la boshladi...
Ikki oycha oldin mashina olgandi, markasi esimdan chiqdi.
Yaqinda esa “Toyota Camry” oldi, lekin jiddiy qaramagandim,
uyidagilar sharoiti yaxshi bo‘lsa olishgandir-da, debman.
Bugun ishdan bo‘shayman, deb qoldi.
Oyning 15-siga bilet olibdi. Kattaroq biznes-piznes boshlamoqchiman, Xudo xohlasa,
zerikdim bu ishlardan, uyga qaytaman, dedi.
Qanaqasiga, mendan keyin kelganding,
qancha pul topa oldingki bu ishlardan,
kattaroq biznesni qanday boshlamoqchisan, deb qiziqdim. Javobi esa...
Kuniga 30 ming liradan oz topmadim so‘nggi paytlarda
(Salkam oylik maoshi bu)
.
Kamiga ermak uchun(!) ishim, oyligim bor edi.
O‘yin qoidalarini, sir-asrorlarini o‘rgandim, yaxshi pul topdim.
Uyda avvaldan mashina bor edi. Men ikkita oldim. Jami uchta bo‘ldi.
10 ming $ dan ziyod to‘plaganim bor yana.
Bir mashinani sotib, yig‘gan pulimni qo‘shib, biror sohaga yo‘naltiraman,
farzand ko‘raman, ortiq hayotimni yashayman, yo‘qsa vaqtida o‘yindan chiqmasam, boriyam qo‘ldan ketadi, deydi.
Suhbat tugadi. Ming xil xayol bilan ishlashda davom etdim.
Endi ichimdagi maraz odamchaning halol-xarom haqidagi ma’ruzasini eshitib,
uyga qaytyapman. Qannnnaqasiga?! :)
Umrimda birinchi marta chetga bir ahvolda kelib,
turklar ta’biri bilan aytganda, “köşeye dönen adam”ni o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim.
Havas qilishni ham bilmaysan, hasad qilishni ham...
Aytgancha, bu noqonuniyku, qo‘lga tushib qolmaysanmi desam, email, telefon raqam, plastik karta... birortasi mening nomimda emas, dedi.
Bu pulning dinda hukmi qanday desam, yutsang - halol, yutkazsang - xarom, deb hazil qildi...
Erkak kishining omadi bilan o‘ynashib bo‘lmaydi derdimu, lekin bu omadmi yo boshqa narsaligini tushunolmayman
😂
@Ijoddardi

December 01, 16:35
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugun farzandlarimiz ismi haqida aytib beray :)
Ko‘pchilik bolalaringga nega turkcha ism qo‘yding, deb so‘rashadi.
Har bir kishiga tushuntirmay, post qilib qo‘yay dedim,
so‘raganlarga tashlab beraveramiz...

Mahdi
- o‘g‘limning ismi. Arab tilidan olingan,
“To‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi", “Alloh yo‘liga yetaklovchi”, “Qutqaruvchi” va “Hidoyat etilgan” ma’nolarini anglatadi.
Ijobiy va ruhiy quvvatni ifodalaydigan ism sifatida ham tanilgan.
Islomda “Imom Mahdi” — oxir zamonda kelishi bildirilgan,
adolat o‘rnatadigan, Dajjol bilan kurashadigan shaxs sifatida
zikr qilinadi. Lekin biz bu ismni farzandimizni unchalik ulug‘lashtirish uchun tanlamaganmiz :)
Rasululloh ﷺ:
“Mahdi mening ahlimdan bo‘ladi. U zulmga to‘lib qolgan dunyoni adolat bilan to‘ldiradi”, deydi (Abu Dovud, Termiziy (Hasan-sahih).

Safina
- qizimizning ismi. Arabchada
“Kema” degani. “Qutqaruvchi”, “Olib o‘tuvchi”, “Najotga yetkazuvchi”
ma’nolarida keladi.
Qur’onda “السفينة — as-safina” shaklida bir necha oyatda uchraydi, masalan, Nuh alayhissalomning kemasi haqida.
Islom tarixida
Safina (r.a.)
deb tanilgan mashhur sahoba bor.
U haqida sahih rivoyatlar:
Rasululloh ﷺning xizmatchilaridan bo‘lgan. Asl ismi boshqa edi, lekin Rasululloh ﷺ unga:
“Sen menga safinaday (kema kabi) yordam beruvchi odamsan”
deganlari uchun
Safina
laqabini qo‘yganlar. Safina ayol bo‘lishiga qaramasdan juda og‘ir yuklarni ko‘tarar, o‘ta mehnatkash va sabrli kishi edi.
Bu ismlarni juda chuqur o‘ylab, izlanib, har tomonlama tahlil qilib qo‘yganmiz.
Hatto qizimizga ko‘p muddat Marvarid ismini qo‘ymoqchi bo‘lib yurdik, lekin bu qimmatbaho tosh dengizning eng chuqur yerida bo‘lishi, yorug‘likka chiqishi uchun hayotda ko‘p qiyinchiliklar ko‘rishi kerakligini bilib,
Safinada to‘xtaldik. Chunki kema suv yuzasida suzadi, insonlarni qutqaradi, ma‘nosi ham Mahdi bilan bir xil -
“Qutqaruvchi”
:)
Ma’nolaridan kelib chiqib, ko‘p yaxshi niyatlar bilan tanlaganmiz bu ismlarni.
Ilohim, o‘ylaganimizdan ham ortiq natijalar bilan quvontiradigan
solih va soliha insonlar bo‘lib ulg‘ayishsin, omiyn!
@Ijoddardi

December 01, 14:41

Kecha stipendiya tushadi deb pulimizni ishlatib bo‘lgandik, tushmadi, oqshom oxirgi pulimga bitta non olib ishdan qaytdim...
Ertalab 600 lira qarz oldim-da, uy tagida yangi ochilgan
“Halk ekmek”dan 5 ta non oldim. Do‘konda donasi 15 lira,
hokimiyatning bu bufetchalarida 10 liradan olasiz.
550 lira qoldi. Sitora bergan ro‘yxat bilan Mahdini ko‘tarib marketga o‘tdim.
Qarasam, “Kooperativ” marketda apelsin chegirmada, 60 liradan 40 qa tushibdi.
Shartta 4 kilo ovoldim, uni oilaviy yaxshi ko‘ramiz...
Keyin “A101”ga o‘tdim. Nonushta uchun
yeyishga tayyor avokado olaman desam, ikki donalik o‘ram 130 lira ekan.
Donasi 65 liradan, vitamin deb savatga soldim.
Sut, yulaf, 2-3 xil shirinliklar, banan, olma va hokazo... ko‘p narsa olib yubordim,
xayolimda 550 lira pulim bor deb yuribman,
oradagi 4 kilo apelsin esimda yo‘q.
Kassaga kelgach, umumiy 540 lira bo‘ldi, puling yetmayapti deydi. Shirinliklarni chiqardim,
hisob 490 liraga tushdi, haliyam pulim yetmayapti deng,
avokadoni ham qoldirgandim, to‘landi.
Ishga keldim. Stipendiya ham tushdi.
Qarzlarni to‘lab, ishxona yonidagi “Çağdaş” marketga
bozorlik qilish uchun javob olib chiqdim.
Yeyishga tayyor avokado chegirmada,
donasi 20 liradan ekan bu yerda. 4 ta oldim, 80 lira bo‘ldi.
Ertalabkini ololmaganimga shukr qildim :)
Meva-cheva, qovoq, ismaloq, zaytun yog‘i olgach,
Mahdiga doim “Migros” marketdan oladigan “Hipp” kashamizga ko‘zim tushdi.
Uyda tugagandi, narxi bir xil, 180 liradan ekan. Shartta ikkita oldim.
Kassaga o‘tsam, telefoningda “Çağdaş” ilovasi bo‘lsa, “Hipp” kasha chegirmaga tushadi dedi. Menda u yo‘q edi.
Orqamdagi xaridor esa men o‘qitaman deb telefonidagi ilovani berib turdi,
100 lira chegirma berildi yana. Kasha ikkisi 260 liraga tushdi, donasi 130 dan...
Sotuvchiga “respect”,
chegirmani aytmasa, bilmasdim,
orqamdagi yaxshi insondan esa Alloh rozi bo‘lsin!
Demoqchimanki, Turkiyada marketlar ko‘p, ko‘pincha hammasi bir manzilda joylashadi, bir-biriga o‘ta yaqin.
Narxlar ham hammasida har xil, chegirmalar esa navbat bilan barcha mahsulotlarda,
rostakamiga bo‘ladi. Shoshilmay o‘rgansangiz, zarar qilmaydi.
Xaridorlarni aldab yoki
o‘tmay qolgan “tovar”larni sotish uchun yolg‘ondan chegirma qilishmaydi bu yerda.
Maza!
Kiyim-kechak, kitob, pamperslarni esa internetdan buyurtma beramiz.
O‘tgan safar 2 raqamli 40 ta pampersni 300 liraga olgandim “Migros”dan,
internetdan esa 100 tasini 225 liraga oldik, yetkazib berish bepul :)
Yashayversangiz, shunday yo‘l-yo‘riqlarni o‘rganib olaverarkansiz.
Endi go‘shtni qayerdan arzon olishni tekshirib yuribman,
uniyam arzon va sifatli joyini topsam, marra meniki!
@Ijoddardi