
NavDU_Aniq fanlar fakulteti Rasmiy kanali
#NavDU
#Aniq_fanlar_fakulteti
#Sport
#Talabalar_ligasi
#Voleybol
🏐
Navoiy davlat universiteti Aniq fanlar fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha yigitlar o‘rtasida fakultet saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
📌
Batafsil:
https://t.me/NavDU_Aniq_fanlar_fakulteti
#NavDU
#Aniq_fanlar_fakulteti
#Sport
#Talabalar_ligasi
#Voleybol
🏐
Navoiy davlat universiteti Aniq fanlar fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha yigitlar o‘rtasida fakultet saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa davomida jamoalar o‘zaro qizg‘in va murosasiz bahs olib borib, sportga bo‘lgan qiziqish hamda jamoaviy hamjihatlikni namoyon etdilar.
🏆
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇
Beruniy jamoasi — 1-o‘rin
🥈
Milan jamoasi — 2-o‘rin
🥉
Qalqon jamoasi — 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘olib jamoalarni samimiy tabriklaymiz va keyingi bosqichlarda ham ularga omad tilaymiz!
📌
Batafsil:
https://t.me/NavDU_Aniq_fanlar_fakulteti
Onamga maktub!
🔹
Navoiy davlat universiteti Aniq fanlar fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi D.Jumayeva tomonidan fakultet talaba qizlari ishtirokida
onalik qadrini ulug‘lash
, ona mehrini qadrlash va unga bo‘lgan hurmatni yanada oshirish maqsadida
“Onamga maktub”
nomli fleshmob o‘tkazildi.
🔹
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z onalariga bo‘lgan mehr-muhabbati, minnatdorchiligi va samimiy tilaklarini ifodalagan
ta’sirli maktublar
yozdilar. Ushbu fleshmob orqali talaba qizlar ona mehrining naqadar beqiyos ekanini yana bir bor his etdilar.
📣
Hurmatli Yurtdoshlar!
🌳
13–14 mart
kunlari mamlakatimizda
umumxalq xayriya hashari
o‘tkaziladi.
🌿
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!”
shiori ostida bo‘lib o‘tadigan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarida faol bo‘ling!
📚
Zakovat — bilim va tafakkur maydoni!
Navoiy davlat universiteti Aniq fanlar fakulteti 3-kurs talabalari ishtirokida tyutor Sh. Maxmudova tashabbusi bilan “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Tadbir talabalar bilimini sinash, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
O‘yin jarayonida ishtirokchilar turli fanlar doirasidagi savollarga javob berib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Qiziqarli va raqobatbardosh tarzda kechgan intellektual bellashuv talabalar uchun unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Bunday tadbirlar yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, intellektual salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
https://t.me/NavDU_Aniq_fanlar_fakulteti
Joriy yilning 11-mart sanasida NavDU profilaktika inspektori N.Xidirov bilan hamkorlikda Aniq fanlar fakulteti fizika yo'nalishi 1-bosqich talabalari ishtirokida profilaktik suhbat o'tkazildi. Subat jarayonida:
✅
Universitet odob-axloq kodeksiga rioya qilgan holda dars mashg'ulotlarida ishtirok etish
✅
Ijtimoiy tarmoqlardan to'g'ri foydalanish
✅
Kiberjinoyatchilar tuzog'iga tushib qolmaslik
kabi masalalarda talabalarga tushuntirish ishlari olib borildi.
https://t.me/NavDU_Aniq_fanlar_fakulteti
Talaba qizlar ishtirokida “Orzular va kelajak sari” nomli davra suhbati o‘tkazildi
Navoiy davlat universiteti
Aniq fanlar fakultetida xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha dekan maslahatchisi D. Jumayeva hamda tyutor S. Ibragimova tomonidan talaba-qizlar ishtirokida “Orzular va kelajak sari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🔹
Uchrashuv davomida talaba-qizlarning orzu-maqsadlari, kelajak rejalari, bilim olishga bo‘lgan intilishlari hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashlari haqida fikr almashildi. Shuningdek, qizlarga o‘z ustida ishlash, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🔹
Suhbat samimiy ruhda o‘tib, talaba-qizlar o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdilar.
https://t.me/NavDU_Aniq_fanlar_fakulteti
#yoshlar_kuni
Yurtboshimiz tomonidan har payshanba “Yoshlar kuni” sifatida belgilab berildi va bu ko’plab yoshlarimizga rahbar va yoshlar o’rtasida ko’prik bo’lib xizmat qilmoqda.
Aniq fanlar fakultetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Unda fakultetning 3 bosqich talabalari ishtirok etishdi.
Uchrashuv jarayonida yurtboshimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar haqida so’z yuritildi. Talabalar ta’lim jarayonidagi asosiy me’yoriy hujjatlar bilan tanishtirildi.
https://t.me/NavDU_Aniq_fanlar_fakulteti
#NavDU
#Aniq_fanlar
#Yoshlar_kuni
#Milliy_kun
Navoiy davlat universiteti Aniq fanlar fakultetida har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar hamda tashabbuslar tashkil etib kelinmoqda.
Shu munosabat bilan fakultetda milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish, yoshlar qalbida milliy an’ana va urf-odatlarimizga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlash maqsadida “Milliy liboslar kuni” ham o‘tkazilmoqda.
Mazkur kunlarda fakultet talabalari dars jarayonlariga milliy liboslarda tashrif buyurib, o‘zbek xalqining boy madaniy merosi, milliy urf-odatlari va an’analariga bo‘lgan hurmatini namoyon etmoqdalar.
Milliy liboslar — bu nafaqat kiyim, balki xalqimizning boy tarixi, qadriyatlari va milliy g‘ururining yorqin ifodasidir.
Bunday tashabbuslar yoshlar orasida milliy o‘zlikni anglash, milliy madaniyatimizga hurmat ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
https://t.me/NavDU_Aniq_fanlar_fakulteti
🚫
Jinoyatchilikning oldini olish – har birimizning vazifamiz
Aniq fanlar fakulteti 3-kurs Matematika va informatika yo‘nalishi talabalari ishtirokida universitet profilaktika inspektori N. Xidirov hamda tyutor Sh. Maxmudova tashabbusi bilan “Jinoyatchilik va uning oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Suhbat davomida talabalarga jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari, uning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri hamda bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish va fuqarolik mas’uliyatini oshirish masalalari haqida fikr almashildi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar.
#NavDU
#AniqFanlar
#Talabalar
#HuquqiyTargibot
#Yoshlar
#Profilaktika
https://t.me/NavDU_Aniq_fanlar_fakulteti