Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

𝐊𝐎𝐑𝐄𝐘𝐀 𝐁𝐋𝐎𝐆 🇰🇷

KOREYA_BLOG
@KOREYA_BL0G_BOT botimizda barcha ma'lumotlar bor Janubiy Koreyada ta'lim olmoqchi bo'lganlar uchun barcha ma'lumotlar: - Til kursi - Bakalavr - Magistratura - PHD Imkoniyatim darajasida bo'lgan barchasini siz bilan bo'lishaman. @Shukhrativch | admin.
Subscribers
3 340
24 hours
10
30 days
-120
Post views
362
ER
11,2%
Posts (30d)
13
Characters in post
815
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
April 17, 00:06

𝐊𝐎𝐑𝐄𝐘𝐀 𝐁𝐋𝐎𝐆
🇰🇷
pinned a photo

April 15, 01:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

3 daqiqalik video uchun 2,500,000 won
Siz Koreys tilini bilasizmi?
Unda sizda 3 daqiqalik video tayyorlab, 1-o'rin bo'lib 2,500,000 won(1 700$) yutib olishingiz mumkin!
Bu tanlov 2024-yildab beri o'tkazilib kelinmoqda. 2026-yilgi tanlov 3-si bo'ladi. Bu yili yangi yo'nalishlar ham qo'shilgan:)
Tanlovda qatnashish sharti:
Koreys tilini biladigan barcha chet elikklar tanlovda qatnashishlari mumkin.
Mavzular:
a) Erkin mavzu (Koreys tilida taqlid, kinodan parcha va boshqa xohlagan narsani video qilib olish mumkin)
b) Menga eng yoqadigan "K" (bunda "K" ga Koreys madaniyati, taomi, kiyimi, ko'rsatuvi, mashxur odam, Koreyani ochib beradigan hamma narsa kiradi)
mavzularidan birini tanlab 1 yoki 3 yarim daqiqalik (2 dan kam bo'lmagan va 3 yarim daqiqadan ko'p bo'lmagan) video olib, uni ijtimoiy tarmoq yoki Youtubega joylayshingiz kerak.
Bosh sovrin faqatgina 3 yarim daqiqalik videoga beriladi. 1 daqiqalik video uchun esa eng katta sovrin 500,000 wondir.
Bu yilgi yangi yo'nalish bu Koreys tilida tez aytishdir.
1) 내가 그린 기린 그림은 잘 그린 기린 그림이고, 네가 그린 기린 그림은 못 그린 기린 그림인데 잘 그린 내 기린 그림은 목이 긴 기린 그림이고, 못 그린 네 기린 그림은 목이 안 긴 기린 그림이다.
2) 안 촉촉한 초코칩 나라에 살던 안 촉촉한 초코칩이 촉촉한 초코칩 나라의 촉촉한 초코칩을 보고 촉촉한 초코칩이 되고 싶어서 촉촉한 초코칩 나라에 갔는데 촉촉한 초코칩 나라의 촉촉한 초코칩 문지기가 "넌 촉촉한 초코칩이 아니고 안 촉촉한 초코칩이니까 안 촉촉한 초코칩 나라에서 살아"라고해서 안 촉촉한 초코칩은 촉촉한 초코칩이 되는것을 포기하고 안 촉촉한 초코칩 나라로 돌아갔다.
Shu ikki tez aytishdan birini tanlab, video qilib olingan tez aytishni Youtubega qo'yib tanlovda ishtirok etishingiz mumkin.
Tez aytish yo'nalishi bu qo'shimcha bo'ladi. Shunga uzun yoki qisqa video olib tanlovda ishtirok etganlar tez aytishda ham omadlarini sinab ko'rishlari mumkin
😊
Videoni ijtimoiy tarmoq yoki Youtube ga qo'yganda
#thekoreatimes
#koreanspeakingagent
bularni qo'yish esdan chiqmasin:)
Batafsil ma'lumot va onlayn ro'yxatdan o'tish uchun:
https://klsc.koreatimes.co.kr/KoreanSpeakingContest_2026kor.html
Ro'yxatdan o'tish sanasi:
7-Maygacha
Bu tanlovda hamma qatnashsa bo'ladi. Koreys tilini endi o'rganayotganlar ham qisqa video yo'nalishida qatnashib (bir nimalarni ko'rsatib berib, kamroq gapirib) o'z omadlarini sinab ko'rishlari mumkin. Hammaga omad!

@Yuhakseng
Obuna bo'ling

April 15, 01:12
Media unavailable
1
Show in Telegram

🏔
Wayu bilan birgalikdagi hiking sayohatimizga qo’shiling!!!

Barchani bahorning eng go’zal manzarasi va tabiat qo’ynidagi sarguzashtlarga boy sayohatga taklif qilamiz. •Maqsadimiz Janubiy Koreyadagi vatandoshlarimiz bilan mazmunli vaqt o’tkazish!!
📍
Manzil:
Suraksan tog’i
| 103-3 Mt., Cheonghak-ri Byeollae-myeon, Namyangju-si, Gyeonggi-do
•Hiking sanasi: 2026.04.25
•Boshlanish vaqti: 9:00
Yakunlanish vaqti: 16:00
🎫
Ishtirokchilar soni cheklangan. (Ketma-ketlik tartibida 25 nafar)
Ro’yxatdan o’tish :
Havola
‼️
Muhim eslatma.
Wayu Koreya jamoasi ishtirokchilarning shaxsiy xavfsizligini ma’suliyatiga olmaydi!

April 10, 14:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

Tugadi

April 06, 05:13

Janubiy Koreyada chet ellik talabalar ishlashi mumkinmi?
So‘nggi paytlarda immigratsiya tomonidan tekshiruvlar kuchayib, noqonuniy ishlayotgan talabalar soni ko‘proq aniqlanmoqda. Shuning uchun ko‘pchilikda savol tug‘iladi: D-2 vizada ishlash mumkinmi?
Javob: Ha, mumkin. Lekin buning o‘ziga xos tartibi bor.
Chet ellik talabalar Koreyada part-time (yarim stavka) ishlashlari mumkin. Biroq ishlashdan oldin immigratsiyadan ruxsat olish shart.
Qonuniy ishlash tartibi odatda quyidagicha:
• Ish beruvchi bilan shartnoma tuziladi
• Universitetdan tasdiq olinadi
• Immigratsiyaga ariza topshiriladi
• Immigratsiya tomonidan ruxsat beriladi (pasport yoki ARC orqali tasdiqlanadi)
Ish vaqti limiti talabaning darajasi va koreys til darajasiga qarab farq qiladi. Odatda haftasiga 10 soatdan 30 soatgacha ishlashga ruxsat beriladi.
Afsuski, amalda ayrim talabalar ruxsatnoma olmasdan ishlashadi yoki belgilangan soatdan ko‘proq ishlashadi. Bu esa noqonuniy hisoblanadi.
Agar noqonuniy ishlayotgan paytda immigratsiya tomonidan ushlansangiz, quyidagi omillar hisobga olinadi:
• Qancha vaqt ishlaganingiz
• Viza holatingiz
• Qancha daromad topganingiz
• Umumiy vaziyat
Shunga qarab qaror chiqariladi.
Agar birinchi marta ushlansangiz va jarima 3 million vondan kam bo‘lsa, ko‘pincha jarima yoki ogohlantirish bilan qo‘yib yuborilish ehtimoli mavjud.
Agar jarima miqdori yuqoriroq bo‘lsa, vaziyatga qarab qaror qilinadi.
Agar qoidabuzarlik takroriy bo‘lsa yoki jarima juda yuqori bo‘lsa, deportatsiya qilinishi ehtimoli juda katta.
Shuning uchun Koreyada o‘qiyotgan talabalar ishlashdan oldin albatta immigratsiyadan ruxsat olishlari va belgilangan qoidalarga amal qilishlari muhim.
Keyingi postimizda kerakli hujjatlar ro'yxati va ariza qilish haqida batafsil ma'lumot beramiz.
@Yuhakseng
Obuna bo'ling

April 03, 05:10
Media unavailable
2
Show in Telegram

Bahorgi Gilos gullashi manzilini topish endi juda ham oson
Endi ilovaga kirsangiz tepada Cherry Blossom bo‘limi chiqadi. Shu bo‘limni bossangiz, xarita sizga yaqin atrofdagi gilos gullari ochilgan joylarni avtomatik ko‘rsatadi.
Endi gilos gullarini qayerdan ko‘rishni qidirib yurishga hojat yo‘q. Kakao Map’ni ochasiz, Cherry Blossom bo‘limini bosasiz va yaqin joylarni ko‘rasiz.
Bahorni o‘tkazib yubormang. Gilos gullari hozir eng chiroyli paytida.
@Yuhakseng
Obuna bo'ling

March 31, 06:59
Media unavailable
1
Show in Telegram

March 31, 06:59

Koreyada ishlayotgan o‘zbeklar uchun muhim signal: dollar 1,530 von.
Hozir bozorda 1 AQSh dollari taxminan 1,530 KRW ga chiqdi. Bu oddiy kurs emas — bu Koreya vonining sezilarli darajada zaiflashayotganini ko‘rsatadigan moliyaviy signal.
Oddiy qilib aytganda:
Bir xil ishlagan pulingizni O‘zbekistonga yuborganda uning qiymati oldingiga qaraganda kamroq bo‘lyapti.
Real misol:
Agar siz oyiga 2,000,000 von ishlasangiz
Oldin (1$ ≈ 1,200 KRW paytida)
taxminan 1,660 dollar chiqardi.
Hozir (1$ ≈ 1,530 KRW)
taxminan 1,300 dollar chiqadi.
Farq: taxminan 360 dollar kamayish.
Bu sezilarli farq.
Nima uchun bu sodir bo‘lyapti?
Moliyaviy sabablar:
Global investorlar pullarini dollarga o‘tkazmoqda.
AQSh foiz stavkalari yuqori darajada turibdi.
Osiyo valyutalariga bosim kuchaymoqda.
Koreya voni zaiflashmoqda.
Bu sizga qanday ta’sir qiladi?
O‘zbekistonga yuboriladigan pulning qiymati kamayadi.
Import mahsulotlar qimmatlashishi mumkin (yoqilg‘i, texnika va ayrim oziq-ovqatlar).
Ammo eksport kuchli bo‘lsa, zavodlar ishlashda davom etadi va bu ish o‘rinlari barqaror qolishi uchun muhim.
Eng muhim xulosa:
Valyuta kursi shunchaki raqam emas.
Bu sizning real daromadingizni belgilaydigan omillardan biri.
Agar von yana zaiflashsa, Koreyada ishlayotgan migrantlarning pul yuborish qiymati yanada kamayishi mumkin.
Shuning uchun kursni kuzatish migrantlar uchun ham moliyaviy strategiya hisoblanadi.
Iqtisodiyotdagi katta o‘zgarishlar ko‘pincha birinchi bo‘lib valyuta bozorida ko‘rinadi.
Bugungi 1,530 darajasi bozor berayotgan muhim signal hisoblanadi.
@Yuhakseng
Obuna bo'ling

March 26, 09:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

‼️
Janubiy Koreya: “Vatandoshlar xalqaro biznes marafoni” boshlandi…
👇
Jonli efirga qo‘shilish uchun pastdagi havola ustiga bosing:
🔗
https://t.me/wayu_korea?livestream=b78a442a205ddd3406
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
🌐
Sayt

March 26, 06:33

#Yangilik
O‘zbekiston xalqaro biznes marafoni
Ushbu marafonga kelaolmagan yokida hozirgi kunda O'zbekistonda bo'lib turgan yoshlar uchun online formatda ham efirga uzatilishi mumkin. Efirga uzatishda "Wayu Koreya" va
"Yoshlar — kelajagimiz jamg‘armasi" telegram(You tube) kanallarida efirga uzatilishi mumkin.
Rasman tasdiqlanmagan manba. Agar tasdiqlansa yoki yopiq guruhda efirga uzatilsa sizlarga ulashaman.
@Yuhakseng
Obuna bo'ling