
KARYERIST_UZ
Yaqinda 16 yoshli o’zim bilan suhbat qilgan videoni qo’yganimda, bitta izoh o’qib qoldim: “Yoshim 35 dan oshgan, lekin na o’qidim, na rivojlandim” deb yozishibdi.
Keyin u izohni o’chirib yuborishibdi, lekin bu gap meni ancha o’ylantirib qo’ydi.
To’g’risini aytsam, katta auditoriyadan eng qo’rqadigan jihatim — shu kabi noto’g’ri messegga sababchi bo’lib qolish.
Men sizlarni motivatsiya qilishni, faqat oldinga intilishingizni xohlayman. Aslo o’z qadringizni past baholashingizni yoki, undanam yomoni, menga qarab o’z hayotingizdan uyalishingizni emas.
Nafaqat meni, balki Instagramdagi muvaffaqiyatli ko’ringan boshqa insonlarni ham real hayot bilan solishtirib ko’rish kerak.
Bizga 20 yoshda hamma narsaga erishish kerakdek tuyuladi, lekin statistika boshqa narsani aytadi:
O’zbekistonda odamlar o’rtacha hisobda 35 yoshda o’z uyini sotib oladi, 27 yoshda emas. Sevgan ishini odamlar 27 yoshdan keyin topishadi, 20 yoshda emas. Millionerlarning o’rtacha yoshi 57 yosh, kompaniya direktorlariniki esa 52 yosh. Muvaffaqiyatli biznes qurish uchun bir necha hafta emas, 7-10 yil vaqt ketadi. Hatto jismoniy tayyorgarlik uchun ham o’rtacha 5 yil kerak, yarim yil emas.
Bularni nega aytyapman? Chunki o’zingizni birov bilan solishtirib, ruhan cho’kishingizni istamayman. Hamma narsaning o’z pishish vaqti, har bir insonning o’z yo’li bor.
YorYor.net startapining asoschisi bilan "Nega Startap qilmaslik kerak? mavzusida masterklas qilingan edi.
📽️
Endilikda masterklassni Founders School mobil ilovasida ko'rishingiz mumkin.
⬇️
Yuklab olish: https://onelink.to/7vyrkc
YorYor.net
startapining asoschisi bilan "
Nega Startap qilmaslik kerak?
mavzusida masterklas qilingan edi.
📽️
Endilikda masterklassni
Founders School mobil
ilovasida ko'rishingiz mumkin.
⬇️
Yuklab olish:
https://onelink.to/7vyrkc
16 yoshli Mohinur hozirgi yutuqlarimni eshitganda, rosti, hayratda qolgan bo’lardi. O’shanda yurist bo’lishni orzu qilardim, lekin o’qishga kirolmadim. Keyin Koreyaga ketdim, u yerda qolishni reja qildim, lekin baribir O’zbekistonga qaytdim. Tashqaridan qaraganda bular "omadsizlik"dek ko'ringandir, lekin aynan shu kutilmagan burilishlar meni bugungi o'z IT-kompaniyamga va sizlar bilan muloqot qiladigan mana shu blogimga olib keldi.
Lekin bitta narsa o’zgarmadi — sifatli ta’limga bo’lgan intilish. Shuning uchun bugun sizlarga o’zim ham qiziqayotgan American University of Technology (AUT) haqida aytmoqchiman.
Bu shunchaki universitet emas, balki Amerikaga ketmasdan turib, dunyoning top 1% oliygohlaridan biri — Arizona State University (ASU) diplomini olish imkoniyati.
🇺🇸
🇺🇿
Nega aynan AUT?
Asosiysi, bu yerda 3+1 yoki 4+1 dasturlari bor. Ya’ni Toshkentda o’qib, bir vaqtning o’zida ham O’zbekiston, ham Amerika diplomiga ega bo’lish mumkin. Eng muhimi, o‘qishning oxirgi yilini AQShda o‘tkazish imkoniyati ham bor. Darslar quruq nazariya emas, aynan karyera va real keyslarga asoslangan.
Agar IELTS, TOEFL yoki CEFR sertifikatingiz bo'lmasa, xavotir olmang — universitetning ichki testini topshirib ham kirsangiz bo'ladi.
Eng muhim joyi: 31-maygacha hujjat topshirgan har bir abituriyentga 25% lik grant beriladi. Bu chegirma butun o‘qish davomida saqlanib qoladi.
Ro’yxatdan o’tish atigi 5 daqiqa vaqtingizni oladi:
🔗
aut-edu.uz
O’sha 16 yoshli "o’zingiz" siz bilan faxrlanishi uchun bugun harakatni boshlang. Ishoning, har bir to'g'ri tanlov kelajagingizni mutlaqo o'zgartirib yuborishi mumkin.
✨
Bundan 6 yil avval turmush o‘rtog‘im bilan metroda uyga qaytishimizda menga ko‘cha sotuvchilaridan oddiy gullar sotib olib berishlari haliyam esimda.
Kecha esa men 70 dan ortiq biznes yetakchilari va investorlar davrasida o‘sha insonning O‘zbekistondagi
Telegram Wallet
rahbari sifatida “Birinchi aksiyadorlar yig‘ilishi"ni boshqarayotganini hayajon bilan kuzatib turdim.
Hayotda har-xil qiyinchiliklar, yo’qchiliklarni ko’rgan insoningni muvaffaqiyatiga guvoh bo‘lish boshqa, lekin uning ortidagi asosiy maqsadni his qilish butunlay bo'lakcha.
O‘z nutqida ular meni juda ilhomlantirgan g‘oyani ilgari surdilar: aholimizning
88 foizi
allaqachon Telegram’da ekanligini hisobga olsak, mamlakatimizda moliyaviy inqilob qilish imkoniyati aynan hozir. Ularning maqsadi — aksiyalarga sarmoya kiritishni xuddi sms yozish kabi oson qilish va "Wall Street" imkoniyatlarini har bir Telegram foydalanuvchisi uchun yaqinlashtirishdir.
Men sevib qolgan o'sha "oddiy hodim"ning bugun shunday uzoqni ko'ra oladigan liderga aylanganini ko'rish bu boshqacha…Qanchalik faxrlanayotganimni so'z bilan ta'riflab bera olmayman.
❤️
🚀
P.S. Turmush o'rtog'imning o'zining professional kanaliham bor
@Diyor_insight
O’ylab qarasam ishga kirish haqida millionta kontent qilib, ishdan bo’shash haqida bittayam video olmagan ekanman
😂
Shunga video oldim. Kirib ko’ring:
https://www.instagram.com/reel/DWRFjFKCE8_/?igsh=MTR2cGNjZzRndG1t
«Men virus faylni '2026_Ish_haqi_oshishlari.pdf.exe' deb nomladim. Kompaniya hodimlarining yarmi uni ochdi, shu jumladan kiberxavfsizlik ham»
🫠
😐
Hammaga HELLOOO
✨
Gulistonliklar bormi?
🙂↔️
28-Mart kuni “Sun’iy Intellekt yordamida ish topish” mavzusida Gulistonda speech beraman. Gulistonda bo’lsangiz albatta keling, gaplashamiz
😁
Ro’yxatdan o’tish -
@itcomuzbot
🌙
Ramazon hayiti muborak bo‘lsin, aziz "Karyeristlar"!
Barchangizni ulug‘ ayyom bilan chin qalbimdan tabriklayman!
🎊
Ushbu bayram xonadoningizga tinchlik, ishlaringizga esa mislsiz baraka olib kelsin. Ramazon oyi davomida shakllangan
sabr va intizom
sizni karyerangizdagi eng yuksak cho‘qqilarga yetkazishiga ishonaman
✨
🚀
O‘zbekistonda AI holati qanday? Kompaniyalar sun'iy intellektga qanchalik tayyor?
GDG Tashkent va Global Move hamkorlikda mahalliy bozordagi sun'iy intellekt ekotizimini o‘rganish maqsadida "O‘zbekistonda AI Holati" nomli keng qamrovli so‘rovnoma o‘tkazmoqda!
📊
Biz nimani o'rganyapmiz?
🔸
Kompaniyalarda AI agentlarni joriy qilish strategiyalari
🔸
Dasturchilar orasida AI-first (Claude Code, Cursor) vositalariga o‘tish trendi
🔸
AI modellar va API tokenlar uchun o‘rtacha budjetlar
🔸
AI'ni joriy qilishdagi asosiy to‘siqlar (kadrlar, data, budjet va boshqalar)
Barcha ma'lumotlar yig‘ilib, tahlil qilingandan so‘ng, natijalar ochiq holda GDG Tashkent kanalida e'lon qilinadi. Bu butun IT hamjamiyatimiz uchun juda foydali insight bo'ladi deb umiddamiz!
💡
👉
So‘rovnomani to'ldirish uchun havola:
https://forms.gle/sZVY1SWkLEoZzhjj8
@nuruddinblogs