
Musannif Adham
Ўзбекистонда шу кунларда 49 та жазони ижро этиш муассасасида жами 47 432 нафар маҳкум жазо ўтаётган, уларнинг 26 мингга яқини ёпиқ турдаги колонияларда, 11 мингдан ортиғи эса
манзил-колонияларда экан
.
Аҳоли сони бўйича берилган охирги статистик маълумотда айтилишича, Ўзбекистонда 2026 йил 1 январ ҳолатига кўра 38 236 704
киши яшайди
. Шунда ҳар 806 кишидан биттаси қамоқда эканлиги келиб чиқяпти.
Sal avval Hamid Sodiq akaga bir masala bilan qo‘ng‘iroq qildim. O‘zaro hol-ahvol so‘rashdik, gaplashdik, masalani hal qildik. Suhbat oxirida u Qashqadaryoga safar bilan ketayotganini aytdi. Shu zahoti jamoa menejeri Nurbek G‘ofurovning ertalab Facebook’da joylagan posti esimga keldi — “Fikrat” jamoasi yana yo‘lda. Bu safar ular Shahrisabzga yo‘l olgan. Undan keyingi manzil — Buxoro.
Bir necha yildirki shunday – fikratchilar mamlakat bo‘ylab kezib yurishadi. Ular hududlarda siyosat, tarix, huquq va jamiyatshunoslikka qiziquvchilar uchun mazmunli darslar o‘tkazib kelishmoqda. Bu uchrashuvlar esa qatnashganlar biladi, jonli bahslar, fikrlar to‘qnashuvi va erkin savol-javoblar muhitida o‘tadi. Qisqasi, oddiy ma’ruza emas bu darslar. Natijada odamlar ilgari tushunmagan masalalarini anglayapti, ichidagi savollarga javob topyapti va eng muhimi, ilm yoyilmoqda.
Shunday jarayonni ko‘rib, beixtiyor tarix yodga tushadi. Bilasiz, o‘tmishda o‘zi yashab turgan jamiyatni uyg‘otish, fozillashtirish uchun ko‘chalarda yurib odamlarga bilim bergan, o‘qitganlar bo‘lgan. Ular ham odamlarga savol bergan, fikrni bezovta qilgan, haqiqatni izlashga undashgan. Masalan, Sokrat Afina ko‘chalarida yurib, odamlarga bilim o‘rgatgan, ular bilan savol-javob qilgan. Diogen ko‘chada yashab, maydonlarda odamlar bilan bahslashgan, oddiy hayot orqali falsafani o‘rgatgan. Yoki Konfutsiy — u ham turli hududlarda sayohat qilib, hukmdorlar va oddiy xalqga axloqiy ta’lim bergan.
Bugun esa biz boshqacha davrda yashayapmiz. Bozor iqtisodiyoti deb ataladigan bu tuzumda ko‘p narsa pul bilan o‘lchanadi, bilasiz. Bu tuzumda odamlar manfaat bo‘lmasa, harakatga kirishmaydi, kimgadir xizmat ko‘rsatishni istamaydi. “Mushuk tekinga oftobga chiqmaydi”, degan maqol asosida yashaydi bunday jamiyatlar. Ammo Hamid Sodiq, G‘ayratxo‘ja G‘afforxo‘ja o‘g‘li va “Fikrat”ning boshqa a’zolari a’zolari bunday emas. Ular xalqni tafakkurli, fozil qilish yo‘lida har qanday tuzum, jumladan, bozor iqtisodiyoti degan shavqatsiz tuzumning qoidalari va tartiblariga qarshi bo‘lsa-da, oldinga yurmoqda. Ular ezgu maqsadlari yo‘lida manfaat juda kichik narsa ekanini amalda ko‘rsatib yashashni tanlashgan. Ular jamoa nomiga mos ravishda — fikr yo‘lini tanlashgan.
Bunday insonlar qilayotgan ish ertaning poydevori.
Qani edi hukumat shunday insonlar mehnatini ko‘ra olsa, futbolchi, san’atkor va umuman istalgan soha vakillari olayotgan yordam, ta’minot, soliq yengilligi va mukofotlarning bir qismini shu kabi faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga ham ajratsa. Men bu bilan “Fikrat” shuni kutyapti, demoqchi emasman. Ular katta ehtimol, bunday yordamlarni qabul qilmas ham. Lekin baribir mehnat e’tirof etilishi kerak-ku, a? Shu ma’noda men Hamid Sodiq va fikratchilarni masalan, O‘zbekiston Qahramoni unvoniga hammadan ham ko‘proq munosib insonlar, deb bilaman.
Charchamanglar, fikratchilar. Sizlar boshlab qo‘ygan yo‘l tezda natija bermasligi mumkin. Ammo chuqur ildiz otgan har qanday g‘oya kech bo‘lsa ham baribir meva beradi. Eng muhimi — sizlar yo‘lga chiqqansiz. Va bu yo‘lning o‘ziyoq har narsani manfaat bilan o‘lchaydigan jamiyatimiz uchun katta hodisadir.
Xudo qo‘llasin. Yo‘linglar doim ochiq bo‘lsin. Sizlar qilgan tanlovga, yo‘lga havas qilaman.
@haqiqatdailyos
Biz
“Lolazor” jamoasi
bilan birga bir necha kundan beri Germaniyadamiz. Hozirgi zamonimiz tahlikali bo‘lsa-da, Germaniya mana shu tahlikalar haroratini qo‘lidan kelganicha pasaytirishga urinayotgan bo‘lsa-da, Germaniyaning o‘zida hayot go‘zal: odamlar, aftidan, hayotdan mamnun, ayniqsa, bu yerda o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalar.
Ularning ahvoli bir asr avval bu yerga bilim olishga kelgan dastlabki o‘zbekistonliklarnikidan yaxshi. Ancha yaxshi. Mazza qilib o‘qishyapti. Biri bilan suhbatda so‘radim: universitetda forma talabi bormi, deb. Yo‘q, deydi. Galstuk taqish ham shart emas ekan. Hatto darsga kelmasa ham bo‘larmish – xohlasang kel, xohlamasang yo‘q, o‘zingga havola. Ertaga imtihondan o‘tolsang bas.
Imtihonda esa na formang, na bo‘yningga taqqan olachipor galstuging, na davomating yordam beradi – faqat bilimingga tayanishing mumkin. Umuman darsga kelmay, biliming yetarli bo‘lsa – marra seniki, olg‘a, bos!
Xullas, Germaniyada u shahardan bu shaharga safar qilib yuribmiz, taraqqiyotiga havasimiz kelyapti, bu havas ba’zan hayrat bilan omixta, ba’zida esa og‘riqli o‘ylar bilan: “Bizda ham shunday qilsa bo‘lardi-ku, bu ishni qilish uchun falon mlrd pul yo albatta chet eldan mutaxassis shart emas-ku, bir iroda ham istak bo‘lsa bas”, degandek.
Olmonistonning musaffo havosidan simirib, xayolda jonajon O‘zbekistoningni chirkinliklardan qanday tozalash mumkinligi haqida o‘zingcha falsafa to‘qiyotgan vaqting, Vatandagi
bir jabrdiyda talabadan xat
kelib turibdi-da:
“Toshkent iqtisodiyot universitetida oq ko‘ylagi yo‘q talabalarni darsdan chiqarib yuborishyapti”
.
Тоҳир Ҳамут "ТУНДА ҲИБСНИ КУТИБ"
1990-йиллар бошларида ҳукумат тарихчи ва шоир Тургун Олмоснинг “Уйғурлар”, “Хуннларнинг қисқача тарихи” ва “Қадимги уйғур адабиёти” номли китобларини таъқиқлади. Цензорларнинг сўзларига кўра, бу уч китоб “уйғур миллийчилик идеологиясини илгари сурган ва этник сепаратизмни тарғиб қилган” эди.
Бу китобларни танқид қилишга қаратилган очиқ кампания бутун Шинжон-Уйғур мухторитяти бўйлаб авж олди. Илгари бу асарларни ўқимаган, ҳатто ўқишни ҳам ўйламаган уйғур зиёлилари кинояли изтеҳзо билан давлатга қуйидаги талаб билан мурожаат қилишди:
«Аввало, бизга шу уч китобнинг нусхаларини беринглар, шунда уларни ўқиб, аниқроқ танқид ёза оламиз».
Албатта, ҳамма яхши биларди — партия ҳеч қачон бундай қилмайди, аксинча, ҳаммани расмий танқид матнларини ўқишга, ёд олишга ва улардан иқтибос қилишга мажбур этади.
Ўша кезларда Қашқар педагогика университетининг жисмоний тарбия факультетида бирга ўқиган ўртоғим бир воқеани айтиб берган эди.
Бир куни университетнинг ёзги театрида очиқ осмон остида "учта китобни танқид қилиш ва этник сепаратизмга қарши чиқиш учун муҳим учрашув" ўтказилди. Университет маъмуриятининг уйғур вакиллари саҳнадан жой олишди. Ректор автоном округ тарғибот бўлимидан юборилган танқидий материални баланд овоз билан ўқий бошлади.
Олдиндан келишилганидек, ректор ўқишни тугатиши билан университет тарғибот бўлими ходими ҳайқириши керак эди, у ҳақйирди:
- Йўқолсин этник айирмачилар!
Митинг дастурига кўра, талабалар ҳам бунга жавобан олдинма-кетин “Йўқолсин!” – деб, бақиришлари керак эди.
Бироқ бу ҳолат кутилмаганда уларни довдиратиб қўйди - улар бундай спектаклларни фақат фильмларда кўришган. Аввалига ҳеч ким қўшилишмади.
- Ортимдан такрорланг! - бақирди ходим. - Йўқолсин этник айирмачилар!
Талабалар пала-партиш жўр бўлиб, шиорни такрорлашди. Бироқ залдаги жисмоний тарбия факультети талабалари ўтирган жойидан "Мууу-у!" деган баланд овозлар эшитилди.
Буни ким қилганини билиб бўлмади. Талабалар шивирлашарди. Кулги овозлари эшитилди.
Кўпчилик бақирмаётганини ва айримлари ҳалигача жим турганини кўрган тарғибот бўлими ходими овозини кўтариб, учинчи марта такрорлади:
- Йўқолсин этник айирмачилар!
Бу сафар талабалар бир овоздан жавоб беришди:
- Мууу-у!
Ғазабланган ходим бақириб юборди:
- Яшасин этник бирдамлик!
Талабалар янаям қаттиқроқ жўр бўлишди:
- Мууу-у!
Бу спектаклни кузатиб ўтирган ректор ўрнидан ирғиб турди.
- Қайси бирингиз маъраяпсизлар?! - ўшқирди у.
- Тез туринг!
Талабалар ерга қараб жим ўтиришарди. Ғазабдан ўзини йўқотиб қўйган ректор уларга кўз югуртириб чиқди-да, мажлис тугаганини эълон қилди.
Ўртоғим ҳикоясини шундай якунлади:
Ўша куни ҳаммамиз ўзимизни анча енгил ҳис қилдик.
Унинг овозида ғурур бор эди. Бир оз жим турди-да, ғамгин овозда қўшиб қўйди:
-
Баъзан уйғур бўлгандан кўра сигир бўлганим яхши эди - деб ўйлаб қоламан.
"ТУНДА ҲИБСНИ КУТИБ" асаридан.
@Hamid_Sodiq
Ayniqsa chet elda bo’lsangiz.
Yaqinda O’monda bo’lganimda favqulodda chipta olishim kerak bo’lib qoldi. Yaxshiyam AQSh banklari kartalari bor ekan - tranzaksiyani tasdiqlash uchun sms kerak emas edi. O’zbek va BAA bank kartalarimda esa sms majburligi sababli kerakli tranzaksiyani amalga oshira olmadim.
Ukamda ham shunga o’xshagan xolat bo’lgan edi. Fransiyada edi va favqulodda chipta olishi kerak edi, sms kelmay qoldi. Yaxshiyam internet bor, men olib berdim. Lekin sms kelishini majburiy qilish o’zi bir absurd. Uni ustiga endi hamma odam o’z nomiga sim karta olish kerak.
Korporativ mijozlar nima qiladi? O’n minglab vatandoshlarimizni telefonlariga ishxona to’laydi. Deyarli barcha katta ishxonalarda shunday. Endi har bir odam, ish uchun bir sim karta, bank uchun boshqa sim karta olishga majbur. Lekin nimaga?
Balki telekomunikatsiya korxonalari mazza qilar, lekin O’zbekistonliklarni bu choralar xavfsizroq qilmaydi, noqulaylik tug’diradi, xarajatini oshiradi.
Man o’ylaymanki, chet elda vaqtincha yashovchilarni hayoti ham shu masalada o’rganilishi kerak. Chet elda yashovchi O’zbekistonliklar bir yilda vatanga 18 milliard dollar pul yuborishdi. Bu oxirgi o’n yildagi to’gridan to’gri investitsiyalarsan kattaroq miqdor. YAIMni katta qismi. Ular bizni faravonligimizga qo’shayotgan hissasi beqiyos. Lekin bu chora ularni qiynaydi. Yilda, uch yilda bir keladigan odam nima qiladi?
Ko’pi hozir chet elda, qachon kelishi no aniq. Nomalum sabablarga ko’ra o’z banki xizmatlaridan endi foydalana olmaydi. Bu qaror qancha ming odamni hayotini qiyinlashtiradi. Uyga pul yuborishni naqd orqali qilishiga to’g’ri keladi.
O’zi chet eldan o’zbek bank ilovalariga kirish taqiqi ham, shunday xatolik edi.
Qimmat, noqulay va mantiqsiz choralar “xavfsizlik” sousi ostida qabul qilinaverishi to’xtashi kerak.
Biznes, ishlab chiqarishni Excelda yuritadiganlar bormi?
Hisobot, oldi-berdilarni yuritishni osonlashtirib olishga nima deysiz? Telefon programmasida maʼlumotlarni kiritib yursangizda hamma hisob-kitoblarni oʻzi tayyorlab, Telegramdan ham xabarlab tursa, mazzami?
Tasavvur qiling:
- Excelda ishlaganda formulani oʻzgartirib qoʻymadimmi deb havotir qilmaysiz;
- telefonda ham, kompyuterda ham ishlataverasuz;
- onlayn ishlaydi - hisobot, fayllarni bir-biringizga yuborib oʻtirmaysiz, bitta platformada boʻladi hamma maʼlumot;
- kimga nima maʼlumotni koʻrishi mumkinligini boshqara olasiz;
- "nakladnoy”, ”vedomost”, "oylik otchet"larni tuzishga soatlab vaqtingiz ketmaydi.
Qalay?
Shuni tasavvurdan realga koʻchirish kerak boʻlsa, xizmatdaman.
Xohlasangiz, ishdagi bitta modulning oʻzini, xohlasangiz, toʻliq ichki jarayonlarni raqamlashtirish boʻyicha yordam bera olaman. "Budjetniy" varianti ham bor, Pro Max varianti ham.
Telegram:
@Muhammadjavohirbek
Starlink uskunasini O'zbekistonga olib kirish noqonuniyligini aytib qolishdi. Qonunchilikda shunday yozilgan bo'lsa demak bu juda yomon qonun. Yana bir bor eslataman, ko'chada 2026 yil.
Yangi texnologiyalardan foydalanishga taqiqlar barchaning zarariga ishlaydi. Agar kimdir tezroq internetdan foydalanaman desa bundan g'araz niyat ko'rish kerak emas. Toqqa hayking qilgani, camping qilgani chiqqanda internetdan foydalanaman deb Starlink olib ishlatsa, uyda tezroq internetim bo'lsin desa Starlinkdan yaxshiroq alternativa yo'q.
Starlinkni mahalliylashtira olmaydi baribir hech kim. Urinish ham ahmoqona g'oya.
Men uzoq masofaga ushsam samolyotimda Starlink bormi yo'qmi deb tekshiryapman. Bo'lsa, o'sha avialiniyadan chipta olaman. Masalan, United Airlines Starlink qo'yishni boshladi, aynan shuni deb unda Yaponiyaga uchdim. Qatar Airlinesda ham Starlink bor, aynan shuni deb Istanbul emas, Doha orqali tranzit qilayotgan edim.
Dronlarga o'xshab Starlink uchun ham ta'qiq bu o'zimizning progressni sekinlashtiradi.
@uzbekonomics
Bojxonada olib kelingan vitaminlarni donalab sanash, telefon va noutbuk kabi oddiy narsalarni o'z iste'moli uchun olib kelsa qog'ozini so'rab unga o'lpon solish, ichkarida odamlarni IMEI degan baloga duchor qilib ham vaqtini ham pulini isrof qilish, bank xizmatidan foydalanaman desa o'tgan asr metodi va kiberxavfsizlik talablariga javob bermaydigan faqat SMSga kelgan kodni kiritishni so'rash kabi uyatli narsalarni tezroq yoqotaylik.
Ko'chada 2026 yil. Tepamizda Starlink uchib yuribdi.
@uzbekonomics
Har safar yaqinimizda notinchliklar bo'lsa bu bizga yangi imkoniyat degani. Ulardan yaxshiroq foydalanishimiz kerak (edi).
Masalan, Rossiyaning Ukrainaga bosqini va natijasida Rossiya bozori dunyo bozoridan uzilishi, Afg'onistondan AQShning chiqib ketishi, hozir Yaqin Sharqdagi notinchliklar vhkz.
Rossiyaning bosqini tufayli rossiyalik, ukrainalik, beloruslik kadrlar uchun O'zbekiston yaxshi makon bo'lishni boshlagan edi - aksariyat holda vaqtincha.
Hozir esa Yaqin Sharqdagi notinchlik, tufayli masalan BAAdagi xorij kapitali va talanti uchun ham O'zbekiston yaxshi alternativ makon bo'lishi mumkin edi. Yo'q, bu yerda men mutlaqo PR haqida gapirmayapman. Investor uchun ham, kapital va kadr uchun ham PRning o'zi yetarli emas. Fundamental narsalar, mehnat kuchi va kapital mobilligi, tez internet, bank-moliya xizmatlaridan foydalanishda qulaylik, vaqtincha/doimiy yashashga registratsiya qilish, bojxonadan o'tishda yengillik, noming o'chgur IMEI degan balodan soqitlik kerak. Kapital uchun shaffof, tez o'zgarmaydigan va ishlaydigan qonunlar, nizolarni adolatli hal qiladigan sud kerak. Ularning borligi va ishlayotganini PR qilsak bo'ladi. Shunchaki ovqat va tarix rasmlari tushirilgan broshuralar bilan emas.
Bundan tashqari logistika tizimimizni rivojlantirishimiz kerak edi. Oddiy bilet sotib olishdagi qiyinchiliklardan tortib shaharlararo temir yo'l va avia qatnovlarni ko'paytirish, aeroportlarimizni ochish, energetika sohasida islohotlar....
Yuqoridagi barcha narsalar avvalambor o'zbekistonliklarning o'zi uchun kerak. Lekin, qo'shimcha ravishda bozorlarimizni yanada liberilizatsiya qilish, uni xorij uchun ochish uchun yuqoridagi ishlarni albatta qilishimiz kerak. Ayniqsa, tashqaridan yaxshi imkoniyat yaratilayotgan paytda. Yaqin sharqdan "qochayotganlar" uchun O'zbekiston juda yaxshi alternativa bo'lishi mumkin edi. Ularning kapitali uchun ham kadrlari uchun ham.
@uzbekonomics
Олий суд баёнотига кўра, дарахтга чиқиш каби ҳаракатлар масалани ҳал этишга хизмат қилмайди. Мурожаатлар белгиланган тартибда қилиниши керак.