Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Toshkent viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi

OTFIV_Toshkent_viloyati
Kasbiy ta’lim agentligining Toshkent viloyati boshqarmasining telegramdagi rasmiy sahifasi Murojaat uchun: ☎️ Tel: (+998) 90 949 67 64 📬 @KORRP_BoT
Subscribers
7 880
24 hours
-2 560
30 days
Unusual 24 hours growth
Post views
382
ER
4,58%
Posts (30d)
72
Characters in post
723
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
February 24, 08:57
Media unavailable
1
Show in Telegram

Texnikum o‘quvchilari uchun “Ishla va sayohat qil (Work and travel)” dasturi asosida olti oy davomida xorijda ishlab, qo‘shimcha daromad topish imkoniyati yaratiladi
Muloqotda o‘tgan yilda
Kasbiy ta’lim agentligi
tashkil qilinib, har bir hududda hokimlar boshchiligida
Kasbiy ta’lim kengashlari
ish boshlagani ta’kidlandi.
Agentlik va hokimlarga qaysi texnikumda kasbga o‘qitish dasturini qayta ko‘rib chiqib, ish beruvchilarning talabiga moslash, qaysi biriga kasb-hunar va “dual ta’lim” bo‘yicha eng yaxshi tajribalarni olib kelish kerakligi va
texnikumlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash
bo‘yicha masalalarni tezkor hal qilib borish topshirildi.
❗️
Hokimlar
texnikum binosi va yerlari boshqa maqsadlarda berilmasligi, direktorlari esa faoliyatiga tegishli bo‘lmagan yig‘ilishga chaqirilmasligi
haqida ogohlantirildi.
Har yili kamida
100 tadan texnikumni to‘liq ta’mirlab, texnologik va talab yuqori bo‘lgan kasblarga mos holda jihozlash
maqsad qilib olindi.

“Dual ta’lim” qamrovini yanada kengaytirish
muhimligi ta’kidlandi.

Har oyda texnikumlarda
“Kasbiy rivojlanish kuni” va mehnat yarmarkalari
tashkil qilinadi.

Texnikumlarga ham oliygohlar kabi
“spin-off” ochishga ruxsat beriladi.
Bunda
o‘quvchilarning startap loyihalariga 1 milliard so‘mgacha
ajratiladi.
📌
Joriy yildan xuddi oliygoh talabalari kabi
texnikum o‘quvchilari uchun ham “Ishla va sayohat qil (Work and travel)” dasturi
asosida olti oy davomida
xorijda ishlab, qo‘shimcha daromad topish imkoniyati
yaratiladi. Bunda dasturda ishtirok etuvchi texnikum o‘quvchilariga
yo‘lkira xarajatlari uchun ssuda ajratiladi
.
#MeningPrezidentim
#YoshlarPrezidenti
Bizni kuzating
Website
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
|
X

February 24, 08:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

Kamida 5 ta bitiruvchini ishga olgan tadbirkorlarga 10 milliard so‘mgacha kredit beriladi
Prezidentimiz yoshlar tadbirkorligi uchun qo‘shimcha 200 million dollar ajratilishini e’lon qildi
.
Har yili
600 ming yoshlar
mehnat bozoriga kirib kelmoqda, 2030-yilga borib, ular
1 millionga
yetadi.
Yoshlarga o‘ziga mos ish topishi uchun sharoit yaratish – eng muhim masala
ekani qayd etildi. Yoshlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning
uchdan biri tadbirkor bo‘lish istagini
bildirgan.
O‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun
kredit miqdori 100 milliondan 300 million so‘mgacha
oshiriladi. Yosh tadbirkorlar loyihalari uchun
10 milliard so‘mgacha kredit
ajratish (hozir 5 milliard so‘mgacha) mumkin bo‘ladi. Innovatsion startap loyihalariga
100 ming dollargacha investitsiya kiritishga
ruxsat beriladi.
Servis va umumiy ovqatlanish sohasida 1 mingdan ziyod ish o‘rni yaratgan mahalliy brendlardan
franshiza olib, filial ochishga qiziqayotgan yoshlar uchun qulay moliyalashtirish paketlari
joriy qilinadi.
Shuningdek
, j
oriy yildan “Kelajak tadbirkori” dasturi
ishga tushiriladi va yosh tadbirkorlarga
7 yil muddatgacha 15 foizli kredit
ajratish boshlanadi.
Xususan, o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga
garovsiz 20 million so‘mgacha
, tadbirkorlik ko‘nikmasiga ega bo‘lib, o‘z biznesini boshlayotganlarga
300 million so‘mgacha
, faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lgan yosh tadbirkorlarga
2 milliard so‘mgacha
, kamida 5 ta bitiruvchini ishga olgan tadbirkorlarga esa
10 milliard so‘mgacha kredit
beriladi.
#MeningPrezidentim
#YoshlarPrezidenti
Bizni kuzating
Website
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
|
X

February 24, 06:47
Media unavailable
1
Show in Telegram

#MeningPrezidentim
#YoshlarPrezidenti
Payshanba — “Yoshlar kuni”!
Mamlakatimizda
har haftaning payshanba kuni
vazirlik, idora va hokimliklarda
“Yoshlar kuni”
bo‘lishi belgilandi.
Shu kuni sohaga mas’ul rahbarlar
mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni eshitadi va muammosini hal qiladi.
Hokimlar
yoshlarbop savdo-servis loyihalarini
qiladi, yoshlarning
ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, kasb va til o‘rganib, ishga kirishi yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga
ko‘maklashadi,
startapchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, alohida mablag‘ va grantlar
ajratadi.
Eng yaxshi tomorqachi, fermer, sanoatchi, startapchi, ijodkor, ma’naviyat va boshqa sohalardagi yoshlar uchun qiziqarli mavzularda tanlovlar va yarmarkalar
o‘tkaziladi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

February 24, 06:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ta’lim sifatini oshirish va bolalarni kasbining ustasi qilish har bir rahbarning ishiga yangicha muhit olib kirishi ta’kidlandi
Muloqotda dunyoda kun sayin
yoshlar ongini egallash bo‘yicha yangi tahdidlar
yuzaga kelayotgan sharoitda
barcha darajadagi rahbarlar yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi ish tizimiga o‘tishi
zarurligi qayd etildi.
“A
lbatta,
yangi metodika va innovatsiya olib kirib, ta’lim sifatini oshirish va bolalarni kasbining ustasi qilish
haqida izlanadigan rahbarning faoliyatida o‘zgarish bo‘ladi, ishiga yangicha muhit kiradi
”,
– dedi davlatimiz rahbari.
#MeningPrezidentim
#YoshlarPrezidenti
Bizni kuzating
Website
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
|
X

February 24, 06:24

Channel photo updated

February 24, 06:22

Channel name was changed to «
Toshkent viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi
»

February 24, 06:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Ko‘ksaroy” qarorgohida
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqoti
boshlandi. Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi studiyalardan uchrashuvda 60 mingdan ziyod yoshlar vakillari ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni samimiy qutladi.
“Yurtimizdagi
22 milliondan ziyod yoshlarimiz
timsolida biz
juda katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni
ko‘ramiz
”,
– dedi Prezidentimiz.
Har bir vazir, hokim, oliygoh rektori, texnikum, maktab direktori va boshqa mas’ullar hududidagi
yoshlarni til va kasb-hunar o‘rganishi, sport bilan shug‘ullanishi, g‘oya, loyiha va startapiga ko‘mak berib, ularni o‘stirishi, ishli va daromadli qilib, birorta yoshni e’tiborsiz qoldirmaslikka
yanada katta mas’uliyat bilan yondashib ishlashi lozimligi qayd etildi.
#MeningPrezidentim
#YoshlarPrezidenti
Facebook
|
Instagram
|
X

February 24, 05:13
Media unavailable
2
Show in Telegram

#ogohlik
Kuchli oila – giyohvandlikka qarshi eng katta qalqon
!

Telegram
🌐
Website
📹
YouTube

Facebook
🕊
Twitter

February 24, 04:59
Media unavailable
1
Show in Telegram

Birozdan so‘ng Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqoti boshlanadi.

Скоро в резиденции «Куксарой» начнется диалог Президента Шавката Мирзиёева с молодежью, посвященный дополнительным возможностям для поддержки ее инициатив.
Facebook
|
Instagram
|
X

February 24, 04:22
Media unavailable
3
Show in Telegram

Texnikumlar bosh o‘qituvchilariga uy-joy sotib olish uchun subsidiyalar ajratiladi
🎞
Subsidiya ajratilish shartlari bilan video orqali tanishing.
❗️
Quyidagi holatlarda subsidiya dasturiy ta’minot tizimi orqali avtomatik ravishda rad etiladi:
🔜
arizadagi ma’lumotlar
videoda aytilgan
ijtimoiy mezonlarning kamida bittasiga mos kelmaganda;
🔜
joriy yilda ajratiladigan subsidiya mablag‘lariga mutanosib ravishda subsidiya soni tugaganda.
🔜
ilgari subsidiyadan foydalangani aniqlanganda
(avval olingan subsidiyali ipoteka krediti so‘ndirilgan va uy-joy boshqa shaxsga begonalashtirilgan taqdirda ham)
;
🔜
subsidiya ajratish to‘g‘risidagi
xabarnomasi amalda
yoki ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lganda.
Qarorga muvofiq ajratiladigan subsidiyalarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan har yili
200 mlrd so‘mgacha
mablag‘ yo‘naltiriladi.
📌
Ma’lumot uchun,
bu turdagi subsidiyani olish uchun yosh chegarasi
60 yosh
etib belgilangan.
Bizni kuzating
Website
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
|
X