
Sport vazirligi
💼
Bugun Sport vaziri Adkham Ikramov huzurida Sport maktablari faoliyatini takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish hamda ommaviy sport bo'yicha trener-seleksionlar faoliyatini yo'lga qo'yishning qo'shimcha chora-tadbirlari bo'yicha Hukumat qarori loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
📝
Taqdimotda Sport maktablari direktorlarining ommaviy sport bo'yicha o'rinbosarlari hamda ommaviy sport bo'yicha trener-seleksionlar bazaviy tarif stavkasiga ustamalarni belgilash tartibi va mezonlari, shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan trenerlarni sport maktabiga biriktirish va rag‘batlanitirish tartibi muhokama qilindi.
🫥
Taqdimot davomida qaror loyihasini yanada takomillashtirish hamda ommaviy sportni rivojlantirish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
📍
Navoiyda "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari maxsus talablar bo'yicha o'tkazilmoqda
🗣
Navoiy viloyatida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida
"Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari maxsus talablar bo'yicha keng ko‘lamda tashkil etilmoqda. Mazkur sinovlar yoshlarning jismoniy salomatligini mustahkamlash, ularni sportga keng jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda.
📑
Jumladan, Navoiy shahrida ham ushbu sport sinovlari yuqori saviyada o‘tkazildi. Unda umumta’lim maktablari o‘quvchilari faol ishtirok etib, o‘z jismoniy imkoniyatlarini namoyon etdilar.
📝
Sinovlar davomida ishtirokchilar tezlik, kuch, chaqqonlik hamda harakatlarni muvofiqlashtirish kabi muhim jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan amaliy mashqlarni bajardilar.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
📍
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida kichik o‘smirlar o‘rtasida yunon-rum kurashi, erkin kurash hamda ayollar kurashi sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasiga start berildi.
📝
Nufuzli musobaqaning ilk kunida respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan yosh polvonlar g‘alaba uchun gilamga chiqib, o‘z mahorat va tayyorgarliklarini namoyish etishmoqda.
📑
Joriy yilning 3-may kuniga qadar davom etadigan mazkur bellashuv yosh iste’dodlarni saralab olish, ularning tajribasini oshirish hamda kelgusida xalqaro maydonlarda yurt sharafini munosib himoya qiladigan sportchilarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
💼
Sport vazirligida moliyaviy nazorat samaradorligini oshirish bo‘yicha seminar tashkil etildi
📍
Olimpiya shahrchasida joylashgan Sport vazirligi binosida budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, moliyaviy huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha vazirlik va tizim tashkilotlari rahbar xodimlarining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining vakili tomonidan o‘quv-seminari o‘tkazildi.
📑
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi "Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-252-son Farmoni ijrosiga muvofiq 2026-yil 1-apreldan vazirlikda Hisob palatasining vakili sifatida bosh inspektor faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi.
📝
Dastlab, Sport vaziri o‘rinbosari Murad Ismailov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining vakili Farxod Jumaev o‘quv-seminar ishtirokchilariga tanishtirildi.
🫥
O‘quv-seminarda Farxod Jumaev o‘z ma’ruzasida Farmonning mazmun-mohiyati, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, davlat xaridlari jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash, budjet va budjetdan tashqari mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, shuningdek xavflarni erta aniqlash va bartaraf etishning amaliy mexanizmlariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
⚡️
Shu bilan birga, davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag‘laridan samarali foydalanishini nazorat qilish bo‘yicha yangi yondashuvlar, jumladan riskga yo‘naltirilgan (moslashtirilgan) tahlil, raqamli monitoring va profilaktik choralarni qo‘llash orqali moliyaviy qoidabuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berdi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
26-30-aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab "Orolbo‘yi ezgu niyat elchilari" Xalqaro konferensiyasi va “Orol tubiga eko-ta’lim sayohatlari” xalqaro haftaligi o‘tkazilmoqda.
Kegeyli tumanida "10000 qadam" piyoda yurish aksiyasi o‘tkazilib, tuman aholisi faol ishtirok etdi.
Ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari Azamat Qalbayev, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi bosh mutaxassisi Davron Shamsiddinov va boshqa mas’ul vakillar ishtirok etib, ishtirokchilarni samimiy qutladi.
Ma’lumot uchun, Chimboy va Qorao‘zak tumanlarida ham sportning yugurish, badminton, stol tennisi va shaxmat turlaridan musobaqalar bo‘lib o‘tadi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
Abduqodir
Husanov “Olimpiya shaharchasi”dagi infratuzilma bilan tanishdi
Olimpiya shaharchasi hududida joylashgan Sport vazirligi binosida futbol bo‘yicha Milliy terma jamoa a’zosi, "Manchester city" futbol klubi oʻyinchisi Abduqodir Husanov hamda uning otasi Hikmat Hoshimov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Sport vaziri Adkham Ikramov, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev ishtirok etdi.
Uchrashuvda futbolchimizning jahon chempionatiga olib borayotgan individual tayyorgarligi atroflicha muhokama qilindi. Oʻz navbatida, mutasaddilar futbolchimizni yaqinda Manchester klubi safida dastlabki sovrini – Angliya liga kubogini qoʻlga kiritgani bilan qutlab, mavsum chempionligi va Angliya kubogi finalida kutib turgan oʻyinlarda ham unga omad tilashdi.
Futbolchimiz optimal sport formasini ushlab turish uchun “Manchester Siti” tarkibida olib borayotgan mashgʻulotlari xususida gapirib oʻtdi.
Tashrif davomida Abduqodir Husanovga O‘zbekiston davlat sport akademiyasi rektori Ilhomjon Tursunaliyev tomonidan akademiyaning sport psixologiyasi, sport tibbiyoti xonalari, o‘quv auditoriyalari hamda akademiya axborot-resurs markazi faoliyati yaqindan tanishtirildi.
Shundan so‘ng rasmiylar hamrohligida Abduqodir Husanov Olimpiya shaharchasi hududida joylashgan sport inshootlarida ham bo‘ldi. Bugungi kunda dunyoning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatida to‘p surayotgan futbolchimiz Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan bunyod etilgan ushbu muhtasham sport inshootlari vatanimiz sportining yanada rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etishini e’tirof etdi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
🏑
Chim ustida xokkey bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ilk marotaba Osiyo o‘yinlari yo‘llanmasi sohibi boʻldi
📍
Indoneziyaning Jakarta shahrida o‘tkazilayotgan 2026-yilgi Osiyo o‘yinlari saralash turnirida ishtirok etayotgan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ilk marotaba Osiyo oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
🫥
Bugungi hal qiluvchi Shri Lanka jamoasiga qarshi bellashuvda yurtdoshlarimiz chinakam iroda va matonat bilan kurashib, raqibni 6-1 hisobda magʻlub etdi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
💼
Sport vazirligida "Prezident Olimpiadasi" sport musobaqalarining 2-bosqichini yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik jarayonlari tahlil qilindi
💼
Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov, Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Xikmat Toshmatov, sport federatsiyalari rahbarlari, hududiy sport boshqarmalari va sport maktablari mas’ullari hamda Milliy olimpiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari ijrochi direktorlari ishtirok etdi.
📝
Yig‘ilishda 2026-yilgi mavsum doirasida musobaqalarning birinchi bosqichi yakunlari tahlili va "Prezident Olimpiadasi" sport musobaqalarining 2-bosqichini (Hokim olimpiadasi) yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik jarayonlarii ko‘rib chiqildi.
⏺
Ushbu musobaqalarni o‘tkazishda sport federatsiyalarining mas’uliyatini yanada oshirish, hududiy sport boshqarmalari hamkorlikda musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, "Prezident Paralimpiadasi" sport musobaqalarining birinchi bosqichini o‘tkazish masalalari ham atroflicha ko‘rib chiqildi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
Mendan ko‘pincha: “Prezidentimiz shuncha kuch va g‘ayratni qayerdan oladilar?” – deb so‘rashadi.
Men doim: “Xalqimizdan”, – deb javob beraman.
—
Меня часто спрашивают: «Откуда наш Президент берёт столько сил и энергии?»
Я всегда отвечаю: «От нашего народа».