
Nargiza G'affarova
"Kelajak liderlari" klubi a'zosi
Yoshlar ishlari bo'limi bosh mutaxassisi
Faol yoshlardan birining ish faoliyatidagi va shaxsiy hayotidagi fikrlari va loyihalari
https://www.facebook.com/nargiza.gaffarova.1
https://instagram.com/nargiza.1410?igs
#Tabrik
💥
1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni!
🎉
Ushbu kun munosabati bilan yurtimizdagi barcha o‘qituvchilarni, shuningdek hayot yo'limizdagi ustoz va murabbiylarni chin dildan samimiy muborakbod etaman!
Aziz Ustozlar, ilm va hayot yo‘lidagi shijoatingiz, metin irodangiz, tog‘dek sabringiz, bilim ummonidagi sabog‘ingiz doimo sarbaland bo‘lsin! Sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, tinchlik va farovon hayot hamisha hamrohingiz bo‘lsin!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, hurmatli ustozlar!
👩🏻🏫
👨🏻🏫
@Nargiza_Gafforova
O'qishga kirolmagan abituriyentlar! Sizda hali imkoniyat bor.
📌
6-yo’nalish kvotasi
KUNDUZGI
ta'lim shakli bo'yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar
#abituriyent
Jami:
19 ming 279 ta;
Shundan, tillar kesimida:
O’zbek:
14 ming 437 ta;
Rus:
3 ming 830 ta;
Qoraqalpoq
: 852 ta;
Qozoq
: 77 ta;
Tojik
: 25 ta;
Turkman
: 34 ta;
Qirg’iz
: 24 ta.
🔴
Ma’lumot uchun:
arizalar 25-sentabrdan boshlab
my.gov.uz
saytida qabul qilinadi.
@Nargiza_Gafforova
Yoshlar yetakchilari uchun seminar tashkil etildi
Bugun viloyat Yoshlar markazida agentlik tuman va shahar bo’lim boshliqlari va mahalla yoshlar yetakchilari ishtirokida o‘quv seminar tashkil etildi.
Seminar davlatimiz rahbarining 2025-yil 10-sentabrdagi PF-163-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratildi.
Unda yoshlar bilan ishlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish, yoshlarning kasbiy qiziqishlarini erta aniqlash, mafkuraviy immunitetni kuchaytirish hamda yoshlarga oid ma’lumotlarni yagona elektron bazaga kiritish masalalari muhokama qilindi.
Yoshlar yetakchilariga farmonning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirilib, amaliy tavsiya va ko‘nikmalar berildi. O’quv-seminar hududlar bo’ylab davom etmoqda va farmon ijrosi bo’yicha to’liq yo’nalish berilyapti.
@Nargiza_Gafforova
#yosh_tadbirkorning_rivoj_yõli
1 sotix yerdan 10 milliongacha foyda olsa bo'ladi... Qanday qilib? Loyihamizning navbatdagi sonida ushbu savolga javob oli
ng
✅
📹
Batafsil video davomida
✅
@Nargiza_Gafforova
Yoshlar yetakchilarining kasbiy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida
O‘zbekiston yoshlar yetakchilarini qo‘llab-quvvatlash markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi
mas’ul xodimlari tomonidan o’tkazilayotgan o‘quv seminar Jomboy, Bulung’ur va Payariq tumani yoshlar yetakchilari uchun bo’lib o’tmoqda…
@Nargiza_Gafforova
📚
Bugungi kunda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida turli tanlov va tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
Jomboy tumani yoshlari ham bu jarayonlarda faol ishtirok etib, o‘z bilimdonligi va mutolaa madaniyati bilan faxrli o‘rinlarni egallamoqda.
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev, Respublika maʼnaviyat markazi direktori Otabek Xasanov tomonidan "Yosh kitobxon" tanlovida gʻolib boʻlgan "Eski Jomboy" mahallasidan Nasimova Guloyim, "Naymantepa" mahallasidan Olimova E'zoza, "To'qqizboy" mahallasidan Toshboyeva Shaxnozaning yutuqlari munosib e’tirof etilib, ularning ota-onalariga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari Jomboy tumani Yoshlari ishlari boʻlimi bosh mutaxassisi Nargiza G'affarova tomonidan yetkazildi.
@Nargiza_Gafforova
📌
Kitobsevarlar uchun ajoyib imkoniyat!
Hurmatli jomboyliklar va tumanimiz mehmonlari!
Eng so‘nggi nashrdan chiqqan badiiy, ilmiy va bolalar kitoblarini o‘qishni xohlaysizmi? Yoki farzandingiz va yaqinlaringizga kitob sovg‘a qilmoqchimisiz?
Unday bo‘lsa, bu imkoniyat aynan siz uchun!
Joriy yilning 5-sentabr kuni soat 10:00 da “Ma’naviyatga sayohat” nomli arzonlashtirilgan kitob yarmarkasi tashkil etilmoqda.
Yarmarkada ishtirok etib, turli janrdagi kitoblarni hamyonbop narxlar va chegirmalar asosida xarid qilishingiz mumkin!
📌
Manzil: “Barkamol avlod” bolalar ijodiyot maktabi.
Keling, birgalikda kitob dunyosiga safar qilaylik!
@Nargiza_Gafforova
🇺🇿
Ozodbek Nazarbekov - Uyg'on o'g'lim!
Millatni uyg‘otmoq uyg‘onganlarning ishi.
@Nargiza_Gafforova
Ozoda Nursaidova - O'zbek.
Mustaqillik ayyomiga juda go'zal qo'shiq bo'libdi. Siz ham tinglang va baho bering.
@Nargiza_Gafforova
"VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN!"
MUSTAQILLIGIMIZNING 34 YILLIGI JOMBOY TUMANIDA HAM KENG NISHONLANMOQDA
#Vatan
@Nargiza_Gafforova