
O'zbekgeofizika
📄
Prezident Administratsiyasi rahbari
Saida Mirziyoyeva:
Mendan ko‘pincha: “Prezidentimiz shuncha kuch va g‘ayratni qayerdan oladilar?” – deb so‘rashadi.
Men doim: “Xalqimizdan”, – deb javob beraman.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
👍
“O‘zbekgeofizika” AJda zamonaviy geofizik majmua ishga tushirildi
“Oʻzbekneftgaz” AJ Bosh geologi N.U. Muxutdinov boshchiligida ishchi guruh hamda “Oʻzbekgeofizika” AJ rahbariyati jamiyatning “Buxoro geofizika ekspeditsiyasi” filialiga tashrifi doirasida 3D seysmik qidiruv “Qorovulbozor” loyihasi uchun moʻljallangan AQSHning INOVA kompaniyasining G3i Next zamonaviy seysmik qidiruv kompleksi ishga tushirildi.
INOVA G3i Next seysmik kompleksining yuqori texnologik imkoniyatlari dala sharoitida koʻp karrali va yuqori aniqlikdagi maʼlumotlarni olish imkonini beradi. Majmuani ishga tushirish jarayonida ishlab chiqaruvchi kompaniyadan jalb etilgan mutaxassislar ham ishtirok etdi.
Dala ishlarini samarali tashkillashtirish uchun barcha texnik va texnologik shart sharoitlar yaratilgan holda, loyihada belgilangan ishlab chiqarish uslubiyoti asosida dala ishlari boshlab yuborildi.
Tashrif yakunida dala ishlarini jadallashtirish, 2026-yilga moʻljallangan ish hajmlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish, shuningdek yangi istiqbolli geologik strukturalarni aniqlash ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.
Sayt|
Telegram|
Instagram|
Facebook|
👍
“O‘zbekgeofizika” AJda sayyor qabullar o
'
tkazildi
23-24 aprel kunlari "O'zbekgeofizika" AJning “Amirobod kon geofizika ekspeditsiyasi” va “Buxoro geofizika ekspeditsiyasi” filiallarida “O‘zbekneftgaz” AJ bosh geologi N.U. Muxutdinov va “O‘zbekgeofizika” AJ Boshqaruv raisi R. A. Yusupjonov raisligida sayyor qabullar o'tkazildi.
Muhokama davomida xizmatlar sifatini oshirish, geofizik xulosalarni o‘z vaqtida yetkazib berish, mutaxassislar malakasini muntazam oshirib borish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini zamonaviy texnika va ilg‘or dasturiy vositalar bilan ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, xodimlarning shaxsiy murojaatlari tinglanib, ularni qonunchilik doirasida ijobiy hal etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Sayyor qabullardan asosiy maqsad – xodimlar bilan ochiq muloqotni ta’minlash, muammolarni joyida bartaraf etish va umumiy ish samaradorligini oshirishdan iborat.
#SayyorQabul
#OchiqMuloqot
#APGE
#BGE
Sayt|
Telegram|
Instagram|
Facebook|
👍
“O‘zbekgeofizika” AJda amaliy seminar o‘tkazildi
28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan 23-aprel kuni “O‘zbekgeofizika” AJda “Sog‘lom psixologik-ijtimoiy muhitni ta’minlaylik” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda jamiyat rahbariyati va xodimlari, shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari O‘. Rashidov, mehnat huquq inspektori M. Mirzayev, mehnat texnik inspektori Sh. Xazratkulov hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yetakchi mutaxassis S. Erbo‘tayev ishtirok etdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori, mehnat qonunchiligidagi yangiliklar, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va ularning oldini olish choralari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, “O‘zbekgeofizika” AJda so‘nggi besh yil davomida ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar qayd etilmaganligi alohida ta’kidlandi.
Seminar doirasida mehnatni muhofaza qilish, ekologiya va sanoat xavfsizligi yo‘nalishlarida ijobiy natijalarga erishgan soha mutaxassislari taqdirlandi.
Yakunda mehnatni muhofaza qilish samaradorligini oshirish, ish beruvchilar va kasaba uyushmalari hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
Sayt|
Telegram|
Instagram|
Facebook|
📢
DIQQAT, E’LON!
Joriy yilning 24-aprel kuni “O‘zbekgeofizika” AJ Boshqaruv raisi R. Yusupjonov rahbarligida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida sayyor qabul o‘tkaziladi.
📍
Soat 09:00 — “Amirobod kon geofizika ekspeditsiyasi”da
Manzil: Buxoro shahri, Sanoatchilar ko‘chasi, 5-uy.
📍
Soat 11:00 — “Buxoro geofizika ekspeditsiyasi”da
Manzil: Buxoro viloyati, Kogon tumani, Geofizika MFY, Konchilar ko‘chasi, 1-uy.
Sayt|
Telegram|
Instagram|
Facebook|
📢
SAMARQANDDA XALQARO FORUM VA YOSHLAR SAMMITI O‘TKAZILADI
✅
2026-yil 20-21-aprel kunlari
Samarqand shahrida BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi
bilan hamkorlikda
“Jamoat salomatligi va xavfsizlgini ta'minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusida global forum
bo'lib o'tadi.
Forumni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad:
➡️
narkotiklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish
samaradorligini
oshirish;
➡️
ilg‘or
xalqaro tajribani tizimli o‘rganish va amaliyotga joriy etish;
➡️
zamonaviy
narkotahdidlarga qarshi kompleks yondashuvlarni
ishlab chiqish;
➡️
giyohvandlikka qarshi kurashda davlatlararo va xalqaro hamkorlikni
mustahkamlashdan iborat.
Tadbirda:
🟢
Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Interpol, Yevropa Ittifoqi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Jahon bojxona tashkiloti hamda shu kabi boshqa 20 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar,
🟢
50 ga yaqin davlatdan
huquqni
muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari,
🟢
500 ga yaqin xalqaro ekspertlar va soha mutaxassislari
ishtirok etishi kutilmoqda.
🔅
Batafsil
〰️
〰️
〰️
〰️
〰️
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
👍
“O‘zbekgeofizika” AJda korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbir o‘tkazildi
Joriy yilning 13–17-aprel kunlari "O‘zbekgeofizika" AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens bo‘limi mutaxassislari tomonidan “Buxoro GE” filialining “Qorovulbozor-2” va “Buxoro–Xiva” dala partiyalari hamda “Amirobod kon-geofizika ekspeditsiyasi” filiali otryadlari ishchi-xodimlari ishtirokida tushuntirish va profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbirda jami 100 nafar xodim qatnashdi.
Tadbir davomida jamiyatning “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”, “Axloq kodeksi” hamda “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish siyosati” talablari, shuningdek korrupsiyaviy harakatlar uchun intizomiy va jinoiy javobgarlik tamoyillari hamda qonunbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish tartiblari tushuntirildi.
Sayt|
Telegram|
Instagram|
Facebook|
“O‘zbekgeofizika” AJda “Yoshlar va rahbar” uchrashuvi o‘tkazildi
"O‘zbekgeofizika" AJda Yoshlar kuni munosabati bilan boshqaruv apparati yoshlari ishtirokida “Yoshlar va rahbar” uchrashuvi tashkil etildi. Unda Jamiyat Boshqaruv raisi R. Yusupjonov hamda yosh xodimlar qatnashdi.
Uchrashuvda Jamiyatning istiqboldagi rivojlanish rejalari, geologiya-qidiruv ishlarini chuqur qatlamlarda kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda yosh mutaxassislarni ushbu jarayonlarga faol jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, raqamlashtirishni jadallashtirish, boshqaruv tizimini takomillashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini masofadan monitoring qilish, qog‘ozbozlikni kamaytirish hamda axborot siyosatini rivojlantirish bo‘yicha yoshlar tomonidan takliflar bildirildi.
Sayt|
Telegram|
Instagram|
Facebook|
👍
“Qorovulbozor-2” loyihasida 3D seysmik qidiruv ishlari o‘rganildi
“Qorovulbozor-2” loyihasi doirasida faoliyat yuritayotgan 3D seysmik qidiruv partiyasiga O‘zbekgeofizika AJ filialining doimiy harakatdagi komissiyasi tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida Jamiyat tomonidan xarid qilingan 4000 kanalli INOVA G3i zamonaviy geofizik majmuasining ishga tushirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aprel oyiga belgilangan reja ko‘rsatkichlarini to‘liq va sifatli bajarish, dala materiallari sifatini qat’iy nazorat qilish hamda mehnat intizomiga rioya etish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Bundan tashqari, xodimlarning mehnat va yashash sharoitlari, mavjud texnika va uskunalarning texnik holati bo'yicha mas’ul xodimlarga aniq ko‘rsatmalar berildi.
Sayt|
Telegram|
Instagram|
Facebook|
👍
“O‘zbekgeofizika” AJda korrupsiyaga qarshi profilaktik seminarlar o‘tkazildi
Joriy yilning 30–4-aprel kunlari "O‘zbekgeofizika" AJ filiallari va partiyalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Seminarlar davomida jamiyatning “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”, “Axloq kodeksi” hamda “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish siyosati” talablari, shuningdek korrupsiyaviy harakatlar uchun intizomiy va jinoiy javobgarlik tamoyillari hamda qonunbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish tartiblari tushuntirildi.
Tadbirlar "O‘zbekgeofizika" AJ Yakkabog‘ GE filialining “Jambulok” va “Sho‘rja” partiyalari, "Farg‘ona GE" filialining “Sharqiy Orol” partiyasi hamda "Ustyurt GE" filialining “Aktumsuq”, “Qoraqalpoq 3-D” va “Ustyurt kon-geofizika” dala partiyalarida tashkil etildi.
Seminar va profilaktik suhbatlarda jami 150 nafar ishchi-xodim ishtirok etdi.
Sayt|
Telegram|
Instagram|
Facebook|