Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Jizzax Prezident maktabi / RASMIY

JizzaxPrezidentMaktabi
Jizzax shahridagi Prezident maktab ishonch telefoni raqami: +998722215919 @Jizzakh_PM_murojaatbot https://t.me/JizzaxPrezidentMaktabi https://www.facebook.com/jizzaxpm/ https://instagram.com/jizzax_pm?utm_medium=copy_link https://www.youtube.com/channel/U
Subscribers
1 530
24 hours
30 days
40
Post views
905
ER
55,88%
Posts (30d)
32
Characters in post
724
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
March 13, 09:57
Media unavailable
2
Show in Telegram

📺
Prezident maktabi o‘quvchisi “Shubhidam” ko‘rsatuvida
Jizzax shahridagi Prezident maktabining
10-sinf o‘quvchisi Nuriddinova Dinara
Jizzax MTRK telekanalining
“Shubhidam”
ko‘rsatuviga tashrif buyurdi.
Suhbat davomida Dinara o‘zining
“Algae Biofuel”
loyihasi, ilmiy izlanishlari hamda “Raqamli avlod qizlari” tanlovida erishgan muvaffaqiyati haqida fikr bildirdi. Shuningdek, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va ilm-fan sohasiga bo‘lgan qiziqishi haqida ham so‘z yuritdi.
Mazkur chiqish yoshlarning
innovatsion g‘oyalarini targ‘ib qilish
, ularning ilmiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda tengdoshlariga motivatsiya berishga xizmat qildi.

👉
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

March 13, 09:56
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

🩺
Prezident maktabida sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha ma’rifiy uchrashuv
Jizzax shahridagi Prezident maktabiga
O‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malaka oshirish markazi hodimasi Momoyusupova Fotima
tashrif buyurib, o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilarga
buyrak kasalliklarining turlari, ularning kelib chiqish sabablari hamda asosiy belgilari
haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish va o‘z salomatligiga e’tiborli bo‘lish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Mazkur uchrashuv o‘quvchilarning
tibbiy bilimlarini oshirish
, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirish hamda kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tushunchalarini boyitishga xizmat qildi.
💊
👉
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

March 13, 09:56
Media unavailable
9
2
Show in Telegram

🚀
Yoshlar ishlari agentligi direktori Prezident maktabida
Jizzax shahridagi Prezident maktabiga Alisher Sadullayev tashrif buyurib, o‘quvchilar bilan
startap loyihalari va startaplar ekotizimi
mavzusida uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘zlarining
innovatsion g‘oyalari va startap loyihalari
haqida taqdimotlar qilishdi. Shuningdek, loyihalarni
rivojlantirish, investitsiya jalb qilish hamda ularni real bozorga tadbiq etish
bo‘yicha muhim tavsiya va maslahatlar berildi.
Mazkur uchrashuvda Yoshlar Ventures jamg‘armasi mas’ullari ham ishtirok etib, yoshlarning startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va istiqbolli loyihalarni rivojlantirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berishdi.

👉
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

March 13, 07:59
Media unavailable
1
Show in Telegram


Respublikamiz bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarida o‘quvchilar o‘rtasida
SAT
sertifikatini qo'lga kiritish uchin test sinovlari bo'lib o'tadi
SAT (Scholastic Aptitude Test)
akademik baholash mezoni
400–1600 ball
shkalasida baholanadi
🧠
SAT sertifikati
abituriyentlarning tanqidiy fikrlash, tahlil qilish va akademik tayyorgarlik darajasini baholovchi xalqaro imtihon bo‘lib, dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishni maqsad qilgan yoshlar uchun muhim mezonlardan biri hisoblanadi.
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal

March 11, 14:32
Media unavailable
7
3
Show in Telegram

🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🇺🇸
🤝
9-sinf o‘quvchilari amerikalik o‘quvchilar bilan muloqot o‘tkazishdi
2026-yil
11-mart kuni
Jizzax shahridagi Prezident maktabining saralangan
9-sinf o‘quvchilari
AQSHning Janubiy Karolina shtatidagi o‘quvchilar bilan
onlayn madaniy muloqot
da ishtirok etishdi.
🌍
Mazkur uchrashuv
Arnel Domingo
,
Ezra Antonio
hamda
Durdona Siddiqova
tashabbusi bilan tashkil etildi. Suhbat davomida Jizzax Prezident maktabi o‘quvchilari amerikalik o‘quvchilar va o‘qituvchilar bilan fikr almashib, o‘zaro tajriba va qarashlarini baham ko‘rishdi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi o‘quvchilarga
AQSHdagi tengdoshlarining hayoti, ta’lim jarayoni va kundalik turmushi haqida tasavvur berish
, shuningdek O‘zbekiston madaniyati, milliy taomlari va urf-odatlari haqida ma’lumot ulashishdan iborat bo‘ldi.
Muloqot davomida o‘quvchilar
kundalik hayotlari, maktabdagi faoliyati, o‘qish jarayonidagi tajribalari
haqida suhbatlashib, akademik va ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha fikr almashishdi. Bu esa ikki davlat o‘quvchilari o‘rtasida
madaniy aloqalarni mustahkamlash
va o‘zaro tushunishni rivojlantirishga xizmat qildi.

👉
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

March 10, 05:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

#ishga_taklif
#vacancy
⚡️
Jizzax shahridagi Prezident maktabi
Media to'garak rahbari
lavozimi uchun tanlov eʼlon qiladi!
Talablar
:
🔹
Pedagogik yo’nalishidagi diplom;
🔹
Media sohasidagi ish tajribasi;
🔹
Media sohasidagi sertifikati ustunlik beradi;
Imkoniyatlar
:
🔸
Ahil va professional jamoa;
🔸
Doimiy malakaviy o’sish;
🔸
Iqtidorli o’quvchilar;
🔸
Zamonaviy bino va texnologiyalar;
🔸
Xalqaro konferensiya, treninglar va boshqa ko’plab imkoniyatlar.
📍
Manzil: Jizzax shahar, Sayiljoy MFY, Istiqlol koʻchasi 13-uy.
✔️
Talabgorlar quyidagi havola orqali
joriy yilning 15-mart sanasiga qadar ro'yxatdan oʻtishlari mumkin.

Ro’yxatdan o’tish uchun havola;
👉
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube

March 09, 15:59
Media unavailable
1
Show in Telegram

#ishga_taklif
#vacancy
⚡️
Jizzax shahridagi Prezident maktabi
Kutubxonachi
lavozimi uchun tanlov eʼlon qiladi!
Talablar
:
🔹
kutubxona yo’nalishidagi diplom;
🔹
Kutubxona sohasidagi ish tajribasi;
🔹
Kutubxona sohasidagi sertifikati ustunlik beradi;
Imkoniyatlar
:
🔸
Ahil va professional jamoa;
🔸
Doimiy malakaviy o’sish;
🔸
Iqtidorli o’quvchilar;
🔸
Zamonaviy bino va texnologiyalar;
🔸
Xalqaro konferensiya, treninglar va boshqa ko’plab imkoniyatlar.
📍
Manzil: Jizzax shahar, Sayiljoy MFY, Istiqlol koʻchasi 13-uy.
✔️
Talabgorlar quyidagi havola orqali
joriy yilning 15-mart sanasiga qadar ro'yxatdan oʻtishlari mumkin.

Ro’yxatdan o’tish uchun havola;
👉
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube

March 08, 06:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

Insoniyat tarixining har bir sahifasiga nazar tashlasak, unda ayol zotining ulkan matonati va zakovatini ko‘ramiz. Tarix faqat urushlar yoki sanalardan iborat emas — u ayollarning cheksiz sabri va jasorati bilan yo‘g‘rilgan.
Ada Lavleys ilk dasturlash algoritmini yaratib, texnologiya olamiga tamal toshini qo‘ygan bo‘lsa, Mari Kyuri ilm-fan yo‘lida o‘z sog‘lig‘ini fido qilib, koinot sirlarini ochishga yordam bergan.
O‘zimizning tariximizda ham To'marisning mardligi, Nodirabegimning nazokati va ma’rifatparvarligi xalqimizning ma’naviy qiyofasini shakllantirgan.
Ayollar — jamiyatning shunchaki bir qismi emas, balki uning asosiy harakatlantiruvchi kuchi, hayot davomiyligini ta’minlovchi muqaddas zotlardir.
Aziz va mo‘tabar onalar, latofatli opa-singillar va ustozlar!
Sizlarni nafis bahor elchisi — 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Bayramingiz muborak bo’lsin!
Hurmat bilan Azizbek Gaybullaev
Jizzax Prezident Maktabi Ijrochi direktori.

March 06, 13:39
Media unavailable
5
1
Show in Telegram

🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🏆
Prezident maktabi o‘quvchisi xalqaro yo‘llanma sohibasi bo‘ldi
Jizzax shahridagi Prezident maktabining
10-sinf o‘quvchisi Nuriddinova Dinara
“Raqamli avlod qizlari” tanlovida o‘zining
“Algae Biofuel”
loyihasi bilan
1-o‘rinni egalladi
.
🌱
Mazkur natija orqali u
Xitoyga yo‘llanmani qo‘lga kiritib
, tanlov g‘olibiga aylandi. Ushbu yutuq o‘quvchining ilmiy izlanishlari va innovatsion g‘oyalarining yuqori baholanganidan dalolat beradi.
🎓
👉
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

March 05, 13:19

Jizzax Prezident maktabi / RASMIY
pinned a photo