
KIBERUZ | КИБЕРУЗ
👻
Arvoh ovchilari uchun yangi ko'rinish!
Phasmophobia
ishlab chiquvchilari o'yinning vizual qismini butunlay o'zgartirishga qaror qilishdi. Navbatdagi yirik yangilanishda personajlar tizimi tubdan qayta ishlanadi.
Nimalar o'zgaradi?
▫️
Qahramonlarning modellari to'liq yangilanadi
▫️
Kengaytirilgan
kastomizatsiya
: endi soch turmaklari va kiyimlarni o'zgartirish mumkin bo'ladi
▫️
Yangi animatsiyalar va atrof-muhit bilan o'zaro aloqa qilishning yangi usullari qo'shiladi
Reliz
5-may
kuniga rejalashtirilgan.
@kbruz
🕷
RPG ixlosmandlari uchun yomon xabar:
Spiders
studiyasi yopilishi mumkin!
GreedFall
va
Steelrising
kabi qiziqarli loyihalar bilan tanilgan Fransiyaning
Spiders
studiyasi faoliyatini to'xtatish arafasida.
Nacon
kompaniyasi moliyaviy qiyinchiliklar tufayli o'z aktivlarini sotishga qaror qilgan edi, biroq studiya uchun munosib xaridor topilmadi.
Hozirda jamoa tashqi boshqaruv jarayoniga o'tkazilgan. Soha nashrlarining ma'lum qilishicha, studiya katta ehtimol bilan o'z ishini qayta tiklay olmaydi.
Spiders
o'yin sanoatida 18 yil davomida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
@kbruz
🥘
Baldur’s Gate 3
dunyosiga mansub taomlar endi real hayotda!
Afsonaviy
Baldur’s Gate 3
o'yini motivlari asosida rasmiy
pazandachilik kitobi
sotuvga chiqmoqda. Unda o'yin koinotiga xos bo'lgan 40 dan ortiq eng qiziqarli retseptlar jamlangan bo'lib, geymerlar endi sevimli qahramonlari kabi ovqatlanishlari mumkin.
Retseptlar orasida:
▫️
Panirlangan
Owlbear
(Boyo'g'li-ayiq) tuxumlari
▫️
"Hamma narsadan" tayyorlangan sho'rva
▫️
Neverwinter
quyuq ovqati (stew)
▫️
Paporotnikli sho'rva
▫️
Turmish
choyi
@kbruz
🔥
The Division
olami kengaymoqda!
Ubisoft
o'zining
The Division Resurgence
o'yinini rasman
PC
platformasi uchun ham taqdim etdi. Endilikda ushbu qiziqarli shooterni kompyuterda mutlaqo bepul o'ynash imkoniyati mavjud.
O'yinni quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin:
Ubisoft Store orqali yuklab olish
@kbruz
🌐
Xalqaro internet trafigi pullik bo'lishi mumkin!
Rossiya
Raqamli rivojlanish vazirligi
(Mintsifri)
VPN
xizmatlari faoliyatini cheklash va ularga qarshi kurashish maqsadida barcha xorijiy trafikni pullik qilish variantini ko'rib chiqmoqda.
Bu nimalarga ta'sir qiladi?
▫️
Barcha xalqaro resurslar va saytlarga kirish
▫️
Online o'yinlar
va xorijiy serverlarga ulanish
▫️
Do'konlar va media xizmatlar
Agar ushbu qaror qabul qilinsa, rus geymerlari uchun nafaqat
ping
, balki xalqaro serverlarda o'ynash narxi ham sezilarli darajada oshishi mumkin. Xullas, vaziyat ancha jiddiy.
Chatga "F" qoldiramiz...
@kbruz
⚡️
Brawl Stars geymerlari uchun haqiqiy "halyava"!
Hozirda
Brawl Stars
o'yinida
Chaos Drop
va
5000 blings
mutlaqo bepul tarqatilmoqda.
Imkoniyatdan foydalanib, sovg'alarni hoziroq
lut qiling
va jo'ralarga ham jo'natib qo'ying, chunki vaqt juda cheklangan. Quruq qolmaslik uchun shoshiling!
@kbruz
🗡️
Assassinʼs Creed muxlislarining orzusi ushalishi mumkin!
Ubisoft
kompaniyasi seriyaning ilk qismi —
Assassinʼs Creed
remeyki ustida ish olib borayotgan bo'lishi mumkin.
Bu haqda avvalroq insayder
Tom Henderson
tafsilotlarsiz to'xtalib o'tgan edi. Endilikda taniqli fransuz insayderi
j0nathan
gap aynan birinchi qismning to'liq remeyki haqida ketayotganini ta'kidlamoqda. Uning so'zlariga ko'ra, ushbu loyiha haqida u hali 2023-yilda eshitgan.
Agar ushbu ma'lumotlar tasdiqlansa, millionlab geymerlarning ko'p yillik orzusi ushaladi. Afsonaviy seriyaning ilk o'yini 2007-yilda chiqqanini hisobga olsak, unga zamonaviy grafikada qayta ishlov berish vaqti allaqachon kelgan.
@kbruz
🛠️
Afsonaviy Garry's Mod o'rnini bosuvchi yangi loyiha!
s&box
o'yini nihoyat
Steam
platformasida
sotuvga chiqdi
. Bu
Facepunch Studios
tomonidan taqdim etilgan
Garry's Mod
ning g'oyaviy davomchisidir.
Loyiha
Source 2
dvigatelida ishlangan bo'lib, uni o'ziga xos "kattalar uchun Roblox" deb atash mumkin. Bu yerda geymerlar deyarli har qanday turdagi o'yinlarni —
FPS
otishmalardan tortib murakkab
RPG
janrigacha o'zlari yaratishlari mumkin.
Eng qiziqarli tomonlari:
▫️
Yaratilgan loyihalarni bevosita
Steam
'da nashr etish imkoniyati.
▫️
O'yinlar orqali pul ishlash mumkin, eng muhimi —
Valve
buning uchun hech qanday royalti (ulush) olmaydi.
▫️
Source 2
imkoniyatlari tufayli yuqori sifatli grafik va fizika.
O'yin narxi mintaqaga qarab belgilangan bo'lib, xalqaro bozorda
$19,99
ni tashkil etadi.
@kbruz