Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Karmana tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy kanali

Karmanatalimyangiliklari
Web: www.karmana-xtb.uz/ Facebook: www.fb.com/karmanatmmtb Telefon: +998795323295
Subscribers
1 470
24 hours
40
30 days
-50
Unusual 24 hours drop
Post views
281
ER
15,71%
Posts (30d)
156
Characters in post
640
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
April 14, 17:47
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

#XUSHXABAR
#RESPUBLIKA_BOSQICHIGA_YO
'LLANMA
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida
belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil
26-martdagi PF-61-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Respublika miqyosida "Robo Coding" olimpiadasi tashkil qilindi. Mazkur olimpiada 2 yosh toifasida tashkil qilindi va joriy yilning 13-14-aprel kunlari ushbu olimpiadaning viloyat bosqichiga start berildi.
13-aprel kuni 5-8-sinflar o'rtasida o'tkazilgan mazkur olimpiadada Karmana tumani 19-maktabning 6-sinf o'quvchilari Botirov Bunyod, Baxtiyorov Baxtbek faxrli 2-o'rinni egallashdi.
14-aprel kuni 9-11-sinflar o'rtasidagi bahsda Karmana tumani 19-maktabning 9-sinf o'quvchilari Adilov Elshod va Mavlonov Feruz faxrli 1-o'rinni egallab, Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. O'quvchilarimizga Respublika bosqichida ham omad yor bo'lishini tilab qolamiz.
🖥️
Karmana tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi matbuot xizmati

April 14, 10:23
Media unavailable
5
Show in Telegram

⚡️
“BIZ TOP-100 SARI INTILAMIZ!”
⚡️
⚡️
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ''Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o'rtasida kitob o'qishga qiziqishini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida'' gi 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son qarorining 10-bandini ijrosini ta'minlash maqsadida Karmana tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026-yil 14-aprel kuni o‘quvchilarni bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Biz TOP-100 sari intilamiz!” shiori ostida H.O‘rinov tomonidan targ‘ibot ishlari olib borildi.
⚡️
Ushbu targ‘ibot orqali o‘quvchilarga ''TOP-100 KITOBXON'' tanlovining nizomi, kitoblar ro'yhati va g'olib o'quvchilarga beriladigan mukofotlar bo'yicha tushuntirildi. “Har kuni kamida 10 bet o‘qi!”, “Bilimli yosh–kelajak poydevori” kabi shiorlar o‘quvchilarni o‘z ustida ishlashga undaydi.
⚡️
“Biz TOP-100 sari intilamiz!” tashabbusi yoshlarni bilimli, maqsadli va raqobatbardosh shaxslar etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

April 14, 10:22
Media unavailable
5
Show in Telegram

Karmana tumani 27-umumiy õrta ta'lim maktabida 14.04.2026 yil kuni 11-sinf õquvchilari bilan maktab maslahatchisi Turdiyeva Zebiniso va maktab psixologi Samatova Malikalar hamkorligida bitiruvchi õquvchilarni Oliy ta'limga qamrab olish bõyicha õtkazilgan sõrovnoma jarayonidan lavhalar.
🖥️
Karmana tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi matbuot xizmati

April 14, 06:18
Media unavailable
3
Show in Telegram

⚡️
⚡️
“BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!”
⚡️
⚡️
⚡️
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish oyligi” doirasida Karmana tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026-yil 14-aprel kuni “Biz giyohvandlikka yo‘q deymiz” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
⚡️
Mazkur tadbirda 8-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, ular bilan maktab amaliyotchi psixologi D.Ismatullayeva hamda maktab hamshirasi D.Majidova tomonidan davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat davomida o‘quvchilarga giyohvandlikning inson salomatligiga, ruhiy holatiga va kelajak hayotiga salbiy ta’siri haqida atroflicha tushunchalar berildi.
🖥️
Karmana tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi mqtbuot xizmati

April 14, 06:15
Media unavailable
4
Show in Telegram

Karmana tumani 27-umumiy õrta ta'lim maktabida 9-sinf õquvchilarini kasb-hunarga jalb qilish bõyicha Karmana tumani 1-sonli Politexnikum õqituvchilari maktabga kelib õqituvchilari tomonidan tarğibot ishlari olib borildi.
🖥️
Karmana tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi matbuot xizmati

April 14, 05:28
Media unavailable
4
Show in Telegram

⚡️
⚡️
''OʻQUVCHILARNI KUTIB OLISH JARAYONI''
⚡️
⚡️
Karmana tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi 26-umumiy o'rta ta'lim maktabida 2026-yil 14-aprel kuni yangi o‘quv kunini ko‘tarinki ruh va yuqori kayfiyatda boshlagan o‘quvchilar maktab rahbariyati hamda sinf rahbarlari tomonidan iliq kutib olindi.

April 14, 04:47
Media unavailable
5
Show in Telegram

Oʻquvchilarni kutib olish jarayoni
Karmana tuman 28-umumta’lim maktabi
14.04.2026-yil
Yangi o‘quv kunini ko‘tarinki ruh va yuqori kayfiyatda boshlagan o‘quvchilar maktab rahbariyati hamda sinf rahbarlari tomonidan iliq kutib olindi.
Ertalabki kutib olish jarayonida o‘quvchilarning kayfiyati so‘ralib, darslarga shijoat bilan kirishishlari uchun motivatsion suhbatlar tashkil etildi.


Maqsad:
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — o‘quvchilarda maktabga nisbatan mehr va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlash, ta’lim jarayoniga ijobiy ruhda kirishishlariga ko‘maklashish, intizom va davomatni yaxshilash hamda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishdan iborat
🖥️
Karmana tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi matbuot xizmati

April 13, 13:42
Media unavailable
1
Show in Telegram

Karmana tumani 3-maktabda joriy yilning 13-aprel kuni 9-sinf qizlari bilan Qizlar yigʻilishi qilinib, odob-axloq qoidalari yana bir bor tushuntirib oʻtildi.Qizlarni kasbga yoʻllash maqsadida bir qancha tavsiyalar berildi.
🖥️
Karmana tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi matbuot xizmati

April 13, 13:41
Media unavailable
2
Show in Telegram

Karmana tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026-yil 13-aprel kuni  o‘quvchilar uchun “Kitobxonlik” mavzusida navbatdagi ''Kelajak soati'' mashg‘ulotlari maktab deriktori , O'IBDO', MMIBDO‘ hamda sinf rahbarlari tomonidan barcha sinflarda tashkil etildi.
🖥️
Karmana tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi matbuot xizmati

April 13, 13:39
Media unavailable
4
Show in Telegram

#KELAJAK_SOATI
Karmana tumani 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida barcha sinflarda 2026-yil 13-aprel kuni “Kitobxonlik” mavzusida “Kelajak soati” darsi o‘tkazildi.
📚
Maktabning 6-“A” sinfiga maktab direktori S. Islomova “Kelajak soati” darsini tashkil qilib berdi. Dars jarayonida S. Islomova o‘quvchilarga kitob o’qishning foydasi, ilmiy va badiiy kitobxonlikning fikr, nutq, dunyoqarash, tengqurlari va o’zidan kattalar bilan muomala madaniyatini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida tushuncha berdi.
🎬
Shuningdek, mavzuga oid videoroliklar namoyish etilib, har bir mutolaa qilingan ilmiy yoki badiiy asar o’quvchilar kelajagini porloq qilishga sabab bo’lishi, kitoblar insonni ijodkorlik, sabr-toqat, yangi bilim va tajribalarga ega bo’lishga xizmat qilishiga alohida e’tibor qaratildi.
🌍
“Kelajak soati” darsi o’quvchilarda kitoblar orqali teran o’ylash, mulohaza yuritish, tafakkur va tahlil qilish fazilatlar shakllanishiga xizmat qiladi.
🖥️
Karmana tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi matbuot xizmati