Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

NeoJadid

Neojadids
Dunyoga o'zbekona nazar. Aloqa: @NeojadidBot
Subscribers
1 480
24 hours
10
30 days
-20
Unusual 24 hours drop
Post views
1 348
ER
85,07%
Posts (30d)
7
Characters in post
471
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
March 11, 03:27

Davlat jamoaning farovonligiga emas, bir hovuch "oila"ning boyishiga xizmat qiluvchi vositaga aylanganida jamiyat qanday o'zgarishi haqida Forobiy aniq tashxis qo'ygan ekan. O'zbek jamiyatida o'zaro agressiya darajasi nega bunchalik yuqori ekanligiga ishora.
“Ammo ba’zi (johil) shaharlar bo‘ladiki, ularda butun xalqning fikri-zikri, aql-idroki boylik to‘plash, mol-dunyo orttirishga qaratiladi. Ulardan chiqqan rahbarlar ham rahbarlikni mol-dunyoni ko‘paytirishda deb biladilar. Shuning uchun ham ular erta-kech mol-dunyo to‘plash harakatida bo‘ladilar. Bunday rahbarlar qo‘l ostida bo‘lgan shahar xalqlarida turli buzuq odatlar, shahvoniyat, bir-birini ko‘rolmaslik, bir-birini talash, dushmanlik, nizo-janjallar avj oladi”.
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri.

March 10, 15:48

Dubayda mehmonxonalarning yangi klassifikatsyasi paydo bo'libdi:
- 6 yulduzli: o'z havo mudofaa tizimiga ega.
- 7 yulduzli: dushmanga qarshi o'zi ham raketa hujumini uyushtira oladi.

March 08, 11:29

Qiziq. FSB'ning O'zbekistondagi qulayotgan biznes imperiyasi o'rnini kim bosar ekan? Yoki, shunchaki daromadlarning xususiylashtirish, zararlarni esa milliylashtirish jarayoni ketyaptimikin?

February 25, 05:14

Yangi jargonlar... AI:DR va FOBO
TL;DR
yoki tl;dr ("Too long; didn’t read" – "Juda uzun ekan; o‘qimadim") – Avvallari, foydalanuvchi matn devoriga (haddan tashqari uzun post yoki maqolaga) uchraganda, “Juda uzun ekan; o‘qimadim” der edi. Shundan keyin, uzun matn tagida qisqa xulosasini berib ketish urfga kirgan.
AI;DR
(Aritifical Intelligence, didn’t read - “Sun’iy intellekt ekan, o‘qimadim”). Muallif hafsala qilmasdan, maqola yoki postni sun’iy intellekt yordamida yozsa, nega men uni o‘qishga hafsala qilishim kerak, demoqda foydalanuvchilar.
FOMO
(ingl. Fear of missing out – biror narsadan quruq qolib ketish vasvasasi) ko‘pincha ijtimoiy tarmoqlardagi postlar ta’sirida biror qiziqarli yoki muhim narsadan bexabar qolib ketish, o‘tkazib yuborish qo‘rquvi. Buning aksi, JOMO (Joy of missing out) - Ijtimoiy tarmoqdagi navbatdagi yuzaki trend yoki jarayondan quruq qolib ketganidan hursand bo'lish.
FOBO
(Fear of becoming obsolete - Keraksiz bo‘lib qolish vasvasasi). Yangi texnologiyalar, jumladan SI rivojlanishining oqibatida ishsiz, malakasiz qolib ketish qo‘rquvi.
O'zbekchalashtiramizmi? Izohda o'z takliflaringizni bering:).

February 16, 05:36

SI hayotimizga kirib kelayotganidan keraksiz bo'lib qolish vasvasasiga (FOBO) hali tushmagan bo'lsangiz, Internetni portlatgan mana bu maqolani o'qib bu gal endi jiddiy o'ylanib qolasiz. Haqiqatdan ham, olamshumul jarayonlar sodir bo'lyapti, biroq biz bunga tayyor emasmiz. Endi qanday yashaymiz?
Maqola:
Something Big Is Happening By Matt Shumer

February 15, 03:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov talqinidagi O'zbekistonning yangi siyosiy tarixi: Yomonlarning eng yomonidan ko'rinmas bosh vazir orqali taraqqiyot simfoniyasiga.

February 10, 05:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

Amaldor sinfiga tayanib olib borilayotgan siyosat haqida xalqning fikri...
Nekrasovning "Кому на Руси жить хорошо" degan she'ri bo'lar edi... Unda qashshoqlashib ketgan dehqonlar Rusda kim farovon yashayotganini topish maqsadida sayyohatga chiqishadi va jumladan, amaldor bilan ko'rishadi... Shoir amaldorni shunday ta'riflaydi:
Сирот и вдов он не был благодетель,
Но нищим иногда давал гроши
И называл святую добродетель
Первейшим украшением души.
О ней твердил в семействе беспрерывно,
Но не во всем ей следовал подчас
И извинял грешки свои наивно
Женой, детьми, как многие из нас.
По службе вел дела свои примерно
И не бывал за взятки под судом,
Но (на жену, как водится) в Галерной
Купил давно пятиэтажный дом.

February 09, 07:05

O'zbek tilida sifatli kontent chiqarayotgan resurslarni tavsiya eting, iltimos. Iloji bo'lsa, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy mavzulardagi matn-markazli kontent, longread.
Q.s. Substack'da kim bor?

February 08, 03:37

O’zbek jamiyati ogʻzaki madaniyatga asoslangan savodxonlikdan to’g’ri dijital og’zaki madaniyatga o’tib ketdi. Ya’ni, Gutenberg inqilobidan nasibasini to’liq olishga ulgurmadi. Matnga asoslangan madaniyatdan bahramand bo’lmay turib savoddan oldingi (pre-literacy) tafakkur tarzidan savoddan keyingi (post-literacy) tafakkur tarziga o’tib ketishimizning oqibatlari olamshumuldir.
Bu oqibatlarni kundalik hayotimizda, abgor siyosatimiz va iqtisodimizdan tortib xarob ilm-fanimiz yoki abgor o’zaro munosabatlarimizgacha bo’lgan sohalarda ko’rish mumkin.

January 28, 05:39

“Johiliyatdan tamaddunga o’tish uchun bir asr kerak bo’ladi. Tamaddundan johiliyatga tushish uchun bir avlodning umri (25 yil) ham yetadi.” Will Durant.
Vaqtingiz bo’lsa, tarixchi Will Durant’ning The Story of Civilization jildlarini o’qib chiqing. Vaqtingiz bo’lmasa, uning qisqagina (100 bet) The Lessons of History' kitobida tarixdagi qonuniyatlar batafsil yoritilgan. Shu kitobni o’qisangiz, hozirgi jarayonlarni kengroq kontekst doirasida fahmlay olasiz.