
Nodavlat oliygohlar
Qarshi xalqaro universiteti mutolaa marafoni
Talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda bilim va tafakkurni kengaytirish maqsadida maxsus mutolaa marafoni tashkil etilmoqda.
Ushbu marafon orqali siz:
🔖
muntazam kitob o‘qish odatini shakllantirasiz
🧠
tahliliy fikrlash va mustaqil xulosa chiqarishni o‘rganasiz
🚀
o‘z ustingizda ishlashga yangi motivatsiya olasiz
🎁
Sovrinlar:
🏆
Eng faol 5 nafar ishtirokchiga
1 yillik Mutolaa Premium obunasi taqdim
etiladi!
🔝
Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
https://mutolaa.com/davra/post/279631
📞
(55)-500-99-44
🌐
Sayt
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
YouTube
⚡️
Rasman: Endi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega litsey o‘quvchilari davlat imtihonlarini topshirmaydilar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i
(2026-yil 10-mart, 100-son)
bilan “
Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom
”ga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
kiritildi
(ro‘yxat raqami — 19.03.2026-y., №2011-5)
.
Quyida tizimdagi eng muhim yangiliklar bilan tanishing:
📝
Sertifikati bor o‘quvchilarga imtiyoz
🚪
Endilikda xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi
milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar
mazkur fanlardan
davlat imtihonlarini
topshirmaydilar. Ularga tegishli fan bo‘yicha
avtomatik ravishda maksimal ball
beriladi.
➡️
Apellyatsiya tizimidagi shaffoflik va kafolatlar
💬
Imtihon bahosidan norozi bo‘lgan o‘quvchilar uchun
shikoyat qilish tartibi
takomillashtirildi:
📆
Baho e’lon qilingan kundan boshlab
3 ish kuni ichida
ariza berish mumkin.
👥
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga OTM professor-o‘qituvchilari va soha mutaxassislaridan iborat
5 kishi
kiritiladi.
📢
Apellyatsiya jarayonida o‘quvchining olgan ballini pasaytirishga
yo‘l qo‘yilmaydi.
➡️
Shikoyatni ko‘rib chiqishda o‘quvchi yoki uning ota-onasi bevosita ishtirok etish huquqiga ega.
🔄
Attestatsiyadan o‘ta olmaganlar uchun imkoniyat
🔍
Agar o‘quvchi yakuniy attestatsiyani
3 yil davomida
topshira olmasa, unga eksternat tartibida
imtihon topshirish
huquqiga ega boʻladi. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan
davlat namunasidagi shahodatnoma
taqdim etiladi.
✅
@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazas
i
⚡️
9-may munosabati bilan necha kun dam beriladi?
2025-yil dekabrida imzolangan prezident farmoniga ko‘ra, 2026-yilda haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun
11-may – dushanba kuni
ko‘chirilgan dam olish kuni
sifatida belgilangan. Chunki joriy yilgi 9-may haftaning
shanba kuniga
to‘gʻri kelmoqda.
🔹
Demak, haftasiga
5 kun ishlaydiganlar ketma-ket 3 kun
dam oladi:
➖
9-may, shanba – odatiy dam olish kuni;
➖
10-may, yakshanba – odatiy dam olish kuni;
➖
11-may, dushanba – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan koʻchirilgan dam olish kuni.
🔹
Haftasiga
6 kun ishlaydiganlar esa ketma-ket 2 kun
dam oladi:
➖
9-may, shanba – Xotira va qadrlash kuni – ishlanmaydigan dam olish kuni;
➖
10-may, yakshanba – odatiy dam olish kuni.
✅
@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
⚡️
Hemisga kiritilmay o'qiyotgan nodavlat oliygohlar talabalari diqqatiga!
Tasavvur qiling, siz nodavlat oliygohiga o'qishga qabul qilindingiz,
biroq oliygoh sizni hanuzgacha HEMIS dasturiga kiritgani yo'q.
Sabablar esa turlicha: "
Yoddan ko'tarilgan, texnik nosozlik, hemis yopilib qolgani va qayta ochilsa endi kiritilishingiz va x.k.
"
Xo'sh taqdiringiz nima bo'ladi?
❌
Hemis parol-loginingiz berilmayaptimi, demak dasturga kiritilmagansiz;
❌
Hemisga kiritilmay ta'lim olyapsizmi, demak
diplom ololmaysiz;
❌
Hozirga qadar hemisga kiritilmadingizmi, demak siz qonunchilik ruxsat bergan davrdan keyin
gayriqonuniy ravishda o'qishga qabul qilingansiz;
❌
Yoki oliygoh mas'ullarining e'tiborsizligi sababli kiritilmay qolib ketgansiz;
❌
Hemis qayta ochilmay qolsa, kontraktingiz va shunchaki
vaqtingizga kuyasiz;
❌
Tez orada kiritamiz deyishdimi, demak u oliygohdan tezda qochaverish kerak;
❌
Hemis bilan bog'liq muammo bormi, demak qandaydir muammo bor.
Oliy ta'lim muassasasida tahsil olishingiz talabalik maqomi hisoblanadi xolos. Agarda Hemis dasturiga kiritilmagan bo'lsangiz
diplom ololmaslik xavf ustidasiz.
Taqdiringizga befarq bo'lmang!
✅
@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
⭕️
⭕️
⭕️
⭕️
⭕️
⭕️
⭕️
⚡️
O‘quvchi va talabalar narkotikka testdan o‘tkazilishi kutilmoqda
O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari va talabalarni narkotik iste’mol qilgan yoki qilmaganini aniqlash uchun test o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqida dori vositalari xavfsizligi markazi va narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi raisi
Ismatjon Azizov ma'lum qildi.
Yangi tizim mahalliy ishlab chiqarilgan tezkor “poloska” testlari orqali amalga oshiriladi. Ular so‘lak orqali
3 soniyada natija berib, 16 turdagi narkotikni aniqlay oladi.
Shuningdek, soch tolasi orqali 3 oydan 6 oygacha iste’mol qilganligini aniqlash imkonini beruvchi apparatlar ishlab chiqilmoqda. Rejaga ko‘ra, testlar avval sinovdan o‘tkazilib, keyin
maktab va oliy ta’lim muassasalarida joriy etiladi.
Bu jarayonlar narkotikka qarashi kurashish doirasida amalga oshiriladi!
✅
@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
⚡️
Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish tartibi bo‘yicha ayrim Hukumat qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
Hukumatning 2026-yil 16-aprelda “Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish tartibi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 176-son qarori qabul qilindi.
Bir qator oʻzgarishlar kiritildi, jumladan:
🔹
chet el fuqarolari bo‘lgan pedagog xodimlar beradigan ta’lim, shu jumladan, chet tillarini o‘rgatish faoliyati bo‘yicha kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lishi;
🔹
vakolatli organ yuridik va jismoniy shaxslarga ruxsatnoma berish maqsadga muvofiqligi yuzasidan boshqa davlat organlaridan qo‘shimcha xulosalar olishi mumkin (10 ish kuni).
✅
@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
⚡️
Nodavlat oliy ta'lim muassasalari qabuli ham
DTM ixtiyoriga o'tishiga oz qoldi.
Xususiy oliygohlar bu jarayonga tayyor degan umiddamiz!
✅
@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
⚡️
Qo'qonda Qur'on Karim va tavjid kurs ochildi
Kechadan boshlab Qo'qon shahrida Qu'ron Karim va tajvid o'quv kursi faoliyatini boshladi. Mazkur muassasaning ochilish marosimiga Shayx Alijon Qori Fayzulloh oʻgʻli tashrif buyurdilar.
Mazkur kursga 18 yoshdan yuqori bo'lgan kishilar uchun qabul jarayonlari boshlandi.
✅
@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
#TAYINLOV
🇺🇿
Jahongir Mamatxonov O‘zbekiston Nodavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi Oliy ta'lim muassasalari bo'yicha Rais o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.
✅
Jahongir Mamatxonov ushbu lavozimga qadar RiseUp School o'quv markazi, Perevod Consult konsalting kompaniyasi, Namangan Xalqaro universiteti, Namangan Rising school hamda Andijon IT-Med texnikumida ta'sischi-rahbar lavozimlarida ishlagan.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
⚡️
Talaba qanday hollarda oraliq va yakuniy imtihonlarga kiritilmasligi mumkin?
✅
JAVOB:
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizomga ko‘ra, talabaning imtihonlarda ishtirok etishini cheklovchi aniq holatlar belgilab qo‘yilgan.
Bu borada har bir talaba bilishi shart bo‘lgan eng muhim tartiblar bilan tanishing:
1️⃣
Eng asosiy sabab — dars qoldirish. Agar talaba muayyan fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarining
25 foizi va undan ortig‘ini
sababsiz qoldirgan bo‘lsa
, u ushbu fan bo‘yicha
imtihonga qo‘yilmaydi
.
❗️
Eslatma:
Sababli (kasallik yoki rasmiy ruxsatnoma) qoldirilgan darslar bu hisobga kirmaydi.
2️⃣
Nizomga ko‘ra, talaba yakuniy nazoratga kirishi uchun
oraliq nazorat(lar)ni topshirgan bo‘lishi shart
. Oraliq nazoratni topshirmagan yoki ushbu nazorat turi bo‘yicha “
2” (qoniqarsiz) baho
olgan talaba
yakuniy nazoratga kiritilmaydi
.
3️⃣
Imtihon jarayonida quyidagi holatlar aniqlansa, talaba
jarayondan chetlashtiriladi:
🔹
ID-karta
yoki talaba guvohnomasi mavjud bo‘lmasa;
🔹
Imtihonga
telefon, shpagalka
yoki boshqa taqiqlangan vositalarni olib kirishga urinsa;
🔹
Akademik etika
qoidalarini buzsa (boshqasining o‘rniga kirish yoki yordam so‘rash).
4️⃣
Akademik qarzdorlik va kursdan qolish:
🔹
3 tagacha
fandan
qarzi bor talabaga qayta topshirish uchun
1 oy muddat
beriladi.
🔹
Fanlardan akademik qarzdorligi
4 ta va undan ko‘p
bo‘lgan
talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va ular
kursdan qoldiriladi
.
❓
Kontrakt qarzdorligi bo‘lsa-chi?
Ko‘pchilik dekanatlar tomonidan qo‘llaniladigan “kontraktni to‘lamasang imtihonga kirmaysan” degan talab
mutlaqo g‘ayriqonuniy
.
Talabaning kontrakt to‘lovidan qarzdorligi uning bilimini nazorat qilish jarayonlaridan (
na oraliq, na yakuniy imtihonlardan) chetlatishga asos bo‘la olmaydi
.
Biroq, muhim bir jihatni unutmang:
Kontraktni o‘z vaqtida to‘lamaslik imtihonga kirmaslikka sabab bo‘lmasa-da,
OTMda sizni shartnoma shartlarini bajarmaganingiz uchun talabalar safidan chiqarish huquqi mavjud
. Shu bois, bu borada juda ehtiyot bo‘lishingizni va to‘lovlarni kechiktirmaslikni tavsiya etildi.
✅
@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi