Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Mubosharat

Mubosharat
Ushbu kanalda er-xotin orasidagi halol jinsiy aloqa haqida shariat doirasida so‘z yuritiladi. Linkni ko'rsatmay nusxa olishsa, rozi emasmiz! Reklama uchun: https://t.me/Hubbuna_uz/63
Подписчики
31 300
24 часа
30 дней
-700
Просмотры
7 925
ER
26,5%
Посты (30д)
60
Символов в посте
481
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Психология
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образ жизни и услуги
Краткое описание
April 23, 08:18

Qayd etilishicha, 20 % erkaklar aloqaga tayyorlash vaqtida yoki shunchaki quchoqlashib turganda ayolining badani va sochlaridan taralayotgan hidni simiradi. Bu ularni juda qattiq hayajonga soladi va ehtirosini uyg‘otadi.
Hidingizga e'tiborli bo'ling,
#ayollar
! )
@Mubosharat

April 23, 03:55

Erkak kishining mehri...
❤️
Uning o‘rnini hech narsa bosa olmaydi. Uni sotib olib bo‘lmaydi. Hech qanday sovg‘a-salom, hech qanday boylik uning o‘rnini bosolmaydi. Hech narsa!
Shunchaki silab qo‘yish. Mahkam quchoqlash. Bag‘riga bosish. O‘pib qo‘yish. Sochlarini yoki qo‘llarini shunchaki erkalash... Bunday mehrga ko‘milib yashagan ayol har doim erkakka bundan-da ko‘prog‘ini qaytaradi. Uni baxtli qiladi. Erkakka o‘zining kerakli, qadrli va yagona ekanini his qildira oladi. Eng sevimli inson ekanini...
#tarjima
@Mubosharat

April 22, 04:56

Jinsiy aloqa qilishning inson salomatligi uchun 5 foydasi:
*
Stressning «davosi»:
Yaqinlik paytida ajraladigan gormonlar asabni tinchlantiradi va kun bo‘yi yig‘ilgan charchoqni yuvib yuboradi.
*
Yurak uchun kardio:
Muntazam aloqa qon aylanishini yaxshilab, yurak-qon tomir tizimini xuddi sportdek chiniqtiradi.
*
Kuchli immunitet:
Faol jinsiy hayot kechiradiganlarda virus va infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyati yuqori bo‘lishi ilmiy isbotlangan.
*
Sifatli uyqu:
Jarayondan so‘ng tanada bo‘shashish gormoni ajraladi, bu esa dori-darmonsiz tinch va chuqur uxlashga yordam beradi.
*
Og‘riqni qoldirish:
Tanadagi tabiiy endorfinlar bosh og‘rig‘i va boshqa jismoniy noqulayliklarni kamaytirish xususiyatiga ega.
Sog‘lom oilaviy munosabatlar — eng yaxshi profilaktika.
#Foyda
@Mubosharat

April 21, 03:44

Oila qurishdan oldin "Menga hech narsa kerak emas" degan qizga sizning pulingiz yetmaydi!
#tarjima
#tabassum
@Mubosharat

April 20, 13:00

Rashk har bir erkakning tabiatiga xos narsa. Hatto u ayoliga to'liq ishonsa ham, u uni shubhaga qo'yadigan zarracha harakat qilmasa ham erkak kishi rashk qilishi kerak.
Chunki erkaklik gormoni — testosteron to'g'ridan-to'g'ri rashkka ta'sir qiladi. Erkak kishining naqadar rashkchi bo‘lishi uning tanasidagi shu gormon miqdoriga bog‘liq.
Hatto erkak ayolini sevmasa ham rashk qiladi. Agar kimdir ayoli, qizi kabi yaqinlarini qizg'anmayotgan bo'lsa, buning asosiy sababi unda testosteron bilan bog'liq jiddiy muammo borligidir.
#Erkaklar
@Mubosharat

April 20, 07:31

Muhabbat ssenariysini yangilab turing
Vaqt o‘tishi bilan hamma narsa bir xillikka aylanib qoladi: ishga boradigan bitta yo‘nalish, bir xil nonushta, tanish kiyimlar... Afsuski, jinsiy hayot ham bundan mustasno emas. Bir necha yil birga yashagach, yaqinlik ham o‘sha-o‘sha "uchta poza, ikkita texnika, bitta bo‘sa"ga aylanadi. Samara beradi-yu, lekin zerikarli.
Yaxshisi, juftingiz bilan birga yangi pozalarni qo'llab ko'ring (yopiq kanalda bor). Akrobatik mahorat ko‘rsatish shart emas, lekin qiziqarli variantlar albatta topiladi. Holatlar o‘zgarsa, hislar ham yangilanadi.
#tavsiya
@Mubosharat1

April 20, 05:54

Er-xotin oralaridagi nozik masalalar — jinsiy munosabatlar haqida boshqalarga gapirishi mumkin emas. Mana bu had — chegara. Xuddi shuningdek, kim bilan nima masalada gaplashishning chegarasini bilib ol. Eng avvalo, oiladagi gaplarni ko‘chaga olib chiqma. Eng yaqin dugonang, hamkasbing, hatto ota-onangga ham oila ichidagi gaplarni aytma. Har qanday holatda — muammo yuzaga kelganda ham — turmush o‘rtog‘ing bilan ochiq gaplashib olib, yechim topishga harakat qil. Oiladagi eng katta ne’matlardan biri er-xotin har qanday mavzuda o‘zaro ochiq, samimiy suhbatlasha olganidir. Buni oila qurishdan oldinoq kelishib olish afzaldir. Agar sen oilali bo‘lsang, endi ham kech emas.
#Ayollar
@Mubosharat

April 19, 05:25

​​#Ayollar,
eringizni yaxshi biling. Unga nima yoqadi-yu nima yoqmasligini o‘rganing. Sizning harakatlaringiz unga yoqimli va kerakli bo‘lsin. Izlaning, aloqangiz davomida siz qiladigan erkalash har safar bir xil bo‘lmasin. Bir xillik zeriktiradi.
Ba'zida tashabbusni qo'lga oling. His-tuyg'ularingizni ko'rsating. Chiroqni o'chirishni talab qilmang, mayli.
😊
@Mubosharat

April 18, 08:02
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

“Asal oyi emas, asal hayot” kitobi qayta nashr qilindi!
🤩
Baxtli oila qurish uchun munosib umr yo‘ldosh tanlash va munosib umr yo‘ldosh bo‘lish kerak!
Bu kitob oila qurganlarga ham, endi turmush arafasida bo‘lganlar uchun ham birdek manfaatli bo‘la oladi.
💞
😍
G‘iyosiddin Yusufning “Asal oyi emas, asal hayot” kitobida ayollar, erkaklar uchun alohida tavsiyalar berilib, kundalik turmushda zarur bo‘luvchi mavzular o‘rin olgan.
• Muqovasi — yumshoq;
• Sahifasi — 176 bet;
• Narxi — 25.000 soʻm.
🚗
Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.
Kitobni xarid qilish
|
Kitobning elektron va audio shakli

April 18, 03:04

Hayotdagi eng go‘zal narsa barcha kamchiliklaringizni, xatolaringiz va zaif tomonlaringizni bilib turib, sizni baribir dunyodagi eng yaxshi inson deb hisoblashda davom etadigan insonning borligidir!
Sizning shunday insoningiz bormi? —
🔥
#Ayollar
#Erkaklar
@Mubosharat