Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

O'zbekgeofizika

Ozbekgeofizika
Subscribers
1 430
24 hours
30 days
-10
Post views
871
ER
55,45%
Posts (30d)
40
Characters in post
709
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Industry & Engineering
Summary
March 13, 11:12
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

👍
Navro‘z bayrami arafasida 13–14 mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda. Unda “O‘zbekgeofizika” AJ va Jamiyatning barcha filiallari ishchi-xodimlari ham faol ishtirok etib, bino va inshootlar atrofi obodonlashtirildi va hududlar tartibga keltirildi.
✍️
✍️
✍️
👍
В преддверии праздника Навруз 13–14 марта по всей стране проводится общенациональный благотворительный хашар под девизом «Благоустройство Родины начинается, прежде всего, с махалли!». В нем активно участвуют работники АО «Узбекгеофизика» и всех филиалов Общества: благоустроены
территории, прилегающие к зданиям и сооружениям, а также наведён порядок на прилегающих участках.
Sayt|
Telegram|
Instagram|
Facebook|

March 13, 10:44
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz Xalq qabulxonalari faoliyatini yanada kuchaytirish chora-tadbirlarini
belgilab berdi
Prezident Administratsiyasiga hokimlar bilan birgalikda
Xalq qabulxonalariga muammolarning mohiyatini tushunadigan zamonaviy kadrlarni jamlash
,
murojaatlarni tizimli tahlil qilish bo‘yicha alohida nazorat guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yish
topshirildi.
Prezident Administratsiyasi
Kommunikatsiyalar departamenti
har oyda Xalq qabulxonalariga
kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilib, umumlashtiradi, vazirlar va hokimlarga yetkazib, ijrosini nazorat qiladi
.
Odamlar kayfiyatiga ta’sir qilayotgan masalalar bo‘yicha rahbarlar hisobotini
eshitib boradi, eng muammoli masalalar bo‘yicha
takliflarni Hukumatga kiritadi.
Hukumatda vazirlik va idoralarning rahbar xodimlaridan iborat
Tezkor shtab
tuziladi. Ko‘tarilgan masalalar
hudud va tarmoqlar kesimida joyiga chiqqan holda hal qilinadi.
Xalq qabulxonalariga
murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibini buzgan idoralarga majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish
vakolati beriladi.
Kommunikatsiyalar departamentiga
murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha davlat idoralari reytingini yo‘lga qo‘yish va har olti oyda e’lon qilib borish
topshirildi.
Bosh prokurorning komplayens bo‘yicha o‘rinbosari
oldiga bu boradagi
barcha topshiriqlar ijrosini qat’iy nazoratga olish
vazifasi qo‘yildi.
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
X
|
YouTube

March 13, 08:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida
aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish
yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Yurtimiz nufusi
38 milliondan,
mehnatga layoqatli aholi
20 milliondan oshdi
, so‘nggi to‘qqiz yilda
aholi
daromadi 2 karra ko‘paydi.
Xalqimiz og‘irini yengil qilish, ko‘targan masalalariga yechim topish bo‘yicha
vazir va hokimlar mahallaga tushib ishlaydigan tizim
yaratildi. Bu yil ham mahallalarda aholi turmushini yaxshilashga
56 trillion so‘m
ajratilmoqda.
“Endi vazirlar, hokimlar o‘ziga savol bersin:
shuncha imkoniyat bo‘la turib, aholi ko‘targan masalalarga vaqtida yechim topib beryaptimi?
Bundan to‘qqiz yil oldin Xalq qabulxonalari tashkil qilinganda bitta maqsad qo‘yilgan edi:
davlat idoralarini xalqqa yaqinlashtirish.
To‘g‘ri, Xalq qabulxonalari vaqtida samarali ishladi. Lekin
bu idorani ham odamlarning bugungi talabiga mos holda o‘zgartiradigan vaqt keldi

,
– dedi Prezidentimiz.
Bundan keyin
“Har bir inson va xonadon muammosini bilib, vaqtida ko‘mak berishim kerak” degan shior
har bir tuman, shahar, viloyat hokimi, vazir, uning hududiy tashkilot rahbarlarining
bosh qoidasi bo‘lishi zarurligi
qayd etildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

March 08, 04:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaymiz!
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “O‘zbekgeofizika” AJ jamoasi barcha aziz va mo‘tabar ayollarni samimiy muborakbod etadi.
Sizlar jamiyatimizda mehr-oqibat, sabr-toqat va fidoyilik timsolisiz. Oilada farzandlar tarbiyasida, jamiyatda esa turli sohalarda samarali mehnat qilib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, farovonlik hamda kelgusi ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Bahoriy kayfiyat, ezgu orzu-intilishlar va quvonchli lahzalar doimo hamrohingiz bo‘lsin!
Hurmat bilan,
“O‘zbekgeofizika” AJ jamoasi
Sayt|
Telegram|
Instagram|
Facebook|

March 07, 09:07
Media unavailable
5
Show in Telegram

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filialida “ZAKOVAT QUIZ” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Unda filial xotin-qizlari ishtirok etib, qiziqarli va mantiqiy savollar asosida bellashdilar. Yakunda g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, filial kasaba uyushmasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Sayt|
Telegram|
Instagram|
Facebook|

March 07, 08:52
Media unavailable
4
Show in Telegram

🌸
8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan "Oʻzbekgeofizika" AJ ning "Yakkabogʻ geofizika ekspeditsiyasi" filialida bayramona dasturxon yozildi.
Ushbu samimiy tadbir davomida jamoamizdagi aziz va moʻtabar ayollarimizga chuqur hurmat va ehtirom bildirildi. Ularning fidokorona mehnati, sabr-toqati hamda jamiyatimiz va jamoamiz rivojiga qoʻshayotgan ulkan hissasi alohida eʼtirof etildi.
Bayram dasturxoni atrofida samimiy suhbatlar, iliq tilaklar va quvonchli lahzalar hukm surdi. Jamoamizning barcha xotin-qizlarini yana bir bor 8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etamiz!
Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, oilaviy farovonlik va ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz.
Sayt|
Telegram|
Instagram|
Facebook|

March 07, 08:42

O'zbekgeofizika
pinned a photo

March 07, 08:36
Media unavailable
4
Show in Telegram

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tabrik!
“O‘zbekgeofizika” AJning “Buxoro geofizika ekspeditsiyasi” filialida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan samimiy tabriklandi.
Bayram tadbirida filial rahbariyati tomonidan jamoada fidokorona mehnat qilayotgan xotin-qizlarning kasbiy faoliyati, mas’uliyati hamda jamoa rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi. Ularning sharafiga iliq tilaklar bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, jamoada mehr-oqibat, e’tibor va hurmat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Sayt|
Telegram|
Instagram|
Facebook|

March 06, 11:17
Media unavailable
8
2
Show in Telegram

👍

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tabrik!
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan "O‘zbekgeofizika" AJ markaziy apparati hamda jamiyat filiallarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar samimiy tabriklandi.
Bayram munosabati bilan ularga ezgu tilaklar bildirilib, jamiyat rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir davomida xotin-qizlarning fidokorona mehnati, kasbiy mahorati va jamoa hayotidagi faol ishtiroki alohida ta’kidlandi. Ularga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.
Sayt|
Telegram|
Instagram|
Facebook|

March 05, 10:49
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

👍
“Yoshlar kuni” doirasida uchrashuv tashkil etildi
"Yoshlar kuni" doirasida "O‘zbekgeofizika" AJning “Yakkabog‘ geofizika ekspeditsiyasi” filialida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputatlari hamda yoshlar yetakchisi ishtirokida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, yaratilayotgan imkoniyatlar va amaldagi qonunchilik haqida qisqacha ma’lumot berildi.
Uchrashuv yakunida filial yoshlari o‘z savol va takliflarini bildirib, ochiq muloqot shaklida fikr almashildi.
Sayt|
Telegram|
Instagram|
Facebook|