Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Лаа илааҳа иллаллоҳу

Laa_ilaaha_illallohu
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратларининг "Тафсири Ҳилол", "Кифоя", "Сунний ақийдалар" ва бошқа кўплаб асарларига муҳаррирлик қилган филология фанлари номзоди, адабиётшунос олим, шоир ва ҳануз толиби илм Шаҳобиддин Одилнинг шахсий канали
Subscribers
18 200
24 hours
200
30 days
-4 100
Post views
698
ER
1,79%
Posts (30d)
248
Characters in post
1 358
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Religion and Spirituality
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
March 13, 03:37
Media unavailable
2
Show in Telegram

📚
📖
📚
АЛЛОҲИМ, Ё РОББАЛ ОЛАМИЙН!
ЖУМЪА КУНИНИНГ ФАЙЗ-У БАРАКАСИДАН ТЎЛИҚ БАҲРАМАНД БЎЛИШНИ ЖАМИЙКИ МЎМИН-МУСУЛМОНЛАРГА ВА ХОССАТАН КАНАЛИМИЗ ЎҚУВЧИЛАРИГА ҲАМ НАСИБ АЙЛА!
БУ КУНГИ БАРЧА ИБОДАТЛАРИМИЗНИ ҚАБУЛ ҚИЛГИН!
ЎЗИМИЗ, АҲЛИ ОИЛАМИЗ, ЯҚИНЛАРИМИЗ ВА ЖАМИЙКИ МЎМИН-МУСУЛМОНЛАР ҲАҚҚИГА ҚИЛГАН БАРЧА ДУОЛАРИМИЗНИ ИЖОБАТ ЭТГИН!
ОМИЙН, Ё РОББАЛ ОЛАМИЙН!
📚
📖
📚
ALLOHIM, YO ROBBAL OLAMIYN!
JUM’A KUNINING FAYZ-U BARAKASIDAN TO‘LIQ BAHRAMAND BO‘LISHNI JAMIYKI MO‘MIN-MUSULMONLARGA VA XOSSATAN KANALIMIZ O‘QUVCHILARIGA HAM NASIB AYLA!
BU KUNGI BARCHA IBODATLARIMIZNI QABUL QILGIN!
O‘ZIMIZ, AHLI OILAMIZ, YAQINLARIMIZ VA JAMIYKI MO‘MIN-MUSULMONLAR HAQQIGA QILGAN BARCHA DUOLARIMIZNI IJOBAT ETGIN!
OMIYN, YO ROBBAL OLAMIYN!
@Laa_ilaaha_illallohu

March 13, 01:49

ЖУМА КУНИНИ АЛЛОҲ ТАОЛОНИНГ ЎЗИ МАНГУЛИККА МУБОРАК ҚИЛИБ ҚЎЙГАН!
1. Жума кунининг ўзига хос хислатлари.
2. Жума куни фақат инсонлар ва жинларгина хотиржам бўлади.
Қолган барча махлуқотлар қўрқувдан титраб туради.
3. Эртага Қиёмат экани аниқ бўлса, аввало нима иш қилган бўлардингиз?
4. Жума куни Аллоҳ таолони янада кўпроқ зикр қилиш керак.
5. Оят. "Аллоҳнинг зикри ила қалблар ором топур".
6. Жума кунидаги амалларнинг даражаси.
7. Жума–ибодат байрамидир.
8. Жума куни "Каҳф" сурасини ўқишнинг фазли.
9. Фақат жума куни эмас, балки ҳар куни вожиб бўлган амал.
10. Саловот айтишнинг фазли.
11. Жума ҳатто Жаннатда ҳам фазилатли кундир.
12. Аллоҳ таоло ҳузуридаги энг афзал намоз–жума куни бомдод намозини жамоат билан адо этишдир.
13. Жума кунида дуолар аниқ ижобат бўладиган бир вақт бор.
14. Жума куни масжид эшикларининг ҳар бирида фаришталар туради.
15. ЖУМА НАМОЗИНИНГ ФАРЗЛИГИ ОЯТ БИЛАН СОБИТДИР.
16. Жума намози кимларга вожиб эмас?
17. Жаннатнинг калити ўз қўлингизда.
18. Жумъа. Шеър.
19. Жума намозини узрсиз қолдиришнинг гуноҳи.
@Laa_ilaaha_illallohu

March 13, 01:42
Media unavailable
3
Show in Telegram

📚
📖
📚
MO'MINLAR VA MO'MINALARNING HAR BIR KUNI ANA SHUNDAY BOSHLANADI:
أَعُوذُ باللهِ
مِنَ الشَّيطَانِ الرَّجِيمِ
A'uuzu billaahi minash-
shaytonir-rojiym!
بِسْمِ اللهِ
الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم
Bismillaahir-
Rohmaanir-Rohiym!
📚
📖
📚
MO'MIN-
MUSULMONLARNING TONGDAGI ILK KALOMLARI–ZIKR,  SHUKUR, DUO VA SALOMDIR!

ALLOHIM, YO ROBBAL OLAMIYN, HAR BIR MO'MIN BANDANGNING BUGUNGI KUNINI KECHAGI KUNIDAN KO'RA HAM XAYRLI VA BARAKALI QILGIN!

Ey Robbim! Har birimizning qalbimizdagi orzu-niyatlarimizni O'zing yaxshi bilasan.
Illo, biz o'zimiz bilmasdan oqibati xayrli bo'lmagan narsalarni ham orzu qilib yurgan bo'lishimiz mumkin.
Sendan o'tinib so'raymiz,

bizlarga har bir narsaning, hattoki, o'zimiz Sendan duo qilib so'raganlarimizning ham dinimizda va dunyoviy hayotimizda avvali-yu oxiri faqat xayrli bo'lganlarini nasib et!

رَبَّنَا آتِنَا فِي الدُّنْيَا حَسَنَةً
وَفِي الْآخِرَةِ حَسَنَةً
وَقِنَا عَذَابَ النَّارِ
Robbanaa aatinaa fid-dunyo hasanatan va fil-aaxirati hasanatan va qinaa 'azaaban-naar!

Robbimiz, bizga bu dunyoda (
barcha
)yaxshiliklarni nasib etgin va oxiratda ham yaxshiliklar nasib etgin va bizni olov(
do'zax
)dan asragin!

ٱلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ
وَرَحْمَةُاللهِ
وَبَرَكَاتُهُ
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokaatuhu!

Sizga salom(
tinchlik, omonlik, sog'lik)
va Allohning rahmati va barakasi bo'lsin!

Juma kuni yuqoridagi duolarga qo'shimcha sifatida quyidagi duo o'qiladi:
Allohim, juma kunining fayzu barakasidan to'liq bahramand bo'lishni har bir mo'min-musulmon bandangga va xususan kanalimiz a'zolariga ham nasib etgin!
Duolar qabul bo'ladigan vaqtni g'aflatda o'tkazib yuborishdan O'zing panohingda asragin!
@Laa_ilaaha_illallohu

March 13, 00:23

JANNATNING KALITI O'Z QO'LINGIZDA!
@Laa_ilaaha_illallohu

March 13, 00:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

#AZON_DUOSI
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim azonni eshitganida:
اللَّهُمَّ رَبَّ هَذِهِ الدَّعْوَةِ التَّامَّةِ، وَالصَّلاَةِ الْقَائِمَةِ، آتِ مُحَمَّدًا الْوَسِيلَةَ، وَالْفَضِيِلَةَ، وَابْعثْهُ مَقَامًا مَحْمُودًا الَّذِي وَعَدْتَهُ
«ALLOHUMMA! ROBBA HAZIHID-DA’VATIT-TAAMMA, VASSOLAATIL QOIMA, ATI MUHAMMADANIL-VASIYLATA VAL-FAZILA. VAB’ASHU MAQOMAM MAHMUDANILLAZI VA’ADTA»,
desa, qiyomat kuni unga shafoatim vojib bo‘ladi»,
dedilar».
(Buxoriy rivoyati)
Ma'nosi:
Yo Alloh! Ey, ushbu komil da’vatning va vaqti hozir bo‘lgan namozning Robbisi!
Muhammad sollallohu alayhi vasallamga vasila va fazilatni bergin.
Uni O‘zing va’da qilgan maqtovli maqomda tiriltir.
Bizning vazifamiz faqat eslatish, xolos.
@Laa_ilaaha_illallohu

March 12, 23:53

#BIR_HADIS_SHARHI
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Zimiston tunning bo'laklari kabi fitnalar chiqmasidan avval (solih) amallarga shoshilinglar. O'sha fitnalarda musulmon bo'lib tong ottirgan kishi kechga borib kofir bo'ladi, kechqurun musulmon bo'lgan kishi tongga borib kofir bo'ladi – o'z dinini dunyoning arzimas bir matosiga sotadi”,
dedilar".
(Imom Muslim rivoyat qilgan)
"Solih amallar" deyilganda birinchi navbatda shariatda buyurilgan farz, vojib, sunnat va nafl amallar tushuniladi.
Har holda, yaqin yillarda paydo bo'lgan odatimiz –haftaning ma'lum kunlari bilan, xususan, juma bilan tabriklash oyatda ham, hadisda ham solih amallar qatorida sanalmagan.
Uni qulog'idan tortib qaysidir oyat yoki hadisga zo'raki bog'laganimiz bilan na Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va na sahobalar qilmagan bir ish biz uchun ham fazl bo'lib qolmasa kerak.
Undan ko'ra, o'sha tabriklarga ketkazayotgan vaqtimizda shariat buyurgan qo'shimcha nafl ibodatlarni qilsak, o'zimiz uchun ham savob topgan bo'lardik va bizning tabriklarni o'qishga vaqtini bekor ketkazayotgan yaqinlarimizning ham qimmatli vaqtlarini o'g'irlamagan bo'lardik.
Kishining birodari haqqiga g'oyibona qilgan duosi qabul bo'ladi, in shaa Alloh!
Demak, o'sha yaxshilik istayotgan insonlarimiz haqqlariga g'oyibona duo qilganimiz ularga telegram orqali tabrik yuborganimizdan ko'ra foydaliroq bo'ladi va o'zimiz uchun ham savobli amal hisoblanadi.
@Laa_ilaaha_illallohu

March 12, 23:11

📚
📖
📚
QADR KECHASI BU ISHNI QILMANG!
Qadr kechasining savobidan umid qilib zikr-tasbih aytib yoki tafsir o'qib o'tirganingizda telefoningiz jiringlab qolsa, darrov oling. Chunki, kimdir sizni chaqiryapti, javob berishingiz shart. Balki, kimningdir o'ta zarur ishi bordir sizda.
Lekin, telefonni olganingizdan keyin, bildingizki, narigi tarafdagi odamning sizda juda zarur gapi yo'q ekan.
Biror bahona topib, darrov telefonni qo'ying va yana ibodatga sho'ng'ing.
Agar juda zarur bo'lmagan suhbat bilan vaqtingizni o'tkazsangiz, Qadr kechasining savobidan quruq qolasiz.
Tasavvur qiling, Qadr kechasi payshanbaga to'g'ri kelsa va ertaga juma bo'lishi munosabati bilan sizga kimlardir telefon qilib, juma bilan tabriklasa...
Yoki o'zingiz ayni Qadr kechasi juma bilan tabriklab kimgadir telefon qilsangiz...
Bo'ldi, siz uchun ham, u tomondagi kimsa uchun ham Qadr kechasi tugadi. Chunki, siz ayni ibodat bilan o'tkazish kerak bo'lgan vaqtingizga bekorchi gap-so'zni aralashtirdingiz.
QADR KECHASI ATIGI BIR NECHA SOATGINA, XOLOS. UNING SAVOBI ESA FAQATGINA SHU ARZIMAS VAQT ICHIDA IBODATDAN BOSHQA ISH QILMAGAN ODAMGA NASIB ETADI!
Juma kungi amallar ham Qadr kechasidagi ibodatlarga o'xshaydi.
Agar juma kunini eng zarur amallar bilan o'tkazsangiz, juma siz uchun xayrli, barakali bo'ladi, in shaa Alloh!
Ammo, bebaho vaqtingizni tabriklarga ketkazsangiz, juma kungi xayr-u barakadan quruq qolasiz!
Balki, bitta tabrikka qancha vaqt ketardi, deb hayron bo'larsiz.
Unutmang, Qiyomat kuni har bir tanga pulimiz uchun ham, har bir daqiqa vaqtimiz uchun ham javob berishimizga to'g'ri keladi!
@Laa_ilaaha_illallohu

March 12, 23:04

📚
📖
📚
QADR KECHASIDAGI AMALLAR
VA BUNDA JUMA KUNI BILAN TABRIKLASHNING IBODAT MA'NOSIDA QANCHALIK O'RNI BOR?
Qadr kechasi birinchi qiladigan ishimiz xufton, tarovih va vitr namozlarimizni ado etish: erkaklar masjidda, ayollar uylarida.
Farz, vojib, sunnat namozlarimizni o'qib bo'lganimizdan keyin, kuchimiz yetsa, saharlik paytigacha bedor bo'lib, ALLOH TAOLONI ZIKR QILIB, QUR'ON TILOVATI VA NAFL NAMOZLAR bilan mashg'ul bo'lamiz.
–"LAA ILAAHA ILLALLOH" deb tahlil aytamiz;
–"ALLOHU AKBAR" deb takbir aytamiz;
–"ALHAMDULILLOH" deb tahmid aytamiz;
—"SUBHAANALLOH" deb tasbih aytamiz;
–"ASTAG'FIRULLOH" deb istig'for aytamiz.
Bularning hammasi Alloh taoloni zikr qilish-eslash uchun Haqq taoloning O'zi buyurgan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'rgatgan kalimalardir.
Shuning uchun ham, ularni qancha ko'p aytsak, savobimiz shuncha ko'payaveradi.
Boshqa kunlarimizda ham, yotganda, turganda, yurganda, o'tirganda, baxtli damimizda, g'amli onlarimizda shu kalimalarni ko'p aytib yursak, bilib-bilmay qilgan xatolarimizga, kamchiliklarimizga, gunohlarimizga kafforot, ishlarimiz o'nglanishi, g'amlarimiz arishi, baxtimiz boqiy bo'lishiga sabab bo'ladi.
Bu kechada zikrdan tashqari, yana, qurbimiz yetgancha nafl namoz o'qiymiz, Qur'on tilovat qilamiz yoki tinglab o'tiramiz.
YA'NI, BIZNI ALLOH TAOLOGA YAQINLASHTIRADIGAN, U ZOTNI ROZI QILADIGAN AMALLARNI BAJARAMIZ.
Uyqu g'olib kelsa, ozroq uxlab olishimiz ham mumkin. Chunki, ro'zadorning uyqusi ham ibodat sanaladi.
Shu gaplarni yozib o'tirsam, "tiring-tiring" qilib telefondan xabarlar kela boshladi.
Odatim shuki, telegramdan kelgan hamma xabarlarni ko'rgan zahoti hammasiga javob yozib yuboraman.
Chunki,
TELEGRAMMDAN BO'LSA HAM SALOM BERISH SUNNAT, UNGA JAVOB QAYTARISH FARZI KIFOYADIR.
Ya'ni, ko'pchilikka salom berilganida, oralaridan bitta odamning javob qaytarishi bilan farz barchalaridan soqit bo'ladi.
Masalan, telegramda oilaviy kanallarda shunday: kimdir salom bersa, bitta odam javob qaytarsa, kifoya.
AMMO, YOLG‘IZ ODAMGA SALOM BERILGANDA, JAVOB QAYTARISH FARZI AYNGA AYLANADI. YA’NI, JAVOB QAYTARMAGAN INSON KATTA GUNOH QILGAN BO'LADI.
Xullas, xabarlarni o'qiy boshladim. Deyarli hammasi juma tabriklari...
Men bugun ham Qadr kechasi bo'lishi mumkin degan umidda uxlamasdan ibodat qilib o'tirgandim. Boyagi juma tabriklari ancha vaqtimni o'g'irladi.
Eng alam qiladigani shuki, men hozir uxlasam ham, ro'zadorning uyqusi sifatida savob olaverardim. Ammo, bu tabriklarga ketkizgan vaqtim uchun zarracha savob umid qila olmayman.
Chunki, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari aytganlaridek, JUMA BILAN TABRIKLASH FAQAT BITTA SHART BILAN JOIZ: tabriklayotgan inson
BU ISHNI DINDAN DEB BILMASLIGI VA DOIMIY ODATGA AYLANTIRIB
OLMASLIGI KERAK.
Ya'ni, ba'zan-ba'zan, onda-sonda "Sizga va bizga ham jumaning xayr-u barakasi nasib qilsin" deb duo qilib qo'ysa, zarari yo'q.
Lekin "Juma muborak bo'lsin", "Juma bilan tabriklayman", "Ramazonning(yilning) birinchi(ikkinchi va hokazo) jumasi muborak!" kabi tabriklarini dinda bor amal, shariat buyurgan ish, qilsam savob olaman, qilmasam gunohkor bo'lib qolaman, degan tushuncha bilan doimiy ravishda qilib yursa, noto'g'ri ish qilgan bo'ladi.
(davomi bor)
@Laa_ilaaha_illallohu

March 12, 21:50

#БИР_ҲАДИС_ШАРҲИ
Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
"Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам
:
“Зимистон туннинг бўлаклари каби фитналар чиқмасидан аввал
(солиҳ)
амалларга шошилинглар. Ўша фитналарда
мусулмон бўлиб тонг оттирган киши кечга бориб кофир бўлади, кечқурун мусулмон бўлган киши тонгга бориб кофир бўлади – ўз динини дунёнинг арзимас бир матосига сотади”
,
дедилар
".
(Имом Муслим ривоят қилган)
"Солиҳ амаллар" дейилганда биринчи навбатда шариатда буюрилган фарз, вожиб, суннат ва нафл амаллар тушунилади.
Ҳар ҳолда, яқин йилларда пайдо бўлган одатимиз –ҳафтанинг маълум кунлари билан, хусусан, жума билан табриклаш оятда ҳам, ҳадисда ҳам солиҳ амаллар қаторида саналмаган
.
Уни қулоғидан тортиб қайсидир оят ёки ҳадисга зўраки боғлаганимиз билан на Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам ва на саҳобалар қилмаган бир иш биз учун ҳам фазл бўлиб қолмаса керак.
Ундан кўра, ўша табрикларга кетказаётган вақтимизда шариат буюрган қўшимча нафл ибодатларни қилсак, ўзимиз учун ҳам савоб топган бўлардик ва бизнинг табрикларни ўқишга вақтини бекор кетказаётган яқинларимизнинг ҳам қимматли вақтларини ўғирламаган бўлардик.
Кишининг биродари ҳаққига ғойибона қилган дуоси қабул бўлади, ин шаа Аллоҳ!
Демак, ўша яхшилик истаётган инсонларимиз ҳаққларига ғойибона дуо қилганимиз уларга телеграм орқали табрик юборганимиздан кўра фойдалироқ бўлади ва ўзимиз учун ҳам савобли амал ҳисобланади.
@Laa_ilaaha_illallohu

March 12, 21:12

📚
📖
📚
ҚАДР КЕЧАСИ БУ ИШНИ ҚИЛМАНГ!
Қадр кечасининг савобидан умид қилиб зикр-тасбиҳ айтиб ёки тафсир ўқиб ўтирганингизда телефонингиз жиринглаб қолса, дарров олинг. Чунки, кимдир сизни чақиряпти, жавоб беришингиз шарт. Балки, кимнингдир ўта зарур иши бордир сизда.
Лекин, телефонни олганингиздан кейин, билдингизки, нариги тарафдаги одамнинг сизда жуда зарур гапи йўқ экан.
Бирор баҳона топиб, дарров телефонни қўйинг ва яна ибодатга шўнғинг.
Агар жуда зарур бўлмаган суҳбат билан вақтингизни ўтказсангиз, Қадр кечасининг савобидан қуруқ қоласиз.
Тасаввур қилинг, Қадр кечаси пайшанбага тўғри келса ва эртага жума бўлиши муносабати билан сизга кимлардир телефон қилиб, жума билан табрикласа...
Ёки ўзингиз айни Қадр кечаси жума билан табриклаб кимгадир телефон қилсангиз...
Бўлди, сиз учун ҳам, у томондаги кимса учун ҳам Қадр кечаси тугади. Чунки, сиз айни ибодат билан ўтказиш керак бўлган вақтингизга бекорчи гап-сўзни аралаштирдингиз.
ҚАДР КЕЧАСИ АТИГИ БИР НЕЧА СОАТГИНА, ХОЛОС. УНИНГ САВОБИ ЭСА ФАҚАТГИНА ШУ АРЗИМАС ВАҚТ ИЧИДА ИБОДАТДАН БОШҚА ИШ ҚИЛМАГАН ОДАМГА НАСИБ ЭТАДИ!
Жума кунги амаллар ҳам Қадр кечасидаги ибодатларга ўхшайди.
Агар жума кунини энг зарур амаллар билан ўтказсангиз, жума сиз учун хайрли, баракали бўлади, ин шаа Аллоҳ!
Аммо, бебаҳо вақтингизни табрикларга кетказсангиз, жума кунги хайр-у баракадан қуруқ қоласиз!
Балки, битта табрикка қанча вақт кетарди, деб ҳайрон бўларсиз.
Унутманг, Қиёмат куни ҳар бир танга пулимиз учун ҳам, ҳар бир дақиқа вақтимиз учун ҳам жавоб беришимизга тўғри келади!
@Laa_ilaaha_illallohu