
✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi
Pul topish oson emas, hatto bizni sohada ham
Uylarni sotuviga progrev yozasiz, u uylar ipotekaga berilyaptimi yoki yo‘q, degan savolga aniq javob topishingiz kerak.
Qaysidir aksiya bo‘yicha kreativ berasiz, o‘zi u aksiya aytilgandekmi yoki yo‘q, buni aniqlash zarur.
Kimdirning shaxsiy brendiga matnlar topshirasiz, o‘zi u inson shu matnlarga munosib ekspertmi yoki yo‘q, buni bilish lozim.
Negaligini bilmadim-u, bu reklama sohasida ham yetarlicha fitna bordek.
Marketing ≈ yolg‘on
Muammo: Instagramga qo‘yilgan video shu profilning o‘zida tiniq, boshqalar ko‘rganda, xira.
Shuni yechimi qanday?
Kechadan boshlab sog‘lom ovqatlanish rejimiga o‘tgandim
Kecha yeb ko‘rdim, shunda bir muammoni sezib qoldim, qayerda xato qilayotganimni tushunmayapman
Shunga Sizlardan maslahat so‘ramoqchi edim. Bu narsalarni ovqatdan oldin yeyish kerakmi yoki ovqatdan keyin?
Shu paytgacha Ipak yo‘li bank ilovasini ishlatar edim
Chunki kartadan karta pul o‘tkazish foizsiz (adashmasam, visa start so‘m kartasida 100 million so‘mgacha edi) bo‘lib, naqdlashtirish ham 0.5% bilan amalga oshirsa bo‘lardi.
Lekin fevral oyidan bu imkoniyatlar yo‘qolganini sezib qoldim. Shundan keyin
Shahzod akadan
maslahat oldim.
Ular Uzum bankni ilovasini maslahat berdilar.
1) Kartani onlayn, ilovaning o‘zida tekinga ochtirsangiz bo‘ladi
2) Haqiqiy (sohaviy nima deyilishini eslolmadim) kartani ham Uzumning Siz xohlagan punktiga olib kelib berishadi
3) Shu karta orqali 100 million so‘mni kartadan kartaga foizsiz tashlay olasiz | 10 million so‘mni 0% bilan naqdlashtira olasiz | Ma’lum bir to‘lovlarga ma’lum miqdorda keshbek qaytariladi, shunda metro ham 650 so‘m bo‘ladi
(har oy boshida 4-5 marta to‘lov qilganingizdan keyin yuqoridagi imkoniyatlar aktivlashadi, shuning uchun oy boshida gaz, elektr, suv, telefonga 1-2 ming so‘mdan o‘tkazdirib qo‘ysangiz bo‘lgani)
(haqiqiy kartani olgandan keyin, karta aktivlashishi uchun ilovaning o‘zida pin kod qo‘yishingiz zarur)
Shu sababli buyog‘iga Uzum bankning visa kartasini ishlatishni boshladim. O‘zimga yoqqani uchun Sizga ham tavsiya qildim.
Bundan tashqari, kartani kimningdir havolasi orqali rasmiylashtirsangiz, uning Uzum kartasiga 45 ming so‘mgacha tushurib berishar ekan (izohlarda ma’lumotlarini qoldiraman).
Sizga na issig‘i, na sovug‘i bor, lekin u insonga kichkina bo‘lsa ham xursandchilik. Shu sababli, mabodo hali karta rasmiylashtirmagan bo‘lsangiz, mana bu link orqali rasmiylashtiring
👇
https://b.2u.uz/ref?c=50&a=PXeEk10pbw
👆
bu linkdan kelgan keshbeklar menga emas, menga shu Uzum karta haqida ma’lumot bergan insonning kartasiga ketadi. Menga manfaatli ma’lumot ulashdilar, shunga rahmat o‘rnida shu link orqali karta rasmiylashtirdim.
Bu post Sizga foydali bo‘lgan bo‘lsa, Siz ham shunday qilishingiz mumkin. Reaksiya, izoh, ulashish degandek :)
P. S. Yomon tarafi, bu imkoniyatlar 31-martgacha ekan, undan keyin nima bo‘ladi, buyog‘ini vaqt ko‘rsatadi
Kepkamni ilib qo‘ygani joy topdim Turushidan xuddi haqiqiyga o‘xshaydi a?)
Kepkamni ilib qo‘ygani joy topdim
Turushidan xuddi haqiqiyga o‘xshaydi a?)
Bugun taksida yurib-yurib oladigan joyi :)
Hamma bir-birini qo‘lini tutgan Mening qo‘limni esa:
Qachondan buyon Macbook ololmay yurgandim Pulim yo‘qligidan emas, nasib qilmaganidan, chunki iPad'ni komplektining (iPad, keyboard, pencil) puliga 2 ta makbuk berardi. Lekin hech nasib qilaman deyavermadi. Bugun jamoamdagi 2 yigitga, bittasiga 17 max, bittasiga…
Shu narsalarni ofisda ham tashkillashtirish kerak
Kecha iftorlik tayyor bo‘lganicha Impulse'dagi pechenyelardan 1 tasini yegandim, shunaqangi maza qildim. O‘zi oddiy pechenye, lekin zudlik bilan kerak bo‘lib qolganda, tayyor va bepul.
O‘zi deyarli 80-90% coworking zone'larda tekin ichimlik va shirinliklar bo‘ladi. Lekin men o‘zim ishlagan 90% ofislarda bu narsani ko‘rmaganman. Shu oddiy narsa xodimlarga nisbatan kompaniyaning e’tibori qay darajada ekanini ko‘rsatadi.
Qolaversa, kompaniyaning o’ziga ham obro‘. Aytaylik, mijoz kelib qolsa, 1 ta bakalga qaynoq choy damlab, oldiga 4 dona pechenye qo‘yadi, shu arzimagan mehmondorchilik bilan ko‘p masalalar oson hal bo‘lib ketadi.
Bu borada yana bitta jihat bor
. Imkoni bo‘lsa, kg li yoki oddiy haltachali variantlardan ko‘ra, kofe va choylarni paketchali variantidan foydalanilsa, ham estetik chiroyli, ham premium ko‘rinadi.
Shu xabarimni rahbarlarga tashlab qo‘ying, ulardan hech qancha pul ketmaydi, lekin xodimlar ancha xursand bo‘ladi. 1 oyda xodim cho‘ntagidan shu mayda-chuydaga ham indamasdan 500-600 ming ketib qoladi. Xodim uchun bu sezilarli summa, kompaniyaga esa deyarli bilinmaydi, ham optom olgani uchun ancha arzon tushadi.
#taklif