
Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat.
#Konstitutsiya
Bu yil Konstitutsiya kuni har qachongidan oʻzgacha nishonlanmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev farmoyishi bilan
Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi
tasdiqlandi.
Farmoyishga belgilanganidek, ta’lim tashkilotlarida Konstitutsiya darslari atoqli huquqshunoslar, olimlar, sud va adliya tizimi, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbar va xodimlari ishtirokida o‘tkazilmoqda.
“Kelajak soati”
darslaridan biri
“Mening huquqlarim”
deb nomlanib, har bir bogʻcha, maktab, OTMda ta’sirli, mazmunan boy va kreativ kontentlar orqali oʻtib berildi.
Bulardan maqsad bitta: oʻquvchi-yoshlar, farzandlarimiz, pedagoglar oʻzining konstitutsion huquqlarini yaxshi bilsin, oʻrgansin. Zero, davlatimiz rahbari bayram tabrigida alohida ta’kidlaganlaridek, yoshlarimizga Asosiy qonunimizning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rgatish, ularni konstitutsiyaviy qadriyatlar asosida yuksak ongli va vatanparvar fuqarolar, siyosiy tafakkur va huquqiy madaniyat egalari etib tarbiyalash oldimizda turgan g‘oyat muhim vazifadir.
Konstitutsiya – huquq va erkinliklarimiz kafolati.
Huquqlarimizdan samarali foydalanaylik, erkinliklarimizni qadrlaylik, burchlarimizni yodda tutaylik!
Hilola Umarova,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari
@hilola_umarova
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиёевнинг Конституция куни муносабати билан Ўзбекистон халқига
байрам
табриги
✅
Kun mavzusi
#Taqdirlash_asosiy_olimpiada
#Sarhisob
♾
Asosiy fan olimpiadaning uchinchi (viloyat) bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
💠
Olimpiada natijalariga ko‘ra, Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining bir qator o‘quvchilari faxrli o‘rinlarni egalladi.
Jumladan:
🥇
9-sinf —
Tolmasov Arslon
Matematika fanidan faxrli
1-o'rin;
🥇
9-sinf —
Eshmuhammadova Muslima
Biologiya fanidan faxrli
1-o'rin;
🥇
10-sinf —
Tog'ayev Suxrobjon
Fizika fanidan faxrli
1-o'rin;
🥈
10-sinf —
Yoqubov Baxtiyor
Informatika va AT fanidan faxrli
2-o'rin;
🥉
9-sinf —
Alimardonov Shahzod
Fizika fanidan faxrli
3-o'rin;
🥉
9-sinf —
Shoqosimova Farangiz
Rus tili fanidan faxrli
3-o'rin;
🥉
10-sinf —
Sharipov Murodbek
Matematika fanidan faxrli
3-o'rin;
🥉
10-sinf —
Toshpo'latova Iroda
Ona tili fanidan faxrli
3-o'rinni
qo'lga kiritdi.
✅
G‘olib o‘quvchilarimizni chin dildan tabriklaymiz, kelgusidagi o'qish va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🏢
Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling
🚀
https://t.me/Qarshi1son
📚
8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
💠
Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ushbu muhim sana munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
💠
Tadbir davomida o‘quvchilarga Konstitutsiyaning yaratilish tarixi, uning asosiy bo‘lim va moddalarining mazmuni hamda davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.
💠
O‘quvchilar mamlakatimizning Bosh Qonuni – Konstitutsiya fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi ahamiyati borasida o‘z fikrlarini bildirib, savol-javoblarda faol ishtirok etdilar.
🇺🇿
Tadbir yoshlar ongida huquqiy madaniyatni oshirish, Vatanga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
✅
Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling
👉
📱
https://t.me/Qarshi1son
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i
S. Nuriyev
Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurib, yuqori sinf o‘quvchilariga
“Mening huquqlarim”
mavzusida dars o‘tdi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilarga Yangi tahrirdagi
Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati
, undagi asosiy tamoyillar va ularning hayotimizdagi o‘rni batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, yoshlarga Bosh Qomusimizda belgilangan
asosiy huquq va kafolatlar
, fuqarolarning qonunlarga rioya qilishi va ularni hurmat qilishning muhim jihatlari haqida ham atroflicha ma’lumot berildi.
Mazkur dars o‘quvchi yoshlarning
huquqiy savodxonligini oshirish
, ularda qonun ustuvorligi va mas’uliyat hissini shakllantirishga xizmat qildi.
🏢
Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling
👉
https://t.me/Qarshi1son
#Muzeyga_sayohat
Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilari respublikamizdagi muqaddas qadamjolardan biri, vatandoshimiz, ulug' alloma Abu Muin Nasafiy majmuasiga sayohat qildilar.
Sayohat davomida o‘quvchilar Abu Muin Nasafiy hayoti va ilmiy merosi bilan yaqindan tanishib, u zotning islom falsafasi, kalom ilmi rivojiga qo'shgan ulkan hissasi, shuningdek, asarlari orqali jahonga yoyilgan ma’rifat nurlari haqida ma'lumotlarga ega bo'ldilar.
Majmua hududida joylashgan qadimiy meʼmoriy inshootlar, xususan, xonaqo va toshquduqdagi nafis naqshlar, arabiy yozuvlar, tarixiy yodgorliklar o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi. Ular o‘zbek xalqining boy ilmiy va madaniy merosi bilan yana bir bor faxrlandilar.
Bunday ilmiy-maʼrifiy tashriflar o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, tarix va maʼnaviyatga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🏢
Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling
👉
https://t.me/Qarshi1son
Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati – 7-Tabiiy sinf laboratoriya mashg‘ulotida 7-Tabiiy sinf o‘quvchilari “Kimyoviy reaksiya alomatlari” mavzusida amaliy laboratoriya mashg‘ulotini o‘tkazdilar. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar turli kimyoviy jarayonlarni bevosita kuzatib, ularning asosiy belgilarini chuqur o‘rgandilar
.
🔹
Mis(II) gidroksit cho‘kmasining hosil bo‘lishi
Reaksiya jarayonida ko‘k rangli cho‘kmaning paydo bo‘lishi orqali modda tuzilishining o‘zgarishi kuzatildi.
🔹
Metallning kislota bilan reaksiyasi
Tajriba davomida vodorod gazining ajralib chiqishi va uning faol harakati o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
🔹
Magniy lentasining yonganda yorug‘lik chiqarishi
Kuchli yaltirab yonish jarayoni kimyoviy reaksiya natijasida energiya ajralishining yorqin namunasi sifatida namoyon bo‘ldi.
🧪
Ushbu laboratoriya mashg‘ulotlari o‘quvchilarning kimyoviy jarayonlarni tushunishi, kuzatuvchanligi va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
🏢
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda maktab psixologlari uchun Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.
♾
Ushbu seminar
Shodmonov O‘ktam Rustamovich
tomonidan ta’lim jarayonida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan hamda maktab-internatining psixologi
Asliyev Maratbek
O‘ktam
o'g'li
tomonidan psixologlar faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalarni yoritishga bag‘ishlandi.
💠
Tadbirda ta’lim muassasalarida sog‘lom ma’naviy muhitni yaratish, o‘quvchilarda milliy qadriyatlar, vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, odob-axloq me’yorlariga hurmat va jamoaviy birdamlikni shakllantirishga doir tizimli yondashuvlar ilmiу-nazariy asoslarda tahlil qilindi.
💠
Seminarning asosiy maqsadi — o‘quvchi shaxsini komil, ongli va ijtimoiy faol etib tarbiyalashda zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda samaradorligi isbotlangan ma’naviy-ma’rifiy mexanizmlarni amaliyotga tatbiq etishdan iborat bo‘ldi.
💠
Ishtirokchilar tomonidan ilg‘or tajribalar, amaliy yechimlar, innovatsion pedagogik qarashlar va ma’naviy tarbiya jarayonining konseptual asoslari bo‘yicha o‘zaro fikr almashinuvi seminar mazmunini yanada boyitdi.
💠
Uchrashuvdagi samimiy ilmiy muloqot, o‘zaro hurmat va ijodkorlik ruhini uyg‘otgan muhiti — soha mutaxassislarining uzoq yillik tajribasini yangi fikrlar bilan boyitdi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida yangicha qarash va turtki berdi.
🏓
Aniq maqsad, ta’sirchan mazmun va o‘ziga xos ma’rifiy ruh bilan o‘tgan ushbu seminar — ta’lim-tarbiya jarayonida ma’naviy yuksalish sari qo‘yilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri bo‘lib tarixga kirdi.
🏢
Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling
👉
https://t.me/Qarshi1son
Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi Qarshi shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 17-sentabrdagi 391-sonli buyrug‘i hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2025-yil 20-oktabrdagi 162-AF-sonli buyrug‘i ijrosi doirasida targ'ibot uchrashuvlar tashkil etildi.
Tadbir davomida 4- va 6-sinf o‘quvchilariga:
✔️
Maktab-internat faoliyati
✔️
Yaratilgan shart-sharoitlar
✔️
O‘quv jarayonining o‘ziga xos jihatlari
✔️
2026-yil qabul imtihonlari va talablari haqida batafsil ma’lumotlar yetkazildi.
🎓
Ushbu tadbirlar iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun sifatli ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
🏢
Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling
👉
https://t.me/Qarshi1son