Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Караозек хабарлары

QaraozekHakimligi
https://gov.uz/oz/qaraozek https://youtube.com/channel/UCciJD2dexkmrWHcvaonwKDQ https://www.instagram.com/qaraozek_rayoni_hakimligi?igsh=MW5sNjcyZzB5MnI0NQ== https://www.facebook.com/profile.php?id=61560591980198 @Qaraozekhakimligi_bot
Подписчики
25 900
24 часа
30 дней
-3 000
Просмотры
1 955
ER
0,05%
Посты (30д)
176
Символов в посте
1 262
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
January 27, 12:31
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

«Eń úlgili kóshe biyi» tańlawınıń jeńimpazları sıylıqlandı
⚡️
Elimizde alıp barılıp atırǵan reformalardıń hár bir máhállede shańaraqlarǵa kirip barıwın támiyinlewde jámietlik qadaǵalawdı kúsheytiw, kóshe biyleriniń jumıs nátiyjeliligin arttırıw, olardı qollap-quwatlaw, sol arqalı olardıń «Máhálle jetiligi» menen tıǵız birge islesiwin támiyinlew maqsetinde, respublikamızda «Eń úlgili kóshe biyi» tańlawın ótkeriw belgilengen.
Bul tańlawdıń Respublikalıq basqıshına rayondaǵı «Jańa Qaraózek» PPJ «Abadan» kóshesiniń biyi O. Eshimbetov qatnasıp 20 million swm, rayonlıq basqıshında, «Ata mákan» MPJ «Aydın keleshek» kóshe biyi J. Ayapbergenov 5 million hám «Qaraózek» APJ «Aziz el» kóshe biyi J. Erimbetov 5 million hám máhálle basqıshında 10 máhálleniń kóshe biyleri, 1 million sumnan aqshalay sıylıqlarǵa iye boldı.
Jeńimpazlardı sıylıqlawǵa Qaraqalpaqstan Respublikası Joqarǵı Keńesiniń komitet baslıǵı Sh. Ótemisov qatnastı.
O‘zbek tilida:
👉
https://gov.uz/oz/qaraozek/news/view/124915
➡️
@QaraozekHakimligi

January 27, 11:10

#Nızamshılıqtaǵı_jańalıqlar
"Haj" hám "Umra"ǵa barıw ushın endi
my.gov.uz
arqalı dizimnen ótiw kerek boladı
"Haj" hám "Umra" ilájların shólkemlestiriw sistemasın sanlastırıw hám jetilistiriwge qaratılǵan Ózbekstan Respublikası Ministrler Kabinetiniń (2026-jıl 24-yanvar. 27-san) qararı qabıl etildi.
Usı hújjet penen respublikamızda
"Haj hám Umra birden-bir portalı"
iske qosıldı. Endi muqaddes zıyaratqa barıw niyetinde bolǵan puqaralar ushın usı portal arqalı dizimnen ótiw májbúriy etip belgilendi.
Qararǵa muwapıq, jańa tártip tómendegi múddetlerden baslap kúshke kiredi:
-
2026-jıl 1-fevraldan baslap - "Haj" ilájına;
- 2026-jıl 1-maydan baslap - "Umra" ilájına barıw ushın portalda dizimnen ótiw shárt.
Zıyaratshılar haqqındaǵı maǵlıwmatlar portalǵa kirgizilmesten turıp saparlardı shólkemlestiriwge jol qoyılmaydı.
_______________________________________
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
"Haj" va "Umra"ga borish uchun endi
my.gov.uz
orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi
"Haj" va "Umra" tadbirlarini tashkil etish tizimini raqamlashtirish va takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (2026-yil 24-yanvar. 27-son) qarori qabul qilindi.
Mazkur hujjat bilan respublikamizda
"Haj va Umra yagona portali"
ishga tushirildi. Endilikda muqaddas ziyoratga borish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun ushbu portal orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy etib belgilandi.
Qarorga muvofiq, yangi tartib quyidagi muddatlardan boshlab kuchga kiradi:

2026-yil 1-fevraldan boshlab — "Haj" tadbiriga;

2026-yil 1-maydan boshlab — "Umra" tadbiriga borish uchun portalda ro‘yxatdan o‘tish shart.
Ziyoratchilar haqidagi ma’lumotlar portalga kiritilmasdan turib safarlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

January 27, 11:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Kiberjinoyatlar
kundan-kunga ko‘payib, uning
turlari 18 tadan 62 taga chiqdi
. Ayniqsa,
shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, sun’iy intellekt orqali ovoz va yuz qiyofasini o‘xshatish, zararli fayllarni tarqatish
avj olyapti.
O‘zlashtirilgan mablag‘lar
kriptovalyuta shaklida chetga chiqarilmoqda.
Bularni
tezkor fosh etish va to‘xtatish uchun
huquq-tartibot xodimlari
kibertexnologiyalar va sun’iy intellektni mukammal egallashi lozimligi
qayd etildi.
Shu bois,
Ichki ishlar vazirligida kiberjinoyatchilik bo‘yicha alohida departament
tashkil qilinadi va unga vazirning o‘zi mas’ul bo‘ladi.
Adliya vazirligida kiberjinoyatchilik va raqamli huquq bo‘yicha alohida boshqarma
ochiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

January 27, 11:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yig‘ilishda so‘nggi paytlarda
jinoiy guruhlar oldi-berdi munosabatlarga, biznes faoliyatga aralashib, tadbirkorlar va investorlarga tahdid solayotgani
qayd etildi.
Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya, AQSh va boshqa davlatlardagi elchixonalarimizda ichki ishlar vakili lavozimi
joriy qilindi. Ushbu vakillar xorijdagi hamkasblari bilan ishlab,
bunday zo‘ravonliklarga nisbatan qonun ustuvorligini ta’minlaydi, yurtdoshlarimizni yot g‘oyalar ta’siriga tushishining oldini oladi.
Mutasaddilarga
transchegaraviy va virtual maydonda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha yaxlit tizimni yo‘lga qo‘yish
topshirildi.
Ichki ishlar vazirligida uyushgan jinoyatchilik bo‘yicha alohida xizmat
tashkil qilinadi.
O‘tgan yili poytaxtda ushlangan uyushgan
jinoiy guruhlar tarkibida 259 nafar “og‘ir” toifadagi yoshlar va sportchilar bo‘lgani o‘ta tashvishli
hol ekani qayd etildi.
Sportchilarning aksariyati ko‘cha bezorisiga aylanib ketayotgani
, joylarda
pul uchun yashirin janglar tashkil qilish
holatlari ko‘paygani qayd etildi.
Mutasaddilarga
bu yo‘nalishda nazoratni ta’minlash
vazifasi qo‘yildi.
Jangovar sport turlari bilan shug‘ullanayotgan yoshlarni kasbga o‘qitib, salohiyatiga mos ish bilan band qilish tizimini
yaratish topshirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

January 27, 11:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Toshkent shahri misolida aytilgan barcha masalalar
butun respublika huquq-tartibot idoralariga birdek tegishli
ekani qayd etildi.
Mas’ul idoralar
uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatchilik va yashirin iqtisodiyot bo‘yicha jilovni qo‘lga olib, xodimlarining dunyoqarashini o‘zgartirsa, ularni yangicha ishlashga o‘rgatsa,
shunda natija bo‘lishi ko‘rsatib o‘tildi.
Shuning uchun
ushbu 4 ta yo‘nalish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim
yaratilib, birinchi navbatda
Toshkent shahrida boshlanadi.
Toshkent shahrida
xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha “poytaxt namunasi”
joriy etiladi.
Har bir vazir bittadan tumanga
biriktiriladi. Masalaning muhimligini inobatga olib,
Prezident Administratsiyasi vakili ham bitta tumanga
biriktiriladi.
Huquq-tartibot oliygohlari
quyidagi
muammolarni ilm bilan hal qiladi va metodik tavsiyasini tumanda joriy etadi.
Oliygoh kafedralari olti oy davomida mahallaga tushib,
“mahalla yettiligi” va huquq-tartibot xodimlarini yagona dastur bo‘yicha o‘qitadi.
Huquq-tartibot oliygohlari 3-4 kurs talabalari
ham dual ta’lim asosida
profilaktika va jamoat tartibini saqlash xizmatlarida amaliyot o‘taydi.
Yangi tizim asosida xavfsiz muhit poytaxtga tutash bo‘lgan va kriminogen vaziyatga ta’sir ko‘rsatadigan
Zangiota, Qibray
va
Toshkent tumanlarida ham yaratiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

January 27, 11:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘tgan yilda poytaxtda
1,5 mingdan ortiq narkotikka ruju qo‘yganlar
rasman ro‘yxatga olingan. Eng achinarlisi,
“soya”da bo‘lgan giyohvandlarning soni bundan ham ko‘p
. Ularning aksariyati
yoshlar.
Ular narkotik uchun oyiga
o‘rtacha 20-25 million so‘m
sarflayapti. Giyohvand mablag‘ topish ilinjida jinoyatga qo‘l urishi tabiiy. O‘tgan yili respublika bo‘yicha
64 nafar shaxs giyohvand modda ta’sirida jinoyat qilgan,
uning uchtadan bittasi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi.
Shu yildan boshlab
narko ekspress-testlardan ommaviy foydalanishga o‘tilishi
belgilandi.
Giyohvandlikka nisbatan toqatsizlik muhitini shakllantirish
maqsadida
Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklarida rahbarning alohida o‘rinbosari
bo‘ladi.
Hokim, oliygoh rektori, texnikum va maktab direktorining o‘rinbosarlaridan biri
bu yo‘nalishga mas’ul etib belgilanadi.
Giyohvandlarni davolashga
eng kamida to‘rt oy vaqt
talab etiladi. Mutasaddilarga
xususiy sheriklik asosida aholiga narkologik xizmat ko‘rsatish
bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

January 27, 11:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“Bilib qo‘yinglar,
davlatning har bir so‘mi bo‘yicha ta’sirchan nazorat
o‘rnatiladi. Javobgarlik muqarrar, jazo qattiq bo‘ladi!”
,
– dedi Prezidentimiz.
Shu bois, yaqinda Administratsiya va davlat idoralarida
komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi
yo‘lga qo‘yildi.
Qisqa muddatda
budjetga tushum, talon-toroj, moliyaviy kamchiliklar bo‘yicha 53 trillion so‘m
va
tashqi savdo operatsiyada 8 milliard dollardan ortiq qarzdorlik
aniqlangani o‘ta ayanchli holat ekani qayd etildi.
Korrupsiyaviy sxemalar bo‘yicha 4,2 trillion so‘m zarar aniqlanib, 1,3 trillion so‘mi undirildi, 55 nafar shaxs qamoqqa olindi.
Masalan,
Ichki ishlar vazirligi tizimida davlat xaridlarida 186 milliard so‘m budjet mablag‘i o‘zlashtirilgani
aniqlanib,
vazir o‘rinbosari B.Abdullayev va departament boshlig‘i R.Tursunovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Umuman,
davlat idoralari va korxonalarida xavfsizlik uchun mas’ullar faoliyatini ham tanqidiy qayta ko‘rib chiqish
vaqti kelgani qayd etildi.
Yana bir alohida masala – huquq-tartibot tizimida
xizmat o‘tash chegarasi polkovniklar uchun 55 yosh, generallar uchun 60 yosh
bo‘lsada, hozir
bu yoshdan oshgan 300 dan ortiq xodim rahbarlik lavozimida ishlayotgani
ko‘rsatib o‘tildi. Vaholanki,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
tizimida rahbar kadrlarning barchasining yoshi
50 yoshdan kichik.

Bizga
yuqori kasbiy kompetensiyalarga ega, talabchan yosh rahbarlar korpusi
kerak
”,
– dedi Prezidentimiz.
Rahbarlikka
yosh kadrlarni qo‘yish,
pensiya yoshidagilarning tajribasidan
murabbiy va o‘qituvchi sifatida foydalanish
yoki
mahallada yoshlarga ustozlik qiladigan tizim yaratish
muhimligi qayd etildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

January 27, 11:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezidentimiz yangi tizimni
Chilonzor tumani misolida
tushuntirib berdi.
O‘tgan yili tumanda oldini olish mumkin bo‘lgan
1 ming 407 ta jinoyat
sodir etilgan. Ularning
40 foizi mahalla hududida
bo‘lgan. Yoki o‘g‘rilik, talonchilik, tan jarohati, bezorilik kabi jinoyatlar
asosan tungi vaqtda
sodir etilmoqda.
Shu bois,
jamoat xavfsizligi kuch-vositalarini boshqarish yangicha tashkil qilinadi.
Patrul-post, yo‘l-patrul, qo‘riqlash va profilaktika xizmatlari tun-u kun 3 smenali xizmat rejimiga o‘tadi
hamda
70 foizi soat 17 dan tungi 3 gacha patrullik
qiladi. Patrul guruhlari huquqbuzarlik to‘g‘risida xabar kelib tushganda,
voqea joyiga 5 daqiqa ichida yetib keladigan tizim
bo‘ladi.
Tumandagi
5 ta ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosarlari tungi xizmatni bevosita mahallalarda
tashkil qiladi. Ular tungi vaqtda
o‘z boshliqlariga berilgan barcha vakolatga ega bo‘ladi, mustaqil qaror qabul qiladi va mas’uliyatni ham to‘liq zimmasiga oladi.
Bundan buyon
tuman ichki ishlar jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari va 5 ta ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosarlari boshqa ishlarga umuman jalb qilinmaydi.
Ularning faoliyati
faqat vazirning buyrug‘i
bilan tartibga solinadi.
Facebook
|
Instagram
|
X

January 27, 11:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Shaharda jinoyatchilardan olib qo‘yilgan
sintetik moddalar
so‘nggi besh yilda
11 karra
oshgan.
Sintetik narkotiklarning 95 foizi
internet orqali tarqatilib, to‘lov kriptovalyutada bo‘layotgani, narkolaboratoriyalar mamlakat ichida ochilayotgani
qayd etildi.
Shuningdek, qonunchilikda
davlat organlarining bu boradagi vazifalari ham aniq ko‘rsatilmagan.
Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi faqat tahlil va xalqaro hamkorlik bilan cheklanib qolgani
tanqid qilindi.
Endilikda
agentlikning mas’uliyati kuchaytirilib, unga mutasaddi idoralar ishini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va baho berish vakolati
beriladi. Agentlik
barcha kuch va vositalarga
ega bo‘ladi.
Agentlik rahbari R.Mamatov
faoliyatida o‘zgarish qilmasa, lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqilishi haqida ogohlantirildi.
1999-yilda qabul qilingan
narkotiklar haqidagi qonunni yangidan ishlab chiqish zarurligi
qayd etildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

January 27, 11:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga tungi xizmatining har soatiga bazaviy hisoblashning 5 foizi miqdorida kompensatsiya
to‘lanishi belgilandi.
Aholining huquqlarini ta’minlash va qulay sharoit yaratish maqsadida
sudlar, advokatura, sud-tibbiy ekspertizaning ham markazlashgan tungi navbatchiligini tashkil etish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish
topshirildi.
Ilg‘or tajriba asosida
aholi gavjum joylarda dron yordamida patrullik kuzatuvi
yo‘lga qo‘yiladi.
Chilonzor tumani ichki ishlar xodimlari
sohasi va hududidan qat’i nazar, fuqaro murojaatini qabul qiladi,
ko‘chada
formali xodimga qilingan murojaat “102”ga xabar bergan bilan teng bo‘ladi.
Tumandagi barcha
55 ta mahalladagi profilaktika inspektorining xizmat xonasi eshigi
u bilan tezkor bog‘lanish uchun
aloqa tugmasi
bilan jihozlanadi. Ya’ni profilaktika inspektori qayerda bo‘lmasin,
aholi uni qo‘l telefoni va planshetiga tun-u kun bog‘lanishi mumkin bo‘ladi.
Profilaktika inspektori uchun zamonaviy, xalqqa yoqadigan ko‘rinishda formani tayyorlash topshirildi. Inspektorlarning ishi raqamlashtiriladi,
“ovozli tushuntirish xati” olish amaliyoti
yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, tuman ichki ishlar tergov bo‘limida materiallarni ko‘rib chiqadigan
tergovga qadar tekshiruv guruhlari
tuziladi.
Bundan buyon profilaktika inspektoriga
KPI qo‘yishda protokol tuzish mezon bo‘lmaydi.
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonun
ham juda deklarativ yozilgani, haqiqiy holat asosida amalda ishlaydigan yangi qonun loyihasini ishlab chiqish,
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksni
ham profilaktikaga yo‘naltirgan va ta’sirchanligini oshirgan holda yangilash muhimligi ta’kidlandi.
Facebook
|
Instagram
|
X