
Nurafshon shahri hokimligi
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahridagi
“Yangiobod
” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida
egasiz itlar soni ko‘paygani va ular aholiga noqulaylik tug‘dirayotgani
yuzasidan murojaat bildirildi.
Hozirda ushbu holat tegishli mutasaddilar tomonidan o‘rganilib, nazoratga olinganini ma’lum qilamiz.
Nurafshon shaha
r Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i
Saidburxon Saidxodjayev
ning ma’lumot berishicha, mas’ullar tomonidan muammoni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Barcha ishlar maxsus soha mutaxassislari ishtirokida hayvonlarga va atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda amalga oshirilmoqda.
✍️
Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#g‘alaba
Viloyat sharafini himoya qilgan
“Nurafshon” musobaqa chempioni bo‘ldi
🏆
Avval xabar berganimizdek, Jizzax viloyatida professional futbolning quyi pog‘onasidan 1-ligaga o‘tish bo‘yicha turnir tashkil etilgan edi. Musobaqada respublikaning turli hududlaridan kelgan jamoalar o‘zaro kurash olib borib, yuqori ligaga chiqish uchun hal qiluvchi bahslarda ishtirok etdi.
⚽️
Mazkur turnirda viloyat sharafini himoya qilgan Nurafshon shahrining “Nurafshon” jamoasi final uchrashuvida Namangan viloyatining “Barkamol” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Hal qiluvchi bahsda futbolchilarimiz 4:1 hisobda ishonchli g‘alabaga erishib, musobaqa chempioni bo‘ldi.
🎗
Shunday qilib “Nurafshon” jamoasi kelasi mavsum 1-ligada ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
✅
Telegram
🌐
Website
📹
YouTube
✅
Facebook
🕊
Twitter
#Biz_sizni_eshitamiz
🇺🇿
Raqobat qo‘mitasi
“Biz sizni eshitamiz”
muhokama platformasi doirasida turli soha vakillari bilan ochiq uchrashuvlarni o‘tkazib kelmoqda. Ushbu muloqotlar sohalardagi real vaziyatni aniqlash, tadbirkorlarning kundalik faoliyatida uchrayotgan muammolarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqishda samarali natija bermoqda.
🧩
Jumladan, joriy yilning noyabr oyida farmatsevtika sohasi hamda avtomobil benzini bozori vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan takliflar asosida tegishli takliflar Hukumatga kiritildi.
🔎
Yuqorida o‘tkazilgan ochiq muloqotlar har jihatdan manfaatli bo‘lib, jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan ijobiy qabul qilindi. Navbatdagi uchrashuvlar qaysi soha vakillari bilan o‘tkazilishi maqsadga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha
Sizning fikringiz biz uchun muhim.
▶️
So‘rovnomada ishtirok etish
#Bu_muhim
👉
Pensiyaga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha maslahatlar
;
➖
Ish stajlaringiz raqamlashganini doimiy tekshirib boring;
➖
Agar mehnat daftarchangizda yoki boshqa ma’lumotlarda xato bo‘lsa, hozirdan tuzatish choralarini ko‘ring;
➖
Hujjatlaringizni elektron shaklda saqlang — bu kelajakda pensiyaga chiqishni osonlashtiradi;
➖
Agar ish stajingiz yetarli bo‘lmasa, ixtiyoriy ijtimoiy soliqni to‘lash imkoniyatini ko‘rib chiqing (bu orqali staj to‘plash mumkin).
Qo'shimcha savollar uchun:
📞
12-71
Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati
✍️
Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🇸🇱
Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi korrupsiyaga qarshi!
📑
Biz bu - illat (korrupsiya)ga barham berish uchun birgalikda kurashishimiz lozim.
⚠️
Agar Siz tibbiyot muassasalarida korrupsiya bilan bog‘liq holatga duch kelsangiz:
✅
Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi rahbari M.M.Peltabayeva
📱
97-703-47-45
✅
O'rinbosari– S.K.Yakubova;
📱
99-020-82-00
✅
Bosh hamshira N.Yu.Esanbayeva
📱
77-081-50-11
✅
Qabulxona;
☎️
90-670-67-10 qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.
‼️
Bo‘linmamizning respublika bo‘yicha yagona bo‘lgan 1203 raqamli “Ishonch telefoni” yoki
t.me/ssvantikor_bot
telegram botiga murojaat qilishingiz mumkin.
⚠️
Murojaatchining shaxsi qat’iyan sir saqlanishi kafolatlanadi.
📍
Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi
✍️
Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Nurafshon shahrining
"Nurafshon" jamoasi 1-ligaga oʻtish turnirida Oʻzbekiston chempioni boʻldi
⚽️
Taqidrlash marosimidan videolavha.
✍️
Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#OAV_biz_haqimizda
Nurafshon shahrida
"
YURAKDAN YURAKKA
" mavzusidagi xayriya aksiyasi o'tkazildi. Bu haqda
"Sevimli TV
"
telekanalining "Zamon" informatsion dasturi orqali axborot lavhasi efirga uzatildi.
✍️
Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Nurafshon shahrining
"Nurafshon" jamoasi 1-ligaga oʻtish turnirida Oʻzbekiston chempioni boʻldi
⚽️
Taqidrlash marosimidan fotolavhalar.
✍️
Nurafshon shahar hokimligi Axborot
Nurafshon shahrining
"Nurafshon" jamoasi 1-ligaga oʻtish turnirida Oʻzbekiston chempioni boʻldi
⚽️
Jizzax viloyatida oʻtkazilgan
1-ligaga o‘tish turniri finali
da Nurafshon shahrining “
Nurafshon
” jamoasi Namangan viloyatining “
Barkamol
” jamoasi ustidan
4:1
hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi va O‘zbekiston chempioni bo‘ldi.
⚽️
Taqidrlash marosimidan fotolavhalar.
✍️
Nurafshon shahar hokimligi Axborot
#muhim
Navbatdagi "Hokimlik soati" boʻlib oʻtdi
✅
Nurafshon shahar hokimligining majlislar zalida
shahar hokimi Ilxom Klichxanov
navbatdagi "
Hokimlik soati
"ni o'tkazdi. Unda shahar hokimining o‘rinbosarlari, hokimlik apparati xodimlari, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida kun tartibidagi asosiy yo‘nalishlar:
👉
kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish;
👉
aholi uchun zarur oziq-ovqatlarni zaxiralash;
👉
alimentdan qarzdorlikni undirish;
👉
yaqinlashib kelayotgan Yangi yilga tayyorgarlik ko‘rish va boshqa qator masalalar atroflicha muhokama qilindi.
✅
Muhokamalar yakunida barcha mas’ullarga belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
✍️
Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati