
NavDU_Aniq fanlar fakulteti Rasmiy kanali
🔖
Navbatdagi raqib —
🟡
«Xorazm»!
📋
29-aprel
kuni Qizilqum jamoasi
Superliga
ning
10-tur
doirasida
Xorazm shahrining
«Xorazm»
klubini o'z uyida qabul qiladi. Mazkur qarama-qarshilik
Navoiy shahridagi
«Yoshlar»
sport majmuasida
bo'lib o'tadi. Uchrashuv starti
soat 19:00
ga belgilangan.
💼
Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot xizmati
🌎
Web-Sayt |
📱
Telegram
|
📱
Facebook |
📱
Instagram
|
📱
Youtube
📌
1-maydan 5 yil staji bor xotin-qizlarga tavsiyanoma beriladi
Qonunchilikka ko‘ra, 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumoti yo'q xotin-qizlar davlat OTMlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Buning uchun Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasi kerak.
Tavsiyanoma uchun quyidagi manzilga kiriladi:
1.
https://xotin-qizlar.uz/
2. Doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha yashash joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari tanlanadi
Qanday hujjatlar kerak?
Bunda staj boʻyicha
my.mehnat.uz
YMMT da hamda oʻrta maxsus diplomini
diplom.edu.uz
sayti orqali tekshirtirib olishi kerak.
Eslatma:
tavsiyanoma olganlar ham kirish imtihonida qatnashadi, faqat ular alohida 500 ta kvota uchun kurashadi.
✈️
Obuna bo’ling
➡️
@OTM_Minbari
.... maʼnaviyat va maʼrifat, madaniyat va sanʼat vakillari bilan katta muloqot oʻtkazamiz. Ushbu muloqotda soha xodimlarini qoʻllab-quvvatlash, ularga qoʻshimcha sharoitlar yaratish boʻyicha yangi tashabbuslarni ilgari suramiz.
Prezidentimizning “Burhoniddin Margʻinoniy” ilmiy-maʼrifiy va turizm majmuasining ochilish marosimidagi
nutqi
dan
Rasmiy sahifalarimiz
👇
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
2026-yilning 25-aprel kuni NDUda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 148-sonli xatiga asosan talaba-qizlar oʻrtasida "Toʻmaris izdoshlari" sport musobaqasining viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi!
Musobaqada Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti hamda Navoiy davlat universitetining iqtidorli talaba-qizlaridan iborat jamoalar o‘zaro bellashdilar.
Navoiy davlat universiteti jamoasi tarkibida Aniq fanlar fakulteti 1-bosqich talabasi Farmonova Dilbaroy ham faol ishtirok etib, o‘z mahorat va salohiyatini namoyon etdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida Navoiy davlat universiteti jamoasi munosib ravishda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu g‘alaba — faqat natija emas, balki intilish, mehnat va jamoaviy ruhning yorqin ifodasidir.
https://t.me/NavDU_Aniq_fanlar_fakulteti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi PQ-5032-sonli “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 30-martdagi 02/58-01-19-4805-sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida NavDU Aniq fanlar fakulteti Fizika va astronomiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 2025–2026 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchi o‘quvchilari o‘rtasida fizika fani bo‘yicha ko‘p bosqichli universitet olimpiadasining Navoiy viloyati tuman (shahar) bosqichi o‘tkazildi.
Mazkur bosqich yakunlariga ko‘ra, saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan 16 nafar iqtidorli o‘quvchi olimpiadaning viloyat bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.
https://t.me/NavDU_Aniq_fanlar_fakulteti
NavDU Aniq fanlar fakulteti Fizika ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalari dual ta’lim tizimi asosida “Navoiy qurilish sinov” MChJda malakaviy amaliyot o‘tamoqda. Amaliyot jarayonida talabalar o‘zlarining nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlab, sohaga oid ko‘nikma va malakalarini rivojlantirmoqdalar. Ushbu jarayon ularning kelgusidagi kasbiy faoliyati uchun muhim tajriba vazifasini o‘tamoqda.
https://t.me/NavDU_Aniq_fanlar_fakulteti
“Mustaqillikning 35 yilligi: uch tomonlama hamkorlik uchrashuvi”
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan rejalashtirilgan ma’rifiy va madaniy tadbirlarni samarali tashkil etish, ularni yuqori saviyada o‘tkazish hamda bu borada uch tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, oliy ta’lim muassasasi, O‘zLiDeP partiyasi va mahalla hamkorligida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, bandlik va tadbirkorlikka jalb etish orqali belgilangan tadbirlarni izchil amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Mazkur uchrashuvda Janubiy MFY raisi A.Yo‘ldoshov, O‘zLiDeP Navoiy viloyat hududiy partiya tashkiloti xodimi B.Qo‘chqorov hamda NavDU Aniq fanlar fakulteti dekan o‘rinbosari G‘.Yusupov ishtirok etdi.
https://t.me/NavDU_Aniq_fanlar_fakulteti