Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

QORAKO‘L.UZ |Lotin

Qorakoluzofficial
Telegram : @Qorakoluzofficial Instagram: https://www.instagram.com/qorakoluz/ Axborot xizmati rahbari: https://t.me/F_G_Turakulov Murojaat uchun: https://t.me/Xurshid_Toxirovga_murojaat_bot
Subscribers
8 740
24 hours
10
30 days
-140
Post views
1 758
ER
20,13%
Posts (30d)
405
Characters in post
849
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Others
Summary
April 27, 03:33
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

DIQQAT E’LON!
Qorako‘l tumani elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr uzatish tarmoqlarida ta’mirlash ishlarining olib borilishi munosabati bilan bugun,
27-aprel kuni, soat 09:00 dan 18:00 ga qadar
tumanimizning Yangiturmush, Ziyorat, Mallaishayx, Xo'jakon mahallalarida elektr energiyasi ta'minotida uzilish kuzatiladi.
⚡️
Qorako‘l tumani elektr tarmoqlari korxonasi ta’mirlash ishlari tufayli sodir bo‘lgan ushbu vaqtinchalik uzilishlar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi.
📱
Sayt
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

April 26, 17:57
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📢
Diqqat, e'lon!
Har dushanba — bolalar uchun “Kiberxavfsizlik kuni” munosabati bilan ushbu yo‘nalishda videoroliklar tanlovini e’lon qilinadi
!
🎥
Tanlov uchun videolar erkin mavzuda bo‘lishi mumkin:
Kiberxavfsizlik;
Internetdagi firibgarliklardan himoyalanish;
Jinoyatchilik qurboni bo‘lmaslik;
Ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish va shu kabi mavzular.

Video davomiyligi: 30 soniyadan 1 daqiqagacha (1 daqiqadan oshmasligi kerak).
📩
Tayyor videolaringizni quyidagi Telegram manziliga yuboring:
https://t.me/Markaz_yoshlar
🗓
Videolar har haftaning dushanba kuniga qadar qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi.
🏆
Eng yaxshi videorolik mualliflari g‘olib deb topilib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Barcha faol yoshlarni tanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz!
Buxoro.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

April 26, 12:31
Media unavailable
2
Show in Telegram






Hafta yakunlari tahlili:
💳
Prezidentning Ostonaga tashrifi tafsilotlari;
💳
Shavkat Mirziyoyevning tarixiy tashabbusi: dengiz o'rnidagi sahro o'rmonga aylanmoqda. Oroldan maxsus reportaj;
💳
Iqtisodiyotimiz rekord darajada o'sgan I chorak tahliliga bag'ishlangan katta yig'ilish tafsilotlari;
💳
Mas'ullarning yig'ilishdan keyingi xulosalari;
💳
Prezident mehmon bo'lgan mahalla: yangicha qiyofa, yangicha yondashuv.
🖋
Ekskyuziv reportaj va suhbatlar, ekskyuziv tahlillar





telekanalining "
Tahlilnoma
" dasturida!
💻
Albatta, tomosha qiling!
Buxoro.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

April 26, 09:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

#АХБОРОТ_24
АЗАЛДАН ПОЛВОНЛАР ЮРТИ САНАЛГАН ҚОРАКЎЛ ТУМАНИДА ҲАМ СПОРТ СОҲАСИ РИВОЖИГА АЛОҲИДА ЭЪТИБОР ҚАРАТИЛГАН
https://t.me/buxoronafasi

April 25, 15:02
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

📣
Olot va Qorako‘l tumanlarida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tdi
Shu yil 22-24-aprel kunlari Olot va Qorako‘l tumanlarida favqulodda holatlarda qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashgg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Qo‘mondonlik shtab o‘quvi "Uztelecom" filiali maxsus signali va uning Qorako‘l va Olot tumanlari hokimligi, favqulodda vaziyatlar davlat tuzilmalari xizmatlari rahbarlari qabuli bilan boshlandi.
📌
Batafsil
📌
Батафсил
Buxoro.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

April 25, 14:28
Media unavailable
1
Show in Telegram


Yakunlangan media haftalik vohaliklarga qanday taassurot qoldirdi?
Qashqadaryo media haftalik loyihasining to‘rtinchi nuqtasiga aylandi. Bu yerda haftalik davomida o‘tilgan har bir media darsi o‘zining kulminatsion yechimini topdi.
Treninglarda fikr, reja, tanqid va xulosa bir xil darajada “ishladi”. Natijada xabarlar boshqacha tuzildi, kadrlar yangicha olindi, yondashuv esa tubdan o‘zgardi.
Vohalik soha vakillari va qiziquvchilari yangiliklar tezligini boshqarish, aynan shu tezlik orqali ishonchni qanday shakllantirish mumkinligini anglab yetdi. Axborotni yetkazish emas, balki ta’sir doirasini kengaytirish muhim ekani yanada aniqroq tushunildi.
Qashqadaryo media haftaligi o‘ziga xos jihatlari bilan voha media makoniga yangicha ruh olib kirdi. Jarayonlar davom etadi.
Navbat Samarqandga: 27-aprel – 1-may kunlari media haftalik yana bir hududda yangilanish jarayonlarini boshlab beradi.
Buxoro.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

April 25, 09:48
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Bugun Prezidentimiz
tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qabul qilingan yangi
Farmon va Qarordagi
eng muhim tashabbuslar
bilan tanishing:
1.
20 ming nafar yosh tadbirkor xorijning
Garvard, Stenford, London
biznes maktabi kabi nufuzli ta’lim muassasalari dasturlari asosida o‘qitiladi;
2.
1 000 nafar tadbirkorga
206 million (500 BHM)
so‘mgacha imtiyozli ssuda ajratiladi (6 oylik imtiyozli davr bilan);
3.
Xorijiy tildan
C1 darajadagi
sertifikati bor yoshlar uchun tadbirkorlikni tashkil etishdagi davlat xizmatlari to‘lovlari
50 foizga
arzonlashadi;
4.
Xorijiy tildan kamida
B2 sertifikati
bor yoshlar uchun chet elga chiqish pasportini olish boji
50 foizga
kamaytiriladi;
5.
Har yili kamida
10 mingta yosh oila
imtiyozli ipoteka
asosida uy-joy bilan ta’minlanadi;
6.
Oyiga 10 mingdan ortiq
kitob sotadigan
tadbirkorlarga
1 milliard so‘mgacha
imtiyozli ssuda ajratiladi;
7.
Chekka hududlarda til markazi ochgan va uni kengaytirmoqchi bo‘lgan yoshlarga
300 million so‘mgacha
(730 BHM)
foizsiz ssuda
beriladi;
8.
“Yilning eng faol yosh xodimi”
tanlovi g‘oliblari bo‘lgan
100 nafar yosh
xodim har yili alohida mukofotlanadi;
9.
Yoshlarning volontyorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun
100 million so‘mgacha
grantlar ajratiladi;
10.
“TOP-100 kitobxon”
tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar
10 million
so‘m (25 BHM) miqdorida rag‘batlantiriladi;
11.
Nodavlat ta’lim markazlarining eng yaxshi o‘qituvchilari xorijiy ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuboriladi;
12.
“Yoshlar bilan bir kun”
aksiyasi orqali har yili 10 ming nafar yosh davlat tashkiloti rahbarlari va mutasaddilari bilan bevosita tajriba almashadi;
13.
Olis hududlardagi xususiy ta’lim markazlari uchun ijtimoiy soliq va daromad
solig‘i stavkalari 1 foiz
etib belgilanadi (2031-yilgacha);
14.
Har yili sentabr oyida
“Yoshlik – hayotning baxtli va oltin davri”
shiori ostida umummilliy yoshlar festivali o‘tkaziladi;
15.
Xususiy ta’lim markazlariga o‘zlari ishlab chiqqan dasturlar asosida ta’lim berishga ruxsat etiladi;
16.
Ijtimoiy faol yoshlar uchun davlat tashkilotlarida
haq to‘lanadigan stajirovka
tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
17.
Har bir hududda kamida bittadan turizm, gastronomik va kitobxonlikka ixtisoslashgan
“Yoshlar sayilgohi”
ko‘chalari tashkil etiladi;
18.
Davlat organlarida
3 yillik
stajga ega
yosh mutaxassislarning
lavozimda ko‘tarilish ulushi 30 foizga oshiriladi;
19.
Eng yaxshi yosh yozuvchi va shoirlar uchun
“Ilg‘or ijodkor”
Prezident mukofoti beriladi;
20.
Mahalla va tuman darajasida
yoshlar infratuzilmasi
(kutubxona, sport obyekti, kinoteatr) bo‘yicha majburiy minimal standartlar joriy etiladi;
21.
Tibbiy, ekologik, ta’lim va sport kabi yo‘nalishlarda kasbiy volontyorlik ixtisosliklari joriy etiladi;
22.
Yosh tadbirkorlar uchun tijorat banklari orqali
bepul biznes-rejalar
tayyorlab beriladi;
23.
Yosh oilalar uchun
oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan maxsus hududiy forumlar tashkil etiladi;
24.
Zamonaviy kasblarni o‘qib sertifikat olgan yoshlarning
o‘qish xarajatlari davlat
tomonidan qoplab beriladi;
25.
Xalqaro va xorijda tan olinadigan kasbiy imtihon (sertifikat) tizimlarini joriy etish qo‘llab-quvvatlanadi;
26.
Xususiy o‘quv markazlari bilan hamkorlikda 100 ming nafar yosh kelajak va zamonaviy kasblarga o‘qitiladi;
27.
Mahallalarda yoshlar tashabbusi bilan amalga oshiriladigan ijtimoiy loyihalar soni 2 mingtaga yetkaziladi;
28.
Milliy kibersport musobaqalari o‘tkazilib, unga 50 ming nafar yosh qamrab olinadi;
29.
Yoshlarning ruhiy salomatligini himoya qilish uchun respublika bo‘ylab
24/7 ishlovchi bepul koll-markazlar
tashkil etiladi;
30.
Maktablarda eng quyi sinflardan boshlab kasbga yo‘naltiruvchi maxsus
“Kasblar olami”
dasturlari joriy etiladi;
31.
Har ikki yilda 12-avgust – Xalqaro yoshlar kunida
“Avlodlar muloqoti”
xalqaro yoshlar kongressi o‘tkaziladi;
32.
Elektron platformalar orqali
har yili 600 ming nafar yoshning bandligini
ta’minlash choralari ko‘riladi.
@alisher_sadullaev

April 25, 08:16

https://uza.uz/uz/posts/parasport-inson-qadri-yuksalmoqda_849078

April 25, 08:09
Media unavailable
3
Show in Telegram






Fakt 24
Buxorolik o'quvchi elektrokarting va dron ixtiro qildi.
Buxoro.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

April 25, 06:15
Media unavailable
2
Show in Telegram

O‘zbekistonda ilk bor — O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi uchun yosh talantlar milliy tanlovi o‘tkazilmoqda
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) hamkorligida tashkil etilmoqda.
👍
50 nafar eng munosib ishtirokchi
FAO va IFAD tizimida chet elda stajirovka o'taydi.
Tanlov
y
o‘nalishlari:
➡️
Oziq-ovqat xavfsizligi
➡️
Suv resurslarini boshqarish va suv diplomatiyasi
➡️
Raqamli qishloq xo‘jaligi
➡️
Iqlim o‘zgarishiga moslashuv
➡️
Agrar sohasini moliyalashtirish
👍
Ishtirok eting va o‘z istiqbolingizni belgilang!
Hoziroq, onlayn ariza bering!
✍️
Tanlov shartlari bilan
tanishish
.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube
|
X
|
Aloqa