Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat.

Qarshi1son
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy Telegram sahifasi.
Подписчики
1 720
24 часа
30 дней
-10
Просмотры
790
ER
46,28%
Посты (30д)
28
Символов в посте
844
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
April 14, 13:24
Файлы недоступны
9
Открыть в Telegram

#Robo_Coding_gʻoliblari
“ROBO-CODING” OLIMPIADASINING HUDUDIY BOSQICHI GʻOLIBLARI ANIQLANDI
🤖
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida
"Robo-Coding"
olimpiadasining
hududiy
bosqichi 13-14-aprel kunlari Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur olimpiada yoshlarning dasturlash, robototexnika, muhandislik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazildi.
Yakuniy natijalarga ko'ra,
5-8-sinflar bo‘yicha:
🥇
1-o‘rin:
Qarshi shahridagi PM jamoasi
;
🥈
2-o‘rin:
Qamashi tuman IM
jamoasi;
🥉
3-o‘rin:
Qarshi shahar 1-son IMI jamoasi
.
9-11-sinflar bo‘yicha:
🥇
1-o‘rin:
Qarshi shahar 1-son IMI jamoasi
;
🥈
2-o‘rin:
Qarshi tuman IM
jamoasi;
🥉
3-o‘rin:
Qarshi shahridagi PM jamoasi
.
👏
Barcha g‘oliblarni
tabriklaymiz
va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
Maktabning rasmiy telegram sahifasi

April 12, 17:06
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🔈
#Robo_coding_olimpiadasi
📣
#Hududiy_bosqich
🆕
Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining Robototexnika to‘garagi a’zolari 5-8-sinflar yo‘nalishi bo‘yicha “Robo-coding” olimpiadasining hududiy bosqichiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.
🤖
🔖
O‘quvchilar ushbu jarayonda dasturlash, mantiqiy fikrlash hamda zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini yanada mustahkamlab, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etishga astoydil harakat qilmoqda.
📲
Bizni kuzatib boring:
✈️
@Davron_ustoz_ixtirolari

April 12, 17:06
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🔈
#Robo_coding_olimpiadasi
📣
#Hududiy_bosqich
🆕
Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining Robototexnika to‘garagi a’zolari 9-11-sinflar yo‘nalishi bo‘yicha “Robo-coding” olimpiadasining hududiy bosqichiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.
▶️
O‘quvchilar ushbu jarayonda dasturlash, mantiqiy fikrlash hamda zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini yanada mustahkamlab, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etishga astoydil harakat qilmoqda.
✔️
Bizni kuzatib boring:
✈️
@Davron_ustoz_ixtirolari

April 10, 12:33
Файлы недоступны
9
Открыть в Telegram

#Amir_Temur_tavalludining_690_yilligi
Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbir yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
Tadbir davomida
Amir Temur
ning hayoti, davlat boshqaruvidagi o‘ziga xos siyosati, harbiy san’atdagi yuksak mahorati hamda ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
O‘quvchilar tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, she’rlar va badiiy chiqishlar orqali buyuk ajdodimiz siymosiga yuksak ehtirom ko'rsatildi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘quvchilarning tarixga bo‘lgan qiziqishini oshirish, buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganishga undashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Maktabning rasmiy telegram sahifasi

April 10, 02:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📢
Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Robototexnika va texnologiya fanlari doirasida 5–8-sinf o‘quvchilari birgalikda qiziqarli loyiha ustida ishlamoqdalar
🤖
🔧
Hozirda o‘quvchilar LEGO konstruksiyalari yordamida turli xil mexanik harakatlarni o‘zida mujassam etgan mashinalarni yasashmoqda.
Bu jarayon orqali o‘quvchilar:
• texnik fikrlashni rivojlantiradi
• muhandislik ko‘nikmalarini o‘zlashtiradi
• jamoa bilan ishlashni o‘rganadi
• ijodkorlik va muammo yechish qobiliyatlarini oshiradi.
Zamonaviy robototexnika mashg‘ulotlari o‘quvchilarning kelajak kasblariga tayyorgarlik ko‘rishida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning bilim va qiziqishini yanada oshiradi.

April 09, 16:58
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“Ilmga tikilgan sarmoya — eng zo‘r sarmoya”: 5 ta sertifikat va 3 ta TOP-100 universitetning “foundation” dasturiga qabul qilingan o‘quvchi bilan suhbat
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi Aliqulova Hilola Xurshid qizi 3 ta fandan milliy hamda
IELTS 7.5
va
SAT 1440 ballik
xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, u 3 ta TOP-100 universitetlarning
foundation dasturlariga
qabul qilindi.
Hozirda u ingliz tili va rus tilini yanada yaxshilash uchun jahon adabiyotlarini chet tillarda mutolaa qilmoqda.
O‘quvchi o‘zining ingliz tiliga kirib kelish yo‘li, IELTS va SAT'ga tayyorgarligi, qilgan xatolari
va
xorijiy dasturlarga topshirishdagi tajribasi haqida so‘zlab berdi.
Quyidagi maqolada siz Hilola Aliqulovaning
Talimxabarlari.uz
muxbiriga bergan intervyusini to‘liq o‘qishingiz mumkin.
Batafsil
:
https://talimxabarlari.uz/70107/
🎓
Obuna bo‘ling
-
@talimxabarlari

April 09, 13:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf oʻquvchisi Xitoyning nufuzli oliygohiga muddatidan oldin grant asosida oʻqishga qabul qilindi.
O'quvchimiz
Rahmonov Samandar
Xitoy davlatining Pekin shahridagi
Beijing University of Technology
ning
“Xalqaro iqtisodiyot va savdo” yo'nalishiga muddatidan oldin qabul qilindi va
4
yillik grant sohibi bo‘ldi.
Beijing University of Technology (BJUT)
— muhandislik, IT va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha jahon standartlari darajasidagi mutaxassislar tayyorlovchi eng nufuzli oliygohlardan biridir. Ushbu universitet, nafaqat Osiyoda, balki xalqaro miqyosda ilm-fan va yuqori texnologiyalar markazi sifatida e’tirof etilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Rahmonov Samandar:
-CSCA- 87.5/100
-IELTS-7
-SAT-1360
koʻrsatkichlarini qoʻlga kiritgan.
⚡️
Oʻquvchimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklab, kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!
Maktabning rasmiy telegram sahifasi

April 09, 08:29
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

#Amir_Temur_690
Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari uchun Oqsaroy majmuasiga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Mazkur sayohat o‘quvchilarning tarixiy merosimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, buyuk ajdodlarimiz hayoti va faoliyati haqida kengroq ma’lumot berish hamda yoshlar qalbida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Sayohat davomida o‘quvchilar
Shahrisabz
shahridagi tarixiy obidalar, xususan
Oqsaroy
majmuasi bilan yaqindan tanishib, ushbu muhtasham inshootning qurilish tarixi, me’moriy uslubi hamda Amir Temur davrida tutgan o‘rni haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Ular ushbu tarixiy maskanning ulug‘vorligi va boy madaniy merosimizni o‘zida aks ettirishi haqida taassurotlar bilan o‘rtoqlashishdi.
Bunday sayohatlar o‘quvchilarning tarixiy tafakkurini boyitish, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim o'rin tutadi.

April 09, 04:14
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugun 9-aprel – Amir Temur tavallud topgan kun
U haqida bilishingiz kerak bo‘lgan ma’lumotlar:
▫️
Temurbek, to‘liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Barqul 1336-yil 9-aprel Shahrisabz, Kesh shahri yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ilgan va 1405-yil 18-fevral Xitoyga yurishi chog‘ida O‘tror shahrida vafot etgan.
▫️
Temur buyuk va qudratli imperiya barpo etdi. 15-asr boshlarida uning hududi g‘arbda Armanistondan to sharqda Hindistongacha, shimolda Kavkaz va Orol dengizidan janubda Fors qo‘ltig‘igacha yetdi.
▫️
Oltin O‘rdani zabt etish orqali Temur Yevropaga olib boradigan asosiy karvon yo‘li — Buyuk Ipak yo‘lini Samarqand orqali o‘tishiga erishdi.
▫️
U Samarqandni beqiyos me’morchilik obidalariga to‘ldirdi, shaharda dunyoga mashhur allomalar va shoirlar yashab ijod etdilar.
Maktabning rasmiy telegram sahifasi

April 07, 12:42
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf oʻquvchisi Yangi O'zbekiston Universitetiga muddatidan oldin grant asosida oʻqishga qabul qilindi.
O'quvchimiz
Xolmamatov Qurbonnazar
Toshkent shahridagi Yangi O'zbekiston Universitetining “Dasturiy ta'minot mahandisligi” yo'nalishiga muddatidan oldin qabul qilindi va
4
yillik
168 000 000 so'm
grant sohibi bo‘ldi.
Yangi O‘zbekiston universiteti
— mamlakatimizda muhandislik, sun’iy intellekt, boshqaruv va fundamental fanlar bo‘yicha jahon standartlari darajasidagi kadrlar tayyorlovchi eng nufuzli oliygohlardan biridir. 2021-yilda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu dargoh, qisqa vaqt ichida ilm-fan va innovatsiyalar markaziga aylandi.

Ma’lumot o‘rnida, Xolmamatov Qurbonnazar:
-IELTS-7
-SAT-1520
-CEFR-B2
koʻrsatkichlarini qoʻlga kiritgan.
⚡️
Oʻquvchimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklab, kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!
Maktabning rasmiy telegram sahifasi