Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Nodavlat oliygohlar

Nodavlat_oliygohlar
Nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida ishonchli ma'lumot berib boruvchi telegram kanali
Подписчики
9 470
24 часа
20
30 дней
-730
Просмотры
2 928
ER
31,22%
Посты (30д)
13
Символов в посте
829
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
March 06, 07:11
Файлы недоступны
1
3
Открыть в Telegram

⚡️
Oliy taʼlim vazirligi xodimi 100 ming dollar bilan ushlandi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining litsenziyalash boʻlimi yetakchi mutaxassisi
100 ming AQSH dollari olgan vaqtida qoʻlga olindi.
Maʼlum boʻlishicha, u nodavlat oliy taʼlim muassasasiga Surxondaryo viloyatida
filial ochish uchun litsenziyani tez hal qilib berish
evaziga ushbu mablagʻni talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda u
pulni olgan vaqtida
ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib,
qamoq ehtiyot chorasi qoʻllandi.
Tergov davom etmoqda.

@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazas
i

March 05, 11:34
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan TOP-1000 talikka kirgan OTMlar ro‘yxati
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi hamda Oliy taʼlim, fan va iinovatsiyalar vazirligi tomonidan
2026-yil uchun tasdiqlangan
xalqaro
eʼtirof etilgan tashkilotlarning
(Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities)
reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy taʼlim muassasalari
ro‘yxati tasdiqlandi.
Ushbu ro‘yxat 2026-yil uchun e’lon qilingan bo‘lib,
har yili yangilanib
turadi.

@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

March 03, 18:18
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

❗️
Homilador va yosh bolali talabalar uchun yangi imtiyozlar belgilandi
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab homilador talaba-qizlar hamda 3 yoshgacha farzandi bor talabalarga ta’limda quyidagi
yengilliklar
beriladi:
🔹
o‘qishni qayta tiklash:
Kursdan kursga qolgan yoki talabalar safidan chiqarilgan bo‘lsa, istisno tariqasida, fanlar farqini topshirish sharti bilan o‘qishga qaytish imkoni beriladi;
🔹
qo‘shimcha muddat:
Fanlar farqini mustaqil o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha vaqt va sharoitlar yaratiladi.

Yaqin 3 oy ichida yana qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

Akademik ta’tilga chiqqan talaba-onalarga
o‘z xohishiga ko‘ra onlayn
(masofaviy)
shaklda o‘qishni davom ettirish imkoniyati
yaratiladi.

Masofaviy ta’lim yo‘nalishlari va qabul ko‘rsatkichlari aynan
ushbu toifadagi talabalar
uchun ko‘paytiriladi.

Akademik ta’tilga chiqqan yoki o‘qishdan ketgan talaba-onalar bo‘yicha
alohida statistika
yuritiladi.

@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

March 03, 12:33
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Tibbiyot yo’nalishida super-kontrakt bekor qilinmoqda
Muhokamaga qo’yilgan qaror
loyihasiga ko’ra,
2026/2027-o‘quv yilidan
boshlab tibbiyot oliygohlariga
super-kontrakt asosida
o‘qishga kirish mumkin bo‘lmaydi.
Shuningdek, tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlarida
minimal o‘tish balli
70 foiz
(
132,3 ball)
etib belgilanadi. Hozirda minimal o‘tish balli barcha yo‘nalishlar kabi
30 foizni (56,7 ball)
tashkil etadi. Ya'ni tibbiyot oliygohiga kirishni maqsad qilgan abituriyent kontraktga “ilinish” uchun kamida
132,3 ball
to‘plashi kerak bo‘ladi.

@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

March 02, 21:42
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Oliy ta’lim tashkilotlari milliy reytingini yuritish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktorining buyrugʻi, 28.02.2026-yilda roʻyxatdan oʻtgan, roʻyxat raqami 3783.

@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

March 02, 16:19
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

❗️
Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori yangi tahrirda tasdiqlandi
Klassifikatorning yangi tahririga
13 ta yangi bakalavriat
taʼlim yoʻnalishi va
15 ta yangi magistratura
mutaxassisliklari kiritildi. Ular iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan sohalarini qamrab oladi, jumladan:

raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt;

kiberxavfsizlik va axborot tizimlarini himoya qilish;

muhandislik va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish;

zamonaviy iqtisodiyot va innovatsion boshqaruv;

sogʻliqni saqlash va tibbiy texnologiyalar;

ekologiya va barqaror rivojlanish;

kelajak iqtisodiyotini shakllantiradigan boshqa istiqbolli yoʻnalishlar.

@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

February 27, 14:11
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

⚡️
Oliy ta'limda o'qiyotgan har bir kishi ko'rishi lozim bo'lgan video
Oliy ta'lim sizni balkim ish bilan ta'minlab bera olmas, lekin ichingizdagi kuchning uyg'onishiga, ma'naviy kamol topishingizga imkon beradi. Siz oliy ta'limda ma'nan "ulg'ayasiz".

@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

February 26, 12:19
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Nodavlat oliygohlar faoliyati “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi orqali nazoratga olinadi
Muhokamalar portaliga joylashtirilgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining
buyrug‘i loyihasi
ga ko‘ra, nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga oid qonunchilik buzilishi xavfini tahlil etishning elektron tizimini joriy etish
taklif etilmoqda.
Lohiyaga ko‘ra, Tadbirkorlik subyekti qonunni buzish xavfi darajasini tahlil qilish jarayoni “Xavfni tahlil qilish” elektron tizim orqali amalga oshiriladi.
Xavf darajasining tahlili quyidagi maʼlumotlarni oʻrganish asosida elektron tizim orqali amalga oshirish rejalashtirilmoqda:
– maʼmuriy maʼlumotlar (litsenziya yoki tasdiqnoma);
– davriy statistika maʼlumotlari, jumladan, avval huquqbuzarlik holatlari aniqlangan tadbirkorlik subyektini umumlashtiruvchi belgilar, xabarlar va boshqa korrelyatsion tahlil natijalari;
– yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar;
– ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan maʼlumotlar;
– qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan va tadbirkorlik subyektining odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatmagan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Aniqlangan xavf darajasi umumiy ballari asosida tadbirkorlik subyektlari tomonidan
nodavlat oliy taʼlim xizmatlariga oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi quyidagi 3 xil turga tasniflanadi:
🔴
xavfi yuqori
– baholash natijalari boʻyicha 81 va undan yuqori ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
🟠
xavfi oʻrta
– baholash natijalari boʻyicha 61 balldan 80 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
🟡
xavfi past
– baholash natijalari boʻyicha 60 ball va undan kam boʻlgan tadbirkorlik subyektlari.


@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

February 26, 09:27
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚡️
Joriy yildan SAT 1200 balldan yuqori olgan abituriyentlar imtihonsiz talaba boʻladi
Joriy yildan boshlab “Scholastic Aptitude Test — SAT” xalqaro imtihonida 1200 ball va undan yuqori ball olgan abituriyentlar
imtihonsiz toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻshimcha grant asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Bu haqda 25-fevral kuni Bilimni va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkazilgan anjumanda maʼlum qilindi.
SAT sertifikati asosida beriladigan imtiyozdan foydalanmoqchi boʻlgan abituriyentlar oʻz sertifikatlarini DI kodi orqali Agentlikka yuborishlari talab etiladi.
— SAT imtihonlarida natijasi 75 foizi — 1200 ball va undan yuqori natijadagi sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlar imtihonlarsiz oʻqishga qabul qilinadi — dedi agentlik departament boshligʻi Javlonbek Nurmatov.
Bunda sertifikat berilgan fan (matematika va ingliz tili fanlari) bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kirish imtihonlari
fanlari majmuasi tarkibida
mavjud boʻlgan barcha yoʻnalishlar qabul qilinadi.

@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

February 19, 00:59
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram