
Sport vazirligi
💼
💼
👍
Respublika ishchi guruhining Jizzax viloyati Paxtakor, Zafarobod, Arnasoy va Sharof Rashidov tumanlarida amalga oshirgan oʻrganish ishlari “Oʻzbekiston 24” telekanali nigohida
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
Prezident Shavkat Mirziyoyev Quva tumanidagi “Karkidon” suv ombori hududida barpo etilayotgan yangi turizm majmuasida
bo‘ldi.
Kelgusida bu yerda motokross maydonlari, 2 kilometrli dor yoʻli, karting va golf maydonlari tashkil etiladi. Bu imkoniyatlar “Karkidon” majmuasini faol turizm yoʻnalishidagi flagman maskanlardan biriga aylantiradi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
Toshkent viloyati Ohangaron tumani sport maktabida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari doirasida maxsus sinovlar o‘tkazildi
Mazkur tadbirda sport sinovlarini topshirish uchun tavsiya etilgan o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida belgilangan me’yorlar asosida baholash ishlari olib borildi.
Sinov jarayonlari yuqori saviyada tashkil etilib, o‘quvchilar o‘zlarining tezkorlik, chaqqonlik, kuch va chidamlilik kabi jismoniy ko‘rsatkichlarini namoyon etdilar.
Tadbir yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda iqtidorli sportchilarni saralab olishga xizmat qiladi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
🗣
Xorazmda
🖐
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tibbiyot xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari boshlandi
📍
Xorazm viloyati Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida
🖐
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom tanda — sifatli tibbiyot” shiori ostida “Kasaba uyushmasi kubogi” sport musobaqalarining hududiy bosqichi start oldi.
📑
Unda Xorazm viloyatining barcha tuman va shaharlaridan tashrif buyurgan 25 ta tibbiyot muassasasining 500 nafardan ortiq xodimlari ishtirok etmoqda.
📝
Musobaqalar mini-futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi hamda voleybol yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilmoqda.
Mazkur bellashuvlar sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoaviylikni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
Jizzaxda sportchi yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi "Oqtosh-ota" MFY hududida joylashgan “Yangi O‘zbekiston” massivida huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari va xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan sportchi yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda viloyat prokurori, Ichki ishlar boshqarmasi rahbari, Milliy Olimpiya qo‘mitasining hududiy bo‘limi ijrochi direktori hamda soha mas’ullari qatnashib, yoshlar bilan samimiy muloqot olib bordilar.
Uchrashuv davomida sportchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Shuningdek, yoshlarning kelgusida ham jahon arenalarida yurtimiz sha’nini munosib himoya qilishlari, davlat bayrog‘ini baland ko‘tarishlari alohida ta’kidlandi. Tadbir yakunida sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor natijasida Jizzaxda yanada ko‘plab iqtidorli sportchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirilib, barcha sportchi yoshlarga kelgusi musobaqalarda omad va zafarlar tilandi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
Sport gimnastikasi bo'yicha O'zbekiston chempionati g'olib va sovrindorlari aniqlandi
Poytaxtimizda sport gimnastikasi bo'yicha kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati yakuniga yetdi. Ishtirokchilar jamoaviy, ko'pkurash, erkin mashq, dastakli ot, halqa, tayanib sakrash, qo'shpoya va turnik dasturlarida bahs olib borishdi.
Musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra g'olib va sovrindorlar bilan ushbu havolada
tanishishingiz mumkin.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi mehnat jamoasi sport bilan faol tarzda shug'ullanib kelmoqda.
Bu esa jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, mehnat unumdorligini oshirish hamda sportni kundalik hayot tarziga aylantirishga xizmat qiladi.
Ta'kidlash joizki, xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan ko'plab sportchilarni yetkazib bergan ushbu markaz tashkil topganiga joriy yilda 65 yil to'ladi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев отбыл в Ферганскую область.
#Mirziyoyev
#safar
#Fargona
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X
🗣
Basketbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslariga start berildi
📍
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan Respublika o‘yin turlari va yengil atletika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida sportning basketbol turi bo‘yicha U-11 yoshdagi o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tmoqda.
📑
Musobaqaning ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri Erkinbay Qutibayev va bir qancha mas’ul vakillar ishtirok etdi.
📝
Joriy yilning 30-aprel kuniga qadar davom etadigan musobaqa bellashuvlarida respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube