Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Лаа илааҳа иллаллоҳу

Laa_ilaaha_illallohu
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратларининг "Тафсири Ҳилол", "Кифоя", "Сунний ақийдалар" ва бошқа кўплаб асарларига муҳаррирлик қилган филология фанлари номзоди, адабиётшунос олим, шоир ва ҳануз толиби илм Шаҳобиддин Одилнинг шахсий канали
Подписчики
18 000
24 часа
200
30 дней
-4 600
Просмотры
326
ER
3,47%
Посты (30д)
248
Символов в посте
798
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Религия и духовность
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
March 15, 18:42
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

📚
📖
📚
MO'MINLARGA ESLATMA
Ramazon oyi tugashiga ham sanoqli kunlar qoldi.
Ey mo'min birodarim, ey mo'mina singlim!
Ramazonga qanday kirib kelganingiz muhim emas.
Kim ham mutlaqo begunohman deb maqtana olardi?!
Ammo, Ramazondan qanchalik poklanib chiqishingiz judayam muhim!
Zero, Ramazon poklanish oyidir!

Oxirgi o'n kunlikning toq kechalariga yashirilgan Qadr kechasi esa har birimizga berilgan katta imkoniyatdir!
Bas, shunday ekan, atigi o'n kungina bu o'tkinchi dunyoning g'alvalarini unutaylik!
Kunduzi ro'zador, kechalari bedor  bo'lib, Robbimizga yolvorib, U Zotning solih bandalari qatoriga qo'shilib olaylik!
Qadr kechasini topishimiz bizga bog'liq emas. Biz kunduzlari ro'zador bo'lib, tunlari bedor bo'lib xolis Alloh taoloning roziligi uchun ibodat qilamiz.
Maqsadimiz–faqatgina Alloh taoloning roziligini topish.
Qachon Robbimiz bizdan rozi bo'lsa, demak, maqsadimiz hosil bo'ladi.
Robbimiz bizdan rozi bo'lgan kecha biz uchun Qadr kechasidir!
@Laa_ilaaha_illalloh

March 15, 12:39

📚
📖
📚
МЎМИНЛАРГА ЭСЛАТМА
Рамазон ойи тугашига ҳам
саноқли кунлар қолди.
Эй мўмин биродарим, эй мўмина синглим!
Рамазонга қандай кириб келганингиз муҳим эмас.
Ким ҳам мутлақо бегуноҳман деб мақтана оларди?!
Аммо, Рамазондан қанчалик покланиб чиқишингиз жудаям муҳим!
Зеро, Рамазон покланиш ойидир!
Охирги ўн кунликнинг тоқ кечаларига яширилган
Қадр кечаси
эса ҳар биримизга берилган катта имкониятдир!
Бас, шундай экан, атиги ўн кунгина бу ўткинчи дунёнинг ғалваларини унутайлик!
Кундузи рўзадор, кечалари бедор бўлиб, Роббимизга ёлвориб, У Зотнинг солиҳ бандалари қаторига қўшилиб олайлик!
Қадр кечасини топишимиз бизга боғлиқ эмас. Биз кундузлари рўзадор бўлиб, тунлари бедор бўлиб холис Аллоҳ таолонинг розилиги учун ибодат қиламиз.
Мақсадимиз–фақатгина Аллоҳ таолонинг розилигини топиш.
Қачон Роббимиз биздан рози бўлса, демак, мақсадимиз ҳосил бўлади.
Роббимиз биздан рози бўлган кеча биз учун Қадр кечасидир!
@Laa_ilaaha_illalloh

March 15, 12:17

===================
2026 ЙИЛ УЧУН ЗАКОТ, ФИТР ВА ФИДЯ МИҚДОРИ
📚
📖
📚
ЗАКОТГА ОИД КЎП ТАКРОРЛАНАЁТГАН САВОЛ-ЖАВОБЛАР
📜
1-қисм.
📜
2-қисм.
📜
3-қисм.
@Laa_ilaaha_illallohu

March 15, 12:11

📚
📖
📚
РЎЗАГА ОИД КЎП ТАКРОРЛАНАЁТГАН САВОЛ-ЖАВОБЛАР
📜
1-қисм.
📜
2-қисм.
📜
3-қисм.
📜
4-қисм.
📜
5-қисм.
📜
6-қисм.
📜
7-қисм.
📜
8-қисм.
@Laa_ilaaha_illallohu
‌‌

March 15, 04:23
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

ЛАЙЛАТУЛ-ҚАДР
#БИР_ҲАДИС_ШАРҲИ
Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
"
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам:
"
Ким Қадр кечасида иймон билан, савоб умидида қоим* бўлса, ўтган гуноҳлари мағфират этилади",
дедилар
".
(
Имом Бухорий ривояти
)
==================
*қоим бўлса–бедор бўлиб,  ибодат билан ўтказса
...
Шарҳи: ушбу ҳадис Қадр кечасида бедор бўлиб,  вақтимизни фақат ибодатлар билан ўтказиш лозим эканига далолат қилади.
@Laa_ilaaha_illallohu

March 15, 04:23
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
"Albatta, bu oy sizlarga keldi.
Unda ming oydan yaxshi bo'lgan Qadr kechasi bor.
Kim u kechadan mahrum bo'lsa, yaxshiliklarning barchasidan mahrum bo'libdi. Uning yaxshiligidan faqat mahrumlargina bebahra qoladi".
(Ibn Moja rivoyati)
@Laa_ilaaha_illallohu

March 15, 00:47
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

أَعُوذُ باللهِ مِنَ الشَّيطَانِ الرَّجِيمِ
A’uuzu billaahi minash-
shaytonir-rojiym!
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم
Bismillaahir-
Rohmaanir-Rohiym!
الحَمْدُ للهِ الذِي أحْيَانا بَعْدَ مَا أمَاتَنَا وإلَيْهِ النَشُور
«ALHAMDU LILLAAHILLAZIY AHYAANAA BA’DA MAA AMAATANAA VA ILAYHIN NUSHUUR.»
(Uyqudan turgan zahoti bir marta o‘qiladi.)
ٱلۡحَـمۡدُ للهِ رَبِّ ٱلۡعَـٰلَمِينَ
Alhamdulillaahi Robbil olamiyn!
أَشْهَدُ أَنْ لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ وَأَشْهَدُ أَنَّ مُحَمَّدًا عَبْدُهُ وَرَسُولُهُ
Ashhadu an-laa ilaaha illallohu va ashhadu anna Muhammadun ’abduhu va rosuluhu!
Tongda iymon bilan uyg‘otganing uchun shukur, Allohim!
Bu ojiz qulingga yana bir kun hadya qilganing uchun Senga behad hamd-u sanolar bo‘lsin, yo Zal-Jaloli val Ikrom!
Allohim, yo Robbal olamiyn, har bir mo‘min bandangning bugungi kunini kechagi kunidan ko‘ra ham xayrli va barakali qilgin!
بِسْمِ اللهِ الَّذِي لَا يَضُرُّ مَعَ اسْمِهِ شَيْءٌ فِي الْأَرْضِ وَلَا فِي السَّمَاءِ وَهُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ
«BISMILLAAHILLAZIY LAA YAZURRU MA’ASMIHI SHAY'UN FIL ARZI VA LAA FIS SAMAA'I VA HUVAS SAMI’UL ALIYM.»
(Yuz-qo‘lni yuvib bo‘lgandan keyin  uch marta o‘qiladi.)
رَبَّنَا آتِنَا فِي الدُّنْيَا حَسَنَةً وَفِي الْآخِرَةِ حَسَنَةً وَقِنَا عَذَابَ النَّارِ
Robbanaa ’atinaa fid-dunyo hasanatan va fil-oxirati hasanatan va qinaa azoban-nor!
ٱلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَةُاللهِ وَبَرَكَاتُهُ
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu!
Mana shu
⬆️
mo‘min-musulmonning tong ottirishidir. Ya’ni, tongimiz, kunimiz aynan shunday kalomlar bilan, duo va salomlar bilan boshlanishi kerak!
Uyg‘ondik, aniqrog‘i o‘limdan keyin qayta tirildik–
alhamdulilloh!
Bizga yashash uchun yana bir kun hadya etildi–
alhamdulilloh!
Iymonimiz qalbimizda ham, tilimizda ham turibdi–
alhamdulilloh!
O‘ldirganidan keyin qayta tiriltirgani uchun Robbimizga shukrona aytamiz.
Yana bir yangi kunni hadya etgani uchun shukrona aytamiz.
Iymonimizni salomat saqlagani uchun yana shukrona aytamiz!
Ya’ni, mo‘min-musulmon har tongni aynan ana shunday shukronalik bilan kutib oladi.
Yangi kundagi hayotini tongdanoq
ZIKR VA  DUOLAR
b
i
lan, ya’ni ibodat bilan boshlaydi.

Zero,
biz uchun ma’lum bir kunlar, oylar va yillar emas, iymon bilan uyg‘onganimiz
har bir tongimiz,
ALLOHNING ZIKRI
bilan boshlangan
har bir kunimiz muborakdir,
gunohsiz o'tgan kunlarimiz
esa chin bayramdir!
@Laa_ilaaha_illallohu

March 15, 00:22

📚
📖
📚
DUNYO VA OXIRAT UCHUN ENG FOYDALI HAR KUNGI TO‘RT AMAL...
Mo‘minlarni do‘zaxdan uzoqlashtiruvchi va Jannatga yaqinlashtiruvchi eng oson amallar.
Illo, do‘zaxga tushmaslik va Jannatga kirish uchun bu amallarni har kungi odatimizga aylantirishimiz lozim.
Har kuni–jumami, Arafami, hayitmi yoki oddiy bir kunmi–mana shunday amallarni odat qilsak, bu dunyo uchun ham, oxiratimiz uchun ham eng foydali ish qilgan bo‘lamiz.

@Laa_ilaaha_illallohu

March 15, 00:14
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#AZON_DUOSI
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim azonni eshitganida:
اللَّهُمَّ رَبَّ هَذِهِ الدَّعْوَةِ التَّامَّةِ، وَالصَّلاَةِ الْقَائِمَةِ، آتِ مُحَمَّدًا الْوَسِيلَةَ، وَالْفَضِيِلَةَ، وَابْعثْهُ مَقَامًا مَحْمُودًا الَّذِي وَعَدْتَهُ
«ALLOHUMMA! ROBBA HAZIHID-DA’VATIT-TAAMMA, VASSOLAATIL QOIMA, ATI MUHAMMADANIL-VASIYLATA VAL-FAZILA. VAB’ASHU MAQOMAM MAHMUDANILLAZI VA’ADTA»,
desa, qiyomat kuni unga shafoatim vojib bo‘ladi»,
dedilar».
(Buxoriy rivoyati)
Ma'nosi:
Yo Alloh! Ey, ushbu komil da’vatning va vaqti hozir bo‘lgan namozning Robbisi!
Muhammad sollallohu alayhi vasallamga vasila va fazilatni bergin.
Uni O‘zing va’da qilgan maqtovli maqomda tiriltir.
«Vasila» – jannatdagi oliymaqom manzila.
«Maqomi Mahmud»
(Maqtalgan
Maqom)
– Alloh taoloning «Shoyadki, Robbing seni Maqomi Mahmudda qayta tiriltirsa» oyati ila Alloh taolo tomonidan Muhammad sollallohu alayhi vasallamga va’da qilingan buyuk shafoat maqomi.

MO'MINLAR UCHUN AJOYIB XUSHXABAR BU:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shafoatlariga erishib, Jannatlarga kirishimiz uchun BIRGINA SHU DUONI HAR BIR AZONDAN KEYIN DOIMIY RAVISHDA O'QIB YURSAK KIFOYA EKAN!
Izoh:
Barchaning nomidan birgina imomning ushbu duoni o‘qishi kifoya emas.
Azonni eshitgan har bir namozxon azon duosini shaxsan o‘zi o‘qisa, sunnatga ergashgani uchun, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shafoatlariga noil bo‘ladi, in shaa Alloh!
Bizning vazifamiz faqat eslatish, xolos.
@Laa_ilaaha_illallohu

March 14, 12:35
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🕋
Рамазоннинг охирги кечалари ўтиб бормоқда...
Бу йилги Рамазон ойининг охирги тоқ кечалари:
🕋
21 кеча: 10 март (сешанба)дан — 11 март (чоршанба)га ўтар кечаси;
🕋
23 кеча: 12 март (пайшанба)дан — 13 март (жума)га ўтар кечаси;
🕋
25 кеча: 14 март (шанба)дан — 15 март (якшанба)га ўтар кечаси;
🕋
27 кеча: 16 март (душанба)дан — 17 март (сешанба)га ўтар кечаси;
🕋
29 кеча: 18 март (чоршанба)дан — 19 март (пайшанба)га ўтар кечаси.
Аллоҳим, ё Роббал оламийн!
Бизларни ушбу муборак кунларнинг баракасидан баҳраманд этгин!
Кундузлари ҳақиқий рўзадор бўлишга ва тунлари ҳам Ўзинг рози бўладиган амалларни қилишга муваффақ айлагин ва солиҳ амалларимизни қабул этгин!
@Laa_ilaaha_illallohu