
ππππππ ππππ π°π·
ππππππ ππππ
π°π·
pinned a photo
3 daqiqalik video uchun 2,500,000 won
Siz Koreys tilini bilasizmi?
Unda sizda 3 daqiqalik video tayyorlab, 1-o'rin bo'lib 2,500,000 won(1 700$) yutib olishingiz mumkin!
Bu tanlov 2024-yildab beri o'tkazilib kelinmoqda. 2026-yilgi tanlov 3-si bo'ladi. Bu yili yangi yo'nalishlar ham qo'shilgan:)
Tanlovda qatnashish sharti:
Koreys tilini biladigan barcha chet elikklar tanlovda qatnashishlari mumkin.
Mavzular:
a) Erkin mavzu (Koreys tilida taqlid, kinodan parcha va boshqa xohlagan narsani video qilib olish mumkin)
b) Menga eng yoqadigan "K" (bunda "K" ga Koreys madaniyati, taomi, kiyimi, ko'rsatuvi, mashxur odam, Koreyani ochib beradigan hamma narsa kiradi)
mavzularidan birini tanlab 1 yoki 3 yarim daqiqalik (2 dan kam bo'lmagan va 3 yarim daqiqadan ko'p bo'lmagan) video olib, uni ijtimoiy tarmoq yoki Youtubega joylayshingiz kerak.
Bosh sovrin faqatgina 3 yarim daqiqalik videoga beriladi. 1 daqiqalik video uchun esa eng katta sovrin 500,000 wondir.
Bu yilgi yangi yo'nalish bu Koreys tilida tez aytishdir.
1) λ΄κ° κ·Έλ¦° κΈ°λ¦° κ·Έλ¦Όμ μ κ·Έλ¦° κΈ°λ¦° κ·Έλ¦Όμ΄κ³ , λ€κ° κ·Έλ¦° κΈ°λ¦° κ·Έλ¦Όμ λͺ» κ·Έλ¦° κΈ°λ¦° κ·Έλ¦ΌμΈλ° μ κ·Έλ¦° λ΄ κΈ°λ¦° κ·Έλ¦Όμ λͺ©μ΄ κΈ΄ κΈ°λ¦° κ·Έλ¦Όμ΄κ³ , λͺ» κ·Έλ¦° λ€ κΈ°λ¦° κ·Έλ¦Όμ λͺ©μ΄ μ κΈ΄ κΈ°λ¦° κ·Έλ¦Όμ΄λ€.
2) μ μ΄μ΄ν μ΄μ½μΉ© λλΌμ μ΄λ μ μ΄μ΄ν μ΄μ½μΉ©μ΄ μ΄μ΄ν μ΄μ½μΉ© λλΌμ μ΄μ΄ν μ΄μ½μΉ©μ λ³΄κ³ μ΄μ΄ν μ΄μ½μΉ©μ΄ λκ³ μΆμ΄μ μ΄μ΄ν μ΄μ½μΉ© λλΌμ κ°λλ° μ΄μ΄ν μ΄μ½μΉ© λλΌμ μ΄μ΄ν μ΄μ½μΉ© λ¬Έμ§κΈ°κ° "λ μ΄μ΄ν μ΄μ½μΉ©μ΄ μλκ³ μ μ΄μ΄ν μ΄μ½μΉ©μ΄λκΉ μ μ΄μ΄ν μ΄μ½μΉ© λλΌμμ μ΄μ"λΌκ³ ν΄μ μ μ΄μ΄ν μ΄μ½μΉ©μ μ΄μ΄ν μ΄μ½μΉ©μ΄ λλκ²μ ν¬κΈ°νκ³ μ μ΄μ΄ν μ΄μ½μΉ© λλΌλ‘ λμκ°λ€.
Shu ikki tez aytishdan birini tanlab, video qilib olingan tez aytishni Youtubega qo'yib tanlovda ishtirok etishingiz mumkin.
Tez aytish yo'nalishi bu qo'shimcha bo'ladi. Shunga uzun yoki qisqa video olib tanlovda ishtirok etganlar tez aytishda ham omadlarini sinab ko'rishlari mumkin
π
Videoni ijtimoiy tarmoq yoki Youtube ga qo'yganda
#thekoreatimes
#koreanspeakingagent
bularni qo'yish esdan chiqmasin:)
Batafsil ma'lumot va onlayn ro'yxatdan o'tish uchun:
https://klsc.koreatimes.co.kr/KoreanSpeakingContest_2026kor.html
Ro'yxatdan o'tish sanasi:
7-Maygacha
Bu tanlovda hamma qatnashsa bo'ladi. Koreys tilini endi o'rganayotganlar ham qisqa video yo'nalishida qatnashib (bir nimalarni ko'rsatib berib, kamroq gapirib) o'z omadlarini sinab ko'rishlari mumkin. Hammaga omad!
ο»Ώ
@Yuhakseng
Obuna bo'ling
π
Wayu bilan birgalikdagi hiking sayohatimizga qoβshiling!!!
β’
Barchani bahorning eng goβzal manzarasi va tabiat qoβynidagi sarguzashtlarga boy sayohatga taklif qilamiz. β’Maqsadimiz Janubiy Koreyadagi vatandoshlarimiz bilan mazmunli vaqt oβtkazish!!
π
Manzil:
Suraksan togβi
| 103-3 Mt., Cheonghak-ri Byeollae-myeon, Namyangju-si, Gyeonggi-do
β’Hiking sanasi: 2026.04.25
β’Boshlanish vaqti: 9:00
Yakunlanish vaqti: 16:00
π«
Ishtirokchilar soni cheklangan. (Ketma-ketlik tartibida 25 nafar)
Roβyxatdan oβtish :
Havola
βΌοΈ
Muhim eslatma.
Wayu Koreya jamoasi ishtirokchilarning shaxsiy xavfsizligini maβsuliyatiga olmaydi!
Janubiy Koreyada chet ellik talabalar ishlashi mumkinmi?
Soβnggi paytlarda immigratsiya tomonidan tekshiruvlar kuchayib, noqonuniy ishlayotgan talabalar soni koβproq aniqlanmoqda. Shuning uchun koβpchilikda savol tugβiladi: D-2 vizada ishlash mumkinmi?
Javob: Ha, mumkin. Lekin buning oβziga xos tartibi bor.
Chet ellik talabalar Koreyada part-time (yarim stavka) ishlashlari mumkin. Biroq ishlashdan oldin immigratsiyadan ruxsat olish shart.
Qonuniy ishlash tartibi odatda quyidagicha:
β’ Ish beruvchi bilan shartnoma tuziladi
β’ Universitetdan tasdiq olinadi
β’ Immigratsiyaga ariza topshiriladi
β’ Immigratsiya tomonidan ruxsat beriladi (pasport yoki ARC orqali tasdiqlanadi)
Ish vaqti limiti talabaning darajasi va koreys til darajasiga qarab farq qiladi. Odatda haftasiga 10 soatdan 30 soatgacha ishlashga ruxsat beriladi.
Afsuski, amalda ayrim talabalar ruxsatnoma olmasdan ishlashadi yoki belgilangan soatdan koβproq ishlashadi. Bu esa noqonuniy hisoblanadi.
Agar noqonuniy ishlayotgan paytda immigratsiya tomonidan ushlansangiz, quyidagi omillar hisobga olinadi:
β’ Qancha vaqt ishlaganingiz
β’ Viza holatingiz
β’ Qancha daromad topganingiz
β’ Umumiy vaziyat
Shunga qarab qaror chiqariladi.
Agar birinchi marta ushlansangiz va jarima 3 million vondan kam boβlsa, koβpincha jarima yoki ogohlantirish bilan qoβyib yuborilish ehtimoli mavjud.
Agar jarima miqdori yuqoriroq boβlsa, vaziyatga qarab qaror qilinadi.
Agar qoidabuzarlik takroriy boβlsa yoki jarima juda yuqori boβlsa, deportatsiya qilinishi ehtimoli juda katta.
Shuning uchun Koreyada oβqiyotgan talabalar ishlashdan oldin albatta immigratsiyadan ruxsat olishlari va belgilangan qoidalarga amal qilishlari muhim.
Keyingi postimizda kerakli hujjatlar ro'yxati va ariza qilish haqida batafsil ma'lumot beramiz.
@Yuhakseng
Obuna bo'ling
Bahorgi Gilos gullashi manzilini topish endi juda ham oson
Endi ilovaga kirsangiz tepada Cherry Blossom boβlimi chiqadi. Shu boβlimni bossangiz, xarita sizga yaqin atrofdagi gilos gullari ochilgan joylarni avtomatik koβrsatadi.
Endi gilos gullarini qayerdan koβrishni qidirib yurishga hojat yoβq. Kakao Mapβni ochasiz, Cherry Blossom boβlimini bosasiz va yaqin joylarni koβrasiz.
Bahorni oβtkazib yubormang. Gilos gullari hozir eng chiroyli paytida.
@Yuhakseng
Obuna bo'ling
Koreyada ishlayotgan oβzbeklar uchun muhim signal: dollar 1,530 von.
Hozir bozorda 1 AQSh dollari taxminan 1,530 KRW ga chiqdi. Bu oddiy kurs emas β bu Koreya vonining sezilarli darajada zaiflashayotganini koβrsatadigan moliyaviy signal.
Oddiy qilib aytganda:
Bir xil ishlagan pulingizni Oβzbekistonga yuborganda uning qiymati oldingiga qaraganda kamroq boβlyapti.
Real misol:
Agar siz oyiga 2,000,000 von ishlasangiz
Oldin (1$ β 1,200 KRW paytida)
taxminan 1,660 dollar chiqardi.
Hozir (1$ β 1,530 KRW)
taxminan 1,300 dollar chiqadi.
Farq: taxminan 360 dollar kamayish.
Bu sezilarli farq.
Nima uchun bu sodir boβlyapti?
Moliyaviy sabablar:
Global investorlar pullarini dollarga oβtkazmoqda.
AQSh foiz stavkalari yuqori darajada turibdi.
Osiyo valyutalariga bosim kuchaymoqda.
Koreya voni zaiflashmoqda.
Bu sizga qanday taβsir qiladi?
Oβzbekistonga yuboriladigan pulning qiymati kamayadi.
Import mahsulotlar qimmatlashishi mumkin (yoqilgβi, texnika va ayrim oziq-ovqatlar).
Ammo eksport kuchli boβlsa, zavodlar ishlashda davom etadi va bu ish oβrinlari barqaror qolishi uchun muhim.
Eng muhim xulosa:
Valyuta kursi shunchaki raqam emas.
Bu sizning real daromadingizni belgilaydigan omillardan biri.
Agar von yana zaiflashsa, Koreyada ishlayotgan migrantlarning pul yuborish qiymati yanada kamayishi mumkin.
Shuning uchun kursni kuzatish migrantlar uchun ham moliyaviy strategiya hisoblanadi.
Iqtisodiyotdagi katta oβzgarishlar koβpincha birinchi boβlib valyuta bozorida koβrinadi.
Bugungi 1,530 darajasi bozor berayotgan muhim signal hisoblanadi.
@Yuhakseng
Obuna bo'ling
βΌοΈ
Janubiy Koreya: βVatandoshlar xalqaro biznes marafoniβ boshlandiβ¦
π
Jonli efirga qoβshilish uchun pastdagi havola ustiga bosing:
π
https://t.me/wayu_korea?livestream=b78a442a205ddd3406
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
π
Telegram
π±
Instagram
π±
Facebook
π
Sayt
#Yangilik
Oβzbekiston xalqaro biznes marafoni
Ushbu marafonga kelaolmagan yokida hozirgi kunda O'zbekistonda bo'lib turgan yoshlar uchun online formatda ham efirga uzatilishi mumkin. Efirga uzatishda "Wayu Koreya" va
"Yoshlar β kelajagimiz jamgβarmasi" telegram(You tube) kanallarida efirga uzatilishi mumkin.
Rasman tasdiqlanmagan manba. Agar tasdiqlansa yoki yopiq guruhda efirga uzatilsa sizlarga ulashaman.
@Yuhakseng
Obuna bo'ling