Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

"PAYARIQ VA DUNYO" YANGILIKLARI RASMIY KANALI

Payariqliklar_Rasmiy
2018.18.09 Muallif: © M.M.A Xalqimiz o‘z hayotidan va davlatdan rozi bo‘lib yashashini ta’minlash bugun barchamizning bosh vazifamizdir! Sh.Mirziyoyev Reklama va Takliflar uchun: @Akmalovna7472_Bot @Mitticha7472 Chat @PayariqliklarRasmiy
Subscribers
6 140
24 hours
20
30 days
-1 220
Post views
963
ER
17,41%
Posts (30d)
156
Characters in post
757
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
April 30, 08:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

Payariq tumanida “Yoshlar ovozi” respublika ko‘rik tanloviga saralash bosqichi o‘tkazildi.
Natijalarga ko'ra:
An'anaviy ijro yo'nalishida
10-15 yosh toifasi Suvonova Shaxrinoz "Zarafshon" MFY
16-22 yosh toifasi Yo'ldoshova Malika "M.Ulug'bek" MFY
23-30 yosh toifasi Toshbekov Mansur "Faravon" MFY
Estrada yo'nalishi
10-15 yosh toifasi G'aybullayev Dilshod "Birlashuv" MFY
16-22 yosh toifasi Sadriddinov Zavqiddin "O'ymovut" MFY
23-30 yosh toifasi Mamatqulova Laylo "G'oyib ota" MFY
Opera yo'nalishida
10-15 yosh toifasi Muzrobova Sadoqat "A.Navoiy" MFY
16-22 yosh toifasi Yusupov Ruslan  "A.Navoiy" MFY
23-30 yosh toifasi Ashurov Doston "O'ymovut" MFY
https://t.me/Payariqliklar_Rasmiy

April 30, 08:15
Media unavailable
1
Show in Telegram

☄️
Talabalar uchun xushxabar: to‘lov-kontrakt xarajatlarini qoplashda yordam beriladi!
❗️
Endilikda
“Ijtimoiy reyestr”
ga kiritilgan oilalarning
14 yoshdan 30 yoshgacha
bo‘lgan a’zolari to‘lov-kontrakt summasining bir qismini
“Yoshlar daftari”
jamg‘armasi hisobidan qoplanishiga
onlayn ariza topshirishlari
mumkin.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?
🎓
Mazkur yordamdan faqat
kunduzgi ta’lim shaklida
to‘lov-kontrakt asosida o'qiydigan quyidagi shaxslar foydalanishi mumkin:
🟢
professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari;
🟢
davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalari;
🟢
O‘zbekiston hududidagi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallarida bakalavriat yoki magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar.
🏧
Yordam miqdori to‘lov-kontrakt summasining
50 foizigacha
, biroq
BHMning 50 baravaridan oshmagan
miqdorda qoplab berilishi mumkin.
Arizani ko‘rib chiqish muddati
8 ish kuni
ni tashkil etadi.

Mazkur yordam quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
🗄
ikkinchi va undan keyingi mutaxassislikda tahsil olayotganlar;
🗄
sirtqi, kechki yoki masofaviy ta’lim shaklida o‘qiyotganlar;
🗄
qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha tahsil olayotganlar;
🗄
tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt, ya’ni “super-kontrakt” asosida o‘qiyotganlar.

Jarayon qanday amalga oshiriladi?

Talabgor
my.gov.uz
orqali
onlayn ariza topshiradi.

Ariza
“Mahalla yettiligi”
tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Ijobiy qaror qabul qilingach, mablag‘
ijtimoiy shartnoma shartlarining
dastlabki oyda bajarilish darajasiga qarab,
ta’lim tashkilotining bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi
.
Mazkur imkoniyat yoshlarning ta’lim olishiga ko‘maklashish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ta’lim xarajatlari bo‘yicha moliyaviy yukni kamaytirishga xizmat qiladi.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
LinkedIn
|
X

April 30, 05:09
Media unavailable
1
Show in Telegram

"YOSHLAR OVOZI" KO'RIK - TANLOVINING PAYARIQ TUMAN BOSQICHI O'TKAZILDI.
https://t.me/Payariqliklar_Rasmiy

April 29, 16:05

❤️‍🔥
❤️‍🔥
❤️‍🔥
💙
💙
💙
🕊
Ofitserlar tarkibiga ishga tanlov
e'lon qilindi
Samarqand IIB Xavfsiz turizm ta’minlash bo‘linmalari inspеktori lavozimlariga ishga qabul boshlandi.
➡️
Umumiy talablar:

Harbiy xizmatga borgan;

Samarqand viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan;

yosh chegarasi:
18 - 30 yosh orasi;

Jinsi:
Erkak / Ayol;

bo‘yi:
175 / 180 smdan yuqori;

Maʼlumoti:
Oliy (bakalavr, Magistr);

Arab, nemis, xitoy, turk, fransuz, ingliz
va boshqa chet tillarida erkin tarzda so‘zlasha oladigan fuqarolar.
➡️
Imtiyozlar beriladi:

OTMni imtiyozli diplom bilan tamomlaganlarga;

Prezident stipendiyasi sohiblariga;

Yakka kurash sport turlari bo‘yicha Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi 4 yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi 1 yilda sovrindorlar (1 — 3 o‘rin);

Harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalarida kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lgan ishchilarga;

Xizmat chog‘ida halok bo‘lgan IIO xodimlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari;

“Bir million dasturchi” sertifikatini olganlarga;

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 yanvardagi 23-son qarori bо‘yicha sport sinovlarining maxsus talablarini muvaffaqiyatli bajarganlarga (1, 2 va 3-о‘rin g‘oliblari);

IIV Akademik litseylar va harbiy-akademik litseylar bitiruvchilariga.
👥
Lavozimlar soni - 40 nafar
⌛️
E’lon tugash sanasi: 05.05.2026
✍️
Arizalar
kb.iiv.uz
orqali onlayn yuboriladi.
🇺🇿
IIVga ishga va oʻqishga kiruvchilar uchun mаxsus psixologik test
namunalar
🇺🇿
Ichki ishlar organlariga
nomzodlarni saralab olish bosqichida tushadigan
savollar
😈
IIOga ishga kirishda nomzodlar uchun jismoniy tayyorgarlik
me'yorlari
✔️
https://t.me/Payariqliklar_Rasmiy

April 29, 14:48
Media unavailable
1
Show in Telegram

Payariqda uddaburon "tadbirkorlar" aniqlandi
🔍
Tumandagi 11 ta metan-shoxobcha o‘zaro kelishib, narxni bir vaqtda 300 so‘mga oshirib olgan. Qizig‘i shundaki, qo‘shni tumanlarda narx oshishi kuzatilmagan.
Raqobat qo‘mitasi buni "til biriktirish" deb baholab, shoxobchalarni jarimaga tortdi.
https://t.me/Payariqliklar_Rasmiy

April 29, 11:54
Media unavailable
3
Show in Telegram

#TABRIKLAYMIZ
Samarqand viloyatidagi "Jasorat maktablari" o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan "Jasorat uchqunlari" harbiy sport musobaqasining viloyat bosqichida 16 ta tumanlar aro 80-maktabning 5-J "Jasorat sinfi" faxrli 2-o'rinni olganligi Jasorat sinfi ota onalari hamda o'qituvchilarning faxrli ustozlari maktab ma'muriyati raxbari va CHQBT raxbarini xam ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz. O'quvchi yoshlarning kelajakdagi o'qish faoliyatlariga ulkan zafarlar tilab kelajagimiz avlodlari mana shunday mard jasur og'lonlar qo'lida ekanligidan faxrlanamiz! Jajji bolajonlar biz siz bilan faxrlanamiz!!!
https://t.me/Payariqliklar_Rasmiy

April 29, 06:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

🎉
TUG‘ILGAN KUN!
Bugun Payariq tumani hokimining birinchi o'rinbosari Eshonqulov Shohruh Sobirovichning tug‘ilgan kuni.
Ushbu sana munosabati bilan Shohruh Sobirovichni Payariqdagi ommaviy axborot vositalari jamoasi samimiy muborakbod etadi
https://t.me/Payariqliklar_Rasmiy

April 29, 03:28
Media unavailable
4
Show in Telegram

Chelak eski dexqon bozori yonidagi "Katta tepa" ko'chasi savdogarlar tomonidan o'zlashtirib olingan.
Shafyorlar uchun va piyodalar bemalol harakatlanishini cheklab qo'ymoqda. Savdo rastalarini, butkalarini noqonuniy o'rnatib ko'pchilikning etirozlariga sabab bo'lmoqda. Soliqchilarga olayotgan soliqlaringiz to'g'rimi yoki ko'z yumayabsizlarmi?
Mutasaddi tashkilot rahbarlaridan iltimos qilib qolardikki bunday holatlarga jiddiyroq qarashingizni.
P/s: Bizni shahrimizga kimdur albatta tashrif buyurishi shart emasdur-a? Kattakonlar kelsa yig'ishtiriladi ketishsa yana o'sha rastalar paydo bo'ladi.
https://t.me/Payariqliklar_Rasmiy

April 28, 20:02
Media unavailable
3
Show in Telegram

❗️
Kiberxavfsizlik markazi ma'lumotlari tarqalib ketdi
Noma'lum xaker O'zbekiston Kiberxavfsizlik markaziga aloqador 100 nafar xodimning shaxsiy ma'lumotlarini e'lon qildi.
Haker qo'lida yanada maxfiy ma'lumotlar borligini aytib, ularni 200 ming dollarga baholagan.
Kiberxavfsizlik markazi izoh berib, ma'lumotlar haqiqatan xodimlarga tegishli ekanini tasdiqladi. Biroq ular tizim buzilmagani, ma'lumotlar “boshqa manbalardan” olinganini bildirmoqda.
Ayrim xabarlarda boshqa maxfiy tuzilmalarga oid ma'lumotlar ham borligi aytilmoqda.
🔍
Holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
https://t.me/Payariqliklar_Rasmiy

April 28, 17:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bugun jamiyatimizda tarqalayotgan ayrim gap-so‘zlar yurakni ezadi…
Voyaga yetmagan qizlar taqdiri bilan bog‘liq og‘ir holatlar haqida mish-mishlar yurmoqda. Bu faqat bitta insonning emas, balki butun jamiyatning muammosi.
Qayerda xato qilyapmiz?
Tarbiya yetishmayaptimi?
Nazorat susayaptimi?
Yoki befarqlik kuchayib ketdimi?
Eng achinarlisi — bunday holatlar sodir bo‘lsa ham, ko‘pchilik jim. Kimdir kuladi, kimdir muhokama qiladi, lekin juda kam odam yordam berishga harakat qiladi.
Unutmang:
Har bir qiz — kimningdir farzandi.
Har bir taqdir — muhokama emas, himoyaga muhtoj.
Keling, mish-mish tarqatmaylik.
Aniq fakt bo‘lsa — tegishli organlarga murojaat qilaylik.
Eng muhimi — farzandlarimizni asraylik!
#Oila
#Tarbiya
#Jamiyat
#Ogohlik
https://t.me/Payariqliklar_Rasmiy