Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Javohir Toshtemirov | Koreya

JavohirToshtemirov
"Orzular ushalish xususiyatiga ega" — Kangwon National University talabasi | 🇰🇷 — IELTS 8.0 (R/L 9.0) — Multilevel C1 (R/L 75/75) — Koreyadagi hayot, ta'lim va sayohatlar — Kitoblar haqida postlar Murojaat uchun: @Javohir_Abdullayevich
Подписчики
1 520
24 часа
10
30 дней
-180
Просмотры
181
ER
11,12%
Посты (30д)
41
Символов в посте
605
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Книги
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
April 25, 16:51

😀
Yangi funksiyani sinab ko'rayotgan edim, do'stlar. Instagramda menga follow bo'lmagan akkauntingiz bo'lsa yoki qanaqa akkaunt bo'lsa ham, hozir yangi reelim linkini beraman. Kirib videoni bir check qilib ko'ringlarchi, yoqsa like bosib qo'ysangiz ham yaxshi…

April 25, 15:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

😀
Yangi funksiyani sinab ko'rayotgan edim, do'stlar.
Instagramda menga follow bo'lmagan akkauntingiz bo'lsa yoki qanaqa akkaunt bo'lsa ham, hozir yangi reelim linkini beraman. Kirib videoni bir check qilib ko'ringlarchi, yoqsa like bosib qo'ysangiz ham yaxshi bo'lardi.
Yangi video uchun link
Bu xabarni 1 soatga qolmay o'chirsam kerak.
@JavohirToshtemirov

April 24, 14:30
Файлы недоступны
2
2
Открыть в Telegram

🇰🇷
Universitet hayotidan bir parcha: Liderlik.
Bizda ko'p fanlarda 발표 (presentation qilish) vazifasi bo'ladi, ko'p hollarda jamoaviy prezentatsiya qilamiz.
Jamoaviy presentatsiyalarda 4-5 kishilik guruh shakllantiriladi, jamoa uchun bitta lider tayinlanadi. Lider tayinlash ba'zida qiyin bo'ladi, xuddi bugun bizda bo'lganidek ...
5 kishilik jamoa tuzdik, liderlik uchun 2 kishi o'z nomzodini aytdi: bittasi doimgidek men va ikkinchisi eng yaqin do'stlarimdan biri.
Do'stim kuchli lider bo'la olishiga ishonaman, ko'p prezentatsiyalarda liderlik qilganimga o'zim liderlik qila olishimga ham ishonchim bor edi.
Demokratik ovoz yo'li bilan aniqlaymiz desak, ovoz beradigan 3 kishidan bittasi boshqa bir yaqin xonadosh do'stim. Ikkinchisi liderlikka nomzod do'stimning xonadosh do'sti
😂
Shunda xonadosh do'stlarimiz bizga ovoz berishi deyarli aniq, liderlikni aniqlashda 1 kishi bilan demokratiya qilib bo'lmaydi.
Qog'oz yashirib tortishga o'xshash o'yin orqali aniqlash ham unfair yo'l bo'lib ko'rindi. Boshqa bir juda zo'r va fair yo'lini topgandik, ammo uning uchun darsdan keyin kutib aniqlashga to'g'ri kelardi, ustozga aytganimizda bu usulga ruxsat bermadi.
Keyin lider bo'lish motivlari va o'ziga xos xususiyatlarga o'tdik, lekin har bir xususiyatimiz bir-birimizda topilardi. Keyin IELTS balli eng yuqori kishi lider bo'lsin dedim hazillashib
😁
Oxiri "Qog'ozda do'stim, amalda men lider bo'lishim" fikriga to'xtaldi qolganlar, hatto nomzod do'stim ham ma'qulladi. Lekin do'stim uchun bunaqa liderlik yarashmaydi deb o'ziga liderlikni berishga qaror qildim.
Shunaqa qiziq voqealar ham bo'lib turadi o'qishimizda. Muhimi shu voqealar orqali yaxshiroq o'rganib, yanada yaqinroq do'stlar bo'lib ketamiz :)
@JavohirToshtemirov

April 24, 13:44
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Universitet darslari bilan bog'liq qiziq bir holat bo'ldi bugun.
Bu voqea misolida sizlarga chetda o'qish qandayligini qisqacha ko'rsatib ketaman. Lekin bu post uzun bo'lib qoldi. Mening auditoriyamda uzun postlarni o'qish bilan muammo yo'q deb o'ylayman.
O'qiysiz-a uzun post bo'lsa ham — "
⚡️
"
@JavohirToshtemirov

April 24, 02:48
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

😍
Atrofni qarang go'zalligini
.
Eng oddiy manzara shu ekan, biz bundan keyin ko'rgan boshqa joylardagi manzara bundan ham zo'rroq, sizga aytsam.
Fotosessiyamizdan rasmlar ulashaman kechga. Rostan ham atrof 너무 아름답고 예뻐요
❤️‍🔥
Shu joyda ham couple lar tushib qolgan ekan videoda
😭
@JavohirToshtemirov

April 24, 02:48
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

April 23, 13:00
Файлы недоступны
2
2
Открыть в Telegram

🇩🇪
Imtihonlar haftasi, ko'p dars soati bor bo'ladigan kun va futbol.
Anchadan beri real futbol o'ynamay qo'ygandim. Maydonga qaytish zo'r hislarni berdi.
O'qishdan charchab chiqib, do'stlar bilan futbol o'ynab yuborishning gashtini bilgan biladi. Yoshlikda bo'lganidek ustimdagi kiyimlar chang bo'lib qolsachi deb o'ylamasdan o'ynash esa ikki karra mazza.
Yana Koreyadagi stadionda futbol o'ynayotganingizni his qilish esa boshqacha bir tuyg'u
😎
Bugun gol urmagan bo'lsa ham "одно касание" ("bir tepar") da biror marta o'rtaga kirmaganimni ham maqtab ketay ;)
@JavohirToshtemirov

April 22, 13:08
Файлы недоступны
2
2
Открыть в Telegram

🇰🇷
Koreyaga kelish endi qiyinlashadi.
2026-yilgi Adliya vazirligi qaroriga ko'ra endilikda xorijiy studentlarni qabul qilishda son emas, sifatga
qaraladi
.
Koreyaga kelishdan
oldin
haqiqiy o'qish niyatingiz bor-yo'qligi, koreys tilini bilish darajangiz va shu kabilar diqqatlik bilan tekshiriladi.
Hali xafa bo'lishga shoshilmaymiz: fikrimcha bu juda zo'r qaror bo'lgan. Oldingidek "Koreyaga qanday bo'lsa ham kirib olay" qabilidagi ishlar va u davr endi
tugamoqda
.
Endi haqiqattan ham bilimi bor va o'qishni xohlaganlar kela oladi Koreyaga, student vizasining ortidan kelib keyinchalik o'qishni ham tashlab ketadiganlar emas.
Yana bir yaxshi tomoni — endilikda sizda real maqsad o'qish bo'lsa va til sertifikatlaringiz zo'r bo'lsa, pul sababli vizangiz rad etilib qolish holatlari kamayadi.
Endi faqat pul emas, bilim asosiy rol o'ynaydi Koreyaga kelishda.
Bu yangi qarorga nisbatan fikringiz qanday? Endi Koreyaga kelib o'qish ehtimolingizni qanday baholayapsiz?
@JavohirToshtemirov

April 21, 13:30
Файлы недоступны
7
4
Открыть в Telegram

🇰🇷
Seokchon Lake | Cherry Blossom
.
Cherry Blossom avjida bo'lib turgan paytda borolmagandim. Borganimda daraxtlar yashil tusga kirib bo'libdi.
Yana bir yangi joyga borib, yaxshi xotiralar bilan qaytib bu joyni o'zim uchun kashf qildim.
Keyingi safar noodatiyroq, must-go ro'yxatlarda ko'p uchramaydigan, lekin borishga arziydigan bir joyga borib ko'rishni o'ylab turibman.
U joyning lokatsiyasi ham aniq, faqat imtihonlardan keyin vaqt ajratib bora olaman.
Doimgidek, Koreyani birgalikda kashf qilamiz
;)
@JavohirToshtemirov

April 20, 15:32
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🇰🇷
Koreyada "Cherry Blossom" nimani bildiradi, bilasizmi?
"Cherry Blossom" mavsumining eng avj payti midterm examlar kelayotganidan darak beradi, degandi ustozlarimiz.
O'zi mana shunga o'xshash majoziy ma'nodagi o'xshatishlar ko'p koreyslar orasida. Eshitganlarimni birma-bir shunday yozib boraman postlar orqali.
Ko'p rasmlar va videolar bor, shuni bir qilib ertaga tashlayman, nasib.
@JavohirToshtemirov