Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Караозек хабарлары

QaraozekHakimligi
https://gov.uz/oz/qaraozek https://youtube.com/channel/UCciJD2dexkmrWHcvaonwKDQ https://www.instagram.com/qaraozek_rayoni_hakimligi?igsh=MW5sNjcyZzB5MnI0NQ== https://www.facebook.com/profile.php?id=61560591980198 @Qaraozekhakimligi_bot
Subscribers
44 800
24 hours
30 days
19 590
Post views
2 722
ER
2,63%
Posts (30d)
244
Characters in post
1 036
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
March 13, 13:34
Media unavailable
7
Show in Telegram

#ulıwmaxalıqlıq_shembilik
☘️
Ulıwmaxalıqlıq shembilikke «Ata mákan» MPJ puqaraları da belsene qatnasıp, aymaqtı abadanlastırıw, jap-salmaların tazalaw jumısların alıp bardı.
------
#Umumxalq_hashar
☘️
Umumxalq hasharida «Аta makаn» MFY fuqarolari ham faol ishtirok etib, hududni obodonlashtirish, ariq-zovurlarini tozalash ishlarini olib bordi.
Qaraózek rayonı hákimligi málimleme xızmeti
➡️
@QaraozekHakimligi

March 13, 13:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Ashıq_sáwbet
⚡️
Qaraózek rayonında jumıssız puqaralardı jumıs penen bánt etiw olarǵa jeńilletilgen kereditler járdeminde jumıs baslawına imkaniyat jaratıp beriw maqsetinde, rayonlıq kambaǵallıqtı qısqartırıw hám bántlikke kómeklesiw bóliminiń bas qániygesi V. Qalibekova menen ashıq-sáwbet alıp barıldı.
--------
#Ochiq_suhbat
⚡️
Qorao‘zak tumanida ishsiz fuqarolarni ish bilan band qilish ularga imtiyozli kreditlar yordamida ish boshlashiga imkoniyat yaratib berish maqsadida, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limining bosh mutaxassisi V. Qalibekova bilan ochiq suhbat olib borildi.
Qaraózek rayonı hákimliginiń málimleme xızmeti
➡️
@QaraozekHakimligi

March 13, 11:09
Media unavailable
1
Show in Telegram

Qarshi shahridagi
murojaatlarning 146 tasi oylik maoshlar kechikayotgani bilan bog‘liq.
Hokimning birinchi o‘rinbosari
oylik to‘lamayotgan tashkilotlarning moliyaviy ahvolini tahlil qilib, xomashyo, aylanma mablag‘, infratuzilma, bozor topish bilan bog‘liq masalalarini
hokimning investitsiya bo‘yicha o‘rinbosari va banklar bilan hal qilib beradi.
Oylikni asossiz bermayotgan korxonalardan esa o‘rnatilgan tartibda majburiy undiriladi.
Qarshi shahrida bugungi kunda
35 ming xonadonli 930 ta ko‘p qavatli uy
bor. Ularga
40 ta boshqaruv servis kompaniyasi
xizmat ko‘rsatmoqda. Ularning faoliyatidan
norozilik bildirilgan 111 ta shikoyat
kelib tushgan.
Hokimning qurilish bo‘yicha o‘rinbosari
eng ko‘p murojaat tushgan
Cho‘lquvar, Nuriston, Oydin mahallasiga
borib,
aholi va boshqaruv kompaniyalari bilan uchrashishi
belgilandi. Bunda boshqaruv kompaniyalari puldan qiynalayotgan bo‘lsa, ularga
aylanma mablag‘
topib beradi.
Elektr, yo‘l, suv yoki kanalizatsiya bilan bog‘liq muammolar
bo‘lsa, ushbu masalani Islohotlar shtabiga berib,
investitsiya dasturiga qo‘shimcha kiritadi,
Majburiy ijro byurosi bilan
boshqaruv kompaniyalarining debitor qarzdorligini undirishga ko‘maklashadi.
Facebook
|
Instagram
|
X

March 13, 11:09
Media unavailable
1
Show in Telegram

Murojaatlar bilan ishlashda
“mahalla yettiligi”ning mas’uliyati oshiriladi.
Prezident Virtual qabulxonasida har bir mahalla uchun alohida kabinet
ochiladi. Uni yuritishga
yoshlar yetakchisi bilan mahalla raisi
mas’ul bo‘ladi. Ular kelayotgan murojaatlarning sabablarini o‘rganib, kunlik ma’lumotlarni hokimlarga taqdim qilib boradi.
Mutasaddilarga
“Raqamli mahalla” tizimini Prezident Virtual qabulxonasiga to‘liq integratsiya qilish
topshirildi.
Bundan buyon
murojaatlarni asossiz ravishda quyi tizimlarga ko‘rib chiqish uchun yuborgan tashkilot rahbarlariga keskin chora ko‘rilishi
belgilandi.
Murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun jazo ham kuchaytiriladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

March 13, 11:09
Media unavailable
1
Show in Telegram

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
murojaatlarning
64 foiziga
,
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi 61 foiziga, Transport vazirligi 58 foiziga
yechim berish o‘rniga
yuzaki javob berish bilan cheklangani,
umuman,
bunday misollar barcha vazirliklarda borligi
qayd etildi.
Xalq qabulxonalari yangi ochilganida
murojaatlarning 90-95 foizi shikoyat shaklida bo‘lgan bo‘lsa, hozirga kelib, 60-65 foizga tushdi.
“Bugun
odamlarning dunyoqarashi o‘zgarib, shaxsiy masalada emas, mahallasidagi sharoitni yaxshilash yuzasidan taklif berishni afzal ko‘ryapti.
Lekin
muammosi hal bo‘lmagan odamlar rahbarlar qabulini tashkil qilib berishni Prezidentdan so‘rayapti.
Endi
bu tizim o‘zgaradi
. Hokimlar arizada ko‘tarilgan
masalani hal qilishning o‘zi bilan cheklanmaydi
. Aksincha,
muammoning kelib chiqish sababi bilan ishlashi kerak

,
– dedi davlatimiz rahbari.
Shu bois, sohada yangi tizim joriy qilinib, Xalq qabulxonalari
faqatgina ariza qabul qiluvchi organ emas, balki hududdagi muammolarni diagnostika qiladigan markaz
bo‘lishi belgilandi.
Facebook
|
Instagram
|
X

March 13, 11:09
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz yangi tizim qanday ishlashini
Qarshi shahri misolida
tushuntirib berdi.
O‘tgan yili Xalq qabulxonasiga Qarshi shahri aholisidan kelib tushgan
11 mingta murojaat
tahlil qilindi.
Misol uchun, Qarshi shahridagi
255 nafar odam aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab yurganining sabablari
o‘rganilganda ularning
193 nafari kasb-hunari bor bo‘lgani bilan ishsiz ekani, yana 62 nafari daromadini kamaytirib ko‘rsatayotgani
aniq bo‘ldi.
Bu jarayonda
hokimlik, banklar va hokim yordamchilari, shahar bandlik va MIB bo‘limlari
birgalikda ishlab,
fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qiladi, ishsizlarni hududdagi sanoat va servis korxonalaridagi vakant o‘rinlarga joylashtiradi.
Xorijda ishlash istagida bo‘lgan aliment to‘lovchilar bilan
uch tomonlama shartnoma tuzib, til va kasbga o‘rgatib, xorijga yuqori daromadli ishlarga yuboradi.
Shahar soliq inspeksiyasi esa Bosh prokuratura departamenti bilan birgalikda
daromadini yashirib kelayotganlarning faoliyatini “soyadan” chiqaradi.
Shunda aliment to‘lovchilar qaramog‘ida bo‘lgan
700 ga yaqin bolaning moddiy ta’minoti o‘zgarishi
ta’kidlandi.
Facebook
|
Instagram
|
X

March 13, 11:09
Media unavailable
1
Show in Telegram

Qarshi shahridan Xalq qabulxonasiga
nafaqa bo‘yicha 877 ta murojaat
kelib tushgan.
Mazkur masalada murojaat qilgan
ayollarning muammosini faqat nafaqa to‘lash nuqtayi nazaridan emas, balki boshqa qiyinchiliklari bilan birgalikda kompleks ravishda ko‘rib chiqish zarurligi
qayd etildi.
Shahar hokimining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari
maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan
309 nafar ayolning farzandini bog‘chaga joylashtiradi.
Hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollari bilan
82 nafar ishsiz ayolni kasbga o‘qitib, mahallaning o‘zida ishlashiga sharoit qilib beradi.
159 nafar yolg‘iz onalarning 90 nafariga tadbirkorlikni boshlash uchun, yana 69 nafariga esa faoliyatini kengaytirish uchun imtiyozli kredit
olishga ko‘maklashiladi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan
34 nafar nogironligi bor odamga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
Qarshi shahri hokimiga
har bir ariza va shikoyatni
mana shunday tahlil qilib, mas’ullariga taqsimlab, birinchi yarim yillikda shaharni murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha namunali hududga aylantirish
topshirildi. Bu jarayonda unga
viloyat hokimi, uning o‘rinbosarlari, viloyatdagi tashkilotlar rahbarlari yaqindan ko‘maklashishi
belgilandi.
Umuman,
barcha hududlar va 208 ta tuman-shahar hokimlariga
Qarshi shahri misolida
aytilgan tizimni samarali yo‘lga qo‘yib, odamlarning og‘irini yengil qilish
vazifasi qo‘yildi. Ular bu boradagi
ish rejasini har oy mahalliy Xalq deputatlari kengashlarida tasdiqlatib, aholiga murojaat qiladi.
Xuddi shunday
barcha vazirlar ham o‘z sohasida bo‘layotgan e’tirozlarni kamaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlab
, brifing o‘tkazadi
va
rejalarini odamlarga yetkazadi.
Facebook
|
Instagram
|
X

March 13, 11:09
Media unavailable
1
Show in Telegram

Uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha
Qarshi aholisidan
124 ta murojaat
kelib tushgan.
Qarshi shahrida bu yil
3 ming 700 ta xonadonli ko‘p qavatli uylar qurilishi
reja qilingan.
Hokim o‘rinbosarlari
shahardagi banklar va developerlar bilan birgalikda
uy-joy bo‘yicha murojaat qilganlar bilan birma-bir uchrashadi.
Ularga
yangi qurilayotgan uy-joylarni taklif etadi, kredit, subsidiya bo‘yicha masalalarini tezkorlik bilan hal qilib beradi.
Shahardagi davlat idoralarida
1,5 mingdan ziyod xodim
ishlayapti. Ularning faoliyati bo‘yicha
794 ta shikoyat
kelib tushgan. Masalan
, ichki ishlar xodimlarining muomalasi va tergov sifati yuzasidan 281 ta ariza
yo‘llangan.
Viloyat ichki ishlar boshlig‘ining kadr va jamoat xavfsizligi bo‘yicha o‘rinbosarlari
haftaning bir kunini
yosh tergovchilar, profilaktika inspektori, yo‘l va post-patrul xodimlarini o‘qitish, muomala madaniyatini o‘rgatishga
bag‘ishlaydi.
Xodimlariga nisbatan e’tirozlar ko‘p bo‘lgan
Majburiy ijro byurosi, soliq, elektr, suv va gaz, tibbiyot va ta’lim idoralarining rahbarlari
ham o‘z ishini xuddi shu yo‘sinda tashkil qilishi zarurligi qayd etildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

March 13, 11:09
Media unavailable
1
Show in Telegram

Energetika, yo‘l, suv infratuzilmasi
bo‘yicha 2025-yilda yo‘llangan murojaatlar
109 mingdan oshgan.
Ayniqsa,
Asaka, Shahrixon, Izboskan, Pastdarg‘om, Sho‘rchi, Denov, G‘uzor, Qamashi, Dehqonobod, Sharof Rashidov tumanlari,
Samarqand, Namangan, Termiz, Qarshi va Andijon shaharlarida
infratuzilma bo‘yicha murojaatlar ko‘paygan.
Joriy yil ushbu masalalarni hal qilish bo‘yicha
20 trillion so‘m
berilgan. Hokimlar mazkur mablag‘larni, birinchi navbatda,
eng ko‘p shikoyat tushayotgan mahallalarga yo‘naltirsa, odamlar ham rozi bo‘lishi, murojaat ham qisqarishi
qayd etildi.
Mahalla aholisining og‘irini yengil qilishda
“Tashabbusli budjet” dasturi
katta samara berayotgani
ta’kidlandi.
Lekin infratuzilma masalasida
25 mingta ariza kelib tushgan 2 mingta mahalla biror marta “Tashabbusli budjet”da loyiha joylashtirmagan.
Mutasaddilarga
Xalq qabulxonasiga kelgan murojaatlarni tahlil qilib, mazkur mahallalarga loyiha qilishga ko‘maklashganida edi, bu orqali ko‘plab masalalar joyida hal qilish mumkin bo‘lgani
ko‘rsatib o‘tildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

March 13, 11:09
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz bugun
ijtimoiy-sotsiologik tadqiqot natijalari
davlat siyosati va islohotlarining asosiy yo‘nalishlarini belgilab berishi kerakligini
ta’kidladi. Shu bois,
sotsiologiya fan sifatida qayta tiklandi, oliygohlarda sotsiologlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur ishlarning mantiqiy davomi sifatida
ijtimoiy-sotsiologik tadqiqotlar ko‘lami va sifati oshiriladi
.
Endilikda bir martalik so‘rovlar emas, balki
qayerda ishonch ortayotgani, qayerda zaiflashgani, qaysi qarorlar adolatli, qaysilari odamlarga manfaat keltirmayotgani bo‘yicha doimiy ravishda monitoring va tahlillar
o‘tkaziladi.
Prezident Administratsiyasi
Kommunikatsiyalar departamenti
hamda
Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga hudud va tarmoqlar rahbarlari reytingi metodologiyasini
ishlab chiqib, tahlillar asosida
reytingni shakllantirish
va
muntazam ravishda Prezidentga kiritib borish
topshirildi.
Ijro intizomi masalalari
ham ko‘rib chiqildi. Berilgan
har bir topshiriqning real ijro holati bo‘yicha kundalik nazorat
o‘rnatish,
mas’uliyatni his qilmagan, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlar bo‘yicha tanqidiy, ochiq va xolis axborot kiritib borish
vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilishda mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.
Facebook
|
Instagram
|
X