Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Karmana tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy kanali

Karmanatalimyangiliklari
Web: www.karmana-xtb.uz/ Facebook: www.fb.com/karmanatmmtb Telefon: +998795323295
Подписчики
1 540
24 часа
30 дней
-13
Просмотры
206
ER
26,69%
Посты (30д)
241
Символов в посте
830
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
March 12, 11:00
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram


"Rahbar va yoshlar kuni"
Bugun 2025-yil 12-mart haftaning payshanba kuni bo'lib rahbar va yoshlar uchrashib, unda Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Zamira Isroilovna yoshlarimiz bilan ochiq muloqot uchrashuvini o'tkazdilar.
Suhbatda yoshlarga yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev gaplaridan iqtibos keltirib o'tdilar.Yoshlarimizni kelajakdagi rejalari, o'qishlaridagi muvaffaqiyatlarini eslab takidlab o'tdilar.
Suhbat davomida 4-5-mart kunlari bo'lib o'tgan "Turon" maktab Respublika tanlovining tuman boshqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalarni etiborsiz qoldirmay bo'lim boshlig'i Z.Isroilovna faxrli sovg'alar bilan taqdirladilar.
Natijalarga ko'ra:
🥇
3-umumiy o'rta ta'lim maktab
🥈
15-umumiy o'rta ta'lim maktab
🥉
30-umumiy o'rta ta'lim maktab
Sovrindorlarimizni kelajakda bundanda yaxshi natijalarni qo'lga kiritishlarini tilab qolamiz.
🖥
Karmana tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati.

March 12, 10:43
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

⚡️
⚡️
RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Karmana tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi 30-umumiy o'rta ta'lim maktabida 2026-yil 12-mart kuni  yuqori sinf o‘quvchilari bilan maktab rahbariyati va Mahalla masʼullari ishtirokida ''Rahbar va yoshlar uchrashuvi''  tashkil etildi.Mutasaddi rahbarlarlar o‘z so‘zlarida joriy yilning 24-fevral  kuni yoshlar hayotida muhim va tarixiy sana sifatida qayd etilganini  ta’kidlashdi. Endi har hafta payshanba “Yoshlar kuni” doirasida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etiladi. Ushbu uchrashuv yoshlarning kelajakdagi rejalari o'rganildi.
Ushbu uchrashuvdan asosiy maqsad — yoshlarning fikr-mulohazalarini tinglash, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Yana shuni ta'kidlash kerakki 30-maktab yoshlar jamoasi 5-mart kuni bo'lib o'tgan "Turon" teatrida faxrli 3-o'rin bilan taqdirlanishdilar.
🖥
Karmana tumani Matbagacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati

March 11, 11:16
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

📌
Karmana tumani 15-maktabda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 6-martdagi 93-sonli buyrug‘iga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “O‘qish savodxonlari” tanloviga start berildi.
📌
11–14 mart kunlari o‘tkaziladigan tanlovning asosiy maqsadi — o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini oshirish, matnni tushunish, tahlil qilish va mustaqil fikr bildirish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
📌
Bugungi tanlovda Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi 15-maktab  hamda Qiziltepa tumanidagi 1-maktablarning 4-sinf o‘quvchilari ishtirok etmoqda.
📌
Ushbu tanlov o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini namoyon etish, shuningdek, xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik jarayonini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
🖥
Karmana tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo`limi matbuot xizmati

March 05, 15:14
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Karmana tumani 5-IDUMda payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan maktab direktori T. Halilova ishtirokida “Eshituvchi va yo‘l ko‘rsatuvchi rahbar bilan uchrashuv” tashkil etildi.
Noan’anaviy tarzda tashkil etilgan ushbu uchrashuvda bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘z ichki kechinmalari va muammolari haqida ochiqchasiga so‘zlab, dildan suhbat qurishdi. Shuningdek, ular kelajakda ta’lim sohasida qanday islohotlar zarurligi haqida ham o‘z fikr va takliflarini bildirishdi.
Samimiy ruhda o‘tgan bu uchrashuv yoshlar uchun katta taassurot qoldirdi.
Karmana tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo`limi matbuot xizmati

March 05, 14:38
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Karmana tumanida yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida joylarda turli uchrashuv va muloqotlar tashkil etilmoqda.
“Yoshlar kuni” munosabati bilan maktab o‘quvchilari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi. Unda Karmana tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Zamira Isroilovna ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilarning qiziqishlari, muammo va takliflari tinglanib, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ta’limdagi yutuqlarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarning kelajakdagi maqsadlari haqida fikr almashildi.
Yig‘ilish yakunida o‘quvchilar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanib, ularga zarur tavsiyalar berildi.
Karmana tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi matbuot xizmati

March 05, 12:41
Файлы недоступны
7
1
Открыть в Telegram

RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
✔️
Karmana tumanida yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida joylarda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Ana shunday uchrashuvlardan biri “
Yoshlar kuni”
munosabati bilan maktab yoshlari bilan o‘tkazildi. Unda
Karmana tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i
ishtirok etib, o‘quvchilar bilan ochiq muloqot olib bordi.
Uchrashuv davomida yoshlarga favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, turli xavfli holatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning ongida xavfsizlik madaniyatini shakllantirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda mas’uliyat hissini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari
👇
🌐
Veb sayt
|

Telegram
|
📹
Youtube
|

Facebook
|
🌐
Instagram

March 05, 12:40
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

YOSHLAR KUNI!
🇺🇿
Ichki ishlar organlari tomonidan ilgari surilgan
“Har bir yosh ichki ishlar organlarining doimiy e’tiborida”
shiori ostida har hafta
Payshanba kuni “Yoshlar kuni”
sifatida belgilangan.
🇺🇿
Shu munosabat bilan
Karmana tumani IIB boshlig‘i A.Ikromov
tomonidan tumandagi “
Malik” MFY hududida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktabida
yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
🇺🇿
Uchrashuv davomida o‘quvchi-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning qiziqishlari, muammolari hamda takliflari tinglandi. Shuningdek, yoshlarni turli salbiy illatlardan asrash, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
🇺🇿
Tadbir yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutasaddilardan zarur tavsiyalar oldilar. Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan muloqotni mustahkamlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari
👇
🌐
Veb sayt
|

Telegram
|
📹
Youtube
|

Facebook
|
🌐
Instagram

March 05, 10:19
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

MA’RIFATLI AYOL KITOBXONLIK TANLOVI
Joriy yilning 5-mart kuni Karmana tumanidagi 2-IATIDUMda tuman Axborot-kutubxona markazi hamkorligida maktablarning texnik xodimlari o‘rtasida “Ma’rifatli ayol” kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov natijalariga ko‘ra:
🥇
1-o‘rin — 7-maktab texnik xodimi Temirova Kamola
🥈
2-o‘rin — 16-maktab texnik xodimi Davlatova Ma’rifat
🥉
3-o‘rin — 2-maktab texnik xodimi Normurodova Umriniso
G‘oliblar Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tanlov ishtirokchilariga esa kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi.
Karmana tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi matbuot xizmati

March 05, 10:15
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

KARMANA TUMANIDA VOLEYBOL MUSOBAQASI O‘TKAZILDI
Joriy yilning 5-mart kuni Karmana tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Do‘rmon, Buyuk Ipak Yo‘li, Kumushkon hamda Xoncharbog‘ MFY hududlarida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i kubogi uchun musobaqa o‘tkazildi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
Qizlar o‘rtasida:
🥇
1-o‘rin — 4-IDUM
🥈
2-o‘rin — 28-maktab
🥉
3-o‘rin — 18-maktab jamoasi
O‘smirlar o‘rtasida:
🥇
1-o‘rin — 3-maktab
🥈
2-o‘rin — 27-maktab
🥉
3-o‘rin — 28-maktab jamoasi
Musobaqa yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.
Karmana tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi matbuot xizmati

March 05, 10:11
Файлы недоступны
9
Открыть в Telegram

Karmana tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi tasarrufidagi 14-DMTTning Moychechak guruhi bolajonlari ishtirokida "8-mart Xotin-qizlar kuni" munosabati bilan "Baxtimizga hamisha sog' bo'ling Onajon!" deb nomlangan tadbir tashkil etildi.Unda bolajonlar onani madh etuvchi ajoyib she'r va raqslar, qo'shiqlar ijro qilishdi.
Karmana tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi matbuot xizmati