
Javohir Toshtemirov | Koreya
🇰🇷
Koreyada bilishingiz kerak bo'lgan eng muhim "15 kunlik" qoidasi. Bugun uyimizga yaqin bo'lgan mahalla qo'mitasiga borgandik. Tashrifimizning sababi – "체류지 변경 신고", ya'ni yashash manzilini o'zgarganini ma'lum qilish. Iloji boricha 14-15 kun ichida yoki…
🇰🇷
Koreyada bilishingiz kerak bo'lgan eng muhim "15 kunlik" qoidasi.
Bugun uyimizga yaqin bo'lgan mahalla qo'mitasiga borgandik. Tashrifimizning sababi – "체류지 변경 신고", ya'ni yashash manzilini o'zgarganini ma'lum qilish.
Iloji boricha 14-15 kun
ichida
yoki mahalla/shahar qo'mitalariga borgan holda, yoki immigratsiya rasmiy sayti orqali turar joyingiz o'zgarganini ma'lum qilishingiz va ID kartangizning orqasiga yangi manzilingizni yozdirishingiz kerak. Hattoki bir xonadan boshqa bir xonaga ko'chsangiz ham.
Bu juda muhim. Sababi buni e'tiborsiz qoldirishingiz natijasida keyinchalik viza cho'zdirishda muammolar bo'lishi mumkin. Eng yomoni, siz qanchadir summadagi jarimaga ham tortilasiz.
Viza cho'zdirayotgan paytda xuddi shunday jarima chiqqan ko'pchilikni bilaman, o'z ko'zim bilan ko'rganman.
O'zi 5 minutda bitadigan ish, shuni ham e'tiborsiz qoldirish oqibatida ortiqcha jarima to'lab yurmang.
@JavohirToshtemirov
🎤
Global Student Talks with Javohir
.
🇰🇷
Episode 2
: Nega chet elda va aynan Koreyada o'qish kerak?
🔊
Mehmon
: KNU talabasi va Compass Agency asoschisi
Axror
.
Webinarda jonli qatnasha olmaganlar bir ko'rib chiqsa foydali ma'lumotlarni topadi; qatnashganlar ham yana bir ko'rib chiqsa foydali bo'ladi, nasib.
Axrorning
instagram
akkauntiga ham o'tib ko'rib, foydali video va interviewlarni topa olasiz.
Webinar manfaatli bo'lgan bo'lsa — "
❤️🔥
"
Kommentariyada audio ko'rinishini ham tashlab qo'yaman
.
@JavohirToshtemirov
Savollar qismi. Kimda qanday savollar bor?
Cross-cultural communication kuchayadi chet elda o'qisangiz
🔥
🎤
Global Student Talks with Javohir
.
🇰🇷
Episode 2: Nega chet elda o'qish kerak?
Bugungi ikkinchi sonimiz mehmoni Koreyaning Kangwon National University 2-kurs talabasi va
@CompassAgenccy
asoschisi Axror bo'ladi.
Demak, bugungi sonimizda Axrorning student sifatidagi Koreyadagi hayoti, shuningdek chet elda o'qish va hujjat topshirish haqida yaxshiroq bilib olamiz.
▶️
Boshlanish vaqti: 20:00
Qani, reaksiyalar orqali mehmonimizga aktivlikni ko'rsatib turaylikchi unda :)
@JavohirToshtemirov
"Nega chet elda va nega aynan Koreyada o'qish kerak?"
Bugun bo'lishi rejalashtirilgan interview podkastimizning asosiy mavzusi shu.
Boshlanish vaqti 20:00 (Uzb vaqti bilan). Mehmonimizni ham ko'pchilik tanisa kerak. Keyingi postni yozgunimcha kimligini taxmin qilsangiz bo'ladi :)
Jonli ishtirok eta oladiganlar — "
❤️🔥
"
Qo'shimcha savollar bo'lsa, tayyorlab qo'yaverasiz
.
@JavohirToshtemirov
🤩
O'yin zo'r bo'lyapti-ya, ko'rayotganlar bormi?
Valverde taym tugadi hozircha :)
🎤
"Global Student Talks" podkastimiz esingizdami? Fevral oyida birinchi sonini video chat ko'rinishida o'tkazgan edik va Koreyada o'qish mavzusida mehmonimiz bilan suhbat o'tkazgan edik. 2-sonini ham ana shu dam olish kuniga tashkillab yuborsak nima deysiz?…