
Malika Tavfiq Sheʼriyati
Kanal yopldi nomalum muddatga...
Yana ne tashvishlar solib boshinga,
Yana ishq qaytadi, qaytadi hijron.
Dunyolar qaytishi mumkin qoshinga,
Ammo endi mening qaytmogʻim gumon!
Gʻurursiz bahorlar qaytar koʻp bora,
Togʻlarga qonini sochadi chunon.
Senga baxt quchogʻin ochadi zora,
Ammo endi mening qaytmogʻim gumon!
Qachon bir soniya tinib turgay vaqt,
Qachon tun choʻkmagay, tong otmas qachon,
Yetti yurt oʻlponin toʻlasang ham naxd,
Ishon endi mening qaytmogʻim gumon!
Hech kim izlaringni etmaydi tavob,
Mendek sevolmaydi hech kim, hech qachon.
Hatto Majnundanda koʻproq boʻl xunob,
Ammo endi mening qaytmogʻim gumon!
Gʻurur togʻlarining choʻqqilari zabt,
Oyogʻim ostida bulutlar sarson.
Hatto qalb qasringdan qurib bersang taxt,
Koʻshkin saroyinga qaytmogʻim gumon!
Oʻlsamu, ushbu dam boʻlgin sen ogoh,
Qayta tirilmoqqa berilsa imkon.
Hatto sanalsa ham eng ogʻir gunoh,
Sen bor dunyolarga qaytmam, hech qachon!
✍🏻
Malika Tavfiq
Ketsang undan nari, parvoim falak,
Bizni teng bilmabdi demakki Xudo.
Senga topilmasmi bir shaydo yurak,
Menga topilmasmi dardi bedavo!
Ketsang, ketaqolgin, tong otgunicha,
Ketma deb yolvorar demoqdamisan?
Senga topilmasmi bellari hipcha,
Bizga topilmasmi to‘ni beqasam?
Ketsang, ketavergin, bo‘laqol, shoshil,
Qayerda bo‘lsang ham omon bo‘lsang bas.
Senga yo‘liqmasmi sendayin bedil,
Nahot menga sendek boshqa topilmas!
Ketib ko‘r, yashab ko‘r mehrdan ayro,
Achchiq alamlarni sipqor, tatib ko‘r.
Senga topilmaydi mendek jon fido,
Men esa hassasin izlayotgan ko‘r!
✍🏻
Malika Tavfiq
Biz hech kimni yarim yoʻlda qoldirmadik!
Birga bordik to oʻzlari istaguncha.
Chaqalar ham yaraqlaydi, fursat kelib,
Mis yuzidan tilla suvi oʻchmaguncha!
Biz hech kimni yarim yoʻlda qoldirmadik,
Bab-barobar tashlayverdik qadamlarni.
Ming yil qadar umid bilan izlab-izlab,
To soʻngicha bizga hamroh odamlarni.
Biz hech kimni yarim yoʻlda...
Bu ne tuxmat?
Oʻzingizku oʻzingizga bitgan hukum.
Siz tomondan gar kelmasa ishq, muxabbat,
Oʻzimizni sevmaymizku sizlar uchun.
Biz hech kimni yarim yoʻlda qoldirmadik,
Taʼnalarning toshboʻroni teshdi tanni!
Bilasizki qozi, hakam, qonuni bor,
Koʻngil deya ataluvchi shu vatanni.
Biz hech kimni yarim yoʻlda qoldirmadik.
Habardormiz qaytar dunyo hikmatidan.
Bu yurakda qoʻrquv degan bir tuygʻu bor,
Huzurida javob bermoq fursatidan!
Shunday ekan dilozorlik bizlarga yot,
Bizni vayron qilsalar ham bildirmadik.
Oʻrnimizga qaror qilar goho hayot,
Biz hech kimni yarim yoʻlda qoldirmadik!
✍🏻
Malika Tavfiq
Instagram profilingizni ko’tarmoqchimisiz ?
🚀
Men sizga quyidagi xizmatlarni taklif qilaman:
👇
• Profilni to‘liq ko‘tarib berish
📈
• To‘g‘ri va samarali target (reklama) yoqish
🎯
• Video va ovoz montaj — hammasi professional tarzda
🎬
• Tabrik xizmatlari uchun ko‘proq zakaz olib beraman
💌
Siz faqat natijadan zavqlanasiz holos — qolganini men hal qilaman!
📩
Batafsil ma’lumot uchun
@ideamakerr
ga yozing
Tabrikchila shunaqa idea qilolarmikin ?
😁
* * *
Bilinmasdi sen boringda gʻamlarim ham,
Duo bilan but boʻlardi kamlarim ham,
Xozir nechun zimistondek yorugʻ olam,
Qadring yomon oʻtayapdi sening ona!
Turmush toshi botib borar tovonimga,
Doʻstlarim doʻst menga emas hamyonimga,
Kim jim koʻnar ham yaxshi, ham yomonimga!
Qadring yomon oʻtayapdi sening ona!
Har soniya holim soʻrar giryonim yoʻq,
Dunyosida na davr na davronim yoʻq,
Senga yetar bir mehribon insonim yoʻq,
Qadring yomon oʻtayapdi sening ona!
Hech kim rayhon ekmayapdi hovlimga ham,
Biron kimsa qaray demas koʻnglimga ham
Sogʻinchlaring buncha azob, buncha alam,
Qadring yomon oʻtayapdi sening ona!
Kunda oʻn bor holim soʻrab tolmas eding,
Hasta boʻlsam halovatni bilmas eding,
Yana ozroq dunyosida yurmasmiding,
Qadring yomon oʻtayapdi sening ona!
Malika Tavfiq
OvozMontajlar sifatiga bir baho berib chiqinglar!
🎧
✨
Tayyor na’munalarni mana shu yerdan topasiz
👇
https://t.me/montajlarxizmati
🎬
🔗
Men bor hayollarni qancha etma rad,
Va aniq bilaman, kelar u fursat,
Oddiygina mehr boʻlganda qaxat,
Yuraging ustiga mushtuming urib,
Gʻurur deganiga oʻqirsan laʼnat!
Dunyoda yurarsan, kamlar, gʻamlarsiz,
Sogʻinch iztirobga solgan damlarsiz,
"Qachon?", "Qayerdasan?", degan janglarsiz.
Tunda Oy izlaysan, kunduzlar Quyosh,
Goʻyo kamalaklar qolgan ranglarsiz!
Dunyo iltifotin sotganda narxlab,
Koʻnglingni bir chetga qoʻyasan taxlab.
Choʻllarda adashgan karvonga oʻxshab,
Yaltirab koʻringan saroblar bilan,
Pushaymonlar bilan oʻtasan yashab!
Qargʻaysan!
Soʻkasan!
Urasan qah-qah,
Shodmon kuningdan ham ketganda farah.
Goʻyo bahorda ham gullamas daraxt,
Toʻrtta faslingda ham qish isi kelib,
Beshinchi faslni kutasan karaxt!
Sochlaring soʻrasa qoʻllarim taftin,
Koʻzingga yoqmasa hech kimning afti,
Yuraging bir cheti ogʻrigan payti,
Hech qanday bahona, hech bir sababsiz,
Men yashar shaxarga kelasan qaytib!
Kezasan, koʻchalar ketar qartayb,
Baxting bor, negadir bir yeri mayb,
Sevasan, sevging ham goʻyoki gʻarib,
Befarq, bemuxabbat odamlar aro,
Kimni yurganingni bilmay axtarib!
Malika Tavfiq