Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

"PAYARIQ VA DUNYO" YANGILIKLARI RASMIY KANALI

Payariqliklar_Rasmiy
2018.18.09 Muallif: © M.M.A Xalqimiz o‘z hayotidan va davlatdan rozi bo‘lib yashashini ta’minlash bugun barchamizning bosh vazifamizdir! Sh.Mirziyoyev Reklama va Takliflar uchun: @Akmalovna7472_Bot @Mitticha7472 Chat @PayariqliklarRasmiy
Подписчики
7 560
24 часа
10
30 дней
-484
Просмотры
1 121
ER
13,64%
Посты (30д)
146
Символов в посте
564
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
March 15, 06:24
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

#HASHAR_ELGA_YARASHAR
🌳
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!”
Payariq tumani
Ko‘ltosin mahallasida
gi
Ko‘rsafar qabristonida
obodonlashtirish tozalik va ozodalik ishlari tashkil etildi.
Mahalla Aholisi hamda faollari ishtirokida hashar o‘tkazilib, qabriston hududi tozalanmoqda.
https://t.me/Payariqliklar_Rasmiy

March 14, 15:30
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Tumanda yoshlarning startap g‘oyalari muhokama qilindi
Payariq tumani hokimligi majlislar zalida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda tuman IT markazi hamkorligida tumanda startap g‘oyalarini shakllantirish, mavjud startaplarni qo‘llab-quvvatlash mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarda informatika fani o‘qituvchilari, o‘quvchilar, politexnikum o‘qituvchilari va o‘quvchilari o‘z g‘oyalari bilan ishtirok etdi.
https://t.me/Payariqliklar_Rasmiy

March 14, 10:32
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

😱
ISHONCHDA SMARTFONLAR ARZON NARXLARDA!
Hali ham smartfon uchun oylik maoshingizni yig‘moqchimisiz? To‘xtang!
🛑
ISHONCHda
narxlar shunday arzonlashdi-ki, kelib ko‘rmaguningizgacha ishona olmaysiz.
📱
Eng so'nggi modellar
– cho‘ntakbop narxda.
⚡️
Tezkorlik
– qotmaydigan protsessorlar.
📸
Sifat
– har bir rasmingiz professional fotograflar olgandek.
📢
Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling
va
kuzatib boring
!
Rasmiy sahifalarimiz:
Websayt
|
Instagram
|
Telegram
Batafsil:
📞
+998735152222

March 14, 10:10
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

Navro‘zning asosiy tantanalari qayerlarda bo‘ladi?
💐
Bu yilgi Navro‘z umumxalq bayrami tadbirlari
“Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!”
shiori ostida o‘tkaziladi.
https://t.me/Payariqliklar_Rasmiy

March 14, 09:51

Ochiq budjet – xalq ovozi bilan bunyod bo‘ladigan kelajak
Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan “
Ochiq budjet”
tashabbusi aslida xalq manfaatiga xizmat qiladigan muhim loyihalardan biridir. Bu tizim orqali oddiy fuqarolar ham o‘z hududida qaysi muammo birinchi bo‘lib hal etilishi kerakligini belgilash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Odamlar orasida “
majburiy ovoz yig‘ish
” degan tushunchalar yuribdi Aslida esa bu jarayonning maqsadi — xalqni birlashtirish, muammolarga befarq bo‘lmaslikka chaqirish va har bir hudud uchun eng zarur loyihalarni qo‘llab-quvvatlashdir. Chunki ushbu tanlovda g‘olib bo‘lgan loyihalar katta mablag‘ bilan ta’minlanadi. Bu mablag‘lar esa maktablar ta’miri, mahalla yo‘llarini asfaltlash, ichimlik suvi, bolalar maydonchalari va boshqa zarur infratuzilmalarni yaxshilashga xizmat qiladi.
Agar mahallamiz, maktabimiz yoki ko‘chamiz uchun foydali loyiha taqdim etilgan bo‘lsa, unga ovoz berish — bu majburiyat emas, o‘z hududimiz kelajagi uchun qo‘shilgan hissadir. Bir odamning ovozi kichik bo‘lib ko‘rinsa ham, minglab odamlar birlashganda katta o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.
Shu bois bugun birdam bo‘lish, hamjihatlikda harakat qilish muhim. Agar xalq birlashib, o‘z hududi uchun foydali loyihalarni qo‘llab-quvvatlasa, natijada obod mahalla, ravon yo‘llar va shinam maktablar barpo etiladi.
Zero, yurt taraqqiyoti hamisha xalq ovozi va birdamligi bilan bunyod bo‘ladi
.
https://t.me/Payariqliklar_Rasmiy

March 14, 08:01
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

#Hashar
Atrofi toza va ozoda maskanni ta'limida fayz bo'ladi
Payariq tumani MMTB ga qarashli 15-maktabda hashar tashkil etildi. Maktab direktori Barno Boqieva jamosi bahoriy ko'chatlarni hamda, manzarali gullarni ekish uchun joy hozirlamoqda. Maktabda ikki kun davomida ommaviy hashar kuni e'lon qilingan
https://t.me/Payariqliklar_Rasmiy

March 14, 07:50
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

Navro‘z bayramiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
Payariq tumani hokimligi majlislar zalida tuman hokimi Sh.Xudayberdiyev tomonidan tuman tashkilot va muassasa rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Mazkur yig‘ilishda yurtimizda keng nishonlanadigan 21-mart — Navro‘z umumxalq bayramini tumanimizda yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Bayram tadbirlarini mazmunli va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, hududlarda obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish hamda aholiga bayramona kayfiyat ulashish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga bayram tadbirlarini puxta tayyorgarlik bilan tashkil etish, har bir jarayonda tartib-intizom va sifatga alohida e’tibor qaratish hamda kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
https://t.me/Payariqliklar_Rasmiy

March 14, 00:13
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

☀️
XAYRLI TONG!
Assalomu alaykum! Shanba tongi muborak boʻlsin!
Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli boʻlsin! Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat aslo tark etmasin!
https://t.me/Payariqliklar_Rasmiy

March 13, 14:52
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga qaraganda Payariq tumani madaniyat bo'limi xodimlariga majburan "OPEN BUDGET" uchun ovoz to'plashni majburlashyotgan ekan.
Eng qizig'i Payariq tumanimizni madaniyatini rivojlantirish yoki binolarini tamir talabi uchun yoki o'z o'z uchun emas ekan. Boshqa joyga boshqa mahalla uchun ekan...
Bu qanchalik to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini bilamiz yaqinda, bizni kuzatishda davom eting...
https://t.me/Payariqliklar_Rasmiy

March 13, 12:35
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Hech bir murojaat va muammo e’tibordan chetda qolmaydi
Bugun Payariq tumani Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimining hudud bo‘yicha yordamchisi L.Jo‘rayev hamda tegishli mas’ullar ishtirokida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar diqqat bilan tinglanib, ularning har biri yuzasidan atroflicha muhokama olib borildi. Asosan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlik, uy-joy, kommunal xizmatlar hamda xotin-qizlar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga oid murojaatlar ko‘tarildi.
Mas’ullar tomonidan ayrim masalalarga joyida huquqiy tushuntirish va amaliy ko‘mak berildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa nazoratga olinib, ijrosi yuzasidan aniq muddatlar belgilandi.
https://t.me/Payariqliklar_Rasmiy