
Mubosharat
Er-xotin orasidagi yaqinlik vaqt o‘tishi bilan xuddi kundalik yumushdek bo‘lib qolishi — eng katta xato. Ko‘pchilik yillar o‘tgach, bir-biriga xuddi qo‘shnidek yoki faqat bolalarning ota-onasidek qarashni boshlaydi. Natijada yotoqxonadagi harorat ham sovib, hamma narsa "shunchaki qilish kerak" degan majburiyatga aylanadi.
Aslida olovni o‘chirmaslikning yo‘li juda oddiy — bir-biringiz bilan gaplashish. Nima yoqadi, nimadan ko‘ngli to‘ldi, nimani sog‘indi — shularni ochiq aytish kerak. Ko‘pchilik "uyat bo‘ladi" deb tilini tishlaydi, lekin ichidagi istaklarini aytmaslik oxiri borib sovuqchilikka olib keladi. Yaqinlik ikki kishining bir-biriga to‘liq ishonishi, borlig‘ini ochib berishidir.
Bir xillikni sindirish uchun katta ishlar qilish shart emas. Har doim bir xil vaqtda, bir xil joyda va bir xil holatda bo‘laverishi odamni zeriktiradi. Ba’zan kutilmagan bir e’tibor, kunduzi aytilgan shirin gap yoki odatdagi tartibni buzib qilingan kichik bir yangilik hammasini o‘zgartirib yuboradi. Ehtirosni saqlab qolish uchun har kuni bir-birini qaytadan kashf qilish kerak.
Ayol kishi mehr ko‘rgan joyda ochiladi, erkak esa qadrlangan joyda kuchga to‘ladi. Bu muvozanatni saqlab qolsangiz, oradagi olov yillar o‘tsa ham so‘nmaydi, aksincha, yanada tafti issiqroq bo‘lib boraveradi.
#tavsiya
@Mubosharat
"Quloqqa aytiladigan gaplar" kitobi haqida oʻquvchilar fikri
1.
Juda katta ma'naviy ozuqa
2.
Erkak ayoldan nima xohlashini oʻrgandim
3.
Asl haqiqatlar jamlanmasi
4.
Oʻsha kuniyoq amalda qoʻllash mumkin
5.
Uylanmagan yigitlar uchun muhim
6.
Nafis anglatilgan
7.
Turmushga doir qoʻrquvlarimni yengishga yordam berdi
8.
Oila qurish arafasidagi qizlar uchun
9.
Mukammal qoʻllanma
10.
Yangi hayot boshlashimga yordam berdi
11.
Har bir oila qurish arafasidagi yosh uchun zarur
12.
Oila farovonligi uchun qimmatli tavsiyalar
13.
Qizlar uchun kitob
14.
Xatolarning oldini oldim
15.
Stresslardan xalos boʻling
Kitob haqida batafsil
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq taqrizlar
Jinsiy hayot haqida qadriyatlarimizga asoslangan holda ma’lumot beruvchi manbalar o’zbek tilida juda kam ekani barchangizga ayon. Ayniqsa, kitoblar. Bu borqda biz
“Quloqqa aytiladigan gaplar”
kitobini taqdim qilganmiz. Undan keyin “Lazzatun-nisa” kitobining tarjimasini
“Erkaklar hamjamiyati”da
chiqardik.
Endi yana bir manbani siz bilan bo’lishmoqchimiz. Bu
“Jinsiy aloqa sirlari”
nomli kitob. Ushbu kitob erkaklar va ayollar uchun barobar manfaatli bo’lgani sababli ikkala yopiq kanalda tarjimasini berib boryapmiz. Marhamat, quyidagi havolalar orqali jinsingiz mos kanalga qo’shilib, kitobni o’qib boring:
Ayollar yopiq kanali (faqat ayollar uchun):
https://t.me/+Ke-6V6ANa0w2NmUy
Erkaklar yopiq kanali (faqat erkaklar uchun):
https://t.me/+786ZVVLPjkhhZDdi
Havola ustiga bossangiz, sizga bot orqali xabar boradi. U yerda
obuna bo'lish
degan joyini bosib, karta raqam kiritgan holda (oyiga) 47 ming so'm to'lov qilasiz.
Foyda olmasangiz, pulingiz to‘liq qaytariladi.
Texnik muammolar bo'yicha:
@TeXizmatbot
Ramazonda "sevgini isbotlash" teskari harakat talab qiladi — o'zni qo'lga olishni.
#Tabassum
@Mubosharat
Jinsiy hayot sirlari va bu boradagi tavsiyalar bugun paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Odamzod yaralibdiki, bu mavzu hamisha diqqat markazida bo‘lgan. Faqat qadimda buni bugungidek "seksologiya" emas, "Ilmul bah", ya’ni qovushish ilmi deb atashgan. Ibn Sino bobomiz ham o‘z kitoblarida bu masalaga shunchaki nafs deb emas, erkak kishining sog‘lig‘i, oilaviy xotirjamligi va naslning baquvvat bo‘lishi nuqtayi nazaridan yondashgan. O‘sha paytlardayoq jinsiy quvvatni qanday saqlash, nimalar yeyish va ruhiyatni qanday boshqarish kerakligi haqida aniq qo‘llanmalar yozilgan.
Keyinchalik bu mavzu G‘arbda laboratoriyalarga ko‘chdi. O‘tgan asrning o‘rtalarida olimlar ilk bor jinsiy yaqinlik paytida inson tanasida nimalar sodir bo‘lishini — yurak urishi, qon bosimi va miyadagi rohat gormonlarini maxsus apparatlar yordamida tekshirib ko‘rishdi. Bu izlanishlar jinsiy hayotning naqadar murakkab va ayni paytda inson salomatligi uchun naqadar muhim ekanini ko‘rsatdi.
Xullas, bu mavzuni o‘rganishdan maqsad uyatli narsalarni gapirish emas, balki yaratgan bergan bu ne’matdan to‘g‘ri foydalanib, oilada baxtli yashashdir. Jinsiy savodxonlik erkak kishining o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi, munosabatlardagi ko‘p tushunmovchiliklarga barham beradi. Axir bobolarimiz bejizga buni alohida ilm darajasiga ko‘tarishmagan.
@Mubosharat
Bittasi oila quribdi, hech narsa qilmasa, farzand bo’lmabdi…
Aslida, jinsiy aloqa qilishni birov birovga o’rgatishi shart emas. Ya’ni nimani qayerga kiritishni inson tabiatan biladi. Yuqoridagiga o’xshash holat 0,01 % odamlarda uchrar balki.
Ammo bizning ushbu va yopiq kanallarimizda, kitob va darsliklarimizda gapirayotganimiz shunchaki surmani surmadonga qanday kiritish haqida emas. Biz bu munosabatni san’at darajasiga olib chiqishni o’rgatamiz.
Masalan, iPone telefoningiz bo’lsa-yu, undan faqat “Alo-alo” uchun foydalansangiz, biz uning boshqa imkoniyatlari haqida so’z yuritamiz. Shunchaki 1-2 daqiqada yotib-turish bilan ham bola bo’laveradi, ammo lazzat, zavq tamoman boshqa narsa.
Bu munosabatni oila qurish arafasidagi yoshlar va oila qurgan-u, hali yetarli bilimi bo’lmaganlar albatta chuqurroq o’rganishi lozim. Ishonch bilan ayta olamanki, bu munosabat oilalar buzilishi yoki musatahkamligiga muhim ahamiyat kasb etadi.
So’zim so’ngida bu munosabatda erkaklarga shoshilmaslikni, ayollarga rad qilmaslikni tavsiya qilaman. Bularni qanday qilish haqida alohida to’xtalamiz, inshaalloh.
#Erkaklar
#ayollar
@Mubosharat
Yanada ko'prog'iga erishish uchun
Erkak kishining tabiati qilgani ishi uchun minnatdorchilik ko'rishni yaxshi ko'radi. Vazifasi bo'lganidan keyin qiladi-da qabilida ish qiladigan bo'lsangiz, vazifasini ham qilgisi kelmay qolishi mumkin.
Aksincha bo'lib arzimas ishlar, oddiy holatlar uchun ham minnatdorchilik bildirsangiz, bu yanada ko'proq harakat qilishiga rag'bat uyg'otadi. Har bir yaxshilik uchun rahmat aytish mumkin. Xususan, yaxshi jinsiy aloqadan so'ng ham.
Albatta, ayollarga ham maqtov, minnatdorchilik yoqadi!
#Erkaklar
#ayollar
@Mubosharat
Oilaviy xotirjamlik, totuvlik koʻp hollarda ayollarga bogʻliq boʻladi. Ayol kishining har tarafdan bilimli, zukko ayniqsa tadbirli boʻlishi erkakning haqiqiy baxti desam mubolagʻa boʻlmaydi.
Ushbu kanalga
oʻtib bir koʻz yugurtirib chiqishinglarni barchalaringizga tavsiya qilgan boʻlar edim.
Ayol kishining ilmli boʻlishi, erga, qaynonaga qanday munosabat qilishi kerakligi, hatto erkaklarning munosabatlardagi xatolari ham juda aniq qilib yoritilib borilmoqda ekan…
Bu reklama emas, shaxsiy tavsiyam. Kanal barchaga manfaatli boʻladi degan umidda yozdim.
Kanalga ulanish:
https://t.me/+1VE2l0govcRiZjFi
Erkak va ayol sevgini turlicha his qiladi: aksariyat ayollar uchun dildan suhbatlashish va juftining ko‘zlariga boqish muhim bo‘lsa, erkaklar uchun ko‘proq hissiy yaqinlik va birgalikda qandaydir ish bilan mashg‘ul bo‘lish birinchi o‘rinda turadi.
Bu holat yotoqxonada ham o‘z aksini topadi. Ayol uchun yaqinlik muloqot va e’tibordan boshlansa, erkak uchun aynan birgalikdagi "harakat" — jinsiy yaqinlik hissiy bog‘liqlikning eng yuqori nuqtasi hisoblanadi. Bir-biringizning bu ehtiyojlaringizni tushunishingiz o‘rtadagi ehtirosni so‘ndirmaydi.
Shunday ekan, juftligingiz uchun har ikki tomonni ham qoniqtiradigan umumiy mashg‘ulot o‘ylab toping.
😉
#tavsiya
@Mubosharat
Baxt gormoni degani nima o‘zi?
Ba’zan hech narsa o‘zgarmaganday tuyuladi, lekin ichingizda nimadir ko‘tariladi: kayfiyatingiz baland, yuzingizda tabassum, yuragingiz yengil… Bu —
baxt gormonlari
ishga tushganidan dalolat.
To‘rt asosiy “baxt gormoni” bor:
🧠
Serotonin
– bu o‘zingizga bo‘lgan ishonch, xotirjamlik, barqarorlik hissini beradi. Uni chiqarish uchun quyoshda sayr qiling, yaxshi xotiralarni eslang, do‘stlaringizga minnatdorchilik bildiring.
💪
Dofamin
– bu “maqsadga erishdim!” degan zavqni beradi. Rejangizni amalga oshiring, sport bilan shug'ullaning, kichik g‘alabalaringizni nishonlang.
🤗
Oksitotsin
– bu ishonch va yaqinlik gormoni. Ayolingizni quchoqlang, unga mehr ko‘rsating, bir-biringizga e’tibor bering — baxtni his qilasiz.
😂
Endorfin
– bu og‘riqni kamaytiradi, shodlik beradi. Kulgu, jismoniy faollik, hatto issiq choy ham endorfinni ko‘paytiradi. Ha, yana… jinsiy yaqinlik ham.
Baxt uzoqdagi manzil emas. U – sizning miyangizda ishlab chiqarilayotgan kimyoviy ne’mat. Harakat qilganingiz sayin, u sizga yaqinlashaveradi.
#Baxt
@Mubosharat