
Jizzax Prezident maktabi / RASMIY
📣
Xivada "Eco-schools Uzbekistan" loyihasining asosiy ramzi bo‘lgan Yashil bayroq tantanali ravishda ko‘tarildi. Loyihaning milliy operatori — "Zamin" fondi tomonidan o‘tkazilgan audit natijalariga ko‘ra, 30 ta maktab dasturning eng yaxshi ishtirokchisi deb topildi va ekologik ta’lim sohasida xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi.
🏆
Ziroat Mirziyoyeva bolalarni munosib mukofot bilan samimiy tabriklab, erishilgan yutuqlar bilan cheklanib qolmaslikni tiladi va shunday dedi: "Barcha sinov va qiyinchiliklarga qaramay oldinga intilish faqatgina matonatli hamda o‘z ona yurtiga chin muhabbati bor insonlarning qo‘lidan keladi. Men faxr bilan aytamanki, bu xislatlar har biringizda mujassam! Sizlar tabiatning chinakam himoyachilarisiz va sa’y-harakatlaringiz bizni BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish sari yaqinlashtirmoqda".
👨🍳
Bayramda xalqaro toifadagi oshpaz va diyetolog-nutritsiolog ekomaktab o‘quvchilari uchun muvozanatli ovqatlanish asoslari va sog‘lom taomlanish odatlarini shakllantirish bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazdi. Mavzu davomida BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan maktab o‘quvchilari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari hamda oshxona va bufet xodimlari uchun to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar taqdim etildi. Ushbu qo‘llanmalar barcha umumta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan respublika treninglariga asos bo‘ladi.
~~~
📣
В Хиве прошло торжественное поднятие Зелёного флага — главного символа проекта Eco-schools Uzbekistan. После проведения аудита национальным оператором проекта — Фондом Zamin, 30 школ были признаны лучшими участниками программы, получив международное признание в сфере экологического образования.
🏆
Зироат Мирзиёева тепло поздравила ребят с заслуженной наградой и пожелав не останавливаться на достигнутом, сказала: «Идти вперёд, несмотря на все вызовы и трудности, под силу только тем, у кого сильный характер и настоящая любовь к родной земле. И я с гордостью говорю: эти качества есть в каждом из вас! Вы — настоящие защитники природы, и ваши усилия приближают нас к достижению Целей устойчивого развития ООН».
👨🍳
На празднике шеф-повар международного уровня и диетолог-нутрициолог провели для экошкольников мастер-классы по основам сбалансированного питания и формированию здоровых пищевых привычек. В продолжении темы, представительство ФАО в Узбекистане представили методологические разработки по правильному питанию школьников, педагогов начальных классов и работников столовых и буфетов, которые лягут в основу республиканских тренингов во всех общеобразовательных учреждениях.
#EcoSchoolsUzbekistan
#GreenFlag
#BirgaYashilZaminYaratamiz
😀
Zamin
🌐
Instagram
🌐
Facebook
Jizzax shahridagi prezident maktabida “Science Fair Exhibition” tadbiri bo’lib o’tdi.
Jizzax shahridagi Prezident maktabida navbatdagi
Science Fair Exhibition
tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmada o‘quvchilar o‘zlarining ijodiy yondashuvi, ilmiy salohiyati va innovatsion g‘oyalari bilan faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida turli yo‘nalishlarda tayyorlangan ilmiy loyihalar namoyish etilib, har bir ishtirokchi o‘z ishlanmasini taqdim etish orqali bilim va tajribasini oshirishga erishdi. Ko‘rgazma nafaqat o‘quvchilarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirdi, balki ularni yangi izlanishlarga ruhlantirdi.
📌
Ushbu tadbir yoshlarning kreativ fikrlashini rivojlantirish, ilmiy izlanishlarga jalb etish va kelajak olimlarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
👉
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
Jizzax shahridagi Prezident maktabi o’quvchisidan yana bir yutuq !
Jizzax shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi
Ashiraliyev Nursulton Kamoliddin o‘g‘li
yuksak natijalari bilan barchamizga faxr bag‘ishlamoqda!
🏅
Nursulton Abu Ali Ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasida oltin medal sohibiga aylandi
Shuningdek, u quyidagi yutuqlarga ham erishgan:
🥉
2024-yil — IJSO xalqaro olimpiadasi (Science) bronza medali sovrindori
🥉
2024-yil — Abu Ali Ibn Sino xalqaro olimpiadasi (Biologiya) bronza medali sovrindori
🥈
2026-yil — Biologiya fanidan Respublika bosqichi kumush medal sovrindori
📊
Xalqaro sertifikatlari:
📌
IELTS — 7.5 ball
📌
SAT — 1480 ball
Ushbu ulkan yutuqlar ortida tinimsiz mehnat, izlanish va kuchli iroda mujassam!
👏
Nursultonga kelgusidagi faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!
👉
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
#Hafta_dayjesti
✅
EGMO 2026: Xalqaro olimpiadadan navbatdagi g‘alaba -
3 ta MEDAL!
✅
Turkmanistonda tashkil etilgan III Xalqaro matematika olimpiadasida Xorazmlik o‘quvchilar
4 ta medalni
qo‘lga kiritdi.
✅
2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha
savol-javoblar
✅
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi xodimlari Islom sivilizatsiyasi markaziga
ma'naviy sayohat
amalga oshirdilar
✅
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Maktabgacha va maktab taʼlimi: natijalar va rejalar” mavzusidagi
matbuot anjumani
✅
Agentlik direktori Namanganda: yangi Al-Xorazmiy maktabi qurilishi va muhandislik maktabi
istiqboli
✅
Agentlik direktorining sayyor qabuli:
har bir murojaat
– e’tibor markazida!
✅
AIBO 2026: Xalqaro olimpiadaning tantanali ochilish
marosimi
oʻtkazildi!
✅
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi
2025-2026-o‘quv yilida Prezident, ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablarda yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati va imtihon
SHAKLLARI
✅
Zakovat intellektual musobaqasining respublika bosqichi
oʻtkazildi
✅
“TURON YO‘LBARSLARI” RESPUBLIKA BOSQICHI: JASORAT VA VATANPARVARLIK
MAKTABI
✅
“TURON YO‘LBARSLARI” RESPUBLIKA
BOSQICHI
✅
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va tizimdagi ta'lim muassasalariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonini tashkil etishga bagʻishlangan
matbuot anjumani
✅
“TURON YO‘LBARSLARI”
RESPUBLIKA BOSQICHI
YAKUNLANDI: JASUR VA QAT’IY YOSHLAR G‘OLIB BO‘LDILAR!
✅
ABU ALI IBN SINO MAKTABINING NAVBATDAGI ZAFARI: 7 NAFAR O‘QUVCHI,
7 MEDAL
✅
AGENTLIK RAHBARIYATI VA XODIMLARI “SPORT KUNI”DA
FAOL
ISHTIROK ETDI
✅
“AGENTLIK RAHBAR KUBOGI” – RENESSANSDA TANTANALI
OCHILDI!
“AGENTLIK RAHBARI KUBOGI”: RENESSANSDA G‘OLIBLAR
ANIQLANDI
✅
O‘ZBEK YOSHLARI XALQARO MIQYOSDA YANA BIR BOR AJRALIB
TURDI!
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal
📢
Faxrli yutuq va munosib e’tirof!
Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Ashiraliyev Nursulton Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasida yuksak natija ko‘rsatib,
oltin medal sohibiga aylandi
🥇
Mazkur ulkan yutuq munosabati bilan Nursulton tantanali ravishda kutib olindi. Tadbir davomida uning mehnati, intilishi va bilimga bo‘lgan ishtiyoqi alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, o‘quvchining ushbu muvaffaqiyatida beqiyos hissasi borligi uchun uning ota-onasiga ham chuqur minnatdorchilik bildirilib,
tashakkurnomalar topshirildi
.
⚡️
Bu kabi yutuqlar yoshlarimizning salohiyati, bilimga chanqoqligi va kelajakda yurtimiz ravnaqiga qo‘shadigan ulkan hissasining yorqin ifodasidir.
👉
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
🥇
Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasining oltin medal sohiblari:
1. Vladislav Vladyko — Rossiya
2. Nikita Murzakov — Rossiya
3. Dmitrii Ruban — Qirg‘iziston
4. Roman Ermak — Rossiya
5. Murodbek Latipov — O‘zbekiston
6. Stepan Iunusov — Rossiya
7. Omer Faruk Seyithanoglu — Turkiya
8. Erol Onat Gungor — Turkiya
9. Ahmet Efe Kara — Turkiya
10. Hanna Yerashova — Belarus
11. Nursulton Ashiraliev — O‘zbekiston
➖
Taqdirlash marosimini
quyidagi havola
orqali kuzatishingiz mumkin.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
⚡️
Morning Speech Time
Bugungi tonggi tadbirimiz o‘quvchilarning ko‘tarinki kayfiyati va yuqori ruhiyati bilan boshlandi. Dastlab, barcha o‘quvchilar davlat madhiyasini birgalikda, shijoat va faxr bilan kuyladilar.
🏆
Shundan so‘ng,
“Amir Temur – o‘zbek davlatchiligining iftixori”
mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovi g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi:
🥇
1-o‘rin — Qiryigitov Ulug‘bek
🥈
2-o‘rin — Sagdullayeva Iroda
🥉
3-o‘rin — Samatova Robiya
🔬
Shuningdek,
STEM olimpiadasi (Jizzax viloyati bosqichi)
g‘oliblari ham munosib ravishda taqdirlandilar.
Bular:
Azimqulov Azamat
Abulxayriyev Abdulaziz
Dilshodov Davron
O‘rolov Fayzullo
Abdurahmonov Norxo‘ja
Anvarov Eldor
Zayniddinov Ibrohim kabi o’quvchilarimiz viloyat bosqichi g’olibi bo’ldilar
📚
Bundan tashqari,
Al-Xorazmiy olimpiadasi viloyat bosqichi g‘oliblari
Ergasheva Yasmina
Abulxayriyev Abdulaziz
Muxiddinov Shaxriyor ham munosib e’tirof etildi.
👉
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
#QABUL_2026
#Savol_va_javoblar
📚
2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar
🔴
SAVOL
: O‘QUVCHI RESPUBLIKADAGI XOHLAGAN PREZIDENT MAKTABIGA HUJJAT TOPSHIRA OLADIMI?
✅
JAVOB
: Yo‘q. O‘quvchilar faqat ta’lim olayotgan hududdagi Prezident maktabiga hujjat topshirishi mumkin. Misol uchun, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi maktab oʻquvchilari faqat Nukus shahridagi Prezident maktabiga, Andijon viloyatidagi maktab oʻquvchilari esa faqat Andijon shahridagi Prezident maktabiga hujjat topshirishlari mumkin.
🔴
SAVOL
: PREZIDENT MAKTABIGA HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN O‘QUVCHINING BAHOLARIGA QANAQA TALAB QO‘YILADI?
✅
JAVOB
: Talabgor o‘quvchining matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik bahosi 5 (aʻlo) boʻlishi kerak. Boshqa fanlarga nisbatan ushbu mezon tatbiq etilmaydi. Baholar tabelining nusxasi maktab direktori tomonidan tasdiqlangan boʻlishi shart.
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal
#psychologist_time
#imtihon
#stress
#maktab
#psixotrening
#ruhiysalomatlik
📌
Imtihon oldi stressini yengamiz!
Har yili imtihon mavsumi yaqinlashar ekan, ko‘plab o‘quvchilar kuchli ruhiy bosim, tashvish va stress holatini boshdan kechiradi. Bu esa nafaqat ularning o‘quv natijalariga, balki umumiy sog‘lig‘iga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
🎯
Aynan shu muammoni oldini olish va o‘quvchilarga amaliy yordam berish maqsadida maktabimizning 10-sinf o‘quvchilari bilan maxsus
psixotrening mashg‘uloti
tashkil etildi.
📋
Mashg‘ulot davomida quyidagi muhim jihatlarga e’tibor qaratildi:
✅
Stress tushunchasi va uning kelib chiqish sabablari
✅
Imtihon oldi qo‘rquv va tashvishlarni boshqarish usullari
✅
Nafas olish va tana bo‘shashishi (relaksatsiya) mashqlari
✅
Ijobiy o‘z-o‘ziga munosabat va ichki dialogni shakllantirish
🤝
Shuningdek, mashg‘ulot davomida o‘quvchilar bilan
amaliy guruh va individual mashqlar
bajarildi.
👉
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
#diqqat_eʼlon
#matbuot_anjumani
📢
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida amalga oshirilayotgan ishlar va tizimdagi ta'lim muassasalariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonini tashkil etishga bagʻishlangan matbuot anjumani joriy yilning 24-aprel kuni soat 11:00 da Milliy matbuot markazida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
➡️
Unda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova, direktor o‘rinbosari va Agentlik mas’ul xodimlari ishtirok etishadi.
📍
Tadbir Shayxontohur tumani ,Alisher Navoiy ko'chasi 16,
Milliy matbuot markazida
bo'lib o'tadi
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal