Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

NDU - Navoiy davlat universiteti

NavDU_NavSU
Navoiy davlat universiteti Universitet rektoriga murojaat boti: https://t.me/nsu_77_bot 🌐 nsuni.uz 📧 info@nspi.uz 📱 https://www.instagram.com/nsu.uz?igsh=MWJzM20wc21sMnIxeQ== 📱 https://www.facebook.com/nsu.uz
Subscribers
7 650
24 hours
10
30 days
-220
Post views
917
ER
11,39%
Posts (30d)
245
Characters in post
996
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
April 29, 06:12
Media unavailable
3
Show in Telegram

Bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Navoiy davlat universiteti Karyera va bandlik markazi hamda “Kelajakka qadam” markazi hamkorligida Tarix fakulteti bitiruvchi talaba-yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Maqsad bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozoriga samarali yo‘naltirish, imtiyozli kreditlardan oqilona foydalanish orqali o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashishdan iborat.
Tadbirda yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va hayotda munosib o‘rin egallashlariga amaliy yordam berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bizni kuzating
@ndu_nsu

April 28, 16:14
Media unavailable
7
Show in Telegram

Aniq va tabiiy fanlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi
Bugun Navoiy davlat universitetida Aniq fanlar fakulteti tomonidan “
Aniq va tabiiy fanlarda dolzarb muammolar: tadqiqotlar, natijalar va tatbiqlar
” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitet rektori, professor Muxiddin Kalonov ochib, mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.
Anjumanda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda yetakchi olimlar ishtirok etib, dolzarb mavzularda ilmiy ma’ruzalar qildilar. Jumladan, “
Matematika ilmi va ta’limida sun’iy intellektning o‘rni va ahamiyati
” mavzusida akademik S. Lakaev, “
Qoplama haqidagi masala va uning tatbiqlari
” bo‘yicha professor A. Ikromov, “
Markaziy limit teoremalari mavzusini o‘qitishda funksional metodlar
” mavzusida professor J. Abdullayev hamda boshqa olimlar fan sohasidagi yangiliklar va ilmiy natijalar yuzasidan ma’ruza qilishdi.
Anjuman sho‘balarga bo‘lingan holda davom etdi.
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube

April 28, 12:15
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Olimlar_minbari
#20-26.04.2026
📰
Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda
🟢

Xalqaro mehnat bozoridagi oʻzgarishlar. Yurtimizda bu borada qanday choralar koʻrilmoqda?
” — Farrux MASHARIPOV,
Kasbiy taʼlim agentligi boshqarma boshligʻi;
🟢

Suv resurslaridan oqilona foydalanishning mustahkam zamini
” — Bahodir MIRZAYEV,
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti rektori, professor;
🟢

Agrar ta’lim va ilm-fan ravnaqida yangi bosqich
” — Narzullo OBLOMURODOV,
Toshkent davlat agrar universiteti rektori, professor;
🟢

Xalqimiz eʼtiqodining muhtasham ramzi
” — Bahodirjon SHERMUHAMMADOV,
Fargʻona davlat universiteti rektori, professor;
🟢

Suv – bu taqdir, tiriklik degani
” — Muhiddin KALONOV,
Navoiy davlat pedagogika universiteti rektori, professor;
🟢
«
Нерушимый фундамент национального возрождения
» — Баходиржон ШЕРМУХАММАДОВ,
ректор Ферганского государственного университета, профессор;
🟢

Mintaqa manfaatlarini uygʻunlashtirgan yagona, qudratli kuch
” — Baxtiyor POʻLATOV,
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti rektori, professor;
🟢

Sport – zararli odatlardan asrovchi tabiiy va eng taʼsirchan vosita
” — Erkin QODIROV,
Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi raisi oʻrinbosari;
🟢

Zamonaviy pedagog timsoli
” — Barno BOʻRONOVA,
Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti dotsenti;
🟢

Qardoshlik rishtalarini mustahkamlovchi koʻpriklarmiz
” — Asilbek QOLQANATOV,
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti tayanch doktoranti.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

April 28, 10:06
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#jamoatchilik_muhokamasi
#loyiha
“Oliy ta’lim tashkiloti laboranti” kasbiy standarti loyihasi vazirlik rasmiy veb-saytiga muhokama uchun joylandi
Mazkur hujjat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy taʼlim tashkilotlarida laboratoriya faoliyatini amalga oshiruvchi
laborantlarning kasbiy faoliyatini tartibga solish, ularning bilim, koʻnikma va kompetensiyalariga qoʻyiladigan yagona talablarni belgilash
maqsadida ishlab chiqildi.
Kasbiy standart loyihasida:
– laborantlarning
mehnat funksiyalari va vazifalari;
– zarur
bilim va ko‘nikmalar;
– xavfsizlik va
sifat talablari;
– kasbiy faoliyatni
baholash mezonlari
aniqlashtirilgan.
Ushbu kasbiy standartni joriy etish natijasida
laboratoriya faoliyati standartlashtiriladi, ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sifati yaxshilanadi hamda mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlash
imkoniyati kengayadi.
Fuqarolar loyiha muhokamasida o‘z fikr va mulohazalarini 2026-yil
12-mayga qadar
(shu kuni ham)
bildirishlari mumkin.
Loyiha matni
👉🏻
bu yerda
Takliflaringizni
Edu.uz
orqali qoldiring.
Loyihani
📄
yuklab olish.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

April 28, 09:10
Media unavailable
8
Show in Telegram

Fakultetda milliy qadriyatlar tarannum etildi
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida
milliy merosni ulug‘lash, ezgu qadriyatlarni targ‘ib etish hamda talaba-yoshlarda Vatanga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida “
Milliy qadriyatlar — millat sha’ni, ma’naviyatning boqiy timsoli
” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor B. Bobonazarov ishtirok etdi. Tadbir davomida turli millatlarning urf-odat va an’analari sahnaviy chiqishlar orqali namoyish etildi.
Milliy liboslar, badiiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va raqslar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube

April 28, 06:14
Media unavailable
6
Show in Telegram

Fan olimpiadalarining tuman bosqichida universitetimiz professor-o‘qituvchilari nazorat olib bormoqda
Navoiy davlat universitetining Kimyo, biologiya va fizika kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan viloyatdagi umumta’lim maktablarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-sonli hamda 2021-yil 19-martdagi PQ-5032-sonli qarorlari, shuningdek, Navoiy davlat universiteti rektorining 2026-yil 9-apreldagi 106/AFO-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida kimyo, biologiya va fizika fanlari bo‘yicha olimpiadalarning tuman bosqichlari o‘tkazildi.
Olimpiadalar o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash, ularning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda iqtidorli yoshlarni saralab olishga xizmat qildi.
Ishtirokchilar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, kelgusida ilmiy izlanishlar olib borishga undovchi muhim tajriba orttirdilar. Mazkur olimpiadalar yosh avlodning intellektual salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bizni kuzating
@NDU_NSU

April 27, 15:32
Media unavailable
7
Show in Telegram

Scopus ilmiy bazasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Seminar Pokistonlik Muhammad Farid tomonidan olib borilib, ilmiy maqolalarni xalqaro standartlar asosida tayyorlash va nashr etish bo‘yicha amaliy bilimlarini taqdim etdi.
Ishtirokchilar Scopus tizimida maqola qidirish, yuqori impakt-faktorga ega jurnallarni tanlash, ilmiy maqolaning tuzilishi hamda uni xalqaro talablarga mos ravishda tayyorlash kabi muhim mavzular bo‘yicha atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar. Shuningdek, antiplagiat tizimlari, maqolani qayta ishlash va nashrga tayyorlash jarayonlari, “yirtqich” jurnallarni aniqlash bo‘yicha ham amaliy tavsiyalar berildi.
Seminar interaktiv shaklda tashkil etilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbir yakunida Muhammad Farid hamkorligi uchun universitet rahbariyati tomonidan sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizni kuzating
@NDU_NSU

April 27, 13:36
Media unavailable
5
Show in Telegram

Tarix fakultetida o‘zbek xalqining sevimli shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligi munosabati bilan “Qalblarga qolgan shoir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda shoirning hayoti va ijodi, uning xalq dardi, yurt muhabbati va insoniy tuyg‘ularni samimiy tarzda ifoda etgan she’rlari haqida atroflicha fikr almashildi. Talabalar tomonidan shoir qalamiga mansub she’rlar ifodali o‘qilib, uning ijodi orqali milliy qadriyatlar, vatanparvarlik va insonparvarlik g‘oyalari yana bir bor yodga olindi.
Davra suhbati davomida Muhammad Yusuf ijodining o‘ziga xosligi, uning har bir misrasida xalq ruhi va samimiyat mujassam ekani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, shoir merosi yosh avlod qalbida yuksak ma’naviyatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Tadbir ishtirokchilari shoir xotirasiga hurmat bajo keltirib, uning boy adabiy merosi kelgusi avlodlar uchun ham ma’naviy xazina bo‘lib qolishini ta’kidladilar.
@ndu_nsu

April 27, 12:17
Media unavailable
4
Show in Telegram

Bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan davra suhbati
Navoiy davlat universiteti Karyera va bandlik markazi hamda “Kelajakka qadam” markazi hamkorligida Tabiiy fanlar va tibbiyot fakulteti bitiruvchi talaba-yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Maqsad bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozoriga samarali yo‘naltirish, imtiyozli kreditlardan oqilona foydalanish orqali o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashishdan iborat.
Tadbirda yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va hayotda munosib o‘rin egallashlariga amaliy yordam berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube

April 27, 11:35
Media unavailable
3
Show in Telegram

Seminar-trening
28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan “
Psixosotsial xavflar va ularni oldini olish (Stressni boshqarish va emotsional charchashni oldini olish)
” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Unda Navoiy viloyat Kasaba uyushmalari kengashi mehnat muhofazasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi H.Eshonqulov, universitet Kasaba uyushmasi raisi N.Bekmurodov, Fuqaro va mehnatni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i L.Cho‘tboyev ishtirok etdi.
Seminar mehnatni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, xavfsizlik madaniyatini oshirish hamda baxtsiz hodisa va kasbiy kasalliklarning oldini olishga bag‘ishlandi.
Mutaxassislar tomonidan mehnat muhofazasi sohasida olib borilayotgan ishlar, ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta’minlashning ahamiyati, shuningdek ishchi-xodimlar uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi. Seminar davomida amaldagi qonunchilik, ish joylaridagi xavf omillari va ularni bartaraf etish choralari haqida ma’lumot berildi.
Bizni kuzating
@NDU_NSU