
Nargiza G'affarova
"Kelajak liderlari" klubi a'zosi
Yoshlar ishlari bo'limi bosh mutaxassisi
Faol yoshlardan birining ish faoliyatidagi va shaxsiy hayotidagi fikrlari va loyihalari
https://www.facebook.com/nargiza.gaffarova.1
https://instagram.com/nargiza.1410?igs
🇺🇿
1-sentyabr – Mustaqillik kuni yaqinlashmoqda!
Bayram munosabati bilan dam olish kunlari quyidagicha belgilanadi:
🔹
5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun – 3 kunlik dam olish:
👉
30-avgust (shanba)
👉
31-avgust (yakshanba)
👉
1-sentyabr (bayram)
🔹
6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun – 2 kunlik dam olish:
👉
31-avgust (yakshanba)
👉
1-sentyabr (bayram)
ℹ️
Qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanmagan, shuningdek, dam olish kunlari ko‘chirilmaydi.
🎉
Mustaqillik bayramini yaqinlaringiz bilan ko‘tarinki kayfiyatda kutib oling!
🇺🇿
✨
@Nargiza_Gafforova
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida o‘tkazilgan "Eng ulug‘, eng aziz" an’anaviy ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi
@Nargiza_Gafforova
🖐
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida idora va tashkilot xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari viloyat bosqichi bo’lib o’tdi
Samarqand o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashgan sport maktabida sportning futbol, voleybol, shaxmat, shashka va stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Unda tuman (shahar) lardan kelgan 461 nafar tashkilot va idora xodimlari jamoalari qizg‘in bahs olib borishdi.
Mazkur musobaqalar xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoaviy hamjihatlikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
🏆
Ushbu musobaqada futbol bo'yicha Jomboy tumani Yoshlar ishlari bo'limi jamoasi faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritib, tashkiliy qo‘mita tomonidan taqdirlandi.
@Nargiza_Gafforova
G‘alaba muborak bo‘lsin Jomboyliklar
⚡️
Bugun “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida futbol va mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi respublika bosqichining 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
✔️
Quvonarlisi Samarqand viloyati Jomboy tumani qizlar jamoasi ushbu o'yinda g‘alaba qozondi va guruhda eng yuqori natija bilan keyingi bosqichga yo'l oldi.
🟢
Jomboy tumani Yoshlar ishlari bo'limi va tumanimiz yoshlari nomidan qizlarimizni ushbu g‘alaba bilan tabriklaymiz.
Chempionlik sari olg‘a qizlar. Biz sizlar bilan faxrlanamiz.
@Nargiza_Gafforova
DXX Kubogi – 2025. Final bosqichiga qurʼa tashlandi
🖐
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi DXX Kubogi final bosqichi qurʼa tashlash marosimi bilan boshlandi.
Ertadan jamoalar poytaxtimizdagi
“Bunyodkor” futbol akademiyasi
maydonlarida g‘oliblik uchun maydonga tushadi. Final o‘yini esa
23-avgust kuni “Jar” stadionida
o‘tkaziladi.
Yoshlar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otayotgan mazkur ommaviy sport musobaqasining nufuzi va geografiyasi tobora kengayib bormoqda.
2021-yildan buyon mahalla yoshlari o‘rtasida futbol va mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Mazkur musobaqada mini futbol bo'yicha Samarqand viloyati sharafini Jomboy tumanining Nafis jamoasi himoya qilmoqda. Jamoamizga omad yor bo'lsin.
🎉
🎉
🎉
@Nargiza_Gafforova
Yoshlar ishsizligiga barham berish va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan Respublika amaliy seminari boshlandi
Samarqand shahridagi Yoshlar markazida yoshlarga oid davlat siyosati, mahallalarda yoshlar bilan ishlash mexanizmlari, jinoyatchilikning oldini olish va bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilinayotgan Respublika amaliy seminari o‘z ishini boshladi.
Tadbirda mas’ul idora va tashkilotlar hamda xalqaro hamkorlar ishtirok etmoqda. Seminar Respublika komissiyasi, Yoshlar ishlari agentligi va Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Seminar doirasida yoshlarga ajratilgan yerdan unumli foydalanish, Yoshlar agentligi loyihalari, yoshlarga aloqador barcha sohalar ko'rgazmasi, bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi ham bo'lib o'tmoqda. Ushbu jarayonlarda Jomboy tumani jamoasi ham faol ishtirok etishmoqda. Shuningdek, 2 nafar ishsiz yoshlarga kredit asosida qishloq xo'jaligida foydalanish uchun motoroller olib berildi.
@Nargiza_Gafforova
Maqsad - ishsizlikka barham berish, jinoyatchilikning oldini olish
Uch kun davom etadigan seminarda yoshlar bandligini ta’minlashda “Mahalla yettiligi”ning o‘rni, Oliy ta’lim muassasalaridagi yoshlar bilan ishlash va bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlash, yoshlar yetakchilarining ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish tizimi va bolalar tashkiloti faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar jinoyatchiligining oldini olishda profilaktika inspektorlari va yoshlar yetakchilari hamkorligi, yosh oilalar o‘rtasida ajrimlarning oldini olish, mahallalarda yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, mahallalarda faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlar, IT, startap loyiha va dasturlar asosida ishlayotgan yoshlar faoliyati o‘rganiladi.
@Nargiza_Gafforova
Yoshlar bandligini ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olish eng ustuvor vazifa
🇺🇿
Davlatimiz rahbarining 30-iyun kuni yoshlar bilan uchrashuvlarida ilgari surilgan yoshlar ishsizligiga barham berish, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tashabbuslar hududlarda izchil amalga oshirilmoqda.
Ayni damda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Respublika amaliy seminarida ushbu tashabbuslarni hududlarda samarali joriy etish, hamkorlikni kuchaytirish va yangicha yondashuvlarni tatbiq etish masalalari muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, seminar doirasida 15–17-avgust kunlari soat 09:00 dan boshlab Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomli bog‘ hududida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi va “Ta’lim ko‘rgazmasi” o‘tkaziladi.
Barcha yoshlarni ushbu yarmarkada faol ishtirok etishga chorlaymiz!
📹
Jarayonlarni Agentlikning YouTube sahifasida jonli efirda kuzatish mumkin.
@Nargiza_Gafforova
Yoshlar ishsizligiga barham berish va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan Respublika amaliy seminari boshlandi
🗣️
Samarqand shahridagi Yoshlar markazida yoshlarga oid davlat siyosati, mahallalarda yoshlar bilan ishlash mexanizmlari, jinoyatchilikning oldini olish va bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilinayotgan Respublika amaliy seminari o‘z ishini boshladi.
📌
Tadbirda mas’ul idora va tashkilotlar hamda xalqaro hamkorlar ishtirok etmoqda. Seminar Respublika komissiyasi, Yoshlar ishlari agentligi va Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilmoqda.
@Nargiza_Gafforova
“Вақт капсуласи” – Ўзбекистон 50 йилдан кейин...
Болалигимдан китоб ўқишга, илм олишга қизиқишим кучли бўлган. Мактабда ҳам аниқ, ҳам табиий фанларни чуқурроқ ўзлаштиришга, тил ўрганишга интилганман.
———-
“Vaqt kapsulasi” – O‘zbekiston 50 yildan keyin...
Bolaligimdan kitob o‘qishga, ilm olishga qiziqishim kuchli bo‘lgan. Maktabda ham aniq, ham tabiiy fanlarni chuqurroq o‘zlashtirishga, til o‘rganishga intilganman.
Batafsil:
👉
https://zarnews.uz/bs49
📹
Youtube'da ko'rish
@Nargiza_Gafforova