Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Malika Tavfiq Sheʼriyati

Malika_Tavfiq_sherlari
FAN CLUB ❗ Sahifa Malika Tavfiq ijodi muxlisasi tomonidan yuritilmoqda 🤍 Reklama @ideamakerr Sheʼrlar manbaasi: @Malika_Salimova_Sheriyati
Подписчики
3 530
24 часа
30
30 дней
-110
Необычное падение (24 часа)
Просмотры
1 374
ER
15,75%
Посты (30д)
39
Символов в посте
242
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Искусство и культура
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Дизайн и творческие искусства
Краткое описание
March 16, 00:32

* * *
Adashding!
Men senga:
"BAS!",
"KЕT!," -degan on,
Portlagan yurakning hujayralari!
Bu johil kalomga  ko‘nganing hamon,
Singanman,tosh tekkan oyna singari!
Adashding!
Yo‘q bo‘lsang yaxshiroq dedim,
Ko‘zlar YOLG‘OOOOON!, deya jovdiradilar!
O‘shal on eng buyuk yolg‘onchi edim!
Hislarim kuz kabi qovjiradilar!
Adashding!
Sen shuni kutgandek,nahot,
Mendan kechishlarga ko‘nolding,yo Rab!
Tarsaki ursang ham rozi edim,dod!
Ko‘nglimdan birgina rost so‘zni so‘rab!?
Adashding!
So‘rasang,bir bor so‘rasang!
Sensiz yasholmayman degan bo‘lardim!
Qolishing haqqiga agar istasang,
Yo‘linga boshimni qo‘yib o‘lardim!
Sen esa adashding, men ham adashdim!
Keta olmasinga ishonib qoldim!
Sen qo‘yib yuborgan qo‘llarim bilan,
Mag‘rur sevgimizning jonini oldim!
✍🏻
Malika Tavfiq

March 15, 21:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Xander dan
#Motiv
Eng yaqin do’sting bu sani o’zing Bro

March 15, 20:41

Live stream started

March 15, 18:53

Xander & Bonuwka - Ket
✍🏻
Malika Salimova
✍🏻
Xander ( TokhirGaniyev )

March 15, 17:41

Live stream started

March 15, 15:44

Uchay desam, kel deydi falak, Yuray desam zamin poyimda. Hech narsa yo‘q sog‘inchdan bo‘lak, Yurak degan hasta joyimda.
🔹
Xuwnud

Malika Tavfiq
💻
@ideamakerr

March 15, 15:16

Ariqlarim to‘lib oqar bol,
Jannatlarni ko‘raman tushda,
Men shunda ham seni sog‘inib,
Seni deya og‘aman hushdan! ...

March 14, 23:57
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

March 13, 17:07
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Frestyle deb shuni aytarkan
😳
👇
👇
👇
https://t.me/xander1_music/3185
https://t.me/xander1_music/3185

March 13, 16:23

BER, ALLOH.
Bulutlar bosdilar samozorimni,
Yolg‘onga boy berdim bilmay borimni,
Ustun yo‘q, qayerga quray dorimni
Menga moviy bag‘r osmon ber, Alloh,
Yana bittagina imkon ber, Alloh!
Omon tut va avf et bag‘rizolimni,
O‘zingdan o‘zgaga qo‘yma holimni,
Gullarga olib ber qaddi dolimni
So‘ngi visol bo‘lgan xijron ber, Alloh,
Yana bittagina imkon ber, Alloh!
Yurtlarim sitamlar sirtmog‘ida jam,
O‘zi bu dunyoda yo‘q baxti bekam!
Barchaga barobar, so‘ngra menga ham,
Muxabbat atalmush makon ber, Alloh!
Yana bittagina imkon ber, Alloh!
Yurakka sig‘magan mehrim berarga,
Qalbiga taxt bilan ravon qurarga,
Yonida bir umr o‘ynab kularga,
Jonimga joylarga jaxon ber, Alloh,
Yana bittagina imkon ber, Alloh!
Ko‘zin ummoniga cho‘kmoq axdida,
Sadaf tuyg‘ulari bo‘lsin naxtidan,
Boshim aylansinu ishqu, baxtidan,
Menga mendek suyar inson ber, Alloh,
Yana bittagina imkon ber, Alloh!
Malika Tavfiq