Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

KARYERIST_UZ

KARYERIST_UZ
👩‍💻 Ishga kirishga yordam beraman 📑 CV/Resume sirlari 🗣️ Intervyu/suhbatga tayyorlanish 😎 Qo’llanmalar 📸 Instagram https://www.instagram.com/karyerist_uz
Subscribers
9 340
24 hours
20
30 days
-70
Post views
2 989
ER
32,59%
Posts (30d)
6
Characters in post
678
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Career
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Business & Management
Summary
March 10, 13:26
Media unavailable
1
Show in Telegram

8-mart bayrami kutilmagan sovg'alarga boy bo'ldi...
🌷

Turmush o'rtog'imdan gullar kutganim tabiiy edi, lekin bu galgi sovg'a meni shunchaki lol qoldirdi
😂
Telegramimga
Wallet
dan bildirishnoma keldi — ochsam, menga
Apple aksiyalari
sovg'a qilingan ekan!
🍏
📈
Rostini aytsam, bayramga "dunyodagi eng yirik kompaniyaning bir bo'lagi" bo'lishni kutmagandim. Bu shunchaki sovg'a emas, haqiqiy g'amxo'rlik va kelajakka sarmoya deb bildim.
🥹
Hozirda
Telegram Wallet
orqali nafaqat kripto, balki top kompaniyalar aksiyalarini sotib olish, sotish va mana shunday chiroyli qilib sovg'a qilish ham mumkin ekan.
Eng muhimi — Wallet O'zbekistonda rasmiy litsenziyaga ega va hammasi qonuniy.
🇺🇿
Eng zamonaviy 8-mart sovg'asi bo'ldi deb o'ylayman! Sizlarga nima sovg'a qilishdi?
😍

March 04, 10:22

Pivot.uz
startapimiz haqida ajoyib maqola tayyorlashibdi. Katta rahmat

March 04, 10:22
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

YorYor: to‘y madaniyatini raqamlashtirayotgan o‘zbek startapi
XXI asrda yashayapmiz, lekin hali ham to‘y rejalashtirish uchun oylab vaqt, asab va haftasiga kamida 6 soat vaqtimizni sarflayapmiz. Eng yomoni — har 4 ta to‘ydan biri katta qarz evaziga o‘tkazilmoqda.
YorYor platformasi orqali:
• to‘y xarajatlarini $3,000 gacha tejash;
• barcha xizmatlarni (to‘yxona, fotograf, xonanda) vositachisiz topish;
• shaffof narxlar va raqamli taklifnomalardan va boshqa xizmatlardan foydalanish mumkin.
Google va mahalliy venchur fondlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, $500,000 ga baholangan o‘zbek startapi va uning asoschisi
Mokhinur Inomovaning
startap yo'li bilan tanishing.
👉
Maqolani Pivot.uz'da o'qing
@pivotuzbekistan

March 02, 07:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

Grammarly
o‘zbek tilini qo‘shganini bitta men bilmaganmidim?
Matnlarni juda yaxshi tahrirlayapti. Undan tashqari Telegramni o‘zida tahrir qilish va hattoki tarjima qilish imkoniyati ham mavjud ekan.
Albatta foydalanib ko‘ring.

February 19, 09:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

🌙
Barchangizga qutlug’ Ramazon oyi muborak bo’lsin.
Oilangizga baraka, sog’liq va baxt tilab qolaman

February 17, 06:19

O'tgan hafta Zo'r TV'da efirga uzatilayotgan
Taqdimot
dasturida
YorYor
startapimizni taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ldim — bu ko‘pincha O‘zbekistonning
Shark Tank
formatidagi loyihasi sifatida tilga olinadi. Taqdimot davomida venchur kapitalistlar va angel investorlar oldida pitch qildik.
Xonadagi barcha investorlarning e’tiborini tortishga muvaffaq bo‘ldik va ularning barchasidan commit­ment oldik.
Har safar YorYor’ni taqdim etganimda, odamlar “bunaqasini hali ko‘rmaganmiz” deganida ichimda kuchli tasdiqlanish hissi paydo bo‘ladi. Shunga qaramay, men “noyob g‘oya” degan tushunchaga ishonmayman. G‘oyalar kamdan-kam hollarda noyob bo‘ladi — startapni boshqalardan ajratib turadigan asosiy omil bu ijro (execution).
Ayniqsa
AloqaVentures
jamoasiga, xususan
Mirolim Abdullaev
ga doimiy qo‘llab-quvvatlovi va ishonchi uchun minnatdorchilik bildiraman. Kuchli hamkorlarning yoningizda bo‘lishi juda katta farq yaratadi.
Venchur fond tomonidan qo‘llab-quvvatlanish — bu shunchaki moliyalashtirish emas. Bu yo‘l-yo‘riq, tizim va aniqlik demakdir. Ular ayniqsa huquqiy va strategik masalalarda muhim jarayonlarni to‘g‘ri boshqarishga yordam beradi hamda asoschilar o‘sish jarayonida nimaga e’tibor qaratishi yoki qaratmasligi kerakligini aniq ko‘rsatadi.

February 12, 06:45
Media unavailable
2
Show in Telegram

GPT vs Gemini
Ikkala modeldanham bir savol so'rab ko'rdim: "Men mashinamni yuvmoqchiman. Moyka atiga 100 metr uzoqda. Uyerga piyoda borganim yaxshimi yoki mashinada?"
GPT
🤡
: Atiga 100 metrku, albatta piyoda
Gemini
🦾
: Sen o'zi mashina yuvmoqchimisan? Agar uni ko'tarib borishni reja qilmayotgan bo'lsang (Ancha qiynalasan), albatta mashinada bor.
GPT ancha orqada qolib ketdi rivojlanish bo'yicha, o'zlariham
tan olishgan
edi bir necha oy oldin.
Barchaga tavsiyam ish va o'qish uchun Gemini yoki Claude-ga o'ting. Ancha farqini sezasiz.
Fintech, biznes va boshqa insaytlar:
@Diyor_insight

February 11, 11:42

Agar hayot yo’llarimiz to’qnashib, oldimga suhbatga kelsangiz sizga doimo 3 ta savolni beraman:
- O’zingiz haqingizda gapirib bering
- Nima uchun bizning kompaniyada ishlamoqchisiz?
- Menga savollaringiz bormi?
Buni necha martta ta’kidlasamda, oldimga kelganlarning hali birortasi ham shu savollarga 100% qoniqarli javob bergan emas.
Fursatdan foydalanib keling bir-birimiz bilan qisqacha tanishamiz.
O’zingiz haqingizda bitta tekstda qisqacha gapirib berolasizmi?
🌝

February 09, 14:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bu fikrlar Paul Grahamga tegishli — u Y Combinator hammuassisi, mashhur esse yozuvchi va dunyodagi eng kuchli startaplar (Airbnb, Dropbox, Stripe va boshqalar) ilk bosqichda qo‘llab-quvvatlagan insonlardan biri.
U shunday deydi:
Kutmang. Kollej tugashini kutib o‘tirmang — nimaga vaqt va kuch sarflashni keyin aniqlayman demang. Hatto kollej davridagi stajirovkalarni ham kutish shart emas. Biror ishni qilish uchun albatta “x” lavozimida ishlashingiz shart emas — ko‘p hollarda siz uni o‘zingiz mustaqil ravishda, qandaydir shaklda boshlashingiz mumkin. Va nimani qilish kerakligini aniqlash ba’zan yillar talab qiladigan jarayon bo‘lgani uchun, qanchalik erta boshlasangiz, shunchalik yaxshi.
Turli ish turlarini baholash uchun foydali bir usul bor: atrofingizdagi hamkasblarga qarang. Siz birga ishlayotgan odamlarga o‘xshab borasiz. O‘zingizni shu insonlarga o‘xshash holatda tasavvur qila olasizmi? Shunday odamga aylanishni xohlaysizmi?
Haqiqat shuki, turli ishlar orasidagi xarakter farqi shundaki, barchamiz bir xil tanlovlar qarshisidamiz. Agar siz ishni asosan qancha pul to‘lashiga qarab tanlasangiz, atrofingizda ham aynan shu sabab bilan tanlagan odamlar bo‘ladi — va bu ish tashqaridan ko‘ringanidan ham ko‘ra ruhni ko‘proq so‘ndiradi. Ammo agar chin dildan qiziqqan ishingizni tanlasangiz, atrofingizda ham o‘sha ishga chinakam qiziqqan insonlar bo‘ladi. Bu esa ishni yanada ilhomlantiruvchi qiladi.
Noaniqlik davrida qilinadigan yana bir muhim narsa — kelajakda ko‘proq imkoniyat qoldiradigan tanlovlar qilishdir. Qanchalik nima qilishni bilmayotgan bo‘lsangiz, shunchalik sizga kelajakda yo‘l ochib beradigan variantlarni tanlash muhim. Men buni “shamolga qarshi turib qolmaslik” deb atayman. Masalan, matematika yoki iqtisod yo‘nalishini tanlashda ikkilanayotgan bo‘lsangiz, matematikani tanlang. Chunki keyinchalik matematikadan iqtisodga o‘tish, iqtisoddan matematikaga o‘tishga qaraganda ancha osonroq.
Manbaa:
https://www.paulgraham.com/when.html

February 03, 08:13

💫
Barchangizga
so'rovnomada
qatnashganingiz uchun rahmat! Juda ko'p ishtirokchi bo'lgani uchun ko'rib chiqish vaqt biroz cho'zildi. Barcha ishtirokchilar random holatda "wheelofnames" platformasi yordamida tanlandi. Konsultatsiya yutib olganlarning ro'yxati quyidagilar:
- Turaqulova Sabrina
- Quvondiqov O’razali Foziljon o’g’li
- Fayzullayev Yoqubjon
- Joʻrayeva Shakira
- Шахзод Музаффаров
- Умида Шоймардонова
- Zamon Fazliddinov
- Камола Абдуганиевнa
- Davlatbek Abdukhalikov
- Dilinur Mambetaliyeva
O'z ismingizni ko'rsangiz konsultatsiya vaqtini belgilash uchun emailimga murojat qiling: mohinurinomova@gmail.com