
KIBERUZ | КИБЕРУЗ
🌟
Genshin Impact hikoyasi yana 11 yilga cho'ziladi!
O'yin ishlab chiquvchilari loyihaning kelajagi haqida muhim ma'lumotlarni ochiqlashdi. Unga ko'ra,
Genshin Impact
kamida yana 11 yil davomida faol rejimda bo'ladi.
Ma'lum qilinishicha,
Teyvat
olami haqidagi barcha syujet chiziqlari va asosiy voqealar rivoji aynan shu muddat ichida yakunlanishi rejalashtirilgan. Demak, geymerlarni oldinda hali uzoq davom etadigan sarguzashtlar kutmoqda.
@kbruz
📉
MSI qurilmalari endi ancha qimmatga tushadi!
MSI
kompaniyasi o'yin mahsulotlari narxini rasman
30% gacha
oshirishini ma'lum qildi. Kompaniyaning ta'kidlashicha, endilikda brend o'z strategiyasini butunlay o'zgartirmoqchi.
Kompaniya quyidagilarni rejalashtirgan:
▫️
O'yin qurilmalari va butlovchi qismlar narxini sezilarli oshirish
▫️
Ishlab chiqarish hajmini qisqartirish
▫️
Diqqatni asosiy yo'nalish sifatida
server biznesiga
qaratish
Bunday keskin choralar fonida 2026-yilda kompyuterni
upgrade
qilish haqidagi rejalarni hozirdan qayta ko'rib chiqaverish kerak.
@kbruz
⚡️
Steam-da haqiqiy "xashar": AAA-loyihalar suv tekin!
Hozirda
Steam
do'konida afsonaviy o'yinlar uchun katta chegirmalar davom etmoqda. Kutubxonangizni sifatli o'yinlar (godnota) bilan to'ldirib olish uchun eng qaynoq takliflarni jamladik:
▫️
GTA, RDR2 va boshqa Rockstar o'yinlari
(
-80%
) —
$26.8
dan boshlab
▫️
Barcha Warhammer seriyasi
(
-60%
) —
$1.6
dan boshlab
▫️
Barcha Dead Space seriyasi
(
-85%
) —
$1.1
dan boshlab
▫️
Barcha Need for Speed seriyasi
(
-90%
) —
$1.1
dan boshlab
▫️
Barcha Battlefield seriyasi
(
-95%
) —
$1.1
dan boshlab
Postni do'stlarga yuboramiz va kolleksiyani arzon narxlarda boyitib olamiz!
@kbruz
🧟♂️
Resident Evil ishqibozidan g'ayritabiiy natija!
Tarmoqlarda
Resident Evil
franshizasining ashaddiy muxlisi bo'lgan geymerning profili trendga chiqdi. Gap shundaki, u seriyaning deyarli barcha qismlarini 100% natija bilan yakunlagan.
Ammo bir qiziq jihati bor: o'yinchi
Resident Evil 5
qismini shunchaki "skip" qilib yuborgan. Geymerning aynan beshinchi qismni nima sababdan chetlab o'tgani hozircha hamma uchun jumboq bo'lib qolmoqda.
@kbruz
🦾
Haqiqiy "Hardcore" — Cyberpunk 2077 hech qanday implantlarsiz!
Bir geymerning so'zlariga ko'ra, uning kichik ukasi
Cyberpunk 2077
o'yinini bitta ham kiber-implant va "prokachka"larsiz yakunlagan. Gap shundaki, yigitcha qahramonni kuchaytirish tizimini umuman tushunmagan va bunga shunchaki qo'l siltab qo'ya qolgan.
Natijada u butun o'yinni oddiy inson sifatida o'ynab chiqqan va hatto daxshatli
Adam Smasher
ustidan ham g'alaba qozongan. Final bossini taslim etish uchun unga atigi 6 ta urinish kifoya qildi. Tasavvur qiling, Night City'ning eng daxshatli kiber-jangchisi hech qanday texnologiyalarsiz, oddiy bir "nomad" tomonidan yakson etildi.
@kbruz
📅
Steam’ning 2026-yil oxirigacha bo‘lgan barcha chegirmalari ma’lum bo‘ldi!
Geymerlar uchun ajoyib yangilik: Valve korporatsiyasi 2026-yil yakuniga qadar o‘tkaziladigan barcha yirik chegirmalar va festivallar taqvimini e’lon qildi. Kelajakdagi xaridlar uchun hamyonni hozirdanoq tayyorlab qo‘yamiz.
Eng yirik mavsumiy chegirmalar:
🔵
Bahorgi chegirmalar:
2026-yil 19–26-mart
🔵
Yozgi chegirmalar:
2026-yil 25-iyun – 9-iyul
🔵
Kuzgi chegirmalar:
2026-yil 1–8-oktabr
🔵
Qishki chegirmalar:
2026-yil 17-dekabr – 2027-yil 4-yanvar
Tematik festivallar:
▫️
Tower Defense:
9–16-mart
▫️
Uy va interyer:
30-mart – 6-aprel
▫️
Hidden Object (Qidiruv o‘yinlari):
9–13-aprel
▫️
O‘rta asrlar:
20–27-aprel
▫️
Deckbuilding (Karta o‘yinlari):
4–11-may
▫️
Dengiz va okeanlar:
18–25-may
▫️
Bullet Hell / Heaven:
8–15-iyun
▫️
Steam Next Fest (Demo o‘yinlar):
15–22-iyun
▫️
Social Deduction (Mafiya uslubi):
13–16-iyul
▫️
Poezdlar:
20–27-iyul
▫️
Cyberpunk:
3–10-avgust
▫️
Kegli va qoziqlar:
17–20-avgust
▫️
Survival & Crafting (PvE):
31-avgust – 7-sentabr
▫️
Dasturlash:
10–14-sentabr
▫️
RPG (Guruhli rolli o‘yinlar):
14–21-sentabr
▫️
Pazandachilik:
12–19-oktabr
▫️
Steam Next Fest (Kuzgi):
19–26-oktabr
▫️
Steam Scream (Xellouin):
26-oktabr – 2-noyabr
▫️
Auto-battler RPG:
16–23-noyabr
Yo‘qotib qo‘ymaslik uchun ushbu postni saqlab oling!
🔥
Eng so‘nggi yangiliklar bizning kanalda!
Do‘stlarga ulashing:
@grontyt
🎮
200 dan ortiq retro-o'yinlar bitta to'plamda!
Mashhur remasterlar ustasi
RohanKar
barcha afsonaviy o'yinlarni bitta
laucherga
jamladi. Endi sevimli klassikangizni alohida qidirib o'tirishga hojat yo'q.
Loyiha afzalliklari:
▫️
Istalgan o'yinni bor-yo'g'i bir-ikki klik bilan ishga tushirish mumkin
▫️
Bag-fikslar
tuzatilgan,
optimizatsiya
yaxshilangan va zamonaviy "temirlar"da (hardware) muammosiz ishlaydi
▫️
Barcha yangi
update
lar avtomatik ravishda o'rnatiladi
▫️
Qulay qidiruv tizimi va o'yinda o'tkazilgan vaqtni hisoblovchi
trekker
mavjud
Bularning barchasini mutlaqo bepul va
ushbu havola orqali
yuklab olishingiz mumkin.
@kbruz
🎮
Klassik o'yinlar ixlosmandlari uchun haqiqiy sovg'a!
NFS remasterlari bilan tanilgan taniqli dasturchi
RohanKar
200 dan ortiq afsonaviy o'yinlarni o'z ichiga olgan yagona launcherni taqdim etdi. Endi barcha sevimli o'yinlaringiz bir joyda jamlangan.
Launcherning asosiy imkoniyatlari:
▫️
O'yinlar lahzada ishga tushadi — barcha
bag-fix
lar va optimizatsiya ishlari allaqachon bajarilgan.
▫️
O'yinlar zamonaviy "temirlar" (hardware) va operatsion tizimlarga to'liq moslangan.
▫️
Barcha yangi qo'shilgan o'yinlar va yangilanishlar (update) avtomatik tarzda yuklanadi.
▫️
Qulay qidiruv tizimi va o'yinda o'tkazilgan vaqtni kuzatib borish funksiyasi mavjud.
Ushbu super to'plamni mutlaqo bepul
mana bu yerdan
yuklab olishingiz mumkin.
@kbruz