Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

OTM_XORAZM
Reklama: @OTM_XORAZM_ADMIN 🏛 Ushbu kanalda Xorazm viloyatidagi oliy ta'lim muassasalari haqida eng so‘nggi ma'lumotlarni berib boramiz!
Subscribers
10 500
24 hours
30 days
-2 900
Post views
1 037
ER
11,07%
Posts (30d)
61
Characters in post
641
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
March 13, 15:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

❗️
2026/2027-o‘quv yilida kirish test sinovlari uchun
javoblar varaqasi namunasi
tasdiqlandi.
#abituriyent
👉
@OTM_XORAZM

March 13, 07:39

Бугун "метан заправкалар" аҳоли учун ишламайди.
Эртадан босқичма-босқич очилади

Энергетика вазирлиги

March 12, 13:19
Media unavailable
3
3
Show in Telegram

🟦
🟦
🟦
👧
“Yoshlar kuni” munosabati bilan mushoira kechalari
o‘tkazilmoqda.
📚
Oliy ta’lim muassasalarida
“Mushoira” klubi
a’zolari ishtirokida navbatdagi uchrashuvlar tashkil etildi. Tadbirlar davomida talabalar o‘z ijod namunalari bilan o‘rtoqlashib, she’riyat, adabiyot va milliy qadriyatlar haqida samimiy muloqotlar olib bordilar.

Samarqand davlat universitetining Urgut filiali

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

Namangan davlat texnika universiteti

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti

Jizzax politexnika instituti

Termiz davlat pedagogika instituti

Jizzax davlat pedagogika universiteti

Guliston davlat universiteti

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti

Urganch davlat pedagogika instituti

“Mushoira” klubi
yosh ijodkorlarning badiiy dunyoqarashini kengaytirib, ularni adabiyot, madaniyat va so‘z sehri orqali birlashtirmoqda.
Bizni kuzating:
📱
Instagram
|
📺
YouTube
|
🕊
Telegram

March 12, 03:56
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

#TTJ
|
#UrDPI
Bugun Urganch davlat pedagogika institutining Talabalar turar joyida yashovchi barcha talabalarga ehson oshi tarqatildi. So'ngra institut rektori va
mutasaddi rahbarlar
TTJda yashovchi talabalar bilan muloqot qildilar.
👉
@OTM_XORAZM

March 12, 03:56
Media unavailable
10
Show in Telegram

#UrDPI
|
#Konferensiya
Bugun
Urganch davlat pedagogika institutida
“Texnologik ta’lim yo‘nalishi mutaxassislik fanlarini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar: dolzarb masalalar, muammo va yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani
bo‘lib o‘tdi.
Anjuman sho‘balari:
✔️
Texnologik ta’lim yo‘nalishida mutaxassislik fanlarini o‘qitishning nazariy va metodologik asoslari;
✔️
Texnologik ta’lim yo‘nalishida mutaxassislik fanlarini o‘qitishning dolzarb masalalari;
✔️
Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning imkoniyatlari;
✔️
Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalari.
👉
@OTM_XORAZM

March 09, 06:32
Media unavailable
2
Show in Telegram

Risola
nima
?
Monografiya
nima
?
Ps: yuqoridagi suratda bu savollarga batafsil javob topishingiz mumkin!
👉
@OTM_XORAZM

March 09, 06:13

⚡️
Talaba almashinuvi yoki akademik mobillik haqida
Akademik
mobillik
– talaba yoki o'qituvchilarning mamlakatidagi yoki xorijdagi OTMlarda kelishuv asosida ma'lum muddat o'qish yoki dars berishini anglatadi.
Mobil talabalar, asosan, 2 guruhga bo‘linadi:
👉
erkin harakatlanuvchilar
– bunday turdagi talabalar o'z xohish va tashabbuslari bilan ta'lim olish uchun boshqa hududlarga borishadi;
👉
dastur doirasidagi talabalar
– bunda OTMning o'zi yoki uning biror fakulteti boshqa OTM bilan kelishgan holda talabalar uchun o'zaro almashinuv dasturlarini amalga oshiradi. Dasturlar milliy va xalqaro darajada ham bo'lishi mumkin.
Talabalar ma'lum muddat boshqa bir OTMda o'qishi uchun eng katta imkoniyat –
talaba almashinuv dasturlari
hisoblanadi.
Bunda talaba o'zi o'qiyotgan OTM bilan hamkor bo'lgan xorij yoki boshqa viloyatdagi OTMlaridan birida ma'lum muddat o'qib qaytishi mumkin.
Almashinuv dasturlari qisqa
– 1 haftadan 3 oygacha, uzogʼi 6 oydan bir yilgacha
bo'lishi mumkin.
Talabalarni o'zaro almashtirish dasturi
– bu turli ta'lim muassalari o'rtasida talabalarni o'zaro ma'lum muddatga almashtirish bo'yicha tuziladigan kelishuvdur. Bu kabi dasturlar oliygoh talabalarini
1 yoki 2 o'quv semestri
davomida xorijda o'qish imkonini beradi. Talabalar almashinuvi oliygohlar orasida tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Bu orqali talaba boshqa viloyat yoki xorijiy OTMda bilim almashish imkoniyatiga ega bo'ladi.
👉
@OTM_XORAZM

March 08, 07:31

Fan doktori  (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya bo’yicha qanday talablar mavjud?
E'lon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 15 tadan kam bo'lmasligi kerak;
Dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida keng muhokamasi asosida kamida 2 ta material (maqola, ma'ruza yoki ma'ruza tezisi) xalqaro konferentsiya materiallari to'plamida e'lon qilingan bo'lishi shart;
Ijtimoiy-gumanitar fanlari sohalari bo'yicha dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya e'lon qilinishi kerak;
Ulardan Ro'yxatga kiritilgan ilmiy nashrlarda kamida 10 ta maqola, ulardan 1 tasi tegishli fan tarmog'i rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ixtisoslashgan ilmiy jurnallarida e'lon qilingan bo'lishi kerak.
👉
@OTM_XORAZM

March 07, 12:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

🏫
Ma’mun universitetida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi
6–7 mart kunlari Ma’mun universitetida “Xalqlar do‘stligi va millatlararo totuvlikni ta’minlashda oliy ta’lim muassasalarining roli” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.
➡️
Tadbirda xorijiy hamkor universitetlar vakillari, xalqaro professor-o‘qituvchilar, mahalliy olimlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etmoqda.
➡️
Konferensiyaning asosiy maqsadi — turli millat va madaniyat vakillari o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, oliy ta’lim muassasalarining millatlararo totuvlikni ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyatini muhokama qilishdan iborat.
➡️
Anjuman doirasida ilmiy ma’ruzalar, amaliy sessiyalar va interaktiv muhokamalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ishtirokchilar universitetda tashkil etilgan yangi Ilmiy-innovatsion markaz hamda til va madaniyat hablarining faoliyati bilan ham yaqindan tanishmoqdalar.
@OTM_XORAZM

March 07, 12:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

💐
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Ma’mun universitetida bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
🌸
🌸
Mazkur bayram kechasi fakultet jamoasi hamda talaba-qizlar uchun quvonchli va unutilmas lahzalarga boy tarzda o‘tdi. Tadbir davomida ayollarga bo‘lgan hurmat va ehtirom yana bir bor o‘z ifodasini topdi.
💐
➡️
Bayram to‘yxonada tashkil etilib, unda talaba-yoshlar hamda ustozlar faol ishtirok etdilar. Kuy-qo‘shiqlar, zamonaviy musiqalar, raqslar va quvnoq chiqishlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
🎶

DJ tomonidan ijro etilgan musiqalar esa bayramona muhitni yanada jonlantirib, tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
➡️
Fursatdan foydalanib, barcha aziz va mo‘tabar ayollarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz. Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik hamda ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
@OTM_XORAZM