Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Nurafshon shahri hokimligi

Nurafshonpressa
Rasmiy sayt: https://nurafshon.uz Instagram: https://instagram.com/nurafshonshaharhokimligi Facebook: https://fb.me/nurafshonshaharhokimligi Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCgd5F Murojaat uchun bot @nurafshonmurojaat2024bot
Подписчики
3 040
24 часа
30
30 дней
-80
Просмотры
534
ER
23,45%
Посты (30д)
253
Символов в посте
775
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
March 10, 16:02
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyevga neft va gaz sohasida belgilangan vazifalar ijrosining holati yuzasidan
hisobot berildi.

Президенту Шавкату Мирзиёеву
доложено
о ходе реализации задач, поставленных в нефтегазовой отрасли.
#Mirziyoyev
#taqdimot
#energetika
#neftgaz
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

March 10, 14:47
Файлы недоступны
7
1
Открыть в Telegram





Ramazon tuhfalari o‘z egalariga yetib bordi
✅️
Muborak Ramazon oyi munosabati bilan O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi tomonidan yurtimiz bo‘ylab barcha mahallalarda istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmalarini yetkazish ishlari amalga oshirilmoqda.
🌀
Bugun Nurafshon shahrida ham ushbu xayriya tadbiri doirasida oziq-ovqat mahsulotlari to‘plamlari 172 ta xonadondagi o‘z egalariga topshirildi. Mazkur xayriya ishlari Mahallalar uyushmasi shahar bo‘limi rahbari Z. Maxsudova, Inson ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari Q. Sijodmonov hamda mahalla yettiligi a’zolari ishtirokida tashkil etildi.
Ular tomonidan ehtiyojmand oilalar, boquvchisini yo‘qotgan xonadonlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar hamda yolg‘iz keksalar uylariga borib, oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
🤔
Bu kabi ezgu tashabbuslar muborak Ramazon oyida saxovat va mehr-oqibat tuyg‘ularini yanada mustahkamlab, jamiyatimizda insonparvarlik qadriyatlarini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Telegram
🌐
Instagram
📹
YouTube

Facebook

March 10, 14:15
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq va suv xoʻjaligi uchun muhandis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar
taqdimoti
bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился
с презентацией
предложений по совершенствованию системы подготовки инженерных кадров для сельского и водного хозяйства.
#Mirziyoyev
#taqdimot
#talim
#kadrlar
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

March 10, 11:57
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

Nurafshonda sovuq havo ta’siriga qarshi profilaktik choralar ko‘rilmoqda
❗️
O'zbekiston Gidrometeorologiya xizmati agentligi axborotiga ko‘ra, joriy yilning 9-12-mart kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi prognoz qilingan edi.

Bahor mavsumida kuzatilayotgan mazkur kutilmagan ob-havo o‘zgarishlarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish hamda shahar hududida ekilgan manzarali ko‘chatlar va gullarni sovuqdan himoya qilish maqsadida keng ko‘lamli amaliy ishlar hamda aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, shahar obodonlashtirish bo‘limi tomonidan shahar bo‘ylab sovuqqa chidamlilik darajasi nisbatan past bo‘lgan manzarali ko‘chatlar va gullar maxsus himoya qoplamalari bilan o‘ralib, sovuq ta’siridan asrash choralari ko‘rilmoqda.
Shuningdek, ko‘chatlarning ildiz qismiga zarar yetishining oldini olish maqsadida maxsus vositalar bilan himoyalanmoqda.

Telegram
🌐
Website
📹
YouTube

Facebook
🕊
Twitter

March 10, 10:26
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram





Nurafshonda “Mobil angiograf” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Nurafshon shahar markaziy shifoxonasida
zamonaviy texnologiyalar asosida ishlovchi
“Mobil angiograf” markazi
o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur markaz
Nurafshon shahri
hamda
O‘rta Chirchiq
tumani aholisi uchun zamonaviy tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
⚡️
Tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun fuqarolar Nurafshon shahar hamda O‘rta Chirchiq tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli KTMP, OP va OShP larda faoliyat yuritayotgan oilaviy shifokorlarning yo‘llanmasi asosida murojaat qilishlari mumkin. Tekshiruvlar tegishli mutaxassislar ishtirokida bepul amalga oshiriladi.
“D” nazoratida turuvchi bemorlar, imtiyozli toifaga kiruvchi fuqarolar, jumladan, 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, nafaqaxo‘rlar hamda tegishli tibbiy reyestrlarda qayd etilgan fuqarolar ushbu tibbiy ko‘rikdan ustuvor tartibda o‘tkaziladi.
🏷
Markaz faoliyati yuqori texnologik tibbiy tekshiruvlarni o‘tkazish orqali turli kasalliklarni erta aniqlash, aniq tashxis qo‘yish hamda samarali davolash imkoniyatlarini kengaytiradi.

Telegram
🌐
Instagram
📹
YouTube

Facebook

March 10, 08:31
Файлы недоступны
7
1
Открыть в Telegram





Nurafshon shahrida sovuq havo ta’siriga qarshi profilaktik choralar ko‘rilmoqda
❗️
O'zbekiston Gidrometeorologiya xizmati agentligi
axborotiga ko‘ra, joriy yilning 9-12-mart kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi prognoz
qilingan edi.
✅️
Bahor mavsumida kuzatilayotgan mazkur kutilmagan ob-havo o‘zgarishlarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish hamda shahar hududida ekilgan manzarali ko‘chatlar va gullarni sovuqdan himoya qilish maqsadida
Nurafshon shahri hokimi
Ilxom Klichxanov
topshirig‘iga asosan keng ko‘lamli amaliy ishlar hamda aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, shahar obodonlashtirish bo‘limi tomonidan shahar bo‘ylab sovuqqa chidamlilik darajasi nisbatan past bo‘lgan manzarali ko‘chatlar va gullar maxsus himoya qoplamalari bilan o‘ralib, sovuq ta’siridan asrash choralari ko‘rilmoqda.
Shuningdek, ko‘chatlarning ildiz qismiga zarar yetishining oldini olish maqsadida maxsus vositalar bilan himoyalanmoqda.
🤔
Hurmatli hamshaharlar! Havo harorati keskin pasaygan davrda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sovuqdan asrash bo‘yicha tavsiya etiladigan agrotexnik tadbirlar haqida mazkur
havola orqali
batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Telegram
🌐
Instagram
📹
YouTube

Facebook

March 10, 07:04
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram





✅️
Bugun, 10-mart Nurafshon shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i Raxmonqulov Gulboy Jonqobilovich tavallud topgan kun.
Hurmatli, Gulboy Jonqobilovich!
Sizni tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz. Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq va barakali umr, oilangizga tinchlik-osoyishtalik tilaymiz.
🏷
Yurtimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, adolat tamoyillarini mustahkamlash yo‘lidagi sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda Sizga ulkan muvaffaqiyatlar, kuch-g‘ayrat va bardavom zafarlar yor bo‘lsin.
Doimo el-yurt hurmati va e’tiborida bo‘lib, ezgu maqsadlaringiz ro‘yobga chiqishini tilaymiz.
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Telegram
🌐
Instagram
📹
YouTube

Facebook

March 10, 06:20
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#diqqat
#eslatma
❗️
Ertaga “Open budjet”da ovoz berish boshlanadi
Bugun, 10-mart soat 23:59 dan so‘ng, 2026-yil 1-mavsum uchun saralashdan o‘tgan loyihalarga ovoz berish jarayoni boshlanadi.
🗳
Ovoz berish 20-mart soat 23:59 gacha davom etadi.

Telegram
🌐
Website
📹
YouTube

Facebook
🕊
Twitter

March 10, 05:02
Файлы недоступны
3
1
Открыть в Telegram





"Kelajak soati"da muhim mavzu: Mehnatning tagi – rohat
🔺
Nurafshon shahridagi
umumta’lim maktablarida har haftaning ilk kunida o‘quvchilar uchun ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan
“Kelajak soati”
mashg‘ulotlari tashkil etib kelinmoqda.
✅️
Ana shunday darslardan biri bugun
Nurafshon shahridagi 4-sonli
umumiy o‘rta ta’lim maktabida
“Mehnatning tagi – rohat”
mavzusida o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga mehnatning inson hayotidagi o‘rni, halol mehnat orqali muvaffaqiyatga erishish hamda har qanday natija ortida tinimsiz mehnat yotishi haqida tushunchalar berildi.

O‘quvchilar tomonidan mavzuga oid maqol va she’rlar aytildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi hamda
“Mehnat – muvaffaqiyat kaliti”
mavzusida erkin fikr-mulohazalar bildirildi.

Telegram
🌐
Instagram
📹
YouTube

Facebook

March 10, 04:24
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram





⚡️
UY-JOY SUBSIDIYASI OCHILMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
24.02.2026 yil kungi 29-son farmoni qabul qilindi
🔷
Farmonga ko‘ra, ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida arizalarni 16 mart kuni soat 09:00 dan boshlab jo‘natish mumkin va arizalar qabul 1-dekabrga qadar davom etadi.
🔷
Arizalarni Davlat xizmatlari markazlari orqali borgan holda yoki Yagona portal (
my.gov.uz
) orqali masofadan turib topshirish mumkin.
❗️
Asosiy talab!
🔷
Subsidiya orqali uy-joy olaman degan talabgorlarning o‘rtacha oylik daromadi:
🔷
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — mehnatga haq to‘lash yeng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha;
🔷
Toshkent shahrida — 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha bo‘lishi kerak.
👉
Batafsil...

Telegram
🌐
Instagram
📹
YouTube

Facebook