Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

OTM_XORAZM
Reklama: @Ilhom_Babajanov 🏛 Ushbu kanalda Xorazm viloyatidagi oliy ta'lim muassasalari haqida eng so‘nggi ma'lumotlarni berib boramiz!
Подписчики
8 130
24 часа
40
30 дней
-2 270
Просмотры
1 496
ER
18,94%
Посты (30д)
34
Символов в посте
1 054
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
April 27, 13:51


9-may munosabati bilan necha kun dam beriladi?
2025-yil dekabrida imzolangan prezident
Farmoni
ga ko‘ra, 2026-yilda haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun
11-may – dushanba kuni
ko‘chirilgan dam olish kuni
sifatida belgilangan. Chunki joriy yilgi 9-may haftaning
shanba kuniga
to‘gʻri kelmoqda.
🔹
Demak, haftasiga
5 kun ishlaydiganlar ketma-ket 3 kun
dam oladi:

9-may, shanba – odatiy dam olish kuni;

10-may, yakshanba – odatiy dam olish kuni;

11-may, dushanba – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan koʻchirilgan dam olish kuni.
🔹
Haftasiga
6 kun ishlaydiganlar esa ketma-ket 2 kun
dam oladi:

9-may, shanba – Xotira va qadrlash kuni – ishlanmaydigan dam olish kuni;

10-may, yakshanba – odatiy dam olish kuni.
👉
@OTM_XORAZM

April 27, 13:49
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

MAQSAD ANIQ

MAVJUD SALOHIYATNI NATIJAGA AYLANTIRISH VA UNIVERSITETNI XALQARO MAYDONDA MUNOSIB O‘RINGA OLIB CHIQISH
Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova
tomonidan ortda qolgan bir oy davomida
universitetning barcha fakultetlari jamoasi
bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazildi. Bu uchrashuvlar oddiy yig‘ilish emas, balki
ochiq muloqot, tahlil va kelajak sari qat’iy tashabbus
bo‘ldi.
Har bir fakultet bilan o‘tkazilgan muloqotlarda professor-o‘qituvchilarning fikr- mulohazalari tinglandi, mavjud muammolar ochiq muhokama qilindi. Eng muhimi,
jamoaning ichki kuchi — ilmiy salohiyati, tajribasi va fidoyiligi yaqqol namoyon bo‘ldi.
Bugun zamon shunchaki bilim emas, balki aniq natija, zamonaviy yondashuv va raqobatbardoshlikni talab qilmoqda. Ana shu haqiqatni chuqur anglagan holda, universitetda yangi bosqich —
tizimli rivojlanish, ochiq va samarali boshqaruv, innovatsion fikrlash sari izchil harakatlar
amalga oshirilmoqda.
Bu uchrashuvlar — jamoani birlashtiruvchi kuch, umumiy maqsad sari yo‘naltiruvchi muhim maydon bo‘ldi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt|
Telegram|
Facebook|
Instagram|
Ln
|
YouTube

April 27, 12:06


9-may munosabati bilan necha kun dam beriladi?
2025-yil dekabrida imzolangan prezident
Farmoniga
ko‘ra, 2026-yilda haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun
11-may – dushanba kuni
ko‘chirilgan dam olish kuni
sifatida belgilangan. Chunki joriy yilgi 9-may haftaning
shanba kuniga
to‘gʻri kelmoqda.
🔹
Demak, haftasiga
5 kun ishlaydiganlar ketma-ket 3 kun
dam oladi:

9-may, shanba – odatiy dam olish kuni;

10-may, yakshanba – odatiy dam olish kuni;

11-may, dushanba – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan koʻchirilgan dam olish kuni.
🔹
Haftasiga
6 kun ishlaydiganlar esa ketma-ket 2 kun
dam oladi:

9-may, shanba – Xotira va qadrlash kuni – ishlanmaydigan dam olish kuni;

10-may, yakshanba – odatiy dam olish kuni.
@OTM_XORAZM

April 27, 03:52

Assalomu aleykum hurmatli professor-o‘qituvchilarimiz va aziz hamkasblarimiz!
So‘nggi bir oy vaqt mobaynida universitetimizning barcha fakultetlari va tuzilmalarida bo‘lib, qariyb ming nafarga yaqin professor-o’qituvchilarimiz hamda besh yuz nafardan ortiq
xodimlarimiz jamoasi bilan yuzma-yuz muloqot qildim.
Har bir uchrashuv men uchun nafaqat tanishuv, balki jamoa haqida tasavvur, faoliyat haqida tahlil va katta ishonch manbai bo‘ldi. Uchrashuvlar davomida Sizlarning bilim va tajribangizni, ilmga bo‘lgan fidoyiligingizni, eng muhimi universitet taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashayotganingizni ko’rdim.
Universitetimiz jamoasi oddiy jamoa emas, ushbu maskanda
ulkan intellektual salohiyatga ega kuchli akademik muhit shakllangan.
Jamoaning kuchli salohiyati bizning eng katta boyligimizdir. Shu o’rinda yana bir muhim masala - hozirgi global raqobat sharoitida faqat salohiyatning o‘zi yetarli emasligini anglash lozim. Bu borada biz jamoamizning ushbu ulkan intellektual salohiyatini
aniq maqsadlar, puxta strategiya va mukammal boshqaruv tizimiga yo’naltirishimiz va shu orqali natijaga erishishimiz shart.
Yurtimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish bevosita
ta’lim va tarbiya tizimini isloh qilib, rivojlantirish
bilan bog‘liq. Bu borada avvalo,
hurmatli
Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyev
tomonidan ta’lim sohasida, xususan oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning mohiyatini chuqur anglagan holda har bir yo‘nalishda
aniq strategik yondashuv
bilan harakat qilishimiz zarur. Biz yangi bosqichga qadam qo‘yishimizda
tizimli rivojlanishga
o’tishimiz muhim. Bunda universitet, har bir fakultet, har bir kafedra, har bir professor-o‘qituvchi o‘z faoliyatini aniq mezonlar va belgilangan indikatorlar asosida tashkil etishi zarur.
Bu borada, avvalo, universitet boshqaruvini
ochiq, samarali va natijaga
yo‘naltirilgan tizimga aylantirish, ta’lim jarayonini
modernizatsiya
qilish, zamonaviy texnologiyalar va raqamli yechimlarni keng joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni
amaliyotga tadbiq
etishni yangi bosqichga
olib chiqish va ilmiy salohiyatni
oshirish,
yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun
real sharoit
yaratish, xalqaro yo’nalishni
ilg‘or xorijiy universitetlar
bilan hamkorlik hisobiga kengaytirish, tarbiyaviy yo’nalishdagi ishlarni
natijadorlik sari
tizimlashtirish hamda moddiy texnik bazani
jahon standartlariga
moslashtirishni rejalashtirganmiz. Eng muhimi, universitetimizni dunyoning TOP-1000 OTMlari qatoriga olib chiqishda
har birimiz
o‘z ustimizda ishlashimiz,
yangilikka
ochiq
bo‘lishimiz,
yuqori natijalarni
o‘zimiz uchun odatiy darajaga
aylantirishimiz lozim.
Qadrli jamoamiz, Sizlarning harakatingiz, salohiyatingiz, tajribangiz va mehnatsevarligingiz bilan
biz ushbu maqsadlarga erishamiz va natija yaratadigan jamoaga aylanamiz.
Birgalikda universitetimizni butun dunyoda tan olingan ilmiy va ta’lim markaziga aylantiramiz!
Hurmat bilan,
Feruza Madrahimova,
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori.
👉
@OTM_XORAZM

April 25, 10:02
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

#Mehnat_yarmarkasi
|
#UrDU
Bugun Urganch davlat universitetida
bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkasi
tashkil etildi.
Yarmarkaning ochilish marosimida
Xorazm viloyati prokurori o‘rinbosari Xudaybergan Norqobilov
hamda
universitet rektori Feruza Madrahimova
soʻzga chiqib, yoshlarni bandligini ta’minlash, bitiruvchilarni mehnat bozoriga samarali integratsiya qilish hamda talabalarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz yuritishdi. Bitiruvchilarni mazkur yarmarka imkoniyatlaridan unumli foydalanishga chaqirishdi.
Mehnat yarmarkasida
viloyatdagi 337 ta tashkilot tomonidan 1452 ta bo‘sh ish o‘rinlari
bilan ishtirok etdi.
Yarmarka yoshlar bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘naltirilishini kuchaytirish hamda ta’lim muassasasi va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
👉
@OTM_XORAZM

April 23, 08:28

❗️
B2 va C1 darajali yoshlar uchun boj va to‘lovlar 50 foizgacha qisqartiriladi
⚡️
Strategiyada
2030-yilga qadar
o‘quv markazlari soni
90 mingtaga
yetkazish,
450 ming
nafar yoshning xorijiy tillar bo‘yicha bilimini B2 darajasiga olib chiqish va 900 ming yoshni
volontyorlik
harakatiga jalb etish maqsad qilingan.
Bunda olis va chekka hududlarda o‘quv markazlarini ochish uchun
300 million
so‘mgacha ssuda
, ijtimoiy faol yoshlarga esa volontyorlik jamg‘armasidan
100 million so‘mgacha grantlar
ajratiladi.
B2
darajadagi sertifikatga ega yoshlar uchun
xorijga chiqish
pasporti boji,
C1
darajasi va tadbirkorlik tashabbuslari uchun esa ayrim davlat xizmatlari to‘lovlari
50 foizgacha
kamaytiriladi.
Hududlarda kitob do‘konlari va “Book-kafe”larni o‘zida jamlagan maxsus
“Yoshlar ko‘chalari”
barpo etiladi. Shuningdek,
yoshlar infratuzilmasining
minimal standartlari belgilanib, har bir hududdan namuna sifatida
“Yoshlar tuman-shaharlari”
tanlab olinadi.
👉
@OTM_XORAZM

April 21, 08:30
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

❗️
Al-Xorazmiy universitetiga qabul davom etmoqda!
Prezident tashabbusi bilan, innovatsion yondashuv va xalqaro tajriba asosida tashkil etilgan universitetda kelajak kasblariga yo‘naltirilgan zamonaviy yo‘nalishlar mavjud:

Sun’iy intellekt

Dron texnologiyalari muhandisligi

Kiberxavfsizlik

Dasturiy ta’minot muhandisligi

Amaliy matematika
📚
Darslar ingliz tilida o'tiladi.
🌍
Talabalar xorijiy hamkor universitetlarda tahsil olish, stajirovka va almashinuv dasturlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega.
⬆️
Bitiruvchilar esa yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassis sifatida mehnat bozoriga tayyor holda kirib boradilar.
Hujjat topshirish uchun
⬅️

Innovatsiya, bilim va katta imkoniyatlar sari ilk qadamingizni bugun qo‘ying!
Al-Xorazmiy universiteti — kelajak liderlari tayyorlanadigan maskan!
📞
Murojaat uchun: +998(62) 227-71-71
🌐
English
🎓
Qabul davom etmoqda!
“Al-Xorazmiy” universiteti talabasi
bo‘ling.
👉
@OTM_XORAZM

April 18, 18:57
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Sport_sog'lik_garovi
🚴‍♀️
Rektor boshchiligida universitet jamoasi velosiped sayrida!
Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova boshchiligida universitetning barcha rahbar xodimlari,
prorektorlar, dekanlar, bo’lim boshliqlari
hamda
faol talaba-yoshlari
ishtirokida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida
qadimiy Xiva shahrida velosiped sayri tashkil etildi.
Ushbu sayr, ayniqsa, dam olish kunidan oldin — Shanba kuniga reja qilingani jamoa uchun ayni muddao boʻldi.
Tarixiy muhit va sof havo bag‘rida o‘tgan ushbu velosayr nafaqat
jismoniy faollikni oshirish,
balki
jamoa o‘rtasida birdamlik, ijobiy kayfiyat va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish
ga xizmat qildi.
Ahamiyatlisi, bunday tashabbuslar universitet jamoasi hayotida yaxshi an’anaga aylanib ulgurdi. Endilikda haftaning ma’lum bir kunida muntazam ravishda tashkil etilayotgan velomarafonlar sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy faollik va ish unumdorligini oshirishda muhim omiliga aylanmoqda.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Ln
|
YouTube

April 17, 11:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🏫
Ma’mun universiteti talabalari —
🇯🇵
Yaponiyada yangi tajribalar sari!
➡️
Hozirda Yaponiya davlatida yapon tili va madaniyatini o‘rganish dasturida ishtirok etayotgan talabalarimiz dam olish kunlarini ham mazmunli va unutilmas tarzda o‘tkazishmoqda.
➡️
Ular Nagoya shahrining mashhur maskanlari — Osu savdo hududi va Nagoya akvariumiga tashrif buyurib, Yaponiyaning betakror muhitini, zamonaviyligi va an’analar uyg‘unligini yaqindan his qilishmoqda.
🌏
Har bir qadam — yangi bilim,

Har bir lahza — unutilmas tajriba!
➡️
Bunday imkoniyatlar talabalarga nafaqat til o‘rganish, balki dunyoqarashini kengaytirish, yangi do‘stlar orttirish va global kelajak sari dadil qadam tashlash imkonini beradi.
🚀
Sen ham orzularing ortidan bor — dunyo seni kutmoqda!
@OTM_XORAZM

April 16, 10:38
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Маъмун университетида халқаро конференция ва замонавий виварий лабораторияси очилди
Урганч шаҳрида жойлашган Маъмун университетида “Замонавий тиббиётнинг долзарб муаммолари: назария ва амалиёт” мавзусида I халқаро илмий-амалий конференция бўлиб ўтди.
👉
https://kun.uz/kr/18654110
@OTM_XORAZM