Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Maryam Javlan.

Maryam_Javlan
• ilm • biopsixologiya • ayollar • rivojlanish • Reklama: @manager_akk Aloqa: @MaryamJavlans_bot
Subscribers
7 950
24 hours
30 days
-320
Post views
4 669
ER
61,22%
Posts (30d)
22
Characters in post
1 147
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Books
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
March 12, 18:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

Men buni bilar edim, lekin qattiq ahamiyat bermas edim:
Men qaraydigan har bir detal, men aytadigan har bir fikr, men oʻylaydigan har bir oʻy, men oʻzim bilan suhbatlashadigan har bir suhbat. Bu nazorat shu qadar ogʻirki, siz unutib qoʻyasiz, sababi barchasi odatga aylanib boʻlgan. Birni 365 darajasi birga teng, lekin bir butun nol birni 365 darajasi 37,78ga!
Bizni aslida juda tabiiy narsalar qutqaradi va baxtli qiladi:

sifatli uyqu:
har bir gormonimizga ta’sir qiladi. Sifatli uyqusiz toʻliq sogʻayish yoʻq, organizm shu ustiga qurilgan.

insoniy aloqalar:
empatiya, hissiyotlar tirikligini, ziyraklik, sifatli serotoninni beradi.

tabiat va kuzatuv:
prefrontal korteks rivojlanishi, dofamin va ragʻbat tizimi, baxt gormonini toza sintez qiladi.

oʻtkazuvchanlik:
fikrlaringiz, tashqi muhitdan ichki muhitga nima qabul qilishingiz, qarashlaringiz, nigohlaringiz bular bari ma’noga ega. Ular keyingi harakatlaringizni, kunlaringiz va yillaringizni belgilaydi.
Sizga eslatma: biror yaqingiz bilan qulay joyda miriqib gaplashyapsiz, ich-ichingizdan qandaydir rozilik va hotirjamlik hissi oʻtadiku, siz millionga sotib olgan omega3, D3, magniylardan kuchli effektga ega. Bu hisga e’tiborli boʻling! Ya’ni, qoniqish, rozilik va hotirjamlikdan shukur hissiga oʻtishga. Ularni koʻpaytiring, aynan shu hislar sizni sifatli va goʻzal hayotga, oʻsish mindsetiga yetaklaydi.

March 11, 18:29
Media unavailable
2
Show in Telegram

March 09, 12:42
Media unavailable
1
Show in Telegram

Nega bu haqida gapirilmaydi?
Doʻstlik bu oxirgi nuqta emas. Uni bosqichlari boʻladi va men aynan “partnyorlik” bosqichi haqida aytmoqchiman.
Siz bir-biringizni dardingizni eshitdingiz, doimiy qoʻllab-quvvatlaysiz, xafa boʻlsangiz ovutasiz, bir-biringiz haqida koʻp narsa bilasiz va haqiqatdan effektingiz bor oʻzaro. Xullas, sogʻlom va mukammal rishtangiz bor. Lekin shu oxirimi?
Yoʻq. Siz endi bir-biringingizdan foydalanishni boshlaysiz. Bu gʻalati eshitiladi, lekin sizda yoʻq jihatlar doʻstingizda boʻlishi mumkin. Ularni hayotingizni yana ham yaxshilashda, ongli kelishasiz. Chellenjlar qoʻyasiz, ochiqchasiga sogʻlom musobaqaga oʻtasiz. Energiyangizni qoʻshasiz, gʻoyalaringizni realizatsiyasida yordamlashasiz, boʻshliqlarni toʻldirasiz, maqsadli hayotga ham doʻstlarni aralashtirasiz. Bular kelishib, gaplashilinib qilinadi.
Bir muhim jihati: qadriyat, qiziqish, ishonch, ichki taassurotlar va energiya oʻxshash boʻlishi.
Partnyorcha doʻstlik yanada kuchli boʻladi. Sababi sizni qoʻllab-quvvatlashingiz bu minimum talab va majburiy fundament boʻladi. Sizdan koʻprogʻi talab qilinadi: birga sogʻlom muhit yaratish, karyera oʻsishida foydalanish, ruhiyatni anglash uchun terapiyalar qilish vhkz.

March 04, 16:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Achchiq kofe” qoidasi
Bilasizmi, aurasi baland va kuchli shaxslarda hayotini kuzatsangiz bir falsafiy qoida bor. Bu “achchiq kofe” qoidasi!
• Bizga qilingan hurmatsizlik yoqmaydi, biz “shakar” qoʻshamiz. Oʻzgaradi vaziyat, hammasi joyiga tushadi deymiz.
• Bizga ularning toksikligi zarar beradi, biz “shakar” qoʻshamiz. Oʻzi fitrati shunday, hammasi yaxshilanadi deymiz.
•Bizga ochiqdan-ochiq xiyonat qilishadi, biz “shakar” qoʻshamiz. Adashganda, shayton bor oʻrtada deymiz.
•Bizga muhit yoqmaydi, biz “shakar” qoʻshamiz. Har holda [nimadir] olyaptmanku deymiz.
“Achchiq kofe” qoidasiga amal qiladiganlar nima qiladi?
Ular tark etadi, ular qolmaydi, ular voz kechadi, ular rozi boʻlmaydi. Ular vaziyatni boricha baholaydi, “achchiq”mi- achchiq!
Shakar aralashtirish xato. Bu huddi “pushti” koʻzoynaklarga oʻxshash falsafaga ega. Hurmatsizlik qabul qilinmaydi, qadriyatga toʻgʻri kelmaydigan muhitdan ketiladi. Oqlanmaydi, bahona qidirilmaydi, ishontirilmaydi. Shunchaki boricha simiriladi. Bu ancha yashashni osonlashtiradi, insonni oʻziga nisbatan hurmati va tanlovlari qarichini oshiradi.

March 03, 01:42
Media unavailable
1
Show in Telegram

Virjiniya Vulf “Shaxsiy xona”sida ajoyib qarashini ochib ketgan:
Har bir qiz hayotida onasining soyalari boʻladi.
Qizlar ong ostida onasidan oʻziga ishonch, qadr va hayotga nisbatan ilk qarashlarini oladi. Qiz bola hayotida otaning roli mehr-muhabbat, xavfsizlik va munosabatlariga ta’sirini oʻtkazadi. Lekin hech qachon qiz bolani ichki ishonchida fundamentni ota qurmaydi, u onadan boʻladi.
“Ijtimoiy oʻrganish nazariyasi” ham buni tasdiqlaydi. Bola kuzatadi, taqlid qiladi, qarashlari vaqt oʻtib mustahkamlanadi. Qiz bola koʻpincha eng yaqin ona modelini kuzatadi:
otasi bilan munosabatini, oʻzini qadrlashini, kasbini, hissiy reaksiyalarini ong ostida oʻrganadi.
Agar ona qurbon pozitsiyasida yashagan boʻlsa, qiz ma’lum muddat onasini rolida yashaydi va tanqidiy qarashi rivojlangani sari, bu soyalarga qarshi mexanizm qurishni boshlaydi. Endi u oʻzini onasining holatidan oʻzini himoya qilishga oʻtadi. Agar ona moliyaviy mustaqil, jamiyatda oʻrni boʻlsa qizi koʻpincha bu standartlar va ovozlar bilan oʻsadi.
Virjiniya katta nazariyani ochib yuboradi:
Biz oʻz ovozimizni chiqarish uchun avvalgi ayollarni sukunatini tushinishimiz kerak.
Mana nega feminizm eng qizgʻin nuqtada kelib chiqqan.
Mana nega hozirgi qizlarni standartlari oʻta “yuqori”.
Mana nima uchun ular koʻpincha turmushdan qochishyapti.
Mana nima uchun ular ishlashga, jamiyatda oʻz oʻrnini topishga kirishib ketdi.
Bu avval onalarida boʻlmagan. Buni tahlil qila olishadi, himoya mexanizmi ishlaydi, ong osti qiyoslaydi. ( bu zanjir, bosim haddan ziyod oshganda koʻtarilish yuz beradi. Sababi egolar uygʻonib ketadi)
Psixologiya shunday ishlaydi, zaif ota-onani farzandi ham zaif boʻlmaydi. U “qurbon” pozitsiyasini doim koʻrib yashasa, ong osti qudrat tarafga koʻproq talpinadi. Lekin bir fakt ham bor, ichki kuchi bor ota-onaning farzandi aniq zaif boʻlmaydi (agar ego va haddan ziyod komfort berilmasa). U ota-onasidan sogʻlom munosabat va self-esteem koʻchirsa, bu
holat
yuzaga keladi.

March 03, 01:13
Media unavailable
1
Show in Telegram

March 01, 08:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

Eronning asosiy lideri jasadi topildi deb e’lon berilganidan soʻng, xalqi katta tantana qildi. Ular uchun Aliy Xomanaiy diktatura rejimida siyosat olib borayotgan edi.
Oxirgi Epshteyn fayllari tarqaganidan soʻng, shunchaki asosiy liderlar, nazorat qoʻlida boʻlgan shaxslar, ta’sir oʻtkazuvchilar qanday hayot tarzi tarafdori ekanligini hamma bildi. Bu davom etmoqda va etadi ham. Insoniyat bilmagan va aqliga sigʻdirolmaydigan gʻaraz niyatlar, jirkanch ishlar uchun targʻibot doimgidanda yuqori. Insoniyatga noinsoniy tanlovlar, uning shaxsiy huquqlari va erkin tanlovlariga aylanadi.
Bu psixologiya, avval omma miyasiga u tasavvur qilolmaydigan ishlar borligini olib kiriladi. Soʻng, normallashtiriladi. Undan keyin esa hazil-mutoyibaga aylantiriladi. Qarabsizki, soʻzlashuvingizga ham kirib keladi. Vaqt oʻtib, bu aynan sizda boʻlmasada kelayotgan avlod uchun hayotda mavjud va normal qarashga aylanadi. Masalan, bir asr avval musulmon dunyosida LGBT kabi atamalar hatto soʻzlashuv odobiga ham kiritilmagan va qabul qilinmagan, bu borada hazillashilmas edi ham. Bu jamiyat ichida ommaviy qoralangan. Hozir esa qoralasangizda, memlari uchun kulib oʻtirasiz yoki oʻsha hazillarni, yangiliklarni koʻrasiz (iste’mol qilasiz, miyada bu normallashadi)
Epshteyncha hayot chiqqanida odamlar norozi boʻldi, lekin bir narsa yoddan koʻtarildi. Bu atay qilingan siyosiy qadamdek edi. Xalq qabul qilishi, odatiy “gʻazab” reaksiyasi va tamom. Biz uzogʻi boykot qilamiz, jahl qilamiz lekin hech qanday harakat qilolmaymiz. Bu shunchaki normallashuv va shu kontentni iste’mol qilish, miyaga sigʻdira olish uchun psixologik hujumdek chiqarilgandek)

February 26, 20:22

Bir ayolni taniyman, millioner ayol (dollarda). Boshida kelib chiqishlari va oʻqigan joylariga bogʻlagandim. Yoʻq! Muvaffaqiyatlarini asosi mahorat va koʻnikmalarida boʻlgan.
Juda xushmuomala, oʻta kirishimli ayol. Shu ayolni mahoratlari koʻchadagi 90% ishini bitirishiga yordam beradi. Ular haqida birinchi taassurotim shakllanishiga ham aynan oʻsha mahoratlari sabab boʻlgan. Suhbat qilganman, bazalari hayotiy tajriba va katta networking ustiga qurilgan.
Men tabiatan sovuqqon va jim odamman, lekin meni shu tarafimni kuchli tanqid qilgan ularni hatti-harakatlari boʻlgan. Ularga savol bergandim, eng kuchli uchta jihatlarini sanaganlar:
- kuchli kommunikatsiya.
Men faqat yaqinlarim bilan chuqur kommunikatsiya qilishimni tushunib qoldim. Begonalar orasida oʻta yopiqman. Bu men ustida ishlayotgan zaif tomonim. Kommunikatsiya shunchaki axborot yetqazish emas, u ilhomlantira olish, yangilik bera olish va oʻziga jalb qilish. Oxirgi vaqtlar real hayotda koʻp gapiryapman. Avval suhbat boʻlgan boʻlsa, endi hammasini nazorat qilish, tahlil qilish qoʻshildi. Huddi yangi fanni noldan oʻrganayotgandeksan. Bu umuman boshqa terapiya >

February 26, 01:58

Oxirgi muddat: deadline
Kechagidek yodimda, dars qilib oʻtiribman onam tepamga kelib aytganlar:
- universitetga qachon kirasan?
Men:
-bu yil.
Onam:
- aniq sanasini ayt.
Men:
-bilmayman.
Onam:
- sanani yoz, aniq kunini yoz va har kuni koʻrib tur. Maqsadingni aniq qil, hamma detallarigacha!
Men shunda deadline qoʻyishni oʻrganganman. Ishlaydigan formula ekan, hayot sizga emas, siz hayotga talab qoʻyishingiz. Keyinchalik ongimiz deadlinega qanday amal qilishini oʻrganib chiqqanimda, hammasi toʻgʻri ekanligiga amin boʻlgandim.
Yaqin 2 yillikda qilolmayman deydigan, lekin qilishim kerak boʻlgan xohishim boʻlgan. Deadline qoʻyib amal qildim, yetqazdi. Shu bir hafta davomida, qiz farzand sifatida oʻzimda oz boʻlsada faxr his qila oldim.

February 26, 01:49
Media unavailable
1
Show in Telegram

Kanalim borligini yodimdan chiqarib qoʻyibman.