
NDU - Navoiy davlat universiteti
#Xalqaro_hamkorlik
#Rektorlar_forumi
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida memorandum imzolandi
O‘zbekiston—Tojikiston rektorlar forumi doirasida
Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muhiddin Kalonov hamda Xo‘jand davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Xususan, kelishuv doirasida, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini tashkil etish, qo‘shma ilmiy loyihalar, konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish, ta’lim jarayoniga ilg‘or tajriba va zamonaviy yondashuvlarni joriy etish kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Ushbu memorandum O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga, ilm-fan va ta’lim integratsiyasini rivojlantirishga hamda xalqaro akademik aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi.
#Navoiydavlatuniversiteti
#Xujanddavlatuniversiteti
Telegram
I
Instagram
I
Facebook
I
YouTube
https://uza.uz/uz/posts/ilm-yolida-yuksalayotgan-olima_828229
#OAV_biz_haqimizda
#OAV_biz_haqimizda
https://uza.uz/uz/posts/ilm-va-innovaciya-yolidagi-iqtidorli-pedagog_828689
“Bo‘lajak shifokorlar nigohida – ona va bola salomatligi”
Navoiy davlat universiteti Tabiiy fanlar va tibbiyot fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan pediatriya ishi ta’lim yo‘nalishining 1-kurs talabalari uchun Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Navoiy viloyati filialiga tanishuv tashrifi tashkil etildi.
Tashrif davomida talabalar markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlari hamda ona va bolalar salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan ilmiy-amaliy ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular markaz tarkibida faoliyat yurituvchi ona va bola skrining bo‘limi ish faoliyati bilan ham tanishib, diagnostika va profilaktika jarayonlari haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Tadbir doirasida fakultetning klinik fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, tibbiyot fanlari nomzodi G‘.Aslanov hamda markazning malakali shifokorlari — M.Hamrayeva, A.Muhammadiyeva va X.Hasanovlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda mutaxassislar talabalarga pediatriya sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, ona va bola salomatligini muhofaza qilishning ahamiyati, tibbiyot amaliyotida uchraydigan holatlar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida atroflicha ma’lumot berdilar. Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olib, kelgusidagi kasbiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan amaliy bilimlarini boyitdilar.
Bunday amaliy uchrashuv va tanishuvlar bo‘lajak shifokorlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularda tibbiy mas’uliyat va inson salomatligiga bo‘lgan yuksak ehtiromni shakllantirishga xizmat qilishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Telegram
I
Instagram
I
Facebook
I
YouTube
Navoiy davlat universiteti rektori Dushanbeda boshlangan rektorlar uchinchi forumida ishtirok etmoqda
2026-yil 13–14-mart kunlari Dushanbe shahrida O‘zbekiston–Tojikiston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining uchinchi forumi bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim tizimi vakillarini bir maydonga jam etgan mazkur nufuzli anjuman ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Bugun o‘z ishini boshlagan “O‘zbekiston va Tojikistonda oliy ta’lim va ilm-fan: hamkorlikning yangi ufqlari” mavzusidagi forumda ikki mamlakatning vazirlik vakillari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari qatnashadi. Mazkur forumda Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muhiddin Kalonov ham ishtirok etmoqda
“O‘zbekiston va Tojikistonda oliy ta’lim va ilm-fan: hamkorlikning yangi ufqlari” mavzusida tashkil etilgan forumda vazirlik va idoralar vakillari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda sohaning yetakchi mutaxassislari ishtirok etmoqda. Unda akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish, qo‘shma ta’lim yo‘nalishlarini joriy etish, innovasion loyihalarni amalga oshirish va universitetlar o‘rtasidagi ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.
Navoiy davlat universiteti rektorining mazkur nufuzli forumdagi ishtiroki universitetning xalqaro akademik maydondagi faolligini, ilmiy salohiyati va hamkorlikka ochiqligini yana bir bor namoyon etmoqda. Forum doirasida universitetlar o‘rtasida yangi hamkorlik kelishuvlarini imzolash, qo‘shma ilmiy-ta’limiy loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro tajriba almashishni kengaytirish rejalashtirilgan.
Telegram
I
Instagram
I
Facebook
I
YouTube
#ilm_trendda
#yoshlar_bilimni_tanlaydi
#NavDU
#Aniq_fanlar_fakulteti
#Sport
#Talabalar_ligasi
#Voleybol
🏐
Navoiy davlat universiteti Aniq fanlar fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha yigitlar o‘rtasida fakultet saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
#ilm_trendda
#yoshlar_bilimni_tanlaydi
#hamkorlik
#NDU
💹
Navoiy davlat universitetining Turizm yo‘nalishi talabalari bilan ochiq muloqot shaklida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Tadbir doirasida Navoiy viloyati Turizm boshqarmasi bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.
✔️
Uchrashuv davomida viloyat Turizm boshqarmasi boshlig'i v.v.b. K.Normamatov yoshlar bilan samimiy suhbat o‘tkazib, ularning muammo va takliflarini tingladi. Yoshlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
✔️
Shuningdek, uchrashuv davomida turizm sohasini rivojlantirish, shuningdek, talabalarning soha bo‘yicha bilim va ko'nikmalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan bir qator taklif va tashabbuslar atroflicha muhokama qilindi.
Telegram
I
Instagram
I
Facebook
I
Youtube
#NavDU
#Yoshlar_ittifoqi
#Yoshlar_kuni
🇺🇿
Navoiy davlat universiteti Tabiiy fanlar va tibbiyot fakultetida "Yoshlar kuni" munosabati bilan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
📌
Ushbu uchrashuvda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Yoshlar kengashi raisi
J.Jumayev
, universiteti yoshlar yetakchisi
A.Zokirov
ishtirok etishdi.
⚡️
Uchrashuv davomida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning tashabbuslari hamda kelgusidagi rejalar haqida samimiy suhbat olib borildi.
📚
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, yoshlar faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr almashdilar. Ko'plab takliflarga uchrashuvni o'zida fakultet tyutorlari hamda koordinatori
Sh.Omonqulov
tomonidan hal qilindi
✨
Bunday uchrashuvlar yoshlarning faolligini oshirish hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni kuzatishda davom eting
👇
@NavDU_YI
🏆
TALABAMIZ — O‘ZBEKISTON CHEMPIONATI SOVRINDORI!
🥋
Navoiy davlat Universiteti talabasi:
🔹
Zuvaydullayev Alimardon — 1-kurs,
114-25 JM
XORAZM VILOYATIDA 11-12-MART kunlari bo‘lib o‘tgan Yunon rum kurasi bo'yicha U20 yosh toifasida O'zbekiston chimpionatida munosib ishtirok etdi.
🥇
Zuvaydullayev Alimardon - 87 vazn toifasida faxrli 1- oʻrinni qoʻlga kiritdi.
👏
Talabamizning ushbu yutug‘i universitetimiz sport salohiyatining yana bir yorqin namunasidir. G‘olibimizni samimiy tabriklab, kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
🇺🇿
✨
https://www.yenikonya.com.tr/yazar/dr_kemal_yavuz_ataman-730/ozbekistan_da_gelisen_nevayi_vilayeti_ve_nevayi_universitesi-12043