Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

QORAKO‘L.UZ |Lotin

Qorakoluzofficial
Telegram : @Qorakoluzofficial Instagram: https://www.instagram.com/qorakoluz/ Axborot xizmati rahbari: https://t.me/F_G_Turakulov Murojaat uchun: https://t.me/Xurshid_Toxirovga_murojaat_bot
Подписчики
9 290
24 часа
-20
30 дней
100
Просмотры
3 114
ER
0,16%
Посты (30д)
338
Символов в посте
1 101
December 10, 14:37
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

📣
Qorakoʻl: “Tashabbusli budjet” tufayli "Quyi Yangibozor" mahallasi yoʻli asfaltlashtirilmoqda
Bugunga kelib Qorakoʻl tumanida aholi foydalanishidagi jami yoʻl uzunligi 1 ming 545 kilometrga choʻzilgan boʻlib, shundan xalqaro ahamiyatdagi 17 kilometr, davlat ahamiyatidagi 128 kilometr, shuningdek, mahalliy ahamiyatdagi 215 kilometr va ichki xoʻjalik yoʻli 1 ming 185 kilometrni tashkil qiladi.
📌
Batafsil
📌
Батафсил
Buxoro.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

December 10, 13:31
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

Qorako‘lda yer osti piyodalar o‘tish yo‘li foydalanishga topshirildi
So‘nggi yillarda avtomobil yo‘llarida transport vositalari sonining keskin ortib borayotgani, tirbandliklarning ko‘payishi hamda haydovchi va piyodalar duch kelayotgan muammolar sohaga mas’ul idoralar oldiga jiddiy vazifalarni qo‘ymoqda. Aholi xavfsizligi va qulayligini ta’minlash maqsadida mamlakatning barcha hududlarida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Qorako‘l tumanida transport oqimining ortib borishi markaziy hududlarda tirbandliklarni kuchaytirayotgan edi. Ayniqsa, “Qorako‘l markaziy dehqon bozori” oldida avtomashina qatnovining ko’pligi haydovchilar bilan birga piyodalar uchun ham xavf tug‘dirayotgan edi. Shu sabab bir necha oy avval mazkur nuqtada yer osti piyodalar o‘tish yo‘li qurilishiga kirishilgan edi.
Qurilish jarayonida tuproqdagi zaxlik va yer osti suvlarining yuqoriligi kabi muammolarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi. Tajribada sinovdan o‘tgan texnologiyalar qo‘llandi, drenaj tizimi o‘rnatildi va tunnelning mustahkam, xavfsiz hamda uzoq muddat xizmat qilishi uchun barcha talablar bajarildi.
“Grant nur yo‘l qurilish” MChJ quruvchilari tomonidan bunyod etilgan uzunligi 80 metr, kengligi 4 metr va balandligi 2,5 metr bo‘lgan ushbu yer osti o‘tish yo‘li bugun foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida tuman hokimi Xurshid Toxirov, tuman prokurori Dilmurod Diniyev, tuman IIB boshlig‘i Shahob Hayitov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Tadbir davomida tuman hokimi tunnel qurilishida mehnat qilgan bir guruh quruvchilarga esdalik sovg‘alari topshirib, ularning mashaqqatli mehnatini e’tirof etdi.
Yer osti yo‘lagida imkoniyati cheklangan tumandoshlarimiz bemalol harakatlanishi uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan — panduslar, tutqichlar va xavfsizlik talablari to‘liq inobatga olingan.
Mazkur inshoot kelgusida markaziy ko‘chadagi transport tirbandligini kamaytirish, piyodalar xavfsizligini ta’minlash va noxush hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi.Yangi yer osti o‘tish yo‘li Qorako‘l tumanining zamonaviy infratuzilmasi rivojlanib borayotganidan dalolat beruvchi muhim loyihalardan biridir.
📱
Sayt
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

December 10, 13:30
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

December 10, 13:30
Файлы недоступны
9
Открыть в Telegram

December 10, 09:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Uchrashuvda
qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari bilan ochiq muloqot
bo‘lib o‘tdi. Prezidentimiz ularning
qo‘shimcha takliflari va fikrlarini tingladi.

O‘zining mashaqqatli mehnati bilan rizq-ro‘z yaratayotgan insonlar bilan suhbatlashish, ularning taklif va fikrlarini eshitish
menga hamisha alohida huzur bag‘ishlaydi.
Bejiz
“Yerni yaxshi ko‘rgan – Vatanni yaxshi ko‘radi”,
deyishmaydi. Zero,
umrini, mehnatini saxovatli zaminimiz bilan bog‘lagan siz kabi fidoyilar – haqiqiy vatanparvardir.
Fursatdan foydalanib, Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi
halol mehnatingiz, erishgan yuksak natijalaringiz uchun butun xalqimiz nomidan yana bir bor chuqur minnatdorchilik bildiraman

,
– dedi davlatimiz rahbari uchrashuv yakunida.
Facebook
|
Instagram
|
X

December 10, 09:19
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“Men bir gapni takror aytishdan charchamayman.
Ilm va izlanish bo‘lmagan sohada rivojlanish ham, yuksalish ham, taraqqiyot ham bo‘lmaydi

,
– dedi davlatimiz rahbari.
Bugun
agrar sohada 22 ta ilmiy markaz, 260 ta laboratoriya,
ularda juda katta salohiyatga ega
yuzlab olim va ilmiy xodimlar
faoliyat yuritmoqda.
Mazkur salohiyatdan to‘liq foydalanish uchun
“ilm-fan – ta’lim – ishlab chiqarish” integratsiyasini
ta’minlaydigan
Qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasi tashkil etilishi
e’lon qilindi. Ushbu akademiya
qishloq xo‘jaligidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirishga
mas’ul bo‘ladi.
O‘tgan yilda 4 ta institut negizida
Qishloq xo‘jaligi kadrlarining malakasini oshirish instituti
tashkil etilgan edi. Ushbu institutda yiliga
8 mingdan ortiq soha vakillari,
xususan, fermer, dehqon va klasterlar xodimlari zamonaviy agrotexnologiyalardan foydalanishga o‘qitiladi.
Mutasaddilarga
Gollandiya, Ispaniya, Italiya, Turkiya va Xitoydan malakali agronomlarni
olib kelib,
dehqon va fermerlarni yangiliklarga doimiy o‘qitib boradigan tizim qilish
topshirildi.
Bundan tashqari, paxta-g‘alla yo‘nalishidagi eng ilg‘or
200 nafar fermer
, meva-sabzavot yo‘nalishidagi eng mirishkor
200 nafar bog‘bon va dehqon,
qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi eng faol
100 nafar eksportchi
Xitoy, Turkiya, Gollandiya, Fransiya kabi davlatlarga
yuborilib, o‘qitiladi. Ushbu 500 nafar fermer, bog‘bon va eksportchilarning
yo‘lkira va mehmonxona xarajati to‘liq qoplab beriladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

December 10, 09:19
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yana bir masala – respublikada ekin maydonlaridan o‘tgan
70 ming kilometr uzunlikdagi ochiq drenaj va kollektorlar
bor.
Agar ular
bosqichma-bosqich yopiq tizimga o‘tkazilsa, ekin ekish uchun qo‘shimcha maydon ochiladi, zovurlarni tozalash xarajatlari karrasiga tejaladi.
Bu masala,
ayniqsa, yer tanqis bo‘lgan vodiy viloyatlari uchun juda dolzarb.
Shu bois,
ochiq drenaj va kollektorlarni yopiq tizimga o‘tkazish bo‘yicha alohida dastur
qabul qilinib, bu maqsadlar uchun
100 million dollar
ajratilishi belgilandi.
Viloyat hokimlari tajribali tadbirkorlar bilan kelasi yilning o‘zida
kamida 10 ming kilometr drenajni yopiq tizimga o‘tkazib, 20 ming gektar qo‘shimcha ekin maydoni ochish
uchun mas’ul bo‘ladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

December 10, 09:19
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Qishloq xo‘jaligi vazirligida
dron xizmatlarini ko‘rsatuvchi alohida markaz
ishga tushirilgani bu sohada mutaxassis tayyorlash va dronlarga servis xizmatini ko‘rsatish imkonini berdi.
Shu yilning o‘zida
100 dan ortiq dron yordamida
yer maydonlari va ekinlar monitoringi, ilg‘or agrotexnik tadbirlar amalga oshirildi.
Keyingi yil Xitoydan
yana 50 dan ortiq zamonaviy agrodron
olib kelinadi.
Har bir viloyatda kamida 2 tadan dron mobil kompleksi
orqali agroxizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
Agrar sohada
dronlar uchun belgilangan uchish og‘irligi hozirgi 100 kilodan 250 kilogacha oshiriladi.
“O‘z faoliyatiga
raqamli texnologiya va sun’iy intellektni olib kirib, kam xarajat bilan yuqori hosildorlikka erishayotgan fermer va klasterlarimiz soni ham ko‘payib borayotgani
meni xursand qiladi”
,
– dedi davlatimiz rahbari.
Facebook
|
Instagram
|
X

December 10, 08:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“Qishloq xo‘jaligi sohasini qo‘llab-quvvatlashga ajratilayotgan mablag‘larni yildan-yilga oshirib boryapmiz.
Bundan keyin ham sohaga qancha mablag‘ kerak bo‘lsa, topib berishga tayyorman.
Lekin bu
mablag‘lar o‘z vaqtida egasiga yetib borishi va hosildorlikni yanada oshirishga xizmat qilishi uchun ochiq va shaffof tizim bo‘lishi kerak

,
– dedi Prezidentimiz.
Qishloq xo‘jaligidagi
subsidiyalar shu paytgacha 6 ta vazirlik tomonidan ajratilayotgan edi.
Shu bois,
barcha subsidiyalar bo‘yicha moliyaviy xizmatlarni bir joyda ko‘rsatadigan Agrar sohada to‘lovlar agentligi
tashkil etildi.
Agentlik tomonidan kelasi yil dehqon va fermerlarga
2 trillion 200 milliard so‘mlik subsidiya
beriladi. Bunda subsidiya ajratish jarayoni hozirgi
4 bosqichdan 2 bosqichga,
uni olishga ketadigan vaqt esa
1 oydan 15 kunga qisqaradi.
Eng muhimi,
har bir subsidiya fermerlarga ma’qul bo‘ladigan shartlarda, ularga mablag‘ eng zarur paytda beriladigan tizimga
o‘tiladi.
Keyingi yildan
suv nasosiga sarflangan elektr energiyasi uchun subsidiyalar meva-sabzavot, moyli ekin, kartoshka va ozuqa ekinlari yetishtiruvchi fermerlarga ham ajratilishi
e’lon qilindi.
Facebook
|
Instagram
|
X

December 10, 08:35
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yana bir muhim, e’tibor qaratish zarur bo‘lgan masala –
go‘sht va sut mahsulotlarini ko‘paytirish.
Kelgusi yilda chetdan
100 ming bosh qoramol va 200 ming bosh qo‘y-echki
olib kelinadi. Paxta va g‘alla yo‘nalishidagi
fermerlarga o‘z yerida chorvachilikni yo‘lga qo‘yish uchun 20 sotixgacha joyda yengil konstruksiyali bino qurishga
ruxsat beriladi.
Import qilingan nasldor qoramol va bir kunlik jo‘ja uchun subsidiya ajratish tartibi yana 5 yilga uzaytiriladi.
Chorvachilik loyihalari uchun
keyingi yil Jahon banki va Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasidan olib kelingan resurslar hisobidan
157 million dollar y
o‘naltiriladi. Ushbu mablag‘lar chorvadorlarga
10 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan 17 foizdan beriladi.
Bunga qo‘shimcha JICAdan
150 million dollar,
Osiyo taraqqiyot bankidan
60 million dollar
jalb qilinadi. Bu mablag‘larni samarali ishlatib, kelgusi yilda
5 trillion so‘mlik 1 mingta loyihani
ishga tushirish, Fransiya tajribasi asosida
167 ta tumanda 340 ta go‘sht va sut yo‘nalishidagi 50-60 boshli kichik chorvachilik xo‘jaliklarini tashkil etish
muhimligi qayd etildi.
Facebook
|
Instagram
|
X