
Toshkent viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi
#E’lon
⚡️
Toshkent viloyatidagi texnikumlardagi vakant lavozimlari uchun ochiq mustaqil tanlov
🔰
Toshkent viloyatidagi texnikumlardagi vakant direktor o'rinbosari lavozimi uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qilinadi.
📌
Vakant lavozimlar uchun talabgorlar arizalarni “Oliy va professional ta’lim muassasalarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga hujjatlarni onlayn topshirish platformasi” —
vacancy.edu.uz
sayti orqali topshirishlari mumkin.
Tanlovlarda tegishli malaka talablariga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet el fuqarolari ishtirok etishi mumkin.
⚙️
Toshkent viloyati Kasbiy ta'lim boshqarmasi axborot xizmati.
Bizni kuzating
✅
Telegram
✅
Facebook
🌐
Instagram
📹
YouTube
🌐
Web sayt
Toshkent viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi tomonidan texnikumlarda ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha bosh mutaxassislar uchun seminar o‘tkazildi. Unda boshqarma mas’ullari va yangi tayinlangan xodimlar ishtirok etdi.
Seminarda Kasbiy ta’lim agentligining 2026-yil 19-martdagi 26-son buyrug‘i asosida yangi lavozim vazifalari tushuntirildi. Jumladan, ichki baholash tizimini yo‘lga qo‘yish, ta’lim sifati monitoringi, akkreditatsiyaga tayyorlash va pedagoglar salohiyatini oshirish kabi ustuvor yo‘nalishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir yakunida tajriba almashilib, sohadagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Mazkur seminar bosh mutaxassislar faoliyatini samarali tashkil etish hamda ta’lim jarayoni natijadorligini oshirishga xizmat qiladi.
Toshkent viloyati Kasbiy ta'lim boshqarmasi axborot xizmati.
Bizni kuzating
Telegram
Facebook
Instagram
YouTube
Web sayt
#OAV_nigohida
#fursat_7
“Ochiq eshiklar kuni” va kasblar festivali tashkil etildi
Angren shahar 3-son texnikumida “Ochiq eshiklar kuni” hamda “Men tanlagan kasb — kelajagim poydevori” shiori ostida kasblar festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqida batafsil Nurafshon TV talqinida.
Toshkent viloyati Kasbiy ta'lim boshqarmasi axborot xizmati.
Bizni kuzating
Telegram
Facebook
Instagram
YouTube
Web sayt
Yuqori Chirchiq tuman texnikumida 5-may — “Kasb va mehnat kuni” munosabati bilan “Kasblar festivali” hamda “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur tadbirda hududdagi umumta’lim maktablarining 9–11-sinf o‘quvchilari faol ishtirok etib, texnikumda yaratilgan shart-sharoitlar va ta’lim yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar.
O‘quvchilar tomonidan yaratilgan innovatsion qurilmalar, harakatli maketlar, texnika ijodkorligi mahsulotlari, payvand-konstruksiyalar, elektr va avtomobilsozlik, kompyuter grafikasi, oshpazlik hamda to‘quvchilik yo‘nalishlaridagi ijodiy ishlar tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Shuningdek, texnikum o‘quvchilari tomonidan kasblar yo‘nalishida tayyorlangan badiiy chiqishlar tadbirga o‘zgacha ruh, ko‘tarinkilik va bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
Toshkent viloyati Kasbiy ta'lim boshqarmasi axborot xizmati.
Bizni kuzating
Telegram
Facebook
Instagram
YouTube
Web sayt
Bekobod 1-son texnikumida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
Kuni kecha Bekobod 1-son texnikumida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Tadbirda tumandagi 20 dan ziyod maktab bitiruvchilari ishtirok etib, texnikumda yaratilgan zamonaviy sharoitlar, o‘quv jarayoni va yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, uchrashuv davomida dual ta’lim tizimi haqida batafsil ma’lumot berildi. Mazkur tizim asosida reja bo‘yicha 90 nafar o‘quvchi tahsil olishi belgilangan bo‘lsa-da, hozirda amalda 102 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Bu esa yoshlarning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganidan dalolat beradi.
Tadbir yakunida bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelajakdagi kasb tanlash borasida muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Toshkent viloyati Kasbiy ta'lim boshqarmasi axborot xizmati.
Bizni kuzating
Telegram
Facebook
Instagram
YouTube
Web sayt
Kasbiy mahorat milliy tanloviga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda
❗️
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun
“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari”
kasbiy mahorat milliy tanloviga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni davom etmoqda.
Ushbu tanlov yoshlarning
kasbiy salohiyatini
rivojlantirish,
zamonaviy kasblarni
ommalashtirish hamda
xalqaro maydonda
yurt nufuzini oshirishga qaratilgan.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:
https://Uzskills.uz
📌
Tanlovda ishtirok et, safimizga qo‘shil va Yangi O‘zbekistonni biz bilan birga bunyod et
.
Bizni kuzating
Website
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
|
X
#kun_tartibi
#kasbiy_taʼlim
Yangiyo‘l tumani 2-son texnikumida o‘tkazilgan seminar doirasining ikkinchi qismida boshqarma boshlig‘i N. Kulbekova boshchiligida tizimdagi ijro intizomi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati va ta’lim sifati monitoringi masalalari umumiy muhokama qilindi. Yig'ilish davomida muassasalarda kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlari hamda “Bir kasb — bir yaxshilik” ijtimoiy loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar holatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shu bilan birga, o‘quv jarayoniga zamonaviy nazorat tizimlarini joriy etish, dual ta’lim shaklini kengaytirish hamda qoshimcha til o‘rgatish kurslari faoliyatini jonlantirish masalalari direktorlar ishtirokida muhokama qilindi. Texnikumlardagi moddiy-texnik baza, xususan, axborot texnologiyalari va sport zallari taqdimot orqali ko‘rib chiqilib, mavjud vakant ish o‘rinlarini malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Seminar yakunida barcha mas’ullarga kun tartibidagi masalalar yuzasidan tizimli nazoratni o‘rnatish va belgilangan chora-tadbirlarni sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Toshkent viloyati Kasbiy ta'lim boshqarmasi axborot xizmati.
Bizni kuzating
Telegram
Facebook
Instagram
YouTube
Web sayt
#Kasbiy_taʼlim
🔹
🔹
🔹
🔹
Yangiyo‘l tumani 2-son texnikumida viloyat Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i N. Kulbekova rahbarligida hududiy texnikum direktorlarining navbatdagi seminari bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida muassasada amalga oshirilayotgan ishlar, o‘quv xonalarining jihozlanishi va ta’lim jarayonini tashkil etish holati bilan yaqindan tanishildi.
Seminar ishtirokchilari texnikumda tashkil etilgan dars mashg‘ulotlarini bevosita kuzatdilar. Shu bilan birga, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar, xususan, sport to‘garaklari, shaxmat va shashka mashg‘ulotlari ko‘zdan kechirildi. Ushbu jarayon direktorlar uchun o‘quv metodikasi va ta’lim sifatini ta’minlash borasida o‘zaro tajriba almashish almashish imkoniyatini berdi.
Seminar davomida boshqarma boshlig‘i texnikum o‘quvchilari bilan samimiy muloqot o‘tkazdi. Suhbatda yoshlarning ta’limga bo‘lgan qiziqishlari va kelajakdagi rejalari tinglanib, ularga tanlagan kasblarini puxta egallashlari bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Toshkent viloyati Kasbiy ta'lim boshqarmasi axborot xizmati.
Bizni kuzating
Telegram
Facebook
Instagram
YouTube
Web sayt
#AMIR_TEMUR_690
#ZAKOVAT
Bugun Oqqo‘rg‘on tuman 1-son texnikumida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkorligida Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan “TEMURIYLAR TARIXINI BILASIZMI?” mavzusida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Unda “Liderlar”, “Shunqorlar”, “Kitobxonlar” va “Ziyolilar” jamoalari tarixiy savollar bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Qizg‘in bellashuv yakunida “Liderlar” jamoasi g‘olib bo‘ldi.
Tadbir yoshlarning tarixga qiziqishi va kitobxonlik madaniyatini yanada oshirishga xizmat qildi.
Toshkent viloyati Kasbiy ta'lim boshqarmasi axborot xizmati.
Bizni kuzating
Telegram
Facebook
Instagram
YouTube
Web sayt
Yangi loyiha: "Bir kasb — bir yaxshilik". Yosh ustalar aholi xizmatida
Toshkent viloyatidagi texnikum o‘quvchilari o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha aholi xonadonlariga tashrif buyurib, amaliy yordam ko‘rsatmoqdalar. Yosh ustalar texnikumda o‘rgangan kasbiy bilim va ko‘nikmalari bilan bugun aholining og‘irini yengil qilmoqdalar.
Hozirda davom etayotgan jarayonda elektr tarmoqlari, payvandlash, maishiy texnika va avtomobillarni ta’mirlash bo‘yicha zarur xizmatlar ko‘rsatilib, mavjud muammolar joyida hal etilmoqda. Shu bilan birga, fuqarolarga jihozlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.
Ushbu xayrli tashabbus talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash bilan birga, jamiyatga ijtimoiy ko‘mak berish maqsadini ko‘zlagan.
#BirKasbBirYaxshilik
#KasbBilanYordam
#5MayKasblarKuni
#YoshUstalar
#TexnikumKuchi
Bizni kuzating
Website
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
|
X