Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

Jaydari_kopirayter
Kopiraytingga oid istalgan masalaga yechimni shu blogdan topasiz. Sizga cheksiz mehr va hurmat bilan barmoqlari klaviaturada toblangan, bilagi baquvvat jaydari kopirayter — Doniyorbek Erkin oʻgʻli | @Doniyorbek_Erkin
Subscribers
6 470
24 hours
50
30 days
-390
Post views
667
ER
11,48%
Posts (30d)
78
Characters in post
574
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Marketing & Sales
Summary
April 29, 08:26

Iflos/ishlaydigan marketing
Ishxonamiz oldida bitta oshxona bor. Shu oshxonada odam kam edi, lekin 3-4 kundan buyon kamida 2 barobarga ko‘paydi.
Sababini kuzatib, taxmin qilsak, xizmat ko‘rsatuvchi yigitning o‘rniga bitta chaqqon qizni ishga olishibdi.
Qizning xushmuomala va zo‘r servis ko‘rsatishidan tashqari, figurali va e’tiborni tortadigan kiyim kiyib olgan. Natija esa bitta inson ta’siri nuqtayi nazaridan, kutilgandan ham ancha zo‘r.
Faqat bu yerda bitta nozik jihat borga o‘xshaydi. Mijozlar oqimi bitta insonga bog‘lanib qolyapti, u inson esa mazali taom tayyorlaydigan oshpaz emas. Shuning hisobiga mijozlarning kafega kelishdagi hozirgi ishtiyoqini doimiy ushlab turish uchun qizni imkon darajasida kiyimlari xilma-xilligini ta’minlashga yoki shunga o‘xshagan qizlardan 4-5 nafarini olib kelib qo‘yishga to‘g‘ri keladi.
Ammo bu usul bilan davomli natija qilish ancha qiyin, biroq ma’lum muddat uchun effekti juda zo‘r bo‘lib chiqdi. Xuddi shu keysni qadriyatni saqlagan holatda, biznesingizga moslashtirsangiz bo‘larkan.
Qiz bola xodima juda ko‘p holatlarga yigit xodimga nisbatan yaxshiroq natija beradi.
#keys

April 28, 16:52
Media unavailable
1
Show in Telegram

Zo‘r qilishibdi-ya?)
Ma’lumot uchun, metroda yurish uchun eng tinchi — Atto bo‘lib qoldi.
Ipak yo‘li kartalariga limit qo‘yildi, Uzum bankka limit qo‘yildi+narx ham oshirildi, katta ehtimol bilan yana oshirishadi, hozircha limitsizi Atto bo‘lib turibdi.
1 haftalik tarifni olishni
va avto uzaytirishni yoqib qo‘yishni *tavsiya qilaman. Avtobus va metroda yuriladigani 23 ming so‘m.
*chunki menga ham Shahzod (finansist-buxgalter) aka shu 1 haftalik tarifni tavsiya qilgan, hisob-kitob qilsam, rostan eng hamyonbopi shu bo‘lib chiqdi
Keyingi masala, ba’zi-ba’zida kartada pul 0 bo‘lib qoladi, Attodagi pulni esa transportdan boshqasiga ishlata olmaysiz, natijada doimo pul bo‘ladi
Kuniga 3300 so‘m atrofida tushyapti. Bu bitta joyga bitta transportda borib, bitta transportda qaytsangiz ham foydada bo‘lasiz degani. Lekin odatda 2 martadan ko‘p transportga ishimiz tushadi (mashinasi yo‘q qora xalqni nazarda tutyapman
😁
).
2 martadan ko‘p bo‘lgandan keyin Ipak yo‘lida limitsiz hisoblaganda ham, 4 martasi 3960 so‘m bo‘ladi, Uzumda 3200 so‘m. Ya’ni shu Atto narxida bo‘lyapti, ammo Attoda limit yo‘q, bulardagi limit esa shunaqangi hisoblangan, oy yakunida bulardan foydalanganingiz uchun yutqazasiz (Atto bilan solishtirganda).
Qolaversa, Attoda yuz va kaft bilan to‘lash imkoni bor. Xullas, Atto legenda —
#yasha
UPD. Agar Sizda imtiyoz bo‘lmasa (talabalik, nafaqat, davlat xodimi va hokazo), Atto tariflari ancha qimmat ekan. Xuddi shunaqa imtiyozli boshqa insonning kartasidan foydalanish esa joiz emas, deyishdi. Shu sababli hozircha Ipak yo‘li bank (kuniga 2 marta 990 so‘mdan foydalansa bo‘ladi) va Uzum bank (Oyiga 40 marta) tinchga o‘xshayapti.

April 27, 11:17

Kitob o‘qishni 0 dan boshlash
(25 yoshgacha bo‘lgan yigitlar uchun)
1-kitob. O‘tkir Hoshimovning ”Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kitobi.
Bu kitobdagi bitta mavzuni o‘qib tugatish uchun 3 sekunddan boshlangan vaqt yetadi. Har qanday dangasa nafs ham malollanishga ulgurmasidan, bitta qism yakuniga yetadi.
Gap bu yerda 1-2 daqiqa kitob o‘qishda emas, gap —
davomli
o‘qishda. Kitobni davomli o‘qish uchun esa bu kitobdan osonroq kitobni ko‘rmaganman.
Bu kitobdan keyin O‘tkir Hoshimovning ”Baxt”, ”Muhabbat”, ”Xayollarga bo‘laman tutqun”, ”Urushning so‘nggi qurboni”, “Dunyoning ishlari” hikoyalarini o‘qing. Bu hikoyalar kitobdan eng zo‘r kinolardan ham kuchliroq emotsiya olish mumkinligini miyangizga tushuntiradi va shu bilan birga endi kuniga 5-10 daqiqa kitob o‘qishga odatlanishingizga yordam beradi.
Undan keyin katta kitoblarga o‘tishni “Odam bo‘lish qiyin” va “10 ta negr bolasi” asarlari orqali boshlasangiz bo‘ladi
Agar shu ketma-ketlik ham Sizga to‘g‘ri kelmasa, ilojsiz holatda, xuddi shu tartibni audio variantidan foydalanasiz. Mutolaa ilovasida aytilgan kitoblarning hammasi bor, faqat audiolarga dostup ochilishi uchun
premium
olishingiz kerak bo‘ladi.
P. S. Seni endi 2 ta kitob o‘qigan do‘sting :)
1-kitob. 360 bet, 2 oy, kuniga 6 betdan
2-kitob. 126 bet, 13 kun, 9 betdan

April 27, 07:33

Jamodot
Nabodot
Maxluqot
Shu 3 ta so‘zning ma’nosini topishga harakat qilib ko‘ring. Faqat Gemini'dan foydalanmagan holatda

April 26, 16:18
Media unavailable
1
Show in Telegram

Sezar salatini yaxshi ko‘raman
Lekin bitta do‘kondagi narxni ko‘rib, olmadim, juda qimmat ekan.
Vaholanki, Korzinkada ham kilosi 110 ming. Ammo ular 100 grammi 10.990 so‘m yozishadi.
Shu sababli har doim Korzinkadan olaman, chunki u yerda arzon (deb o‘ylar ekanman)
Shuning uchun ham narx yozayotganda, uni maksimal darajada arzon ko‘rsatish zarur. Masalan, kurs narxi 6 mln emas, har oy 999 mingdan 6 oy to‘laysiz yoki 1 mln 990 mingdan 3 oy.
Mayli, ketsa, boydan ketsin, 6/30 ming o‘tib beravering, biroq mijozga narxni arzimaganroq pul qilib ko‘rsatish lozim.

April 24, 19:13

Ko‘pchilik pulning hidini yaxshi ko‘radi
Menga esa hidi yoqmaydi, o‘zi bo‘lsa, boshqa gap
Menga hid bo‘yicha kitobniki yoqardi, bugun yangi mashinaga chiqmagunimcha
Hech ham avtosalonga borib, mashina ko‘rmaganimgami, yangi mashinaning hidi rosa yoqdi
Albatta, kitobnikidek qayta-qayta hidlashli emas-u, lekin degustatasiya uchun juda zo‘r variant ekan
Siz yana nimalarni hidini bilasiz? Shu hidlarga shunday tarif berib yozingki, o‘qigan inson shu hidni hidlagandek bo‘lsin

April 24, 16:50

Hozir videograf tanishim zo‘r gap aytib qoldi
Pulizni bermayotgan insonlarga birinchi bo‘lib insof bersin, keyin pulizni bersin

April 24, 16:25
Media unavailable
1
Show in Telegram

Sizni kopirayter ekaningizni bilishganda:

April 23, 14:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

Shunaqa uy olib ketvorsang-da :)
Hamma yaxshi odamlar o‘zlari baxtli qolishsa, bitta o‘zing barcha yomon xarakterlaring bilan yaxshi insonlardan uzoqroq bo‘lsang
😅

April 23, 13:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

Tasavvur qiling
1 oy kanalga hech qanday post joylamadim
1 oydan keyin joylangan post esa qandaydir reklama
Shunda nima qilasiz? — to‘ppa-to‘g‘ri. Men ham Evos botini o‘chirib, bloklavordim.